Reja: Kirish. Asosiy qisim


«Shajarayi turk»asarida Xiva xonligi davlatchilik boshqaruv tarixini o'rganishdagi ahamiyati



Download 74,2 Kb.
bet3/3
Sana04.06.2022
Hajmi74,2 Kb.
#635501
1   2   3
Bog'liq
Ahmadov Nurislom davlatchilik kurs lshi111

«Shajarayi turk»asarida Xiva xonligi davlatchilik boshqaruv tarixini o'rganishdagi ahamiyati.


XVII asrda yaratilgan va Xiva xonligi vujudga kelgan davrdan to XVII asrning 2-yarmigacha bo’lgan davr tarixini yoritishga xizmat qiluvchi eng muhim mahalliy manbalardan biri Abulg’ozi Bahodirxonning «Shajarayi turk» asaridir.
Abulg’ozixon o’zining «Shajarayi turk» asarida Xiva xonlarining tashqi siyosati, hamda chet davlatlar bilan aloqalari haqidagi muhim ma’lumotlarni bayon etadi.
Asarda tashqi siyosatda Eron bilan munosabatlar ko’p o’rinlarda eslatiladi. Unda shoh Ismoil vafotidan so’ng Xiva-Eron munosabatlari nisbatan yaxshilanganligini kuzatish mumkin. Jumladan, Buchg’axon hukmronligi davrida shoh Tahmaspning xonlikka elchi yuborganligi haqida berilgan ma’lumot diqqatga sazovor:
«MEN XONG’A O’G’UL BO’LAYIN DEYTURURMAN. TEMURBIY ChINGIZXON AVLODINA KUYoV BO’LDI ERSA, HANUZGAChA ANI TEMUR KO’RAGAN DEYTURURLAR. MEN HAM ChINGIZXON AVLODINA KO’RAGAN BO’LMOQNI KO’NGLIM IZLAY TURUR. TO XUNKORDEK ULUG’ DUShMANIM AYTQAY KIM ShOH TAHMOSIB O’ZBEK PODShOHINING QIZIN OLDI; YaXShI YaRAShDI».
Bundan Eron shohining Buchg’axon jiyaniga uylanib o’rtadagi aloqalarni nikoh munosabatlari bilan mustahkamlashga intilishida siyosiy maqsad ko’zlanganligi, Eron shohining Amir Temurning Chingiziylarga kuyov bo’lgani kabi Xorazm xoniga kuyov bo’lmoqchi ekanligi bu davrda Xiva xonligida xon hokimiyati nisbatan mustahkam ekanligi ko’rinadi.
Dinmuhammadxon davrida vaziyat birmuncha o’zgaradi. Asarda Abulg’ozixon «Dinmuhammadxon bir erda farog’at turqudek kishi ermas erdi. Hamisha qizilboshni chopdi. Ul sababdin Shoh Tahmosib lashkar yubordi» deya qayd etadi.
Xiva xoni Hoji Muhammadxon (Hojimxon) davrida Eron saroyi bilan o’zaro aloqalar va yozishmalar ayniqsa, kuchayib, nisbatan muntazam tus oladi. Bu davrda Xivaning Buxoro xonligi bilan keskinlashgan munosabatlari Xiva-Eron siyosiy aloqalarning mustakamlanishiga xizmat qilgan. Chunki, Abdullaxon II singari kuchli raqibga qarshi kurashda bir tomondan kuchli ittifoqchiga ega bo’lish, yoki hech bo’lmaganda, ikki davlat o’zaro urushayotgan davrda uchinchi davlatning betarafligini ta’minlash zarur edi.
XVII asr boshlarida o’zaro sulolaviy kurashlar Buxoroda bo’lgani singari Xiva xonligida ham avj oldi.
Hojimxondan so’ng taxtga o’tirgan Arab Muhammadxon va uning o’g’illari Elbars va Habash sultonlar o’rtasidagi ziddiyat hokimiyat uchun jiddiy kurashlarga aylanib ketgan.
Yuqoridagi ma’lumotlardan ma’lum bo’ladiki, tashqi siyosatda Xiva xonlari Eron shohlari bilan barqaror bo’lmasa-da har qalay doimiy aloqalarni saqlab qolganlar va bunday munosabatlardan o’z navbatida, Eron shohlari ham manfaatdor edilar.
Ma’lumki, xonliklar davrida rus davlati bilan ham aloqalar o’rnatilgan edi. Ularning aksariyati, asosan XVII asrning oxiri hamda XVIII asrda amalga oshirilganligiga qaramay, albatta bu davrgacha ham O’rta Osiyo xonliklari va rus davlati o’rtasida o’zaro savdo munosabatlari shakllangan edi. «Shajarayi turk» asarida bunday savdo aloqalari haqida deyarli ma’lumot keltirilmagan. Faqatgina bir o’rinda «Biz dunyog’a kelgan yilining avval bahorinda o’n etti kishi o’rusg’a savdog’a ketar» deyiladi. Biroq bundan Rossiyadan xonlikka qanday mahsulotlar keltirilishi yoki olib borilishini tushunish qiyin.
Buxoro xonligi bilan munosabatlarda esa «Shajarayi turk»da asosan urushlarning sabablari, qay tarzda kechganligi, natijalari bayon etiladi. Masalan, Ubaydullaxonning Xivaga yurishiga o’sha davrda Xiva xonligidagi o’zaro ichki kelishmovchiliklar sabab bo’lganligi, Ubaydullaxonning qulay vaziyatdan foydalanib Abulxayrxon o’g’illari Toshkentda Baroqxon, Samarqandda Javonmardxon, Hisordan Mamza Mahdiyning nabiralari bilan ittifoq tuzib yurish qilganligi haqida ma’lumot berilgan. Abdullaxon II ning Xivaga yurish qilishi haqida esa «Abdullaxon ikkinchi kelganining zikri»da yurishning uch sababi sanab o’tiladi.
Abulg’ozi Bahodirxonning asarida Xiva xonligidagi ijtimoiy hayot, xalqning turmush kechirishi, xonlikdagi soliq tizimi, xonlar faoliyatidagi o’ziga xos ijobiy tomonlar va ba’zi xatolar, o’zaro ichki va tashqi kelishmovchiliklar va urushlar haqidagi ma’lumotlarni batafsil yoritishga harakat qilingan. Tashqi siyosat masalalari yoritilayotganda esa, asosan Xiva xonligining siyosiy va harbiy aloqalari qayd etiladi. Biroq Xiva xonligining tashqi iqtisodiy aloqalari, tashqi savdo munosabatlari haqidagi ma’lumotlar juda oz. Abulg’ozixon yashagan davrda turli nizolarning ko’payganligi balki muallifni ko’proq siyosiy jihatga e’tibor berishga undagan bo’lishi mumkin. Shunday bo’lsa-da asarni o’rganish Xiva xonligining tashqi aloqalari haqida yaxshi tushunchaga ega bo’lish imkonini beradi.
Bunda tarixiy voqyealarning afsonalar bilan qorishibketganligini kuzatish mumkin. Chingizxonning tug’ilganidanvafot etganligiga qadar bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. 4-bobda O’dagay qoonva uning avlodining hukmronligi haqida so’z yuritiladi. 5-bob Chig’atoyxonavlodining Movarounnahr va Koshg’arda podsholik qilganligi, keyingi bobTuluxon avlodining Eronda hukmronlik qilganligi, 7-bob esa Jo’chixonavlodining Dashti Qipchoqda podsholik qilgani haqidadir. 8-bobJo’chixonning o’g’li Shaybonxon avlodining Movarounnahr, Qrim, Qozoq vaTuronda xon bo’lganligi haqida bayon etilgan. 9-bob Shaybonxon avlodiningXorazmda podsholik qilganligining zikridir. Bu bob asarning engqimmatliqismi bo’lib, aynan mana shu bobda muallif Xiva xonligidaXVI-XVIIasrning ikkinchi yarmidagi siyosiy, ijtimoiy tarixi bayonqilindi. Muallif uni yozar ekan, o’sha davrdagi ijtimoiy muhitni, otasihamda akalari o’rtasidagi toj-taxt uchun olib borilgan kurashni, shuningdeko’zining qochoqlikda yurgan kezlari, urush va mag’lubiyatlarini to’liqyoritishga harakat qiladi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, asarning birinchn bobida Odam atodanto mo’g’ul xonigacha bo’lgan tarixiy voqyealar tasviri berilgan.Muallifning bayonida aniq tarixiy voqyealar bayonidan ko’ra afsonalarhikoya qilish ustunlik qiladi. Masalan, «Xudoyi taolo Odamalayhissalomni yaratqaniningzikri» qismi «Qur’on» va boshqa diniy-didaktik kitoblar bayoniga asoslangan. Chunonchi, «Yofasni ba’zilar payg’ambar erdi, teb tururlar va ba’zilar payg’ambar ermas, tebtururlar. Yofas otasining hukmi birlan Judi tog’idai ketib Atil(Itil) va Yoyiq suvinnng yoqosig’a bordi, ikki yuz ellik yil ayda turdi.Taqi vafot tobdi. Sakkiz o’g’li bor erdi. Avlodi bisyor ko’b bo’lib erdi...Yefas o’larinda ulug’ o’g’li Turkni o’rnida o’lturtub, o’zga o’g’lonlarig’aayttikim, Turkni o’zlaringizga podshoh bilib, aning so’zidin chiqmang.Turkka Yofas o’g’loni teb laqab qo’ydilar. Bisyor adablik va oqil kishierdi, otasidin so’ng kup yerlarni yurub ko’rdi. Taqi bir yerni xushlab,anda o’lturdi. Bu kun ul yerlarni Issiqko’l derlar... Kunlardan bir kunovg’a chiqib kiyik o’lturub, kabob qildi. Yeb o’lturub erdi, ilgidin birturg’am et yerga tushdi. Ani olib yedi ersa, og’zig’a bisyor xushmaza keldi,aning uchun ul yer tuzloq erdi. Oshg’a tuz solmoqni ul chiqardi».
Agar bunga o’xshash va undan oldingi «Xudoyi taoloning odam vapayg’ambarlarni yaratgani» haqidagi afsonalar bilan qiyoslab ko’rsak,unda qandaydir haqiqat mavjudligini sezamiz. Bu insonning tuzdanfoydalanishiga doir bir tarixiy haqiqatdir. «Shajarayi turk»daafsonaviy, yarim tarixiy, sof tarixiy voqyealar o’ziga xos tasvirga ega.Birinchi turdagi voqyealar tasvirida jangovar kayfiyat birinchio’ringa ko’tariladi. Sof tarixiy voqyealar tasvirida esa, realistikbayon ustun bo’lib qoladi.
Asarda muallif ko’p urug’larni el deb ataydi. Ayniqsa bir-birlaribilan orasi buzilib ketgan qarindoshlardan uyg’ur elining yuzagakelishi haqidagi afsona diqqatga molikdir.Ana shu uslub, ya’nitarixiy voqyealar bayonida afsona va rivoyatlarnnng qorishiq holdaberilishi to XVIIasr tarixiy voqyealarining bayoniga qadar davometadi. XVIIasr voqyealari bayoniga kelib uslub o’zgaradi, ya’ni tarixiyvoqyealar bayonida afsona va rivoyatlar o’rnini bevosita bo’lib o’tgantarixiy voqyea-hodisalar tasviri egallaydi.
Asarning sakkizinchi-to’qqizinchi boblari aniq voqyea vamateriallarga asoslangan. Endi muallif folklor va tarixiymanbalardan foydalanishdan voz kechib, o’z ko’zi bilan ko’rgan, o’ziishtirok etgan yoxud ota-onalari, aka-ukalari, qarindosh-urug’lari bilanbog’liq sarguzashtlarni bayon qilishga kirishadi. Bunday tarixiyvoqyealardai birn sifatida «Hojimxonshshgzikri» voqyeasini ko’rsatibo’tish mumkin.
«Shajarayi turk»da tarixiy voqyealar bayonida ikki xil yo’nalishniko’rnsh mumkin: birinchisi—urug’ va qabilalar, elu elatlar hayotito’g’risidagi ma’lumotlar, ikkinchisi—tarixiy shaxslarning hayoti vafaoliyatlari bilan bog’liq bo’lgan tarixiy voqyealardir. Elu-elatlargategishli bo’lgan badiiy lavhalarda o’sha elatlarning kundalik yumushlari,turmushi haqida ma’lumotlar berilgan. Masalan, «Qorluq elining zikri»da: «Qorluq eli Mo’g’ulistonda Berk tog’larining ichinda yurt qilibo’lturdilar. Ekin ekarlar erdi va mollari ham bo’lur erdi. Bir yaxshisinipodshoh ko’tarib, ul o’lsa yana birisini, va ko’p ermaslar erdi».
Yana shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, «Shajaran turk» asariningdastlabki sahifalaridagi elatlarning turmushi haqidagi har bir tarixiyvoqyea tasviri o’sha elatlarning turmushini ko’rsatuvchi hikoyalar darajasigako’tarilganligidir. Bunga misol qilib, «Uyg’ur elining zikri», «Naymanelining zikri» «Jaloir elining zikri» va boshqa juda ko’pgina shutaxlitdagi zikrlarni ko’rsatib o’tish mumkin.«Urmanqit» elining zikri»da «Bu elning yurtlari qalin yog’ochningichinda turur.
Urmanqnt ot qo’ydilar. Bularning yurtlari qirg’iz viloyatina yaqin bo’lur...Bulardanboshqa taqi bir Urmanqit otli el bo’lur. Ikkisining bir-birinaxech qarindoshliki bo’lmas. Bu ayta turganimiz o’z oldina bir boshqa elturur. Taqi biri mo’g’ul, nukuz o’g’lonlarindin turur. Urman ichinda ko’po’lturgan uchun onlarg’a ham Urmanqit ot qolib turur»91,-deyilgan bo’lsa,«Tatar elining zikri»da quyidagi tasvirga duch kelamiz:
«Aning oti qadimda va bu vaqtda ham mashhur turur. Qadim yetmish mingevlik erdilar. Ko’p uruq erdilar. Har qaysisi falon elmiz teb ayturlarerdi. Har uruqlari boshqa-boshqa har yerda o’lgururlar.Ammo yaxshilari vako’praki Xitoyga yaqin. Buyurnavur tegin yerda o’ltururlar erdi. Xitoypodshohlarina itoat qilib xizmat qilurlar erdi. Goh-goh Xitoy bilan yovbo’lurlar erdi. Anda Xitoy podshohi lashkarlar yuborib, o’lturtib vachapturtub, taqi o’zig’a boqiturur erdi.Bir necha ko’p ellari Ayqiramurantegan suvningyoqasinda o’ltururlar erdi. Ayqiramuran qirg’iz viloyatiningtushindin o’tkandin so’ng ko’p suvlar anga qo’shulur, taqi ulug’ suv bo’lur.Taqi borib Achi (Amu) tengiziga quyar. Quygan yerinda, tengsiz yoqasinda birulug’ shaharbo’lur. 
Har bir el, xalq nomining o‘ziga xos ma’nosi, nomlanish sababi bo‘ladi. Etnonimlar tarix taqozosi bilan vujudga kelgan bo‘lib, axborot tashiydi. Ular qadimiy so‘zlar bo‘lgani uchun xalqlarning etnogenezini, turmushtarzi, tili va diniga oid ko‘pgina ma’lumotlarni aniqlash mumkin, shuning uchun ham ularni o‘rganish muhim ilmiy ahamiyatga ega.
O‘zbek xalqi elat bo‘lib, ma’lum tarixiy davrda, ma’lum hududda, mahalliy etnoslar asosida, turli davrlarda kelib qo‘shilgan etnik komponentlarning aralashib borishi natijasida yanada shakllanib, rivojlanib borgan. O‘zbek xalqining ajdodlari ham elat bo‘lib, Movarounnahr, Xorazm hamda ularga tutash hududlarda shakllanib borgan.
O‘zbek urug‘larining o‘ziga xos etimologiyasi mavjud. Ular har bir millat milliy tilining o‘ziga xos xususuiyatlarini ochib beradigan muhim manba hisoblanadi. Quyida ularning ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz (shuni aytish kerakki, etnonimlar etimologiyasi haqida keltirilgan fikrlar turli manbalarga tayanib yozilgan, har qanday etimologiya ham nisbiydir).
Arlot eli (hozirda Olot) – arlot so‘zi “otaning sevar o‘g‘li” ma’nosida talqin etilgan. Arlat bir kishining oti turur. Ani otasi ko‘p sevar edi. Aning uchun Arlat tedilar. Barcha Arlat eli aning nasli turur16..
Avshar eli – qadimiy urug‘lardan biri bo‘lib, arab geograflari Buxoro yaqinida Avshar degan qishloqni tilga oladilar. Abulg‘oziy Bahodirxon avshar so‘zini “ishini ildam ishlamoqchi” deb izohlaydi.
Baday eli (hozirda Badoy) – Kilgit urug‘iga mansub shaxs naslidan tarqalgan urug‘ nomi.
Bayot eli – “davlatli” degan ma’noni anglatgan.
Do‘rman eli – (hozirda Do‘rmon) mo‘g‘ulchada “to‘rt” degan ma’noni anglatadi.
Kilgit eli – “tilida, nutqida kamchiligi bor kishi” ma’nosini anglatadi. Bu haqda Abulg‘oziy Bahodirxon shunday yozadi: “Kishining tilida kamligi bo‘lsa, turk xalqi bo‘ltak der. Aning uchun Kilgit tedilar. Barcha Kilgit eli u kishining nasli turur”[1; 40].
Nayman eli – Naymanlar mo‘g‘ul urug‘i deb hisoblanar edi; olimlar naim so‘zi mo‘g‘ulchada “sakkiz” ma’nosini anglatadi deb aytadilar.
“Bu qadim el turur, boshlari va mollari ko‘p bo‘lur erdi. Yurtlari mo‘g‘ul yurtinda bo‘lur. Qoraqurim tegan yerda va ekinlari bo‘lmas”17
Toponimist olim S.Qorayev etnograf N.A.Aristovning nayman so‘zi Sibirdagi Nayma daryosi nomidan olingan degan fikrni bildirgani haqida ma’lumot beradi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra naymanlar asli turkiy qabila bo‘lib, sakkizo‘g‘uzlarni mo‘g‘ullar o‘z tiliga moslab nayman deb ataganlar.
Qalmoq eli – qalmoq so‘zining ma’nosi “chetda qolgan”(islom diniga kirmay qolgan) degan ma’noni biildirgan.
Qaniq eli – bir kishi qaniq-qaniq qilib yuruvchi arava yasadi u va undan tarqalgan elni Qaniqli dedilar.
Qipchoq eli – qadim turk elida“ichi qo‘sh yog‘och”ni qipchoq deb atashgan. (O‘g‘uzxon daraxt ichida tug‘ilgan bolani asrab olib, unga shunday nom berdi. Qipchoq eli shuning naslidan tarqaldi).Keyinchalik bu xalq nomiga ko‘chgan.
Qarluq eli – turkiyda “qorlik, qorliq joy”(tarixiy voqea asosida kelib chiqqan) degan ma’noni anglatadi.“Qorluq eli Mo‘g‘uliston tog‘larining ichinda yurt qilib o‘lturdilar. Qorluqning podshohi Arslonxon tegen erdi”.
Qayin eli – qayi so’zi “mahkam” ma’nosida ishlatilgan. Qayin etnonimi ham shu so’zdan kelib chiqqan.
Qayon eli – bu so‘z “kuchli, tez” degan ma’noni anglatgan va shuning uchun xalq nomi shunday atalgan.
Qirg‘iz eli – O‘g‘uzxonning Qirg‘iz otli bir nabirasi bo‘lgan. Qirg‘iz eli shuning naslidan tarqalgan.
Qirayt eli – qiraytning ma’nosi qoraburan bo‘lib, bir kishining yetti o‘g‘li bor edi. Yettisi ham qora. Ularni xalq kiroytlar deb atashgan, shundan keyin ularning naslini shu nom bilan tarqalgan.
Qiyot eli – “Shajarayi turk” asarida yozilishicha, bu so‘z mo‘g‘ulcha “tog‘dan oqqan sel”ma’nosida bo‘lib, qiyon so‘zining ko‘pligidir. Bu fikr V.V.Radlov asarlarida ham uchraydi.
Qo‘nqirat eli – (hozirda Qo‘ng‘irot) “Shajarayi turk” asarida yozilishicha, qayon naslidan bo‘lgan Cho‘rliq mergan degan kishining Qo‘nqirat degan o‘g‘li bo‘lgan va barcha Qo‘nqirat eli uning naslidan tarqalgan.
Qo‘niqqimar eli –“O‘rmavit uruqindin bir kishi bor erdi. Aning uch o‘g‘li bor erdi. Ulug‘iga xalq Qo‘niqqimar ot qo‘ydi. Qo‘niqning ma’nosi ulug‘ temak bo‘lur. Bu vaqtda ham ulug‘ qarg‘ani qo‘niq qarg‘a derlar. Qimarning ma’nosi burun, ul kishining burni bisyor ulug‘ erdi. Aning uchun Qo‘niqqimar laqab qoldi. Barcha qo‘niqqimar uruqib kishining nasli turur”
Turqaq eli – So‘ngaki ma’lum ermas, qaysi turkdin erkani. Ma’nosi saqchi temak turur. Podshohlari o‘zlarini saqlamoq uchun bir necha kishilarni eshiklari oldida navbatchilikka qo‘yishgan. Podshohni qo‘riqlaganlarni turqaqlar deb, keyinchalik xalq nomiga ko‘chgan. 
Uyg‘ur eli – ma’nosi “yopishg‘ur”. Qoraxonning o‘g‘li O‘g‘uzxon bir elni birlashtirib, shunday atagan.
Xalaj eli – bu so‘z aslida “Qol, och” (tarixiy voqea asosida) shaklida bo‘lib, talaffuzda Qoloch, Xalaj tarzida o‘zgarishlarga uchrab kelgan.
O‘rmanqit eli – “bu elning yurtlari qalin yag‘ochning ichinda turur. Aning uchun O‘rmanqit ot qo‘ydilar”18
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak,turkiy xalq uzoq shakllanish va taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan. Bu taraqqiyot davomida turk ulusi turli xalqlar bilan o‘zaro aloqa o‘rnatib, nafaqat o‘zining, balki o‘sha xalqlarning ham rivojlanishiga katta ta‘sir ko‘rsatgan.
Etnonimlarning etimologiyasi masalasi tilshunos, tarixchi hamda etnograflarning hamkorlikdagi tadqiq obyekti bo‘lgandagina bu borada siljishga erishish mumkin.

Xulosa:


Xulosa sifatida aytganda, Xiva xonligida mahalliy boshqaruv tizimi izchil amal qilgan. XVI asrda mahalliy davlat apparatlari markazdan mustaqil faoliyat yuritgan. Mamlakat umumiy boshqaruvi nuqtai nazaridan markaz va hududlar o'rtasidagi munosabatlar kelishuv va kengashlar asosida olib borilgan. Markazlashgan davlat boshqaruvi joriy etilgach, mahalliy boshqaruv tizimi xon tomonidan shakllantirilgan. Joylarda mahalliy mansabdor shaxslar faoliyat yuritgan. Muhim ahamiyatga ega sohalar bo'yicha faoliyat yurituvchi mahalliy amaldorlar bevosita xon tomonidan lavozimga tayinlangan.
Shunday qilib, davlat oliy hokimiyati xon va Oliy kengash tomonidan amalga oshirilgan. Sulolaviy boshqaruv tizimi davridagi xon vakolatlari va kengash tarkibi, oilaviy an'ana amal qilgan davrga kelib o'zgargan. Bu holat mamlakatning markazlashuvi holati bilan bog'liq holda kechgan. Xonlar o'z vakolati doirasida oliy yuridik kuchga ega hujjatlarni chiqarib kelgan. O'z vakolatidan kelib chiqib, butun mamlakat boshqaruvini yuritgan. Oliy kengashning davlat boshqaruvidagi ahamiyati muhim bo'lgan. Rus podsholigi mustamlakasi davriga kelib esa, davlatchilik an'analarining cheklanishi kuzatiladi. Xususan, oliy hokimiyat rus hukumati bilan ikki tomonlama kelishuv asosida shakllantirilgan.
Xulosa o’rnida shuni aytib mumkinki, rasman xonlik sifatida XVI asrda tashkil topgan Xiva xonligi boshqaruv tizimi ko’chmanchi o’zbeklar shayboniylar boshqaruv tizimidan unchalik farq qilmagan. Xiva xonligi dastlabki davrda tarqoq holda, ya’ni uluslarga, kichik birliklarga bo’lib boshqarilgan. Ushbu hududiy birliklarni boshqarish xonga qarindoshlik darajasiga va da’vogar shaxsning yoshiga qarab taqsimlangan. Keyinchalik yirik yer va mukllarga ega bo’lgan sulolalarning mavqeyi ortib borishi bilan, hokimyat ham ular qo’lida to’plangan. Bu esa mamlakatning markazlashuviga sabab bo’lgan omillardan hisoblanadi.
Xiva xonligining davlat tuzilishi o'zining mukammalligi jihatidan o'z davrining ba'zi bir G'arbiy Yevropa davlatlari tuzilishi darajasida bo'lmasa-da, biroq ma'lum idora qilish tizimi mavjud bo'lib, yetarli darajada tartibli edi. Shunga binoan, yuqorida eslatganimizdek, davlat mansablari saroy-ma'muriy, diniy va harbiy lavozimlarga bo'linar edi. Bu vazifalarni bajaruvchilarga davlat xazinasidan tegishli maosh va mukofotlar berilgan. Sanab o'tilgan turli-tuman amaldorlar va xizmatkorlarning mavjudligi Xiva xonligida juda katta boshqaruv apparati bo'lganligi, mukammal boshqaruv siyosati yuritilganligini tasdiqlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar.



  1. Каримов И. А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ //Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. Т. 7. – Т.: Ўзбекистон, 1999.

2.Qorayev S. Toponimika. Toshkent, 2006.
3. Begmatov E. Mustaqillik va toponimiya. O’zbek tili va adabiyoti // 2009, 5-son. 9-12-b.
4.Абулғози Баҳодирхон. Шажарайи турк. – Т., 1992.
5.Азизов Б. Т. Хоразм навозандалари. – Т.: Адабиёт ва санъат, 1994. – 10-б; Баёний. Шажараи Хоразмшоҳий. – Т., 1991. – 205-б.
6.Сагдуллаев А. С. ва бошқ. Ўзбекистон тарихи..., 254 б.
7.O‘zbekiston tarixi. Mualliflar jamoasi. – Toshkent: DONISHMAND ZIYO, 2020. – 278-280 b.
8.Аллаева Н. Хива хонлигининг дипломатияси ва савдо алоқалари (XVI- XIX асрлар). – Тошкент: Akademnashr, 2019. – 143 б.
9.Йўлдошев М. Хива хонлигида феодал ер эгалиги ва давлат тузилиши. – Т ..: Ўздавнашр, 276-б.1959.
10Мирпанжий И. Асирликдаги хотиралар. – Урганч, 1997.
.http://xorazmiy.uz/oz/pages/view/576
.http://Shajarayi turk.uz/oz/pages/view/589
http: ||ceberlenika.com|view|597
w.w.w xorazmiy .uz
w.w.w.kutubxona.uz.


1 1 Каримов И. А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ //Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. Т. 7. – Т.: Ўзбекистон, 1999. – 232–254-б.



2Абулғози Баҳодирхон. Шажарайи турк. — Тошкент: Чўлпон, 1992. – 192 б. Муҳаммад Юсуф Баёний. Шажарайи Хоразмшоҳий. ― Тошкент: Ғафур Ғулом, 1994. – 104 б; Мунис ва Огаҳий. Фирдавс ул-иқбол .- Тошкент, 2010. 91-бет

3Муравъев Н.Н. Путешествие въ Туркмению и Хиву въ 1819 и 1822 годахъ. Ч.2. – М., 1822; Вамбери А. Путешествие по Средней Азии. – Москва, 2003..; Иванин М.И. Хива и река Аму-Дарыя. – CПб., 1873..



4 Йўлдошев М. Хива хонлигида феодал ер эгалиги ва давлат тузилиши. – Т.: Ўздавнашр, 1959.; Бобожон
Тарроҳ Азизов – Ходим. Хоразм навозандалари. – Т.: Адабиёт ва санъат, 1994. ; Мирпанжий И. Асирликдаги хотиралар. – Урганч, 1997. – 17-б.



5 http://xorazmiy.uz/oz/pages/view/576

6 Sagdullayev A. S. va boshq. O‘zbekiston tarixi…, 253 b. Qisman o‘zgartirishlar kiritildi]

7 Вамбери А. Путешествие по Средней Азии. – Т., 2003. – С. 348–349.



8 Йўлдошев М. Хива хонлигида феодал ер эгалиги ва давлат тузилиши. – Т.: Ўздавнашр, 1959. – 279–280-б.



9 Йўлдошев М. Хива хонлигида феодал ер эгалиги ва давлат тузилиши. – Т.: Ўздавнашр, 276-б.



10 Бобожон Тарроҳ Азизов – Ходим. Хоразм навозандалари. – Т.: Адабиёт ва санъат, 1994. – 20, 26-б.



11 Абулғози Баҳодирхон. Шажарайи турк. – Т., 1992. – 124-б.



12 Аллаева Н. Хива хонлигининг дипломатияси ва савдо алоқалари (XVI- XIX асрлар). – Тошкент: Akademnashr, 2019. – 143 б.



13 O‘zbekiston tarixi. Mualliflar jamoasi. – Toshkent: DONISHMAND ZIYO, 2020. – 278-280 b.



14 Сагдуллаев А. С. ва бошқ. Ўзбекистон тарихи..., 254 б.



15 Азизов Б. Т. Хоразм навозандалари. – Т.: Адабиёт ва санъат, 1994. – 10-б; Баёний. Шажараи Хоразмшоҳий. – Т., 1991. – 205-б.



16 Abulg’oziy. Shajarayi turk. T.: Cho’lpon. 1992, 187 – B.



17 Begmatov E. Mustaqillik va toponimiya. O’zbek tili va adabiyoti // 2009, 5-son. 9-12-b.



18 Qorayev S. Toponimika. Toshkent, 2006.



Download 74,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish