Reja Jamiyat tushunchasi va uning vujudga kelishi



Download 62,14 Kb.
bet3/5
Sana12.06.2022
Hajmi62,14 Kb.
#660122
1   2   3   4   5
Bog'liq
5 МавзуЖамият ахборотлашувининг фалсафий асослари, жамиятни ахборотлаштириш

3-Informasion jamiyat.

Informasion jamiyat. Ma’lumki «Informasiya» tushunchasi dunyoqarashni ifodalaydigan bilimlarda qadimdan mavjud bo’lgan. Kibernetikaning kelib chiqishi va rivojlanishi bu tushunchani "aloqa" va "boshqaruv" tushunchalari bilan birga keng qo’llanishiga olib keldi. Hozirgi vaqtda axborotlarni hosil qilish, qayta ishlash, saqlash, ko’paytirish va tarqatish alohida ilmiy sohani - informatika (lotinchada: tanishtirish, tushuntirish, sharq tillarida "xabar", "ax~borot") sohasini tashkil etadi. Ana shu soha bilan bog’liq shakllangan «Informasiologiya» (lotincha: tanishtirish, tushuntirish va yunoncha: so’z, ta’limot so’zlaridan tuzilgan) - tirik hamda notirik tabiatdagi va umuman, olamdagi barcha jarayonlarni axborotlar asosida umumlashtirib o’rganuvchi fan hisoblanadi.
“Falsafa: ensiklopedik lug’at”ida axborotlashgan jamiyat tushunchasiga quyidagicha izoh berilgan: “Axborotlashgan jamiyat – ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, eng avvalo, axborot tayyorlash, unga ishlov berish, saqlash va jamiyat a’zolariga yetkazish bilan bog’liq bo’ladigan ishlarga sharoit yaratuvchi jamiyat”dir.2
“Axborotlashgan jamiyat” tushunchasi 1960 yillarning ikkinchi yarmida paydo bo’lib, uni birinchi bo’lib fanga Tokio texnologik universitetining professori Yu.Xayash kiritgan. Muallifning fikricha, moddiy mahsulot emas, axborot jamiyatning shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi kuchiga aylanadi. “Axborotlashgan jamiyat” tushunchasining rivojida amerikalik jamiyatshunos olim D.Bellning “Industrial jamiyat davrining kelajagi. Ijtimoiy bashorat qilish tajribalari” (1973) kitobi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Unda muallif insoniyat jamiyati tarixini uch asosiy bosqichga3: agrar, industrial va postindustrial (industrial davrdan keyingi) davrlarga bo’ladi. E.Toffler esa “Uchinchi to’lqin” kitobida tamaddun tarixidagi uchta to’lqinni: (birinchi to’lqin – agrar, XVIII asrgacha; ikkinchi to’lqin – industrial, XX asrning 50-yillarigacha; uchinchi to’lqin – industrial davrdan so’nggi davr, XX asrning 50-yillaridan boshlab) ajratib ko’rsatadi. E.Tofflerning fikricha, “Eng yaqin tarixiy sarhad o’n ming yil avval qishloq xo’jaligini joriy etish tufayli yuzaga kelgan o’zgarishlarning ilk to’lqinidek hali juda-juda olisda”4. Darhaqiqat, o’zgarishlarning ikkinchi to’lqini industrial inqilob tufayli yuzaga keldi. Biz o’zgarishlarning uchinchi to’lqini farzandlarimiz. Uchinchi to’lqin axborotlashuv inqilobining samarasi sifatida namoyon bo’lmoqda. 1980-1990 yillarni axborotlashgan jamiyat konsepsiyalari rivojidagi yangi bosqich deyish mumkin. Bu davrdagi konsepsiyalar asosan Piter Draker va Manuel Kastels tadqiqotlari natijalari bilan chambarchas bog’liq. P.Draker “Kapitalizmdan so’nggi jamiyat” kitobidagi konsepsiyaning mohiyati an’anaviy kapitalizmni yengib o’tish g’oyasidan iborat. Konsepsiyaga ko’ra, taraqqiyotning asosiy belgilari industrial xo’jalikdan bilim va axborotga asoslangan iqtisodiy tizimga qarab borish, kapitalistik xususiy mulkchilikdan voz kechish, hozirgi zamon kishisi uchun yangi qadriyatlarni yaratish, iqtisodiyot va jamiyatdagi globallashuv jarayonlari ta’sirida milliy davlatning o’zgarishidan iborat. M.Kastels global iqtisodiyot va xalqaro moliyaviy bozorlarni shakllanayotgan yangi dunyoning asosiy belgilari sifatida ko’radi. U “Axborotlashuv erasi: iqtisodiyot, jamiyat va madaniyat”5 deb nomlangan fundamental tadqiqotida axborotlashgan jamiyatning mohiyatini bir-biriga bog’liq quyidagi jarayonlar bilan izohlaydi: axborot va bilimlar ijtimoiy-iqtisodiy, texnologik va madaniy rivojlanishning haqiqiy qudrati, o’zagiga uning qimmatli manbaiga aylanadi; ishlab chiqarish omili bo’lmish xom ashyo, mehnat, mablag’ resurslariga tenglashtirilgan axborot va bilim bozorlari shakllana boshlaydi; axborot yetkazib berish va undan foydalanishni ta’minlaydigan sohalarning ahamiyati shiddatli tarzda oshib boradi. Jamiyatni axborotlashtirish jarayoni bir-biri bilan bog’liq bo’lgan uch qismdan tarkib topadi: mediatizasiya (lot. mediatus – vositachi) – axborot to’plash, saqlash va tarqatish vositalarini takomillashtirish; kompyuterlashtirish – axborot izlash va unga ishlov berish vositalarini takomillashtirish; intellektualizasiya – axborot yaratish va uni idrok etish qobiliyatini rivojlantirish, ya’ni jamiyatning intellektual salohiyatini oshirish, shu jumladan, sun’iy intellektdan foydalanish jarayoni6.
Jamiyatning kompyuterlashuvi va internet tufayli vujudga kelayotgan falsafiy muammolarning muhim spektri ijtimoiy taraqqiyot, uning manbalari, bosqich va rivojlanish mezonlari bilan bog’liq. Axborotlar sohasining tez sur’atlar bilan o’sishi, uni avtomatlashtirish usullarining rivojlantirilishi kompyuterlarning yaratilishiga va kishilar hayotining turli sohalarini kompyuterlashtirishga olib keldi. Bu esa o’z navbatida “Informasion jamiyat" nazariyasini maydonga keltirdi.
Bu nazariya hozirgi zamon industrial jamiyat to’g’risidagi rasional ta’limotlar (Dj. Bell, U.Rostou, Z.Bjezinskiy va boshqalar) doirasida ilgari surilgan. Uning mualliflari O.Toffler, Ye.Masuda, Dj. Pelon, Dj. Martin va boshqalar hisoblanadi. Bu mualliflar insoniyat hayot tarzi modelini an’anaviy - industrial (sanoatlashgan) va postindustrial ko’rinishda qarab, so’nggi bosqich kelajagini axborotli - texnikaviy yoki axborotli - ekologiyaviy tarzda yuz berishini bashorat qilganlar.
Kompyuterlashuvni umumsosiologik pozisiyadan turib anglash jamiyat taraqqiyotining yangi «triada» shaklidagi konsepsiyasini ilgari surishni taqozo qildi. Bu konsepsiyalardan keng tarqalgani amerikalik sosiolog D.Belga taalluqli bo’lib, u asosiy ijtimoiy rivojlanish bosqichi sifatida agrar, industrial va postindustrial jamiyatlarni ajratib ko’rsatadi (postindustrial jamiyatni keyinchalik u informasion jamiyat deb atagan). XXI asrning boshiga kelib postindustrial jamiyat fazasiga D.Bell hisoblashicha, AQSh, Yaponiya, G’arbiy Yevropa davlatlari qadam qo’yadi1.
Agar industrial jamiyat, D.Bell fikriga ko’ra, mahsulot ishlab chiqarish uchun mashinalar va insonlarni uyushtirishdan iborat bo’lsa, postindustrial jamiyatda esa markaziy o’rinni bilim, xususan, nazariy bilim egallaydi. «Postindustrial jamiyat ramzi» va «XX asr ikkinchi yarmi jamiyatini transformasiya qilish omili» kompyuter hisoblanadi. U «ommaviy jamiyatni boshqaruv apparati bo’lib, ijtimoiy axborotni qayta ishlash mexanizmidir. Uning katta hajmi sosial aloqalarning kengayib borishi bilan deyarli birgalikda o’sib boradi2».
D.Bell bilim va axborotni postindustrial, informasion jamiyatning «strategik resursi» deb hisoblaydi, shuning uchun u qiymatning informasion nazariyasi muammosini ko’tarib chiqadi. «Bilim o’z sistematik shaklida (ixtiro ko’rinishida yoki tashkiliy mukammallashuvi shaklida) resurslarni amaliy qayta ishlashga jalb etilganda aytish mumkinki, mehnat emas, aynan bilim qiymat manbai bo’lib hisoblanadi», – deb yozadi u.
D.Bell tushunchasidagi informasion jamiyat g’oyasi postindustrial jamiyat sifatida o’z tarafdorlariga ham, dushmanlariga ham ega. S.Nora va A.Minklarning birinchi marta Parijda 1978 yilda chop qilingan, «Jamiyatning kompyuterlashuvi. Fransiya prezidentiga ma’ruza» kitobida, postindustrializmga ishonchsizlik munosabati ifodalangan. Mualliflar unda ziddiyatlarni faqat bozor terminlari yordamida olib qaraydigan va ularni chegaradan chiqib ketgan paytda ushbu sohaga qaytarishga intiladigan liberal yondashuv variantidir deb ataganlar3. Bunday yondashuv kelajakni bashorat qilish, hayotning to’kin-sochinligi, millatni o’rta sinf atrofiga to’plash va sosial keskinlikni bartaraf qilish imkonini bera oladigan osoyishta postindustrial jamiyat bilan tugaydi. Postindustrial yondashuv ishlab chiqaruvchi va xaridorlarning xulq-atvorini boshqaradigan axborotga nisbatan sermahsuldir, lekin, tijorat faoliyatidan tashqariga chiqadigan va madaniy modelga bog’liq bo’lgan muammolar bilan to’qnash kelganda foydasizdir3».
Ma’ruza mualliflari Fransiya prezidentiga madaniy ziddiyatlarni informasion jamiyatda prognoz qilish muhimligini ta’kidlashar ekan, informasion jamiyat industrial jamiyatga nisbatan kamroq tizimlashgan va polimorf, ya’ni ko’p shakllidir, deya uqtirishgan. Ko’p shakllilik, ya’ni polimorflik omillaridan biri, ma’lumotlar bazasining samaradorligi va elektron mashinalarning tilni soddalashtirish an’anasiga munosabati bo’ladi. Shunday qilib, yagona tilni shakllantirib, kompyuterlashuv madaniy tengsizlikka barham beradi.
S.Nora va A.Mink shunday informasion jamiyat g’oyasini ilgari suradilarki, u mukammal bozor jamiyati bo’lib, unda ta’lim va axborot har bir insonni barkamol qiladi; u mukammal rejalashgan jamiyat bo’lib, unda markaz (davlat) har bir joydan tez, ishonchli ma’lumot oladi va bunga muvofiq holda o’z pozisiyasini shakllantiradi. Boshqaruvda axborot va muvofiqlashtirish umumiy jarayonda taraqqiy etadi. Informasion jamiyatda, – deya ta’kidlashadi S. Nora va A.Mink, – guruh rejalari ilgariga nisbatan ko’proq miqdorda ijtimoiy va madaniy intilishlarni ifodalaydi. Bu sharoitda faqat zarur axborotga ega hokimiyat mamlakat taraqqiyotiga yordam berishi va uning mustaqilligini kafolatlashi mumkin.
Fransuz intellektual an’anasi, strukturalizm va poststrukturalizm bilan yaqindan bog’liq bo’lgan amerikalik olim M.Poster hisoblash texnikasi va aloqa vositalari texnikasi konvergensiyasi davrida ijtimoiy munosabatlarni to’g’ri tushunishda tajriba strukturasidagi o’zgarishlarni tadqiq etish zarurligiga e’tiborni qaratgan1.
Elektron xatlar, ma’lumotlar zaxirasi, kompyuter aloqalari bilan bog’liq bo’lgan o’zgarishlarga diqqat-e’tiborini qaratgan M.Poster bu yangi sosial aloqadorliklarni lingvistik hisoblashini tushuntirib berishga qodir bo’lgan «Axborot usuli» konsepsiyasini ilgari suradi. «Axborot usuli» atamasi: 1) turli usuldagi axborotga muvofiq ravishda o’tmishni davrlashtirish uchun; 2) axborotga muayyan ma’noda sig’inishni keltirib chiqarayotgan zamonaviy madaniyat uchun ifoda sifatida xizmat qiladi. M.Poster axborotni ishlab chiqarishning quyidagi bosqichlarini ajratib ko’rsatadi: a) «yuzma-yuz», og’zaki-vositali ommalashuv; b) bosma vositali yozma almashuv; v) elektron-vositali almashuv. Agar birinchi bosqich uchun so’zlar xarakterli bo’lsa, ikkinchisi uchun belgili aloqa, uchinchi bosqich uchun esa informasion modellashtirish xosdir. Birinchi, og’zaki bosqichda subyekt taqdim etilayotgan fikrni shaxslararo munosabatlar majmuasiga qo’llovchi sifatida ko’rinadi. Ikkinchi, yozma bosqichda subyekt rasional-anglanadigan obyekt sifatida ifodalanadi. Uchinchi, elektron bosqichda subyekt o’zi to’g’risidagi axborotni turlicha ma’lumotlarni namoyish etgan holda, yozish jarayonida kompyuter aloqalari orqali taqdim etiladigan moddalar majmui sifatida namoyon bo’ladi.
M.Poster ta’kidlaydiki, u tomonidan ajratib ko’rsatilgan bosqichlar, real, aniq emas, lekin ular bilimni qo’lga kiritish jarayonida zarur qadam sifatida e’tirof etiladi. Shu ma’noda, sanab o’tilgan bosqichlar qat’iy izchillikni tashkil etmaydi, balki birgalikda mavjud bo’ladi va har birining elementi boshqasida ham ko’zga tashlanadi. Axborot texnologiyasi qator tayanch jihatlarga ega. Ulardan birinchisi inson faoliyatini maqsadga muvofiq yo’lga qo’yish bilan bog’liq. Ikkinchi tayanch — bu turli tabiatga ega bo’lgan obyektlar o’rtasidagi o’zaro muvofiqlikni bildirib, EHMga tadbiqan uning inson miyasi bilan funksional umumiyligini anglatadi. Axborotlashganlikning uchinchi tayanchi texnika hisoblanadi. Darhaqiqat, jiddiy texnikaviy rivojlanishsiz kompyuterlarning o’zi ham yaratilmagan bo’lur edi. Axborot texnologiyasining to’rtinchi tayanchi shundaki, uning kelib chiqishi uchun iqtisodiy boshqaruv — siyosiy va ma’naviy sohalarda asosiy manba bo’lishi lozim. Masalan, demokratiya va ozodlik ideallari rivojlanmagan joyda axborotlashganlik texnologiyasi yuz bermagan bo’lur edi.
Ko’rinib turibdiki, hozirgi zamonda jamiyatning kompyuterlashganligi — bu aniq dalil. Xo’sh, bu dalil jamiyatning aniq olingan sohalarida qanday namoyon bo’lmoqda? Iqtisodiyot sohasida ishlab chiqarish bilan xizmat ko’rsatish nisbatida birinchisining hisobiga ikkinchisining kengayishi ro’y bermoqda. Ma’naviy-madaniy sohadagi tub o’zgarishlar ommaviy ruhiyatda, ta’lim tizimida, har bir inson saviyasida o’z ifodasini topmoqda. Odatda, bu sohadagi o’zgarishlar boshqa sohalar o’zgarishlariga zamin tayyorlaydi. Ma’naviy hayotdagi o’zgarishlar dastavval fanning yangi rasional ko’rinishlarida hayot va inson haqidagi tarmog’i bo’lgan biologiyada vujudga kelmoqda. Dastlab mikroorganizmlarga tadbiqan shakllangan gen injeneriyasida hozirgi vaqtda inson genomi, irsiylikning genetik kodi masalalari jiddiy o’rganilmoqda. Ilmiy tadqiqotlar doirasiga alohida kishilarning o’ta sezgirlik qobiliyatini, biomaydonini o’rganish kiritilmoqda. Insonning imkoniyatlari, qobiliyatlari va qator sifatlari to’g’risida yangi qarashlar paydo bo’lmoqda. Shuningdek, olamning kelib chiqishi va rivojlanishi qonuniyatlariga, koinotiy jarayonlarning kishilar hayotiga ta’siriga oid masalalar bo’yicha ham yangicha nuqtai nazarlar shakllanmoqda. Kompyuterlashtirish kishilik jamiyati dinamikasining navbatdagi yo’nalishi sifatida, hayotning qator sohalarida bo’lgani kabi, san’atda ham yuksak ravnaqni taqozo etadi. Maorif sohasida jiddiy o’zgarishlar bo’lmoqda. Jumladan, kechayotgan fan inqilobi va axborotlashuv tufayli o’qish, o’qitish ishlarining samaradorligini yanada oshirish imkoniyati yaratilmoqda. Buning natijasida rivojlangan mamlakatlar bo’lmish AQSh va Yaponiyada XXI asrda yalpi elektron oliy ta’limga o’tish vazifasi kun tartibiga qo’yilmoqda. Siyosiy sohada ham axborotlashuv inqilobi tufayli jiddiy o’zgarishlar kutilmoqda. Chunonchi, davlat hokimiyati markazlashganligi o’rniga shaxs erkinligi salmog’i oshib bormoqda. Natijada fuqarolar har birining demokratik qarorlar qabul qilinishida bevosita ishtirok etishi ta’minlanadi. Boshqa tomondan qaraganda, davlat markazlashganligining kuchsizlanishi axborotlarga egalik qilish natijalari bilan ham bog’liq bo’lmoqda.
Informasion jamiyat belgilari tashqi siyosat sohasida, ayniqsa, yaqqol namoyon bo’lmoqda. AQShdan tashqari qator mamlakatlar, jumladan, Xitoy, Yaponiya, Germaniya, Rossiya jahon miqyosida mustaqil yetakchi o’ringa da’vogarlik qilmoqda. Ayni vaqtda mintaqalararo ittifoqlarning (masalan, G’arbiy Yevropa, Shimoliy Amerika) o’rni kuchaymoqda. Shuningdek, xalqaro tashkilotlarning ahamiyati tobora ortib barmoqda. Jamiyatning axborotlashuvi ijtimoiy, texnologik, iqtisodiy, siyosiy va madaniy mexanizmlarning oddiygina bog’liqligi emas, balki uyg’unlashgan, umumiy rivojlanish jarayonidir. Axborotlashuv an’analari va jarayonlarni tahlil qilib rivojlangan informasion jamiyatlarda barcha yoki deyarli barcha intellektual industriya markazlashuvi, ular asosiy intellektual resurslar manbai, saqlovchisi, texnologiyalar ishlab chiqaruvchisi, asosiy madaniy va ijtimoiy-gumanitar zaxiralar egasi bo’lishini ko’rsatmoqda. Dunyoning boshqa davlatlari esa informasion texnologiyalar va informasion ma’lumotlar xaridori bo’lib, ulardan boshqa oddiyroq mahsulotlar ishlab chiqaruvchiga aylanib boradi. Mazkur masalalar bilan shug’ullanayotgan ba’zi mutaxassislar bu hol resurslarning importi va yangilanmaydigan xom ashyo resurslari eksporti jarayonlari bilan bog’liq bo’lgan masalalarni dolzarb qilib qo’yadi, deb hisoblamoqdalar. Bu, ayniqsa, informasion koloniyalarga aylanib borayotgan davlatlar uchun nihoyatda muhim. Ana shu nuqtai nazardan, insoniyat bilimining umumiy zaxirasi, informasion aloqadorlik, intellektual daxlsizlik muammolari ham e’tiborni talab qiladi. Bu masalalar mazkur mavzuga sig’maydi, biroq ushbu mavzu ularni anglash va o’rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Statistik ma’lumot
Shu nuqtai nazardan tarixga murojaat qiladigan bo’lsak, dastlab jami bilimlar miqdori juda sekinlik bilan o’zgarganiga guvoh bo’lamiz. Biroq 1900 yillardan e’tiboran axborot miqdori har 50 yilda ikki hissa orta boshladi. 1950 yildan axborotlar har 10 yilda, 1970 yildan – har 5 yilda, 1990 yildan esa yiliga ikki hissa orta boshladi. Ortiqcha axborotlarning bunday ko’p miqdorda bo’lishi iste’molchining o’zi uchun foydali axborotni idrok etishini qiyinlashtirib qo’ydi.

Yurtimizda axborotlashgan jamiyat qurish masalalariga katta e’tibor berilmoqda. Respublikamiz hukumati tomonidan qabul qilingan qaror va dasturlarning barchasida demokratik tamoyillarga asoslangan jamiyat uchun axborotlashgan jamiyatga o’tishning iqtisodiy, huquqiy, texnologik, madaniy shart-sharoitlari yaratib berilmoqda. Masalan, “Axborotlashtirish haqida”, “Elektron raqamli imzo haqida”gi qonunlar va boshqalar shu maqsadga xizmat qiladi. 2001 yil 30 maydagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida”gi Farmonda axborotlashgan jamiyatga o’tishning navbatdagi bosqichida dolzarb muammolarni hal qilishdagi yana bir muhim qadam bo’ldi. Bu Farmonning asosiy maqsadi – axborotlashtirish milliy tizimini shakllantirish, jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuter texnikasi va telekommunikasiya vositalaridan foydalanish, fuqarolarning axborotga bo’lgan o’sib borayotgan talablarini yanada to’laroq qondirish, jahon axborot jamiyatiga kirib borishni kengaytirishdan iborat. Ushbu Farmondan kelib chiqqan holda, uni bajarish yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida”gi qarori qabul qilindi va 2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi ishlab chiqildi. Unda bu sohadagi asosiy yo’nalishlar: telekommunikasiyalar infratuzilishini rivojlantirish; kompyuterlashtirish; axborot xavfsizligini ta’minlash; kadrlar tayyorlash va boshqa vazifalar ko’rsatib berildi.


Mamlakatimizda o’tgan yillar davomida, ayniqsa, oxirgi 15 yilda ommaviy axborot vositalarini yanada liberallashtirish, so’z erkinligini ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Yurtimizda, avvalo, ommaviy axborot vositalari rivojini ta’minlaydigan, demokratik talab va standartlarga to’la mos keladigan mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi. Ushbu davrda ommaviy axborot vositalarini erkin va jadal rivojlantirishga, axborot sohasining samarali faoliyat ko’rsatishini ta’minlashga qaratilgan 10 ga yaqin qonun hujjatlari qabul qilindi7. Xususan,“Axborotlashtirish to’g’risida”gi (2004 y.) qonunda ta’kidlanishicha, axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning xalqaro tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratildi. Yangi tahrirdagi «Axborotlashtirish to’g’risida»gi Qonunning qabul qilinishi ommaviy axborot vositalarini modernizasiya qilishni jadal rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Download 62,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish