Reja: Kimyoviy va mineralogik tarkibi va uning turlari


KLINKER AYLANMA PECHLARDA KUYDIRILGANDA SODIR



Download 23,19 Kb.
bet4/5
Sana23.06.2022
Hajmi23,19 Kb.
#696332
1   2   3   4   5
Bog'liq
Hujjat

KLINKER AYLANMA PECHLARDA KUYDIRILGANDA SODIR
BOʻLADIGAN JARAYONLAR
Xomashyo aralashmasi aylanib turuvchi pechlarda kuydirilganda fizik va
fizik-kimyoviy jarayonlar sodir boʻlishi natijasida qovushib pishgan oʻlcham lari 2-
3 sm dan iborat donalar shaklidagi CS, CS, CA, C.AF va shishasimon qism dan
tarkib topgan klinker hosil bo'ladi.
Tashqi muhit temperaturasidagi shlam pechga tushishi bilan u temperaturasi
700-800 °C ga yetadigan chiqindi gazlarning keskin ta'siriga uchraydi. Bunday
yuqori temperatura ta'sirida shlam tezda 100 °C gacha isiydi va shu vaqtda shlam
tarkibidagi suv shiddat bilan bugʻlana boshlaydi. Shlam asta-sekin quyuqlasha
boshlaydi, uning tarkibidagi nam ancha kamaygandan so'ng yirik kesaklar
koʻrinishiga keladi. Kesaklar keyinchalik mayda parchalarga boʻlinib ketadi,
chunki shlamning loy komponenti namni yo'qotgach, qovushqoqlikligi susayadi.
Mexanik aralashtirilgan namning bugʻlanish jarayoni taxminan 200 °C gacha
davom etadi. 200 c gacha shlamda ketadigan jarayonlarning tabiatiga qarab,
pechning bu zonasi quritish zonasi deb ataladi.
Material surila borib, 200-300 °C dan yuqori temperaturada organik
aralashmalar yonib ketadi va kaolin hamda loy tarkibidagi boshqa suvli
alyum osilikatlar degidratatsiyalanadi. Loy suvni yuqotishi natijasida shlam
kukunga aylanib qoladi. Bu jarayon taxminan 600-700 °C gacha davom etadi.. 200-
700 °C oralig'ida oʻtayotgan jarayonlarni degidratatsiya zonasi deb yuritiladi.
Temperatura 800 ga yetganda shlamning ohaktosh komponenti quyidagi
reaksiya bo'yicha parchalanadi:


CaCO=CaoQCO,
800 °C da kalsiy karbonatning dissotsiatsiyalanishi juda sust oʻtadi, 1000 °C
da esa tez va toʻla dissotsiatsiyalanadi.
Xomashyo aralashmasi 700-1000 °C zonasida kalsiy oksidini hosil qiladi.
Shuning uchun pechning bu zonasi kalsiylanish zonasi deb ataladi.
Bu zona ko'p davom etgani bilan harorat sekin ortadi. Bunga sabab shuki,
issiqlik asosan kalsiy karbonatn ing parchalanishiga sarf boʻladi. 680-1000 °C da
oraliq birikma 2Cao Sio-CaCOhosil bo'ladi.
Qattiq fazalarda reaksiyalar 1000-1350 °C oraligʻida roʻy beradi. Bu
reaksiyalar ekzotermik zona deb ataladi.
Kuydirilayotgan aralashma ekzoterm ik zonada boʻlishi natijasida 2C0-SiO2
4CaO A,OyFeO, Ba CaO Al O, hosil bo'ladi.
Ammo shu bilan hali normal portlandsement klinker hosil boʻlmaydi, chunki
uning asosiy tarkibiy qismi-uch kalsiy silikat (3Cao-S102) yo'q. Bu mineral
pechning keyingi qismida (yuqori temperaturalar zonasida) hosil boʻladi. Bu zona
pishirish zonasi deb yuritiladi.
qumtuproq qattiq holda ikki molekuladan ortiq ohakni biriktira olmaydi biroq
suyuq holda qumtuproq ohakka nisbatan juda tez (3Cao Sio, gacha) toʻyinadi.
Demak, uchkalsiyli silikat olish uchun ikki kalsiyli silikat ohakni yutib, yuqori
asosli 3Cao-S10. ga aylanadigan darajada aralashmani qizdirish kerak.
Ancha oson eriydigan minerallar CA va CAF pishirish zonasida eriydi.
Hosil boʻlgan suyuq fazada Cs erib Gs gacha toʻyinadi. Uch kalsiy silikat
eritmada ikki kalsiy silikatga nisbatan ancha kam eriydi. Shuning uchun S3S hosil
boʻlishi bilan eritma mineralga o'ta toʻyinib qoladi va uch kalsiy silikat eritmada
mayda-mayda qattiq kristallar holida ajralib turadi.
CS ning erishi va ohakning yutilishi butun kuydirilayotgan aralashma
massasida boʻlmay, balki uning ayrim ulushlarida oʻtadi. Demak, ohak ikki kalsiy
silikatni toʻliq singdirib olishi uchun materiallarni ma'lum vaqtgacha pishirish
temperaturasi (1350-1450 °C) da tutib turish talab etiladi.

Materiallar bu zonada qancha ko'p turib turilsa ohak shuncha toʻliq


bogʻlanadi, shu bilan birga CS kristallari ham yiriklashadi. Klinkerni pishirish
temperaturasida kam vaqt ushlab turish tavsiya etiladi, agar shunday qilinsa
portlandsementning fizik mexanik koʻrsatgichlari yuqori boʻladi. Klinker pishirish
zonasidan sovitish zonasiga tushadi. Bu yerda klinker qarshisiga sovuq havo oqimi
oqib keladi. Pishirish zonasidan ayrim vaqtlarda aralashmaning butun chagi
qumtuproqqa butunlay to'yinib ulgurmaydi. Bu oʻzlashtirish jarayoni aralashmada
chak va CS kamayishi sababli yanada sekinlashadi. Natijada toʻyinish koeffitsenti
yuqori bo'lgan klinkerlarda doim erkin ohak bo'ladi. Bunday klinkerlarda chak
CsS holida iloji boricha koʻproq o'zlashtirib olinishi kerak. Klinker tarkibida erkin
chak 1-2 % boʻlsa u portlandsement sifatiga yomon ta'sir koʻrsatmaydi. Biroq
uning miqdori koʻp boʻlsa, portlandsement hajmining notekis o‘zgarishiga sabab
boʻladi, shuning uchun klinker tarkibida ohakning koʻpayishiga yoʻl qoʻymaslik
kerak.
Sovitish zonasidan klinker 1000-1100 °C da chiqadi va uni butunlay sovitish
uchun pech sovitkichiga yuboriladi. Klinker sovitilayotgan undan ajratib
olinayotgan issiqlik yana pechga qaytariladi.

Download 23,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish