Bog'liq ATMOSFERA MAVZUSINI O’QITISHDA AMALIY MASHG’ULOTLARNI TASHKIL ETISH METODIKASI
Ekologik muammolar - Inson faoliyati ta'sirida ionosferaning o'zgarishi juda tezlik bilan boryapti. Er kurrasi qiyofasining o'zgarishida insoniyat katta geologik kuch sifatida vujudga kelgani V.I. Vernadtskiy tomonidan ta'kidlab o'tilgan edi. Insonning geologik va geokimyoviy faoliyatini sarhisob qiladigan bo'lsak nihoyatda katta. Insonning tabiiy jarayonlarga ana shunday munosabatda bo'lishi natijasida XX asrning o'rtalarida ekologik muammolar juda avj olib ketdi. 1. Ekologik muammo deganda insonning tabiatga ko'rsatayotgan ta'siri, ya'ni uning iqtisodiyotgda, xo'jalik ahamiyatiga molik bo'lgan jarayonlar, tabiiy hodisalar bilan bog'liq (stixiyali talofotlar, iqlimning o'zgarishi, hayvonlarning yalpi ko'chib ketishi va b.) har qanday hodisa tushuniladi. Ekologik muammolarni uch guruhga ajratish mumkin:
1. Umumbashariy (global).
2. Mintaqaviy (regional).
3. Mahalliy (lokal).
Dunyo bo'yicha kuzatiladigan tabiiy, tabiiy-antropogen yoki sof antropogen hodisalar - umumbashariy muammolar deb qaraladi. Ana shunday muammolarga ba'zi-bir misollar keltiramiz. 2. “Atmosferaning dimiqish” hodisasi. Keyingi yillarda atmosfera tarkibidagi SO2 miqdori ortib borayotganligi ma'lum bo'lib qoldi. Natijada er yuzasining harorati 100 yil ichida 0,5 -1,00S ortdi. Iqlimning keng ko'lamda o'zgarishi atmosferaning sanoat chiqindilari va avtotransportlardan chiqayotgan gazlar ta'sirida ifloslanishi bilan bog'liq.. Er yuzasining global isishi, ya'ni “atmosferaning dimiqishi” SO2 ning havo tarkibida ortib ketishi, o'rmonlarning kesilishi, toshko'mir va benzin kabi yoqilg'ilarni yonishidan atmosferada to'planadigan SO2tufaylidir. Ana shunday zayilda ahvol o'zgarmasi yaqin yillarga kelib er yuzasining harorati 1.5-4.50S ortishi mumkin.
Buning natijasida quyidagi holatlar yuzaga kelishi mumkin:
1. Iqlimning o'zgarishi, ayniqsa cho'llanish jarayoning kuchayishi.
2. Yog'ingarchilik miqdori va muddatlarining o'zgarishi.
3. Geografik zonalarning siljishi.
4. Dengiz va okeanlar sathining ortishi.
5. Muzliklarning erishi va kamayishi hamda boshqa hodisadlar kuzatiladi.
Ozon qatlamining siyraklanishi. Ozonosfera atmosferaning muhim tarkibiy qismi hisoblanib, bu iqlimga katta ta'sir o'tkazadi va er yuzasidagi barcha tirik organizmlarni nurlanishdan saqlab turadi. Atmosferadagi ozonning eng muhim hususiyati - uning doimo hosil bo'lib va parchalanib turishidir. Ozon quyosh nurlari tasirida kislorod, azot oksidi va boshqa gazlar ishtirokida hosil bo'ladi. Ozon kuchli ulьtrabinafsha nurlarni yutib qolib, er yuzidagi tirik organizmlarni himoya qiladi. Ulьtrabinafsha nurlar miqdorining ortishi tirik organizmga salbiy ta'sir etadi. Ulьtrabinafsha nurlar ta'sirida nurlanish odamlarda terining kuyishiga sabab bo'ladi. Bugungi kunda teri saratoni bilan kasallanish ushbu nurlar ta'sirida kelib chiqayotganligi aniqlandi. Hozirgi davrda xlorftormetanlar (frionlar)dan keng foydalanish tufayli hamda azotli o'g'itlar, aviatsiya gazlari, atom bombalarini portlatishlar atmosferada etarli miqdorda ozon to'planishiga imkon bermayapti. Shuning uchun maishiy turmushda sovutgichlarda ishlatiladigan friondan foydalanishni qisqartirish va XXI asrda butunlay ishlab chiqarishni to'xtatish ko'zda tutilgan.
Xulosa Birinchi yer ustidagi atmosferaning qobig’i – troposfera bo’lib, u kimyoviy bog’lanishlardan tashkil topgan gazdir.Unda doimo uzliksiz kimyoviy jarayonlar bo’ladi.Ular natijada atmosferaga ta’sir etadi. Bu jarayonlarning mexanizmini va tezlikni bilish atmosferaga chiqadigan antropogen, tabbiy yoki atmosferaning transformasiyasi natijasida uninh monitoringini bemalol qilsa bo’ladi.
Ko’pincha atmosferaga chiqadigan chiqindilar qayta tiklanadigan yoki oksidlanishi natijasida chiqadi ( vodorod sulfid, metan, azot oksidi). Atmosferadagi gazlarning tahlili shuni ko’rsatdi-ki ayniqsa yer yuzasiga yaqin qismida asosan kuchli oksidlovchi moddalar ko’p hosil bo’lgan.Bularga sulfat kislota, azot oksidlari, nitrat kislotalari, uglerod oksidlaridir.
Shunday qilib troposferada asosiy rolni oksidlovchi moddalar o’ynaydi.
Atmosfera havosining monitoring – atmosferadagi zararli gazlar haqida ma’limotlarni beradi, ularning qanchalik darajada zaharliligini, o’simliklarga, hayvonlarga va insonlarga ta’sirini ko’rsatadi. Rivojlangan davlatlarda monitoringni ta’minlash uchun ifloslangan havoni avtomatlashtirilgan tizimlar nazoratini (IHATN) taklif qildi.
Ifloslangan havoni avtomatlashtirish tizimini nazorat qilish masalasini yechish quyidagilar:
- Avtomatik kuzatish va ifloslantiruvchi moddalarni konsentrasiyasini registrasiya qilish;
- Olingan moddaning analiz qilib, olingan natijalardan asoslab xulosa chiqarish;
- Ifloslanishni oldini olishni yo’llarini ishlab chiqish;
- Ifloslanish darajasini aniqlash;
- Atrof muhitni ifloslanish oldini olish;
-Aniq ma’lumotlar olish. Ifloslangan havoni avtomatlashtirilgan tizim nazorati quyidagi gaz aralashmalari yoki gazlarni aniqlashda ishlatiladi. Masalan; SO2; CO; NOx; O3; CmHn; H2S; NH3; Bundan tashqari temperaturani o’lchaydi, havo namligini ham olchab beradi.
Hozirda ifloslangan havoni avtomatlashtirilgan tizim nazorat yildan – yilga o’sib bormoqda.Sababi uni har xil stansiyalari hamma joylarga qo’yilmoqda.Bu esa barcha joylarni kuzatishga yordam bermoqda.Keyinchalik esa bu sistemani takomillashishi
natijasida global monitoringni ham yanada rivojantiradi. Bu esa barcha shaharlar, davlatlar qo’shilishib atmosferani ifloslanishiga kurashishiga yordamlashadi.