3. IТТni turli rivojlanish bosqichlardagi vazifalari.
Prognozda ko‘rsatilgan yo‘nalishlar mamlakat ilmiy-texnik rivojlanishining uzoq muddatli strategiyasi doirasida global xarakterga ega.
Хususiy ilmiy-texnik prognozlarni ishlab chiqarish jarayonida prognozlashtirish ob‘ekti sifatida IТТning turli yo‘nalishlari hamda innovatsion siklning asosiy bosqichlari qatnashishi mumkin. Perspektiv (5-10 yil) va yillik xususiy ilmiy-texnik prognozlar IТТni davlat tomonidan tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi.
Ular boshqarishning barcha darajalarida ishlab chiqarilishi mumkin (mamlakatning xalq xo‘jaligi, respublika, viloyat, tarmoqlararo kompleks, tarmoq, tashkilot). Davlatning maqsadli ilmiy-texnik dasturlari umumdavlat va tarmoqlararo xarakterga ega bo‘lgan eng perspektiv ilmiy-texnik yo‘nalishlarning muhim muammolari bo‘yicha ishlab chiqariladi. Bu dasturlar texnikaning yangi avlodlarini va bazaviy texnologiyalarni yaratishga yo‘naltirilgan bo‘lib, yangiliklarning butun innovatsion siklini o‘z ichiga oluvchi 10-15 yil muddatiga ishlab chiqariladi. Markaziy, tarmoq, region va davlatlararo ilmiy-texnik dasturlari mavjud.
Davlatning ilmiy-texnikaviy siyosati shu davlatning ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatiga bo‘lgan munosabatni ifodalaydi hamda ilm, texnika va ilmiy-texnik yutuqlarini amalga oshirish sohasida O‘zbekiston davlat hukumat organlar faoliyatining shakli, yo‘nalishi va maqsadlarini aniqlab beradi.
Uning asosiy maqsadlari quyidagilar:
Ilmiy-texnik potensialni rivojlantirish, ratsional joylashtirish va samarali foydalanish.
Moddiy ishlab chiqarish sohasida progressiv tuzilmaviy o‘zgarishlarni ta‘minlash, uning samaradorligini va mahsulot raqobatbardoshligini oshirish.
Davlat iqtisodiyotini rivojlantirishda ilm va fan- texnikaning hissasini oshirish, muhim ijtimoiy masalalarni amalga oshirish.
Mamlakat mudofaa kuchlarini mustahkamlash.
Ekologik muhitni yaxshilash va boshqalar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida asosiy masalalardan biri, ilmiy-texnik faoliyatni moliyalashtirish prinsip va omillaridir.
O‘zbekistonda ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatni moliyalashtirish qonunchilik asosida uning maqsadli mo‘ljaliga va moliyalashtiruvchi omillarning ko‘pligiga asoslanadi.
Fundamental ilmiy izlanishlar asosan, markaziy byudjet mablag‗lari hisobidan moliyalashtiriladi. Markaziy ilmiy-texnik dasturlar, asosiy izlanishlar va eksperimental yangiliklar, markaziy byudjet mablag‗lari, ilmiy-texnik faoliyatni qo‘llab-quvvatlash fondi mablag‗lari hamda qatnashish ulushiga qarab tashkilotlar, uyushmalar, banklar va boshqa xo‘jalik sub‘ktlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Regional ahamiyatga ega bo‘lgan ishlar O‘zbekiston sub‘ektlarining byudjeti, mahalliy byudjet, regional fondlar va qatnashish hissasiga qarab tashkilotlar, uyushmalar, banklar va boshqa xo‘jalik sub‘ktlari mablag‗lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Shuningdek, O‘zbekistonda davlat, nodavlat va xalqaro ilmiy va ilmiytexnik faoliyatni qo‘llab-quvvatlaydigan fondlar faoliyat ko‘rsatadi. Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat grantlar hisobiga ham amalga oshirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |