Kimyoviy moddalarning odam organizmiga kirish yo`llari.
Kimyoviy moddalar odam organizmiga ovqat hazm qilish a`zolari, nafas olish, teri, shuningdek, infeksiya qilish orqali kiradi.
Organizmga kirgan moddalar qon orqali o`pka, yurak, jigar, buyrak, miya, oshqozon-ichak, endokrin, immun, jinsiy tizimlarga zaharli ta`sir ko`rsatib, kasalliklarni yuzaga kelishiga sabab bo`ladi.
Odam sog`lig`iga ta`sir etadigan faktorlar.
BMT qoshidagi Jahon Sog`liqni Saqlash Tashkiloti (ВОЗ) ning ma`lumotiga ko`ra odam sog`lig`i shartli ravishda 100 foiz deb qabul qilinadigan bo`lsa, uning:
- 50 foizi - har bir odamning turmush tarziga;
- 20 foizi - atrof-muhitga, ya`ni yashash, o`qish, ishlash sharoitiga;
- 20 foizi – irsiyatga;
- 10 foizi – tibbiy xizmatga bog`liq.
Shundan ko`rinib turibdiki, odam sog`lig`ining 70 foizi turmush tarzi va atrof-muhitga bog`liq ekan.
Demak, o`z sog`lig`ini mustahkam bo`lishini va uzoq umr ko`rishini istagan odam, ayniqsa ana shu ikkala omilga e`tiborini kuchaytirishi lozim.
Endoekologik kasalliklar.
Tashqi muhit – havo, suv, tuproq va boshqa narsalarni zararlanishi odam organizmining ichki muhiti (гомеостазис) ni buzilishiga, ya`ni endoekologik deb nomlangan kasalliklarni vujudga kelishiga sabab bo`layapti. Jumladan,
Avtotransportdan ajratiladigan chiqindi gaz tarkibida 100 dan ko`proq zaharli kimyoviy moddalar bo`lib, ular havo tarkibida nafas a`zolariga kirib, yallig`lanish va allergik kasalliklarni yuzaga kelishiga sabab bo`layapti.
Shular jumlasidan:
1. Allergik (vazomotor) rinit;
2. Allergik bronxit;
3. Bronxial astma (nafas qisish);
4. Allergik alveolit;
5. O`pkaning interstitsial – fibroz kasalligi;
6. O`pka raki;
7. O`pka sili.
8. Shuningdek, allergik dermatit – terini qizarishi, qichishi.
Endoekologik kasalliklarga - mikroblar, viruslarning mutatsiyalanishi tufayli vujudga keladigan kasalliklar ham kiradi.
Tashqi muhitda mikroblarning 1000 dan ortiq turi, viruslarning 250 dan ko`proq turi, shuningdek, zamburug` va boshqa mikroorganizmlarning 200 dan ortiq turlari bor.
Bularning ko`pchiligi odamda kasallik qo`zg`atish xususiyatiga ega, ba`zilari esa kasallik qo`zg`atish xususiyatiga ega emas.
Masalan, mavjud bo`lgan 250 dan ziyod viruslarning 100 ga yaqini odamda turli xil kasalliklarni qo`zg`atadi, qolganlari kasallik qo`zg`atmaydi. Ammo, tashqi muhit sharoitini uzoq yillar davomida o`zgarishi tufayli, bu viruslarning ayrimlari tabiiy mutatsiyaga uchrab, odamda kasallik qo`zg`atish xususiyatiga ega bo`layotgani hayotda isbotlanayapti. Masalan,
- OITS (SPID) kasalligini qo`zg`atuvchi virus ming yillar davomida maymunlar tanasida parazitlik qilib, ularda kasallik qo`zg`atgan. Ammo, odamda kasallik qo`zg`atmagan. Tashqi muhitning o`zgarishlari tufayli bu virus tabiiy evolyutsiyaga uchrab, maymun virusidan odam immunodefitsit virusiga OIV ga aylandi va OITS kasalligini qo`zg`atish xususiyatiga ega bo`ldi. Bu kasallik birinchi marta 1979 yilda AQSh da aniqlandi. Yildan-yilga ko`payib, XXI asr boshida BMT tomonidan “Asr vabosi” deb e`lon qilindi. Har yili 1-dekabr jahonning hamma mamlakatlarida OITS ga qarshi kurash kuniga bag`ishlangan tadbirlar o`tkazilmoqda.
Bu virus sog` odamlarga OITS bilan xastalangan bemordan va virus tashib yuruvchi sog` odamdan jinsiy, in`yeksiya, qon quyish, tibbiy va sartaroshlik asboblari orqali yuqadi.
Sabzavotlar, sut, go`sht mahsulotlarini buzilishdan saqlaydigan asboblarni (muzlatgichlarni) keng ishlatilishi tufayli, ana shu mahsulotlarda yashab, kasallik qo`zg`atmaydigan iersiniy mikroblari yillar davomida mutatsiyaga uchrab, iersinoz nomli og`ir kechadigan ichak kasalligini vujudga keltirdi. Demak, mazkur asboblar (muzlatgichlar) da uzoq vaqt davomida (bir necha kun) saqlangan mahsulotlarni yaxshi yuvib, qaynatib, pishirib iste`mol qilish zaruriyati vujudga keldi.
Legionell deb ataluvchi mikrob tashqi muhit havosida doim bo`lgan. Ammo, u odamda kasallik qo`zg`atmagan. Keyingi yillarda kondinsionerlarni haddan ortiq ko`p ishlatish, u ishlab turgan uy havosi namligining normadan (40-60 %) oshib ketishi tufayli, kondinsioner so`rib olgan tashqi muhit havosi tarkibidagi legionell mikrobini uy ichiga kirishi va uyning nam havosida mikrobning tabiiy evolyutsiyaga (mutatsiyaga) uchrashi natijasida, bu mikrob odamda og`ir kechadigan o`pka to`qimasining yallig`lanishini, ya`ni legionellez pnevmoniyasi nomli kasallikni yuzaga keltirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |