4. IТТni prognozlash usullari.
Ekstropolyatsiya usullarida turli xil miqdor ko‘rsatkichlari va xarakteristkalar prognozlash jarayonida qo‘llaniladi. Bunda ko‘pchilik hollarda prognozchilar muvaffaq qatorlar ekstropolyatsiyasi bilan ish ko‘radilar. Bunda iqtisodiy ma‘lumotlarni tahlil qilish bosqichida dinamik qatorlarning qonuniyatli xarakterini aniqlash, empirik formulalarni tanlash, bu formulalar parametrlarini hamda belgilangan bog‗liqliklarni to‘g‗ri aniqlanganligini baholash kabilar asosiy vazifa hisoblanadi.
Ekstropolyatsiya hodisalar yoki jarayonlarning kelgusidagi holati qonunlar, nazariyalar yohud tajribasini keng yoyishni taqozo qiladi. Ekstropolyatsiya usullarini prognozlanadigan ob‘ektni rivojlantirishning barqaror sharoitida qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Ozgina vaqt uchun prognozlashda shu narsa ko‘zda tutiladiki, kelgusidagi sharoitlar mavjud konunlar, nazariyalar va tajribalar taalukli bo‘lgan sharoitlardan umuman farq qilmaydi yoki ozgina farq qiladi, ya‘ni bu holda ekstropolyatsiya sistemani rivojlantirishning ilgarigi tendensiyalariga tayanadi. Ekstropolyatsiya quyidagi bir nechta metodlari mavjud: funksional va korrelyatsion aloqalar asosidagi ekstropolyatsiya; taqqoslama metodlar yordamidagi ekstropolyatsiya. Bularning hammasi to‘ppa-to‘g‗ri ekastropolyatsiya usullaridandir. Ular butun davr uchun doimiy bo‘lgan taraqqiyot sur‘atlari va xususiyatlaridan kelib chiqadi hamda ob‘ektni rivojlantirishga ta‘sir qiladigan ko‘p tomonlama aloqalarni hisobga olishga qodir emas. Ilgarigi ob‘ektni rivojlantirish dinamikasini aniq aks ettiradigan, aproksimatsiya qiladigan funksiyani belgilash va miqdor jihatdan baholash yo‘li bilan olingan matematik modellar ekstropolyatsiyaning asosini tashkil etadi.
5. IТТni rivojlanishining ustuvor yo’nalishlari.
Ilmiy-texnik taraqqiyot innovatsion sikl doirasida oqib o‘tadi, ya‘ni yangiliklarni yaratish, o‘zgartirish, foydalanish va eskirish jarayonida.
Innovatsion sikl qator bosqichlardan iborat: fundamental va qidiruv izlanishlar, amaliy izlanishlar, texnik-iqtisodiy kashfiyotlar, tajribiy ishlab chiqarish, ishlab chiqarishni tayyorlash, seriyali ishlab chiqarish, yangiliklarning ekspluatatsiyasi va eskirish.
Har bir bosqich masalalarining mahsus hajmi, ularning yechilishini mahsus usullari, qatnashuvchilarning malakasi va tayyorgarlik darajasi hamda tarkibi, mehnat predmeti va vositalarnng yig‗indisi, moddiy va moliyaviy resurslar, ijro etuvchi uyushmalarning turli xil shakli va ularning faoliyatini boshqarishi bilan xarakterlanadi.
Bosqichlarning mahsusligi maqsadlarning xarakter va tuzilmasini hamda prognozlashtirish masalalarini va ularni yechish usullarini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |