Reja. Jarohatlanishlar turlari va birinchi tibbiy yordam ko`rsatishning umumiy qoidalari. Bolalarda gipertermik sindrom – sabablari, belgilari, tashxislash va davolash asoslari Astma xurujida birinchi yordam Shoshilinch hollarda o`tkir yurak xuruji Talvasa



Download 96,17 Kb.
Sana13.04.2020
Hajmi96,17 Kb.
#44313
Bog'liq
Avazxonova Xilolahon 2019

O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKЕNT DAVLAT PЕDAGOGIKA UNIVЕRSITЕTI

MUSTAQIL ISH
Mavzu: Shoshilinch holatlarda birinchi yordam ko`rsatish
Bajardi: 102-guruh talabasi

Avazxonova Xilolahon

Tekshirdi:_____________

Toshkent 2019



Reja.

  • Jarohatlanishlar turlari va birinchi tibbiy yordam ko`rsatishning umumiy qoidalari.

  • Bolalarda gipertermik sindrom – sabablari, belgilari, tashxislash va davolash asoslari

  • Astma xurujida birinchi yordam

  • Shoshilinch hollarda o`tkir yurak xuruji

  • Talvasa sindromi, Buyrak sanjig`i

  • Loringospazm


Jarohatlanishlar turlari va birinchi tibbiy yordam
ko`rsatishning umumiy qoidalari.

Jarohatlanganlarga birinchi yordam ko`rsatishdan oldin qo`yidagi ishlarni bajarish lozim: jarohatlanish sabablarini yo`qotish (masalan, jarohatlanuvchini gazlar, zaharlar to`lgan xonadan olib chiqish); elektr simini olish (elektr toki urganida; jarohatlanuvchining ahvolini yomonlashtiradigan barcha narsalarni yo`qotish (jarohatlanuvchi ustidagi yukni, devor parchalarini olish, xonadan yoki yonayotgan joydan olib chiqish); y jarohatlanuvchining umumiy ahvolini aniqlash va birinchi navbatda odam hayoti va salomatligiga eng ko`p xavf tug`dirayotgan narsani yo`qotish (masalan, arteriyalar kesilganida qon oqishini to`xtatish, nafas olish to`xtab qolgan va yurak faoliyati buzilgan bo`lsa, sun'iy nafas oldirishni yoki yurakni uqalashni boshlash va h.k.); y agar bemorga xavf tug`ilmaydigan bo`lsa, birinchi tibbiy yordami ko`rsatishda uni ko`zg`atmaslik; y xushidan ketganda tashlab ketmaslik; birinchi yordam ko`rsatash uchun jarohatlanganning kiyimini yechishda yoki yaralangan joyidagi kiyimini qirqishda juda ehtiyot bo`lish zarur; jarohatlanganni avaylash. Arteriyadan oqadigan qon och qizil rangli, kuchli qon oqimi bosim ostida beto`xtov otilib turadi. Arteriyadan qon oqqanda, yirik arteriyalar. jarohatlanganda tezlikda yordam ko`rsatish zarur. Birinchi navbatda tomirni barmoqlar bilan qattiq bosib, suyakka siqish kerak. Bog`lam qo`yishda quyidagi ishlarni bajarish lozim: y teriga bir necha qavat qilib taxlangan latga (dastro`mol) qo`yish; y bog`lamni qon to`xtaguncha tortish; y bog`lam ostiga kun 24 soat deb hisoblaganda u qachon qo`yilganligi aniq yozilgan (masalan, 05 soat 35 min.) qog`oz qo`yish. qon oqqanda arteriyalarning va tizza bo`kishidan siqib 116 qo`yiladigan joylari: 1-tirsakka oid; 2-nurli; 3-elkaga oid; 4-o`mrov-osti; 5-o`ng uyquga oid; 6-kurak; 7-chakkaga oid; 8-chap uy-quga oid; 9-birinchi qo`l ostidagi; 10-o`ng songa oid; 11-chap songa oid; 12-orqa katta songa oid; 13-oyoq kafti oyoq (a) va qo`llardan (b) qon oqqanda jgut qo`yish venadan oqadigan qon to`q rangli bo`ladi, yaradan otilib chiqadi, kapillyardan qon ozroq miqdorda sekin chiqadi. Vena va kapillyar qon oqishni to`xtatishda bosib turadigan bog`lam qo`yishning o`zi kifoya. Jarohat atrofidagi teriga yod surtiladi, sterillangan bint parchasi yoki toza ip-gazlama qo`yiladi va bint bilan mahkam bog`lanadi. Qorinning ustki qismi va bo`shlig`ining ichi shikastlanganda bemor sanitariya zambiliga chalqanchasiga yotqiziladi, tizzalari biroz bukiladi. Jarohatning butun yuzasiga katta doka (toza adyol, sochiq) yopish va yarani bint bilan yaxshilab bog`lab qo`yish kerak. Jarohatlanganga suv berish va yarani suv bilan yuvish yaramaydi. Ko`krak qafasi ichida o`pka, yurak hayot uchun xavfli darajada jarohatlangan bo`lishi mumkin. Teri atrofidagi jarohatga yod eritmasi surtilgandan keyin uning ichiga havo kirmasligi uchun zich yopishib turadigan bog`lam qo`yiladi. Buning uchun jarohat ustiga havo o`tkazmaydigan material qo`yib, ustidan 3-4 qavat sterillangan ro`molcha yoki bint va paxta qo`yiladi. Shundan keyin jarohat bint bilan qattiq bog`lab qo`yiladi. Agar shikastlangan kishining ko`ziga biror o`tkir narsa tegib jarohatlangan bo`lsa, u holda dokali tiqin qo`yib darhol kasalxonaga jo`natish kerak. Ko`zga xas-cho`p tushganda uni qo`l bilan artish yaramaydi. Bug`imlarga ziyon yetishi-shish hosil bo`ladi. Teri ko`karadi, og`riq paydo bo`ladi. Bunday holatda bemor harakat kilmasligi lozim jarohatga muz qo`yiladi. Kishi issiqlik, kimyoviy yoki elektr manbalaridan biror joyini kuydirib qo`ysa jarohatlangan joyni kaliy permanganat eritmasi yoki ichimlik sodaning 2% li eritmasi bilan xo`llash lozim. 2- va 3-darajali kuyishlarda terining shu joyiga kaliy permanganat eritmasi surtiladi, quruq sterillangan bog`lam qo`yiladi va darhol shifoxonaga yuboriladi. Kimyoviy kuyishlarda tananing kuygan qismini suv bilan kamida 20 minut yuvish kerak. Shundan keyin sodaning 2% li eritmasi yoki borat yoxud sirka kislotalarning 1% li eritmasi bilan qo`llangan nam bog`lam qo`yiladi.

Pestisidlar bilan zaharlanganda, jabrlanuvchini pestisid sepilgan daladan ochiq havoga olib chiqish va teriga tushgan bo`lsa, u holda terini suv oqimi bilan yuvish yoki artib tashlash lozim. Agar pestisid organizmga oshqozon-ichak yo`lidan o`tgan bo`lsa, jabrlanuvchiga bir necha stakan suv yoki kaliy permanganatning och pushti eritmasi ichiriladi va og`izga barmoqni tiqib qayt qildiriladi (2-3 marta). Shundan keyin 2-3 qoshiq aktivlangan ko`mir bilan yarim stakan suv, so`ngra surgi (20 g taxir tuzning 0,5 stakan yeuvdagi eritmasi) ichiriladi. Nafas olish susayganida novshadil spirti qidlatiladi, nafas olish to`xtaganida sun'iy nafas oldiriladi. Chang va zaharli gazlar ta'siri natijasida zaharlanish kishiga hid sezish va xis etish organlarini qo`zg`atadi, shuningdek, umumiy holsizlanish paydo bo`ladi. Zaharlanishni eng birinchi belgilaridan bosh og`rishi, ko`ngil aynishi, boshda og`irlik va quloqda shovqin paydo bo`lishi, bosh aylanishi va yurak urishining tezlashishidir. Zaharlangan odamning zaharlangan muhitda bo`lishining davom etishi uni yana ham holsizlantiradi, uyhuga tortadi, nafas olishi uzuh-uzuh bo`ladi, tomir tortishi paydo bo`ladi va nafas olish markazining falajlanishidan o`lim yuzaga keladi. Jabrlanuvchida zaharlanish alomatlari paydo bo`lishi bilan uni toza havoga olib chiqish, sovuq kompressni boshiga qo`yish va novshadil spirtini hidlatish lozim. Yuzaki sust nafas olishda yoki u to`xtaganda sun'iy nafas oldiriladi. Zaharlanganda birinchi navbatda nafas olish yo`li, teri, oshqozon-ichak trakti orqali zaharli moddalarning o`tishi to`xtatiladi. U teriga tushishi bilan suvda yuvib tashlanadi. Agar zahar oshqozon-ichak trakti orqali organizmga o`tsa, bir necha stakan iliq suv yoki kuchsiz kaliy permanganat aralashmasi ichiriladi, ya'ni ko`ngil aynashini to`xtatish uchun. Undan keyin yarim stakan suvni ikki-uch qoshiq aktivlashtirilgan ko`mir bilan ichiriladi. Qustirish uchun iliq suv yoki kuydirilgan magneziy eritmasi beriladi va jabrlanuvchining oshqozon atrofi uqalanadi, so`ngra jabrlanuvchiga xom tuxum beriladi. GXSG va rux fosfidi bilan zaharlanganida sut tavsiya etilmaydi. Jabrlanuvchiga ichni yumshatadigan tuz glauber yoki angliyskiy) berish mumkin, zahar kuchini yanada oshirib yubormaslik uchun zigir moy (kanakunjut moyi va shunga o`xshashlarni) bermaslik kerak. Jabrlanuvchining yuragi xasta hollarda unga efirli valerian tomchisi beriladi.

Jarohatlanganda 1 yordam ko`rsatish asosan qon oqishini vaqtincha to`xtatish ( bog`lam, jgut) va infeksiya tuhshishining oldini olish tashkil etadi.

Jarohatga bog`lam qo`yishdan oldin gavdaninig shu qismidagi kiyim yoki poyafzalni ehtiyotlik bilan echish lozim.

Vaqtinchalik qon tuxtatishdan so`ng transport immobilizatsiyasi tegishli qoidalar asosoda bajarilishi va bemor davolash muassasalariga yotqiziladi.

Shifokor kelguncha beriladigan yordamni tibbiyot xamshirasi jarohat yuz bergna joyda tug`ri ko`rsata bilishi kerak. Keyin bemorga qoqsholga qarshi zardob yuborish, uni ixtisoslashgan davolash muassasiga jo`natish kerak.



Jarohat yuzasini tozalash va birlamchi chok solish. Muolajaning bu turini kichikroq yuza jarohatlari bol`gan bemorlarda yoki atroflari tekis, ifloslanmagan va ichkarida joylashgan to`qimalar hamda anchagina shikastlangan kesilgan jarohatlarda bajariladi . Jarohat atrofi soch yoki jundan tozalanadi, teri spirt bilan artiladi a yod eritmasi surtiladi.

Jarohatga birlamchi xirurgik ishlov berish Bunda jarohat chekkalari, devorlari va tubini sog`lom to`qimalarigacha kesish, uni aseptic jarohatga aylantirish prinsipi yotadi. JArohat og`riqsizlantiriladi, tozallanadi, qon oqishi uzil- kesil tuxtatiladi. Ichki tomondan ketgut chok solish va terini ipak bilan choklash yordamida jarohat chekkalari bir – biriga yaqinlatiriladi. JArohat chekkalariga antibiotiklar quyiladi. Yuz, til, qo`l panjasi jarohatlanganda, ya`ni qon ta`minoti yahshi bo`lgan sohalarda jarohat chekkalari minimal darajada kesilib, choklar solinadi va zarurat bo`lganda immobilizatsiya qilinadi. Jarohatni birlamchi xirurgik tozalashdan so`ng normal bitayotgan choklar 7-8 kunida olinadi.

SUN`IY NAFAS BERISH USULLARI

Nafas yo`llari utkazuvchanligini tiklash, nafas - tovush boylamlarininig spazmi, nafas yo`llariga kusuk massasininig tikilishi, intubatsion naychaninig buralib ketishi ,tilning xalqumga ketib qolishi va shu kabilar oqibatida nafas faoliyati tuxtashi mumkin.

Nafas yo`llari tulik yoki qisman bekilishi mumkin. Bexush holatda yotgan odamda nafas yo`llari erkin o`tkazuvchanligini tiklash uchun tez va izchillik bilan qo`yidagi tadbirlarin o`tkaaizsh zarur:

1) Bemorni qattiq yuzaga chalqancha yoyqizish.

2) boshini orqaga engashtirish.

3) Pastki jag`ini oldinga va yuqori surish va og`zini och.

4) Og`iz va tomoqni shilimshiq va boshqalardan tozalash.

5) bemorni og`ziga xavo yuborib, kukrak qafasi ekskursiyasi va nafas chiqarishni kuzatib turish mumkin.

Og`izdan- og`izga yoki og`izdan-burunga nafas berish usuli nafas oldirishninig eng ta`sirchan va oddiy usulidir. bemor boshini orqaga ko`proq engashtirib, chalqancha yotqiziladi. Buning uchun bemorning kuraklari ostiga bolishga uxshatib yumoloqlangan adyol qo`yiladi. Bemorninig burni barmoqlar bilan qisiladi, Og`ziga doka yoki ro`molcha yopiladi va chuqur nafas olib xavo bemorninig og`ziga puflanadi. Nafas chiqarish susut bo`ladi, bir minutda taxminan 12-16 marta puflanadi. Bemorning jag`lari maxkam qisilgan xollarda og`izdan burunga sun`iy nafas oldirish ususli foydali hisoblanadi. bu maqsadda bir qul bilan bemorninig boshi manglayidan orqaga oqaga engashtiriladi. 2-kul bilan iyagidan ushlanadi va pastki jag`ini yuqoriga kutarilib, og`zi berkitiladi. So`ngra chuqur nafas olib lablar bilan burnini kamrab olib jadallik bilan nafas puflanadi.

Bolalarda gipertermik sindrom – sabablari, belgilari, tashxislash va davolash asoslari

Bolalarda gipertermik sindrom – termoregulyatsiyaning buzilishi boʻlib, bunda tana harorati yuqori koʻrsatkichlarda boʻladi va ichki aʼzolar tomonidan turli xil oʻzgarishlar kelib chiqadi, koʻpincha yurak-qon tomir va nerv tizmi zararlanadi. Gipertermiya tana haroratning 39,5 °C​ dan yuqori boʻlishi, gemodinamikaning buzilishi, miya shishi va oʻtkir poliorgan yetishmovchiligi bilan kechadi. Ushbu sindrom klinik belgilar, termometriya va laboratoriya tekshiruvlari asosida tashxislanadi. Diagnostikada maxsus usul mavjud emas, davo muolajalari ham kompleks ravishda olib boriladi – tana haroratini tushiruvchi preparatlar, regidratatsion davo, hamda asosiy kasallikni davolash muolajalari oʻtkaziladi. Bolalarda gipertermik sindrom – bola hayotiga xavf soluvchi jiddiy holat. Koʻpincha 6 yoshgacha boʻlgan bolalarda kuzatiladi, kam hollarda oʻsmirlik yoshidagilarda ham uchraydi. Oʻz vaqtida tashxis qoʻyilmasligi va davo muolajalari olib borilmasligi oqibatida oʻlim holati qayd etilishi mumkin. Ushbu holatning xavfliligi uning tez rivojlanishidir. Bundan tashqari tibbiyot soрasida har doim ham gipertermik sindromga shubha qilinavermaydi va shuning uchun ham sindrom oʻz vaqtida aniqlanmaydi va davo choralari koʻrish kechikadi. Gipertermik sindromning bolalarda koʻp kuzatiladigan turi – yomon sifatli gipertermiya holatidir, ushbu holat jarrohlik amaliyotidan soʻng rivojlanadi. Pediatriya sohasida 3 yoshgacha boʻlgan bolalarda bu holat alohida atama – Ombredan sindromi deb yuritiladi.

Bolalarda gipertermik sindrom sabablari

Bolalarda gipertermik sindrom boshqa har qanday tana harorati koʻtariluvchi holatlar singari organizmning himoya mexanizmi hisoblanadi, koʻpincha infeksion omilga qarshi yuzaga chiqadi (bakteriya, virus va boshqalar). Faqatgina, bu holatda jarayon hayot uchun muhim boʻlgan aʼzolar va aʼzolar tizimini qamrab oladi. Gipertermik sindrom kelib chiqishiga koʻplab sabablar mavjud va koʻpgina kasalliklar bilan birga namoyon boʻladi: gripp, OʻRVI, qizilcha, suvchechak, septik holat va shu kabilar. Boladagi nerv tizimi tomonidan kuzatiladigan kamchiliklar, bosh miya jarohatlari va oʻsmalari ham patologik holat rivojlanishida katta rol oʻynaydi. Nasliy moyillik ham isbotlangan.

Tana harorati koʻtarilishi nafas olish sonining ortishi, natijada qonda atsidoz kelib chiqishiga sabab boʻladi. Bir vaqtning oʻzida ter ajralishi koʻpayadi va gipovalemik holat yuzaga chiqadi, yaʼni natriy va kaliy ionlari konsentratsiyasi kamayadi.

Bolalarda gipertermik sindrom yaqqol namoyon boʻladigan belgilar bilan kechadi. tana harorati kritik koʻrsatkichlarga qadar koʻtariladi – 39,5 °C​ va undan yuqori. Bola umumiy ahvoli ogʻirlashadi, holsizlik yoki kuchli qoʻzgʻaluvchanlik kelib chiqadi, bola ishtahasi yoʻqoladi, koʻpincha qayt qiladi. Teri rangi kulrang tusga kiradi, “marmar tosh” kabi koʻrinishga kelib qoladi. Avvaliga, teri qoplami issiq boʻladi, tana harorati uzoq muddat yuqori boʻlib turishi natijasida sovib ketadi, ayniqsa qoʻl va oyoqlarda bu aniq bilinadi. Bola nafas olishi tezlashadi va yuzaki boʻladi.

Gemodinamika buzilishi taxikardiya, arterial bosim pasayishi, mikrosirkulyatsiyaning buzilishi koʻrinishida namoyon boʻladi. Mikrosirkulyatsiyaning buzilishi miya shishiga sabab boʻladi va bu bolada sudorgi (talvasa), hush yoʻqolishi va gallyutsinatsiyalarga sabab boʻladi. Ogʻir koʻrinishlarida bola xohlamagan holda peshob va najas ajralishi kuzatiladi. Qorin sohasida qon tomirlar spazmi hisobiga ogʻriqlar paydo boʻlishi ham mumkin. 1 yoshgacha boʻlgan bolalarda gipertermik sindrom koʻpincha oʻpka shishi bilan asoratlanadi.

Bolalarda gipertermik sindrom oqibati va profilaktikasi

Oʻz vaqtida oʻtkazilgan davo muolajalari natijasida gipertermik sindrom oqibati koʻp hollarda ijobiydir. Tashxisning kech qoʻyilishi va kasallikning ogʻir kechishida qaytmas nevrologik asoratlar kelib chiqishi mumkin, bosh miyada epileptik oʻchoq paydo boʻlishi va tana haroratining kichik koʻrsatkichlarda koʻtarilishi ham talvasalarga sabab boʻladi. Gipertermik sindromning uzoq muddat davom etishi oqibatida surunkali buyrak yetishmovchiligi, miokardit, buyrak usti bezidagi oʻzgarishlar va boshqa patologiyalar kelib chiqadi.

Bolalarda gipertermik sindrom oldini olish uchun tana haroratiningkoʻtarilishiga sabab boʻluvchi patologiyalar (bosh miya jarohati va bosh miya shishi, nevrologik kasalliklar va boshqalar) dan qochish talab etiladi. Virusli va bacterial kasalliklarni oʻz vaqtida davolash ham gipertermik sindrom rivojlanishi xavfini kamaytiradi.



ASTMAda birinchi yordam

Astma (yunoncha asthma — halloslash, boʻgʻilib qolish) — bronxlar teshigining toʻsatdan torayib qolishi (qarang Bronxiol astma) yoki yurak kasalliklari natijasida (qarang Yurak astmasi) tutadigan boʻgʻilish xuruji. Astma tutganda darhol shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish zarur. Astma qanday sababga koʻra kelib chiqqan boʻlishidan qatʼi nazar, bemorni oyogʻini pastga osiltirib oʻtqazish va xona havosini yangilash zarur. Dori-darmon faqat shifokor ruxsati bilan beriladi Bronxial kanallarning qisqarishi va havo o’tishini kamayishiga olib keladigan bronxial astma nafas yo’llarining surunkali kasalligiga kiradi.

Astmaning eng ko’p uchraydigan simptomlari o’z ichiga quyidagilarni oladi: bronxospazm, yo’tal va xirillab nafas olish hurujlari oqibatida nafas olishning qiyinlashishi. Bu hurujlar ayniqsa tunda va erta saharda ro’y beradi. Agar bemor astmaga qarshi davolansa, uning simptomlari tamoman yoki qisman yo’q bo’lishi mumkin. Astma hurujlari allergen moddalar ta’sir qilganda(chang, o’simlik gullar changi, hayvonlar juni, patlari, ayrim oziq-ovqat turlari), jismoniy kuch ishlatilganda, sovuq havodan nafas olganda yoki nafas yo’llariga infektsiya yuqqanda ro’y berishi mumkin.

Astma kasalligiga moyil odamlar odatda ko’krak qafasi siqishi, meyyoridan ortiq so’lak ajrab chiqishi, uyquning bezovtalanishi yoki nafas olishning tezlashishidan shikoyat qiladilar.

ASTMAda birinchi yordam. BRONXIAL ASTMA-mayda bronxlarning torayishi,shilliq pardasining ko'pchishi va ichiga shilimshiq tiqilishi natijasida vaqt-bevaqt nafas qisishi,bo'g'ilish hurujlari bilan o'tadigan allergik kasallik.Huruj to'satdan turli xil vaqtda paydo bo'ladi,nafas olish qiyinlashadi,xususan nafas chiqarish,xushtaksimon xirillash paydo bo'ladi va u masofada eshitiladi. Nafas olish tezlashgach yopishqoq shishasimon,qiyin ko'chuvchi balg'am ajraladi. Bo'g'ilish huruji bir necha daqiqadan bir necha soatgacha davom etishi mumkin Juda og'ir hollarda astmatik holat rivojlanadi,bunda huruj bir necha kun davom etadi,yoki huruj ketma ket,qisqa oraliqlar bilan kechadi. ASTMA-bronxlar teshigining to'satdan torayib qolishi(bronxial astma)yoki yurak kasalliklari natijasida(yurak astmasi)tutadigan bo'g'ilish huruji. Astma tutganda darhol shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatish zarur Astma qanday sababga ko'ra kelib chiqishidan qatiy nazar,birinchi yordam bemor oyog'ini pastga osiltirib o'tkazish va darhol xona havosini yangilash zarur Dori darmon faqat vrach ruxsati bilan beriladi. Bronxial astma nafas yo‘llarining surunkali kasalligi bo‘lib, uning asosida doimiy yallig‘lanish belgilari yotadi. Yallig‘lanish jarayonida bronxlar sezuvchanligi ortib, natijada bronx-o‘pka tizimida o‘zgarishlar yuzaga keladi. Bu o‘zgarishlar bemorlarda takror-takror nafas qisishi, hansirab qolish, ko‘krak qafasida xirillash va og‘irlik paydo bo‘lishiga hamda kechalari yo‘tal xuruji tutishiga olib keladi. Astma so‘zi “bo‘g‘ilish”, “hansirash” ma’nolarini bildirishi bejizga emas. Chunki bronxial astmaga duchor bo‘lganlar bronxlar shilliq qavatining shishishi, shilliq ishlab chiqarishning kuchayishi va bronxspazm tufayli tez-tez nafas qisishidan shikoyat qiladilar.

Xastalikning ilk xurujlari bolalikda yoki balog‘atga yetish davrida boshlanishi mumkin. Ayrim odamlarda esa bu kasallik keksalik yoshida ham rivojlanadi. Bronxial astma ko‘pincha biror kasallik (nafas yo‘llarining jiddiy yallig‘lanishi, zotiljam, qizamiq, ayollarda jinsiy a’zolar yallig‘lanishi) yoki qattiq asabiylashish va ruhiy zo‘riqishdan keyin paydo bo‘ladi. Yozning o‘zgaruvchan kunlarida, ayniqsa ob-havo sovuq va nam bo‘ladigan ko‘klam hamda kuz fasllarida bronxial astma xurujlari kuchayadi.




Shoshilinch hollarda o`tkir yurak xuruji

Miokard infarkti bilan kasallangan bemorlarni davolashda asosiy maqsad — shikastlangan miokard sohasida iloji boricha tezroq qon aylanishini tiklashga va ta’minlashga qaratilgan. Bemorlarning sog’lig’i va hayoti ko’p jihatdan kasalxonaga yotqizilgunga qadar bo’lgan davrda yordam ko’rsatiilshiga bog’liq.

Tez yordam shifokorlari oldida turgan eng muhim masalalardan biri — og’riq xurujini qoldirishdir. Chunki simpatoadrenal tizimining faollashishi natijasida yurak mushagining zo’riqishi oshadi va kislorodga bo’lgan ehtiyoj ortadi, bu shikastlangan soha ishemiyasini yanada oshiradi. Ko’pincha shifokorlar og’riqdan xalos qilish uchun narkotik analgetiklarni qo’llashlari mumkin, ko’pincha kasalxonagacha bo’lgan bosqichda morfin ishlatiladi. Agar narkotik analgetiklarni qo’llash ta’siri yetarli bo’lmasa, vena ichiga nitropreparatlar yoki beta-blokatorlar yuboriladi.

Toj arteriyalarida qon aylanishini qayta tiklash ham davolashda muhim ahamiyat kasb etadi. Qarshi ko’rsatmalar mavjud bo’lmaganda shifokor tez yordam mashinasida trombolizisni boshlashi mumkin. Ushbu muolaja hamma bemorlarga ham qilinavermaydi, uning mumkinligini shifokor EKG natijalariga asoslanib belgilaydi. Trombolizisning samaradorligi uning qay vaqt boshlanganligiga bog’liq bo’lib, yurak-qon tomir kasalligi boshlanishining dastlabki soatlarida trombolitik preparatlarni yuborish qon aylanishini yuqori ehtimollik bilan tiklashi mumkin.

Tez yordam transportida olib ketish paytida trombolizni o’tkazish to’g’risidagi qaror vaqt omiliga bog’liq bo’ladi. Bunday preparatlar tez yordam mashinasi kasalxonaga yetib borishi vaqti 30 daqiqadan ko’p bo’lsa qo’llaniladi.

Talvasa sindromi

Neonatal talvasalar – mushaklarning qisqarib-tirishish sindromi bo‘lib, bola hayotining ilk 28 kuni ichida kelib chiqadi. Tananing umumiy yoki ma’lum bir mushaklari tirishishi, vegetativ belgilar, ba’zida nafas olishning buzilishi bilan kechadi. EEG tekshiruvida epileptik o‘zgarishlar aniqlanadi va bu anamnez hamda klinik belgilar bilan birgalikda yangi tug‘ilgan chaqaloqlar talvasasi diagnozini tasdiqlaydi. Davo kompleks ravishda olib boriladi. Etiotrop davoda talvasaga qarshi preparatlar buyuriladi, SO‘V (sun’iy o‘pka ventilyatsiyasi) ham talab etilishi mumkin. Patologik holat oqibati ko‘pincha salbiy. Neonatal talvasalar – yangi tug‘ilgan bolalarda epilepsiyaning simptomatik ko‘rinishi hisoblanadi. Patologiyaning uchrashi har 1000 ta yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning 1-16 tasida qayd etiladi, ko‘proq o‘​g‘il bolalarda yuzaga chiqadi. Bunda bolaning tug‘ilish muddati katta ahamiyatga ega, chala tug‘ilgan bolalarda sudorgilar uchrashi ko‘proq hamda patologiya og‘irroq kechadi. Neonatal talvasalar pediatriya sohasida muammoli holatlardan biridir, chunki patologiya asoratlari qaytmas bo‘lishi mumkin, ayniqsa bola hayotining 1 oyida juda xavfli. O‘lim holati 15-40 % ni tashkil etadi, yashab qolgan bolalarda nogironlik kelib chiqish ehtimoli juda yuqori. Kasallik sabablari aniq o‘rganilmagan. Neonatal talvasalar kelib chiqish sabablari va klassifikatsiyasi

Bola dunyoga kelgan vaqtida uning bosh miyasi hali to‘liq rivojlanmagan, yangi neyronlar va neyronlar aro aloqalar shakllanishda davom etayotgan bo‘ladi. Bosh miyaning talvasalarga moyilligi aynan shu jarayonlar bilan bog‘liq. Neonatal talvasalar kelib chiqish sabablari turli-tuman. Ko‘pincha homiladorlik vaqtidagi gipoksik-ishemik perinatal ensefalopatiya natijasida patologik holat rivojlanadi. Bundan tashqari, talvasalar kelib chiqishida bosh miyaga qon quyilishiga sabab bo‘luvchi jarohatlar, bosh miya o‘smalar, homila ichi infeksiyasi va markaziy nerv tizimi rivojlanishdagi anomaliyalar ham muhim rol o‘ynaydi.

Neonatal talvasalar faqatgina nerv tizimi patologiyalarida rivojlanmaydi. Ko‘pincha sudorgilar kelib chiqishiga metobolizmdagi o‘zgarishlar ham sabab bo‘ladi. Buning asosida nasliy ayrim guruh vitaminlari, minerallar va boshqalar almashinuvining buzilishi yotadi, masalan piridoksinga bo‘lgan ehtiyoj, gipokalsiyemiya, siydikchil (mochevina) almashinuvining buzilishi, lizosomal to‘planib qolish kasalliklari. Kam hollarda neonatal talvasalar rivojlanishiga toksinlar sabab bo‘ladi, masalan narkotik moddalar qabul qiluvchi onadan tug‘ilgan chaqaloqlarda.



Neonatal talvasalar davosi va oqibati

Patologik sindrom davo muolajalari shifoxona reanimatsiya bo‘limida, doimiy shifokorlar nazorati ostida hamda nafas olishni rag‘batlantirish yo‘li bilan olib boriladi. Simptomatik davo sifatida talvasaga qarshi preparatlar buyuriladi. Bu kabi muolajalar o‘tkazilishi bola hayoti uchun juda muhim. Chunki talvasa xurujlari bola hayotiga jiddiy xavf tug‘diradi. Bolada qancha ko‘p marta talvasa xuruj qilsa, bola organizmi uchun shuncha ko‘p zarar yetadi va kelajakda bolada asoratlar kelib chiqish xavfi ham oshib boraveradi. Bir vaqtning o‘zida etiotrop davo ham o‘tkaziladi: antibiotik va viruslarga qarshi preparatlar, jarohat va qon quyilishlarni jarrohlik yo‘li bilan bartaraf etish, metabolik o‘zgarishlarda maxsus vositalar buyurish kabi chora tadbirlar.

Neonatal talvasalar oqibati ko‘pincha – salbiy. Gipokalsiyemiya bilan bog‘liq bo‘lgan talvasalar samarali davolanishi mumkin. Bosh miyadagi har qanday kasalliklar bola hayotida ijtimoiy muammolar, aqliy rivojlanishda ortda qolish va nogironlikka sabab bo‘lishi mumkin. Talvasalar bilan bog‘liq holatlarda o‘lim – bosh miya yirik jarohatlari va qon quyilishlari, rivojlanishdagi jiddiy nuqsonlar va septik asoratlarda kuzatiladi. Neonatal talvasalar kelib chiqishining oldini olish uchun ona va homiladagi asosiy kasallikni davolash kerak bo‘ladi.

Buyrak sanchig‘i – buyrakning ayrim kasalliklari belgisi. Birdaniga belda qattiq og‘riq turadi, ba’zan u chov sohasiga, songa, jinsiy a’zolarga tarqaladi. Og‘rikning zo‘ridan bemor o‘zini qo‘ygani joy topa olmay qoladi. Ba’zan sanchiq vaqtida kasal bot-bot siyadi (bu toshning siydik nayining qovuq oldi yoki qovuq ichida turganini bildiradi), qayt qiladi, yel chikmaydi, korni dam bo‘ladi, harorati ko‘tariladi, taxikardiya, qonda leykotsitoz, EChT tezlashadi. Buyrak sanchig‘i, ko‘pincha, siydik tosh kasalligida, siydik yo‘llarida tuzlar to‘planib qolganda, gidronefroz, nefroptoz, buyrak sili hamda siydik nayi va buyrakning boshqa kasalliklari natijasida yuzaga keladi. Buyrak sanchig‘ini o‘zga xastaliklardan farklashda urografiya juda qo‘l keladi. Sanchiq qaerda va qay tarzda bo‘lishidan qati nazar, darhol tez yordam chaqirish lozim. Chunki qorin bo‘shlig‘ining boshqa o‘tkir jarrohlik kasalliklarida ham shunday sanchiq bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda kasallikni aniklamasdan turib, o‘z bilgicha issiq yoki turlicha dori-darmonlar qilish yaramaydi, aks holda, tuzatib bo‘lmaydigan og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin. «Tez yordam» kelguncha papaverin, noshpa yoki platifillin xapdorilarini berish yoki in’eksiyalarini qilish mumkin.



Loringospazm

Laryngospazm - hayotning dastlabki ikki yilligidagi bolalarda juda keng tarqalgan. Og'ir o'lim hollari juda kam bo'lsa-da, ota-onalar bolaning qo'zg'olonlari bilan og'rigan bo'lsa, qanday choralar ko'rish kerakligini bilishlari kerak.

Bolalarda laringospazmning belgilari

Laringospazmning boshlang'ich belgilari shilliq mushaklarning torayishi oqibatida nafas olishning keskin o'zgarishini o'z ichiga oladi. Bolaning boshini chayqagancha, og'zi ochilib, mahkamlash oqibatida o'tkir hushtak eshitiladi. Bolaga darhol bo'yalgan teri, ayniqsa, nazolabial uchburchakda yuzning siyanozi kuzatilishi mumkin.

Laringospazm sovuq ter bilan, shuningdek, nafas olish jarayonida yordamchi muskullarni kiritish bilan tavsiflanadi.

Odatiy hujum bir necha daqiqa davom etishi mumkin. Shundan so'ng nafas asta-sekin qayta tiklanadi va chaqaloq normal holatga keladi. Ayrim hollarda laringospazm to'xtagandan so'ng, bolalar darhol uxlab qolishlari mumkin.

Og'ir holatlarda bolalar ongni yo'qotishi mumkin. Bunday spazmlar uchun, ekstremitalarning konvulsiyonlari xarakterli bo'lib, o'zlarini "o'zlari uchun", og'zidan ko'pikni chiqarishni istamasdan yurishadi. Hujum kechiktirilsa, bola asfiksatsiyalanishi mumkin.

Bolada laringospazmni qanday olib tashlash mumkin?

Bolalardagi laringospazmning dastlabki belgilari shoshilinch yordamni ta'minlash muhimdir. To'g'ri va o'z vaqtida qilingan harakatlar hujumni tezda bartaraf etishga yordam beradi, uning yomonlashuviga olib kelmaydi. Avvalo, xotirjamlikni saqlab qolish kerak, chunki asabiylashish bolaga tarqalib, spazmni oshiradi.

Bolalarda laringospazm uchun dastlabki yordam nafasni tiklash uchun kamayadi. Buning uchun u o'zida irritativ reflekslarni qo'zg'atish kerak. Shunday qilib, chaqaloq chimchilab, uni orqa tomon yamlab yoki tilning uchi bilan muloyimlik bilan tortib olishi mumkin. Kusma refleksini uyg'otish uchun harakat ham samarali. Buning uchun kichik qoshiqning uchi tilning ildiziga tegishi hisoblanadi. Bundan tashqari, chaqaloqning yuzi sovuq suvga purkalib, toza havo bilan ta'minlanishi mumkin, chunki spazm vaqtida chaqaloq kislorod etishmovchiligini sezadi.



Agar bola sizning iltimosingizni tushunish va bajarish uchun etarlicha keksaygan bo'lsa, uni nafasni oldindan chuqur nafas olish orqali bila turib ushlab turishga taklif qilishingiz kerak. Agar chora-tadbirlar yordam bermasa, chaqaloqning burniga ammiak bilan namlandirildi.

Foydalangan adabiyotlar

  1. A.N.Aripov, G’.R.Abdullayev, O.N.Imomov. Hayot faoliyati xavfsizligi (uslubiy qo’llanma) 2016

  2. www.avitsenna.uz,

  3. www.referat.arxiv.uz,

  4. www.wikipadia.org

Download 96,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish