Reja: Katta yarim sharlar po’stlog’ining hujayraviy tuzilishi



Download 150,5 Kb.
bet4/5
Sana24.05.2023
Hajmi150,5 Kb.
#943216
1   2   3   4   5
Bog'liq
24-Ma\'ruza (1)

Uyqu. Uyqu turlari. Uyqu yuksak darajadagi hayvonlar vujudining qaytarib bo’lmaydigan ehtiyojidir. Odam umrining uchdan bir qismi davriy uyqu holatida o’tadi. Uyquning bir necha turi: davriy sutkalik, davriy, mavsumiy, kimyoviy va fizikaviy agentlar ta’sirida kelib chiqadigan narkotik uyqu, gipnotik uyqu, patalogik uyqu. Sanab o’tilgan dastlabki ikki uyqu, fiziologik holat, qolgan uchtasi esa vujudga har xil fiziologik ta’sirlar oqibatida kelib chiqqan uyqu hisoblanadi.
Vujudga efir, xloroform, alkogol va morfin, elektr toki ba’zi zaharlar ta’sirida narkotik uyqu kelib chiqadi.
Miya animiyasida (qon bilan kam ta’minlanganda), miya qisilganida, katta yarim sharlarda o’sma bo’lganda, miya stvolining ba’zi qismlari zaharlanganda patologik uyg’u kelib chiqadi. Uyquning bu turi kunlab, oylab, yillab davom etishi mumkin.
Gipnotik uyqu. Vaziyatning gipnozlovchi ta’sirida, ya’ni uyquga ehtiyoj borligini ishontiradigan gipnozchining harakterlari ta’sirida vujudga kelishi mumkin.
Davriy sutkalik uyquning monofazalik va diafazalik turi bor (kattalarda).
Monofazalik-sutkada bir marta uxlab, diafazalikda esa sutkada ikki marta uxlaydi. Yangi tug’ilgan bolalarning sutkalik uyqusi 21 soatga teng bo’lib, bir sutkada juda ko’p marta uxlab uyg’onadi. 6 oylikdan bir yoshgacha 16 soat, 4-yoshda-12 soat, 10 yoshda-10 soat, kattalar-7-8 soat, keksalar esa 5-6 soat uxlaydilar. Agar odam 4-5 sutka mutloq uxlamaganda, psixik reaktsiyalar tezligi pasayadi, aqliy ishdan tez charchaydi, ishni aniq bajara olmaydi. Surunkali uyqudan qolganda vegetativ reaktsiyalar aytarli o’zgarmaydi. Tana harorati biroz kamayadi tomirlar urishi sekinlashadi.
Uyqu chuqurligi dastlabki 2-3 soatda maksimumga yetadi. Keyin sekin asta kamayadi. Tekshirishlar shuni isbotladiki, sog’lom davriy uyquda po’stloq osti faoliyatining ba’zi turlari saqlanadi. Bu xodisani jiddiy tiyraklik deb ataladi.
Davriy mavsumiy uyqu hayvonlarda: ayiqlar, kemiruvchilar, sudralib yuruvchilar, hasharotlar, suvda va quruqlikda yashovchilarda uchraydi.
Uyquning fiziologik mexanizmi. Asab tartibi, jumladan bosh miya katta yarim sharlar po’stlog’i faolligini kamayishi, tevarak-atrofdagi voqealardan aloqa uzilishi uyquning doimiy va eng muhim belgilaridir. Uyquda vujudning tevarak atrof bilan aloqasi uzilsa uyg’onishda esa aloqa tiklanadi. Uyqu vaqtida OAF tida sensomotor sferada ayniqsa keskin o’zgarishlar ro’y beradi. Uyg’oqlikdan uyquga o’tganda po’stloq ritmlari sekinlashadi. Po’stloq elektro entsefalogrammasida sekin ritmlar o’rniga past ampletudali va yuksak chastotali tebranishlar paydo bo’ladi. Chuqur uyquda mushak tonuslari pasayib ketadi. O’tirib uxlab qolgan odamning boshi bo’yniga tushib ketishi, qo’lidagi narsalarning tushib ketishi buning ifodasidir. Ammo mushaklarning bo’shashuvi uyquning muqarrar va doimiy komponentlari emas.
Masalan: o’tirib uxlash pozasi uzoq saqlanish, uyquda har xil qo’l harakatlarini qilish mumkin.
Kataletik uyquda hatto mushaklar tonusi nihoyatda oshgan bo’ladi. Uyquda sezuvchanlik: ko’ruv, eshitish, ta’m, hid va teri sezgisi nihoyatda pasayadi. Uyquda biron harakatni yuzaga chiqarish uchun tiyraklikdagiga nisbatan juda kuchli taassurot bilan ta’sir qilish kerak. Uyqu paytida shartli reflekslar tormozlangan, shartsizlari esa susaygan bo’ladi. Refleks yuzaga chiqqanda ham refleksning latent davri uzayadi. Chuqur uyquda nafas siyrak va tekis bo’ladi. Gazlar va asosiy almashinuv biroz pasayadi, yurak urishi siyraklashadi, arterial qon bosimi pasayadi, buyraklarda siydik kamroq hosil bo’ladi. Tungi uyquda odamning tana harorati pasayadi.

Download 150,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish