Adabiyotlar:
1.O.Yoqubov. Qaydasan Moriko. Qissalar, dramalar, hikoyalar, etyudlar, maqolalar. -Toshkent, „Sharq“, 2012. -432 bet.
U. Rasulova. XX asr o„zbek qissalari tadriji. -Toshkent, “Fan”, 2012.-60 bet.
U. Hamdam. Yangilanish ehtiyoji. -Toshkent, “Fan”, 2007.
Ulug„bek Hamdam. Uzoqdagi dilnura. Qissa, hikoyalar va she’rlar. -T., ”Akademnashr”, 2010. -232 bet.
5.Isajon Sulton. Boqiy darbadar. Roman. -T., ”O„zbekiston”, 2011. -280 bet.
6.G„afurov I. Mangu latofat. Badiyalar, risolalar. 2-kitob. - Toshkent, “Sharq”, 2008. -298 bet.
7-Mavzu: Roman poetikasidagi milliy o'ziga xos ko'rinishlar,
an'anaviy va noan'anaviy talqinlar
Reja:
Bugungi o'zbek adabiyotining taraqqiyotida noan'anaviy romanlar.
Bugungi davr adabiyotida roman janri va xarakterli jihatlari.
Bugungi o'zbek adabiyotida ramziy majoziy tasvirlar.
Tayanch so'zlar: o'zbek noan'anaviy, poetik tafakukur, mavzu va g'oya, ramziylik, majoziylik.
Bu davrga kelib roman janri jiddiy o'zgarishlarni boshdan kechirdi. Jamiyat hayotida ro'y berayotgan vokealar tezobligi, ziddiyatlari, ko'lami bilan romannavislarni biroz shoshirib ko'ydi. Aslida roman operativ, hozirjavob janr emas. U vokealarning tinishi, saragi sarakka, puchagi puchakka ajralishini kutadi,vokelik ustida jiddiy mulohaza yuritishni talab kiladi. Shu boisdan istiklol davrining ilk boskichida romanjanri uz urnini adabiyotning xozirjavob ,chopkir janrlari bulgan she'riyat va publisistiga bushatib berdi.Uzi esa ruy berayotgan vokea-xodisalarni jiddiy kuzata va tinishini kuta boshladi. Romanga bulgan extiyojni kondirish uchun jaxon adabiyotining eng yaxshi namunalari tarjima kilinib, targib etila boshlandi. B.Pasternakning «Doktor jivago», A.Ribakovning «Arbat bolalari», N.Dumbadzening «Abadiyat qonuni», Ch.Aytmatovning «Asrga tatigulik kun», «Qiyomat», M.Bulgakovning «Usta va Margarita», Markesning «Yuz yil tanholikda» kabi o'z vaktida nashr etilmagan romanlar shular jumlasidandir.
80-yillarning 2-yarmidan boshlab, roman janri rivojida jiddiy yangilanish belgilari kuzga tashlana boshlandi. Iste'dodli yozuvchi U. Xoshimovning «Tushda kechgan umrlar». M. M. Do'stning «Lolazor», O. Yokubovning «Adolat manzili» romanlari adabiyotimizda yangi saxifa ochdi. Bu romanlar xakida maxlumot beraman. Shundan sung ,birin-ketin E. Samandarovning «Daryosini yukotgan kirgok», «Tangri kudugi», U. Nazarovning «Chayon yili», M. Mansurovning «Mangu jang», «Gunoxi azim», O. Muxtorning «Egilgan bosh», «Ming bir kiyofa», «Kuzgu oldidagi odam», T.Murodning «Otamdan kolgan dalalar» romanlari dunyoga keldi va katta extibor kozondi.
Istiklol davriga kelib, tarixga munosabat uzgardi. Endi adiblardan tariximizni ruy-rost, bezak va kora buyoklarsiz tasvirlash talab kilina boshlandi. Bu talabga tarixnavis adiblarning 4-avlodi «labbay» deb javob berdi. Ular uz oldida tarixiy mavzuda kuplab talantli asarlar yaratish vazifasi turganligi xal kilinishini kutib turgan muammolar borligini anglab yetdilar va ularni xal etishga astoydil kirishdilar. Chunki xalkimiz uzok tarixda kursatgan jasoratlari, kaxramonligi tugrisida xali yetarli suzlab berilgani yuk. Zero, adib I.Raxim kuyinib yozganidek, «Adabiyotimiz xalkimizning tarixi oldida, utib ketgan kaxramonlarimiz ruxi oldida va xozir xam ibrat bulib yashayotgan usha davr paxlavonlari oldida katta karzdor bulib kelmokda. Bu karzni uzishni xam Vatanni ximoya kilishdek jangovr burchi miz deb» bilishimiz lozim.
Biz tariximizni sevamiz, xurmat kilamiz, usiz yashash kiyin. Chunki R.Xamzatov aytganidek, utmish xalkimizning shaxodatnomasidir. Maxlumki, tariximizning saxifalari konli fojialar va daxshatli dramalarga xam boydir. Biz albatta, ana shu fojia va dramatik xolatlarni xam, ularni yenggan, omon chikkan, uzining ulugvor va oliyjanob ruxini asrab kololgan, xar doim adolat, xakikat, ezgulik tantanasi uchun kurashgan, ularning bir kun emas, bir kuni albatta barkaror bulishiga kattik ishongan ajdodlarimizning nurli yulini, optimizmini, barkamol, soglom irodasini xam kurishni istaymiz. Shuning uchun tarixiy asarlarni mutolaa kilganda ulardagi ijtimoiy-tarixiy jarayonlarning markazida turgan yengilmas ajdodlarimiz kudrati va irodasini kidiramiz. Chunki tarix gildiragini xalk xarakatlantiradi.
Tarixiy roman janri xususida fikr yuritar ekanmiz, dastavval A.Kodiriyni, Oybekni esga olamiz. Xar ikki tarixiy romannavis uzbek adabiyotida uziga xos yunalishni boshlab berganlar. Agar A.Kodiriyning «Utgan kunlar» va «Mexrobdan chayon» romanlari markazida asosan tarixiy vokealar tursa, Oybekning «Navoiy» romanida tarixiy shaxs birinchi uringa chikdi. Tarixnavis adaiblarning 3-tulkini xar ikki ustoz sanxatkorlarning anxanalarini uygunlashtirib tasvirlashdi va natijada tarixiy roman 70 yillarda yukori boskichga kutarildi. Bu parvozda O.Yokubov, P.Kodirov, Mirmuxsin, M.Koriyev kabilarning xizmati katta buldi.
Tarixga murojaat kilishning uziga xos murakkag tomonlari bor. Aval yozuvchi kalamga olinayotgan davrni chukur urganishi, tarixiy xakikatga tula amal kilishi, ayni paytda tarixiy shaxslar xamda vokealarning zamonaviy ruxini aniklab olishi va xakkoniy tasvirlashi lozim. Tarixiy materiallar ipi zamon bilan uzviy boglanmas ekan, binobarin, u uz ruxi, goyasi bilan bugungi kunimizga xizmat kilmas ekan, bunday tarixiy asar uz vazifasini uddalay olmagan buladi. Mustakillik bergan imkoniyatlardan foydalanib tarixnavis adiblarning 4-tulkini mamlakatimiz tarixining shu paytgacha korongi bulib kelgan tomonlarini yoritishga kirishdilar. Bular orasida M.Alining «Sarbadorlar», B.Axmedovning «Amir Temur» nomli xronologik, M.Karimning «Moxlaroyim», M.Koriyevning «Ibn Sino», X.Begmatning «Mexrigonim kaydasan?», A.Dilmurodning «Maxmud Torobiy» singari romanlari extiborga loyikdir. Zero, tarixda xam, adabiyotda xam unutilganlar, ok doglar kolmasligi uchun xarakat boshlandi. Bir paytlar yakkaxokim kompartiya «utmishni ideallashtirish, noinsofiy va notarixiy yondashishga, Temur kabi feodal zolimlar teatr saxnalarida, kino ekranlarida, kitoblar saxifalarida shu vaktga kadar kuzga tashlanib turishiga» chek kuygan edi. Tarixiy voqealar va shaxslarning paydo bulishi «ayrim yozuvchilarning muloxazasizligi, tarix xakikatiga zid ish tutishi» deb baxalanardi.
Shukurki, istiklol bunday cheklashlarga barxam berdi. Dastlab buyuk bobokalonlarimizni gubordan tozalash, tariximizga xolisona yondashish boshlandi. Mamlakatimizda ulutlarimizni uluglashga, buyuk zotlarning yubileylarini katta tantanalar bilan nishonlashga aloxida extibor berildi. Xar yili biron bir tarixiy shaxsning ilmiy-ijodiy, ijtimoiy-siyosiy merosi, faoliyati yil davomida chukur urganila boshladi. Amir Temur yili, Yassaviy yili, Ulugbek, Baxovuddin Nakshband, «Alpomish» dostoni, Jaloliddin Manguberdi yubileylari shular jumlasidandir. Amir Temur xayoti va faoliyati tugrisida tarixchi olim, akademik B.Axmedovning «Amir Temur» nomli tarixiy-xronologik romanining dunyoga kelishi katta vokea buldi. Unda muallif buyuk tarixchi, Amir Temur yurishlari va davlatning boshkarishining tirik guvoxi bulgan Sharafiddin Ali Yazdining «Zafarnoma» asari asosida vokea-xodisalarga yondashadi. Amir Temur va sarbadorlar munosabiti tugrisida M.Alining «Sarbadorlar» delogiya romani yaratildi. Unda soxibkiron Amir Temurning Turkiston tuprogida birinchi bulib mugullarga kashkatgich zarba bergan sarbadorlarga xayrixoxligi xakkoniy tasvirlangan. Xullas, mustakillik tariximizga noxolis yondashish, uni buyab, bezab kursatish tamoyillariga barxam berdi.
Bu davrda kuprok zamonaviy mavzuda romanlar yaratildi. Bu romanlar orasida ayniksa, T.Murodning «Otamdan kolgan dalalar», O.Muxtorning «Egilgan bosh», «Ming bir kiyofa», «Kuzgu oldidagi odam», «Ffu», «Tepalikdagi xaroba», «Ayollar mamlakati va saltanati» kabi romanlari mashxur buldi.
Omon Muxtor xozirgi adabiy jaryon - istiklol davri adabiyotining eng sermaxsul adibi sifatida shuxrat kozondi. U kiska muddatda oltita roman yaratdi. Bu romanlar son jixatidan adibga shuxrat keltiribgina kolmadi, ayni paytda bu romanlarning shakli va mazmunidagi talay yangiliklar adabiy jamoatchilik extiborini tortdi. O.Muxtor ijodi asardan-asarga kayralib borayotganligi bilangina emas, balki xar bir romanining shaklining uziga xosligi, nutkiy kurinishlarining rang-barangligi, syujet va kompozisiyasining betakrorligi, kaxramonlarining yangiligi, orginalligi, fikrlashi va duyokarashining uziga xosligi, xulosalarining muximligi bilan ajralib turadi. Uning romanlari badiiy adabiyotning bosh mezoni - shartlilik asosiga kurilgani, bayon manerasining yangiligi, vokealarning xayotiyligi, ayni paytda xayotda ruy berishi mumkin bulmagan uydirmalar bilan chatishib ketishi, syujetning shiddatli davom etishi, kutilmagan almashinuvlar zanjirining uzaro boglikligi bilan kimmatlidir.
Adib O.Muxtorning uzi asarlarining kurilishi tugrisida shunday deydi: «Egilgan bosh» romaniga kelganda bir shakl kidirishga urindim. Unda «Turt daftar» shaklini oldim. Bir boshkacharok tushlar shakliga, yangirok yunalishlarga murojaat etib, birinchi kadamni kuydim. «Ming bir kiyofa», «Kuzgu oldidagi odam», «Tepalikdagi xaroba»ni yozganda va sunggi romanlarimda bunga kengrok kinshdim... Asar biror masalani xal etishi, muammoni kutarib chikishi kulgili. Asar inson ruxiyatining murakkabligini aks ettirishi kerak.» Shu nuktai-nazardan «Egilgan bosh» romaniga razm tashlaylik. Roman kuprok ramziy, uartli usulda yozilgan. Vokea asar kaxramonlaridan Abrorning kurkinchli tushi, kimsasiz orolga tushib kolishi, bu orolda uning badaniga chirmashib, siljishiga xalakit beruvchi «yarim odam, chrim paypaslagichlardan iborat maxluk Rudapo» tasviri bilan boshlanadi. Keyin Abror xotini Zuxraning pidjakini kiyib ishga junaydi. Bu ikkala detalp shu kadar ramziyki, Abror roman oxiriga kadar Rudapo-maxluk iskanjasidan kutulolmay xalok buladi. U bajarishi kerak bulgan ishlarni esa kupincha erkak kiyimini egniga ilgan xotini Zuxra ado etadi. Shunisi taxsinga loyikki, tasvirdagi ramziylik bayonda xam, kaxramonlar tasvirida xam , psixologiyasida xam saklanadi. Mana, shulardan biri: «yelkador kishi odmi kiyingan uzini kamtarin kursatish uchun- Y. S., turki-tarovatidan xam soddadilmi xalkdan chikkandek kursatish uchun, akli nokisrokmi u paytda raxbarning aklli bulishi emas, kimningdir arzandasi bulishi muximrok edi, odamga uxshar edi». Bu romandagi boshka kaxramonlar taxlili xamda yozuvchining «Kuzgu oldidagi odam», «Ming bir kiyofa», «Ayollar mamlakati va saltanati» romanlari tugrisida suzlab beraman.
O'zbek romannavislari zamondoshimiz obrazini yaratish orqali o'z hatti- harakatlarini, faoliyatini hatto his-tuyg'ularini ham aql-idroki ila mulohaza qilib, o'z-o'zini taftish etuvchi - analitik obrazlar vositasida bugunning dardu iztiroblari mohiyatini ochishga harakat qilayotirlar. Quyidagi jadvalda Istiqlol davri adabiyotida faol ijod qilayotgan romannavislar qayd etilgan:
Inson ko'nglini anglashning yangi shakl va vositalaridan foydalanishga intilishni biz iste'dodli ijodkorlardan biri - Ulug'bek Hamdamning «Yolg'izlik» nomli qissa va hikoyalar to'plami (1998), «Tangriga eltuvchi isyon» she'riy to'plami, «Muvozanat» va «Isyon va Itoat» romanlari misolida ham kuzatamiz. Yozuvchining har bir asari qatidagi mohiyat uning sarlavhasidanoq anglanadi. Inson hamisha o'z ehtiyojlarini qondirish uchun intiladi. Butun hayoti shu ehtiyojlarga «qul» qilinganday. Munosabatlariga zid holatlar yuzaga kelganda u yaratgandan ham, hayotdan, umridan ham noliydi. O'z istaklari qamrovi toru keng bo'lishidan qat'i nazar, istak va ehtiyojlar nuqtai nazaridan shukur qilish o'rniga hamisha norozilik ustunlik qiladi. Kamdan kam odamlargina hayotning asl ma'nosini, insonlikning ma'nosi imon, e'tiqod orqali o'zlikni anglash va o'zligini topish ekanini tushunadilar. «Isyon va Itoat» romanida yozuvchi ayni shu jarayon, ya'ni har bir insonning o'z hayoti davomida o'zligini va yaratuvchisi bo'lmish Ollohni anglash jarayonida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan Isyon va bu isyonning intihosi Itoatning mazmun-mohiyatini yoritishga harakat qilgan. Bu asarga adabiy jamoatchilik o'z munosabatini bildirdi. O'zbekiston adabiyoti va san'ati gazetasining 2005 yil 20 maydagi sonida mustaqillik davri o'zbek nasri tahlil qilinib, davra suhbati ishtirokchilari «...bugungi nasriy asarlarning qahramonlari faqat faoliyat odamigina emas, balki o'y va mushohada kishisi sifatida ham tasvirlanadigan bo'ldi. Odamning asl mohiyatini faoliyatidagina emas, balki tin olib turgan yoki o'ylayotganda ham namoyon etishi mumkinligi badiiy tasvir tajribasiga kirib kela boshladi. Shuning uchun ham Ulug'bek Hamdamning «Isyon va Itoat» romanidagi «... Qachonki uning bag'rida gurillab yongan isyon gulxani o'chgan, g'ofillik ham uni qiynamay qo'ydi qaytaga, isyon o'rnida tug'ilgan
o'sha kayfiyat - o'sha itoat... ruhida qandaydir ma'rifat bor edi. Ma'rifatki, g'ofillikni, uning olamini yuvib yuborishga qodir... Endi uning ko'zlarida, bag'rida, butun borlig'ida itoat nuri hokim, itoatki, mislsiz isyondan so'nggina «to'qiladigan, itoatki, isyondan ming kara, million kara yuksakroqqa eltadigan!» «tarzidagi falsafiy mushohadalar o'quvchiga o'rinsiz donolik bo'lib tuyulmaydi, balki o'z mohiyatini anglamoqchi, o'zini topmoqchi bo'lgan insonning ruhiy to'lg'onishlari tarzida ta'sir qiladi» - kabi asosli fikrlarni ilgari surdilarki, bu qarashga biz ham qo'shilamiz.
Darhaqiqat, romanda insoniyat paydo bo'lgandan beri uning qalbida yashab kelayotgan Isyon va Itoat, imonu e'tiqod masalalari tahlil va tadqiq qilingan. Bilamizki, Shayton Allohga itoat etmagani uchun farishtalar safidan chiqarilib, jannatdan quvilgan. Allohning habibi inson-chi? Inson yaratgan parvardigorining og'ir va mashaqqatli sinovlariga bardosh berolmay, uning amriga qarshi bordi, natijada unga Isyon qildi. Holbuki, inson Isyondan Itoatga yetib borguncha behisob yo'l bosib, xilma-xil sinovlardan o'tishi darkor. Itoat maydoniga yetib borgandagina inson barcha azoblardan forig' bo'lib, insonlik qismatining mohiyatini anglaydi va Itoatga tomon yuz tutadi. Bu jarayon asardagi Akbar qismatida ham, ustozi tabib taqdirida ham takrorlanadi. Yozuvchi xilma-xil taqdirli qahramonlar Hayotidan so'zlab, odamlarning taqdiri, dunyoqarashi betakror, barmoq izlari kabi farqli bo'lgani bilan ularning Isyondan Itoatga tomon borish yo'llari bir xil ekanini ta'kidlaydi. Ana shu haqiqatni go'yo hayotning ma'nisi, insonlikning ma'nisi nimada? - degan savolni o'z-o'ziga berib yashaydigan, qalbida adolatsizliklar, noxaqligu zo'ravonliklarga qarshi isyon tuyg'usini tuya olgan odamgina tushunadi. Shunday odamgina odamlikning, unga berilgan hayotning va sinovlarning, yana ko'p narsaning asl mohiyatini anglab yetadi. Romandagi tabib obrazi ana shunday insonlarning biri bo'lsa, Nurmat faqat o'z manfaati uchungina yashovchi kishilar timsoli. Ayni chog'da shuni alohida ta'kidlash lozimki, yozuvchi bu obrazni badiiylik va hayotiylik mezonlari asosida maromiga yetkazib tasvirlay olmagan. Asarning g'oyasini muallif publisistik uslubda yoritishga berilgan. Tursunboy taqdiri bilan bog'liq fojia ham asarning g'oyaviy-estetik tasvir qamroviga, epik tafakkuriga singishib ketmagan.
Yozuvchi Luqmon Bo'rixonning «Jaziramadagi odamlar» romani ham badiiy tilining jozibadorligi bilan kitobxon diqqatini tortadi. Romanda yozuvchi kichik hayotiy hodisani tasvirlash orqali katta ijtimoiy ma'naviy muammoni badiiy tadqiq qilgan. Bu borada yozuvchi o'ziga xos yo'ldan borgan: asar voqealari qahramon tilidan hikoya qilinadi, hodisalar Samad nazaridan o'tkazilib, tahlil qilinadi, hukm chiqarish esa kitobxonga havola qilinadi.
Asar voqealari tugundan - Ashurning qamoqdan chiqqanligi haqidagi xabar bilan boshlanadi.
Asarga qamrab olingan voqealar tabiiylikni bo'g'ib bo'lmaslikni, tabiatning tabiiy muvozanatini buzish og'ir fojiaga olib kelishni tasvirlashga yo'naltirilgan. Cho'lni o'rinsiz o'zlashtirishning ayanchli oqibatlari insonlar hayotiga ham chang solganligini asar qahramonlaridan Lolaxon taqdiri misolida ham kuzatish mumkin. Jazirama cho'lga Lola guli yot bo'lgani kabi, cho'l-quvurlar ichida «Faxriy deputat» Lolaxonning umri, ayollik nazokati-yu latofati ham cho'ldagi qumga tushgan suv tomchisi kabi izsiz, qadr topmay yo'qoladi. Yigirma uch yoshli beva Lolaxonning umri xilma-xil majlislarda o'tadi, mavqyei va amali tufayli u hamisha jiddiy qiyofada bo'lishga, tabiiy his-tuyg'ularini jilovlab, omma ko'z oldida «faxriy deputat» qiyofasiga mos ko'rinishda yurishga majbur. «Jonli qo'g'irchoq»qa aylanib qolgan bu baxtsiz ayol o'z taqdiriga ko'nikib yasholmaydi, tabiiy ravishda baxtga, visolga, insoniy tuyg'ularga intiladi. Ulash agronomning o'ziga atalgan she'rini eshitganda «bir seskanib» ketadi. Unga majburlab yopishtirilayotgan shon-shuhratning oqibati fojia ekanligini deputat - kampirni ko'rganda anglab, dahshatga tushadi. Bir umr bevalik yukini ko'tarishga bardoshi yetmagan Lolaxon Samad bilan tuyg'udosh bo'lishni istaydi, ammo yashirin xirsning qurboniga aylanadi. Bu o'rinda yozuvchi ijtimoiy-ma'naviy illatga e'tiborni tortadi. Shaxs fojiasining yuzaga kelishiga olamonning ta'siri: mish- mishlar, fisqu fasodlar, insonni tahqirlovchi «aybnomalar» ayni olamon qo'lidagi mudhish qurol ekanini ayovsiz fosh etadi. Lolaxonning ayanchli qismati yolg'onlarga, soxtaliklarga to'la hayotning fojiali xotimasidir.
Xo'sh, asar cho'lquvarlar hayotini tasvirlash orqali tabiatning tabiiy muvozanatini buzish og'ir ekologik fojialarga olib kelishini tasvirlashga yo'naltirilgan bo'lsa, Lolaxonning taqdiri bilan bog'liq manzaralar, hayotiy tasvirlar bu muammoga qaysi jihatdan bog'lanadi? Gap shundaki, yozuvchi Lolaxon obrazi orqali ham tabiiylikni bo'g'ish yoki unga qarshi turish, tabiiy his- tuyg'ularni «soxtalashtirish» ham insonga bitmas tuganmas musibatu fojialar keltirishini haqqoniy tasvirlash orqali asarning yaxlit epik tafakkur tarzini yaratgan. Ayni chog'da, yozuvchi Lolaxon, Ergash, Samad kabi o'z taqdiriga ega insonlarning ruhiy olamlari ham betakror ekanini, ayni «o'ziga xos olam»i bilangina odamlar shaxslik darajasini zabt etishlari mumkinligini yozuvchi Luqmon Bo'rixon «Jaziramadagi odamlar»ning ruhiyati tahlili va tasviri orqali (garchi asarda Zumrad kabi qiyomiga yetmagan, faxriy kampir kabi sxematik obrazlar uchrasa-da...) yoritib bera olgan. Shu jihatlari bilan ushbu roman o'zbek romannavislari shaxs fojiasining badiiy tasvirida mahoratning alohida bosqichiga ko'tarilib borayotganliklaridan darak beradi. So'nggi yillarda yaratilayotgan o'zbek adiblarining xilma-xil mavzudagi romanlarini tahlil qilish orqali kitobxonlar millatning dili va tilida aks etgan quvonchu iztiroblarni his qilishlari aniq.Milliy ruh, o'zbekona bag'rikenglik, mardlik, o'zlikni anglab millat istiqlol uchun kurash mustaqillik davri adabiyotining bosh mavzusidir. Milliy ongni, o'zlikni anglatuvchi asarlar yaratgan ijodkorlar orasida Tog'ay Murod o'ziga xos ovozi bilan ajralish turadi.
Tog'ay Murod jahon adabiyoti durdonalarini o'qib - o'rganib milliy adabiyotimiz an'analarida shaklanib ildiz otgan zabardast yozuvchilar. Yozuvchi ijodida umumbashariy adabiyotga xos bo'lgan talqin o'zbek milliy ruhi bilan uyg'unlashtirib yuborilganining shohidi bo'lar ekanmiz, nazarimizda bunday uslub go'yo faqat o'zbeklarga yoki faqat Tog'ay Murod qalamigagina mansubdek tuyuladi. Yozuvchi qalamga olgan har bir voqea, obraz orqasida millat taqdiri, oddiy xalq qiyofasi jonlanadi.
XX asrning oxirgi 20yilligidagi o'zbek badiiy prozasi favqulodda o'ziga xos va original hodisa ekanligi bilan ajralib turadi.Undagi yangiliklar dastavval badiiy nutq shakllarining rang-barangligida ko'rinadi.Xalq jonli so'zlashuv tilining mo'l- ko'l qo'llanilishi,muallif va personaj ovozlarining o'zaro chatishuvi,polifonik(ko'p ovozli)nutqning o'ziga xos ko'rinishlari hamda ohanglar rang-barangligi bu davr prozasining asosiy belgilariga aylandi.Yozuvchining tilga munosabati o'zgarayotganligi tufayli badiiy tasvirda jiddiy ijobiy siljishlar ro'y berdi,asarda til,nutq muammosi oldingi o'riga chiqdi.Zero,nutqda adibning o'ziga xos uslubi,materialdan foydalanish mahorati,uni ma'lum shaklga sola bilish qobiliyati ochiq namoyon bo'ladi.Endilikda so'zga faqat tadqiqot sifatidagina emas,balki voqyelikni vujudga keltiruvchi,uni tushunarli bayon qiluvchi,badiiy asar imoratini bunyod etuvchi qurilish materiali sifatida qarash istagi ham paydo bo'ldi.
Hozirgi zamon nasri nutqi poeziya bilan yaqinlashdi (bu usul,ayniqsa,Tog'ay Murod ijodida yaqqol ko'rinadi),ayni chog'da,folklorlarga xos ko'p ma'nonilik,xalq qo'shiqlari ohanglaridan foydalanish kuchaydi.Yozuvchilarimiz endilikda nasriy asarlariga ongli ravishda she'riyatga xos tamoyillar- ritm,turoq,vazn va lirik takrorlarni ham kiritmoqdalar(bu usul Omon Muxtor ijodida ko'p uchraydi).Ho'zirgi adabiy jarayonda ritm prozaik nutqning eng muhim stixiyasi bo'lib qoldi.Shu bilan birga,rivoyat,afsona va miflardan unumli foydalanilyapti.
M.Do'stning “Lolazor”romanida hikoya qilishning yangicha shakllariga duch kelamiz.Unda birato'la uchta hikoyachi namoyon bo'ladi:muallif,Nazar Yaxshiboyev va Saidqul Mardon.Agar ularning roman voqealarini bayon qilish nuqtai nazaridan tutgan mavqyeini belgilaydigan bo'lsak,qissanavis Saidqul Mardon birinchi o'ringa chiqadi.Chunki uning bayoniga muallif mutlaqo aralashmaydi.Zero,Saidqul Mardon ham xuddi M.Do'st singari yozuvchi va u romanda mustaqil fikrlash,munosabat bildirish,muhokama qilish huquqiga ega.Buning ustiga,yozuvchi o'zi hikoya qilayotgan voqea-hodisalarning bevosita guvohi ham.
Romanda ikkinchi hikoyachi -Nazar Yaxshiboyev.Asarning “Bemor”deb nomlangan yetti bobida Nazar Yaxshiboyev o'quvchiga o'zini o'zi tanishtiradi,uning ong oqimi beriladi.To'g'ri,Nazar Yaxshiboyevning ana shu o'ylari orasiga ba'zan izohlovchi,sharhlovchi sifatida muallif ham kirib keladi.Nazar Yaxshiboyev bemor bo'lganligidan vaqti bemalol,shuning uchun ko'p xotiraga beriladi,o'xzgalar bilan suhbatlashadi.Bularning barchasida u o'zini baholaydi,taftish qiladi,munosabat bildiradi.
“Ikki eshik orasi” va “Lolazor” romanlarida xarakterning ichki dunyosi va tashqi ko'rinishini ishonarli yoritib beruvchi kuchli va o'ziga xos psixologik tahlil mavjud.Unda yozuvchilar har bir qahramonning faqat ijtimoiy tomonlarinigina emas,balki shaxsiy,to'la ma'nodagi ichki kechinmalarini ham batafsilroq yoritishga urindilar.”Lolazor”da adib Nazar Yaxshiboyev yoki unga suhbatdosh bo'lgan personajning holati,ruhiyasi,hatto so'zlarining rost yoki yolg'onligini isbotlash orqali ham ularning ichki va tashqi olamini biryo'la yoritishga erishadi.
“Lolazor”da badiiy nutqning retrospektiv shaklidan ham unumli foydalanilgan.Asarda aks ettirilgan real vaqt Saidqul Mardon nutqida ma'lum uzluksizlikka,qat'iy chegaraga ega bo'lsa ham Nazar Yaxshiboyev o'ylarida u ko'pincha cheklanib qoladi.Ya'ni voqealar tasvirlanayotgan vaqtning ko'lami bilan doim ham mos kelavermaydi.Shu sababdan bayonning uzluksizligi “buzilib”,ayni paytda retrospektiv bayon roli oshadi.Retrospektiv bayonda xotiradagi voqealar qahramon ongidan qalqib chiqib,ayni paytdagi hodisalar bilan assosiasiyaga kirishadi,ular o'rtasida ichki bog'liqlik vujudga keladi.Retrospektiv bayonda muallif kichik bir maydonda ko'p yillik voqealarni personaj xarakterining rivojlanishi bilan bog'liq suratda markazlashtiradi.
Lekin asarga retrospektiv bayonni haddan ziyod kiritish unda ifodalanayotgan voqyelik va harakatlar izchilligini buzishi,bayonda”zigzag”shaklini vujudga keltirish ham mumkin.”Bemor”boblarida xuddi shunday holat ko'zga tashlanadi.Nazar Yaxshiboyev hozirgina suhbatlashib o'tirgan xotini,o'g'li yoki biror shogirdi qolib,uzoq o'tmish xotirasiga beriladi.Bunday xotiraga berilish jarayoni uzoq vaqtga cho'ziladi va natijada suhbatdosh Nazar Yaxshiboyevning ham,yozuvchining ham,o'qituvchining ham esidan chiqadi.Albatta,bunda yozuvchi retrospektiv bayon bilan perspektiv bayon o'rtasidagi me'yorni buzmaslikka,ular o'rtasidagi ichki bog'liqlikni ta'minlashga alohida e'tibor beradi.Lekin ayrim boblarda xotiraga asoslangan bayon bilan ayni paytdagi voqea bayoni o'rtasida biroz uzilish ro'y berganligi seziladi.Bu kamchilikni qissanavis Saidqul Mardon hikoyasi to'ldirib ketadi.
Iqtisodiy-siyosiy mustaqillikning oldini to'sish, xom ashyo manbai va har tomonlama daromad bozorini tasarrufida saqlash yo'lidagi keskin qarshiliklar mamlakatimiz taraqqiyotiga jiddiy to'siq bo'ldi. Odil Yoqubovning “Adolat manzili” (1994) romanida mustamlakachilik kayfiyatidagi siyosiy-huquqiy kuchlarning tuban usul va nayranglarini fosh qilish orqali ularning asl qiyofalari ochib tashlanadi. Qattiq tazyiq va nazoratlarga qaramasdan, o'zining ichki erkinligi va ma'naviy butunligini saqlab qolishga intilgan, tengsiz kurashda yolg'izlanib qolib, chorasizlikda madadga muhtoj bo'lgan Suyun burgutning murakkab taqdiri, insoniy fikr-kechinmalari romanning asosiy pafosini tashkil etadi.
Mazkur romanda ham ijtimoiy-ma'naviy muammolar qalamga olingan. Asarda adib jamiyatning ma'naviy inqirozini, shaxs erkiga o'tkazilgan zug'umlarni ifoda etish orqali qizil imperiyaning ichdan yemirilishi jarayonini tasvirlaydi. Romanning bosh qahramoni Suyun burgut bo'lib, uning ismi lug'aviy ma'nosi jihatidan Suyun (Sevinch) - inson yuragidagi shodlik, quvonch, xursandlik tuyg'usidir. Burgut esa yirik, chaqqon, kuchli qush bo'lib, tog' va cho'llarda umr kechiradi. Uya qurish, jo'jasini boqish, uni uyasidayoq ovga o'rgatish, juftlarning bir-biriga sadoqat ko'rsatishi kabi jarayonlardagi o'zaro hamkor-hamnafaslik ularning mag'rur qush ekanligini ko'rsatadi. Suyun burgutda esa ismi jismiga monand bo'lgan xislatlar mujassamlashgan.
Demakki, yuksaklik va kengliklarni makon tutganligi bilangina emas, balki jismoniy quvvati, oilasiga sadoqati, farzandlariga mehri bilan ham tom ma'noda YIRIK qush nomining bosh qahramon ismiga qo'shib aytilishi o'z-o'zidan uning insoniy sifatlari haqida ham muayyan tasavvurlar beradi. Agar mamlakatimizda burgutlarning qadimdan muqim yashab kelayotganligini e'tiborga olsak, O.Yoqubov kengroq ma'noda millat tiynatidagi halollik, g'ayrat-shijoat, tadbirkorlik, mardlik, dovyuraklik, oriyatlilik, mehr-muruvvat, sadoqat, bolajonlilik singari ko'plab jihatlarni ham nazarda tutadi, deyishimiz mumkin bo'ladi. Shu ma'noda Suyun burgut timsoli umumlashtiruvchilik xususiyatiga ham ega.
Suyun burgut obrazini chizishda yozuvchi qadim turkiy qavmning dovyurak, shijoatli va oliyhimmat xalq qahramonlari tasvirlangan qahramonlik va oshiq turkumi dostonlaridan bahramand bo'lgan. Bu fikr tasdig'ini Suyun burgutning uloq chopish va poyga paytidagi shijoati, muhabbati, shoir-oqin bo'lib o'lanlar to'qishi, tengsiz olishuvda yollanma qotillarni mahv etishidagi «har qanday polvon, polvon u yoqda tursin, tuyani ham yiqitar edi», - qabilidagi tasvirlar, tahdidlardan cho'chimasligi, mardona va haq gaplari bilan makkor va beshafqat qonun himoyachilarini dovdiratib qo'yishi, oriyat talashib, adolat istab o'limga tik borishi singari harakat-holat hamda kechinmalarning psixologik tahlilida kuzatish mumkin bo'ladi.
Yozuvchi qahramonning ruhiy qiynoqlari, jismoniy azoblarining zalvorli ekanligiga urg'u beradi. U birdaniga chin ma'nodagi mo'minga aylanmaydi. Fitratida mavjud, ammo tabiatidagi loqaydlik va tashqi muhit ta'siri vaqtida quvvatlantirilmagan mayllar madadkor homiyga bo'lgan tabiiy ehtiyoj tufayli yana bo'y ko'rsatadi. Natijada, u tavba-tazarru qilib, barcha hodisotlarning xolis shohidi bo'lgan Yaratganning manzilidan adolat izlaydi. Ayni shu holatning o'zi birinchidan, zamindagi xo'rlik va zorlik, zulm va zalolatga qarshi ko'ngilda ko'zg'algan isyondir. Ikkinchidan, uning gunohi azimga qo'l urishida, bandaning Alloh marhamatidan umidvorligi - itoat mujassam. "Xom sut emgan bandangman, o'zing yaratding, o'zing kechirgaysan yaratuvchim!” - qabilidagi samimiy fikrlarida Burgutning butun dardi-dunyosi aks etganligini kuzatish mumkin.
Binobarin, bu adabiy hodisaning ijtimoiy-ma'naviy, milliy-ruhiy jihatlariga e'tibor qaratish g'oyatda muhim. “Xo'rlikdan o'limni tansiq” sanash (Abdulla Qodiriy) shaxsning ichki butunligi, jasoratidan tashqari millatimizga xos sha'n yuksakligi, nomus va or talashmoq matlabi, yigit mardligining o'lchovi, el ardog'ida bo'lmoqning me'zonidan kelib chiqadi.
Yuqorida tanishganimizday, O.Yoqubovning “Diyonat”, “Oqqushlar, oppoq qushlar” romanlaridagi Normurod domla, Shorahim shovvoz kabi qahramonlar ham e'tiqodidan qaytmagan halol, haqgo'y, adolatparvar, diyonatli ekanligi bois davriga sig'magan kishilar edi. Ammo ular davr ideallarining tasdig'iga xizmat qiladilar.
“Adolat manzili” romani qahramonlaridan biri - yarim asrlik umrini hukumat ishlariga bag'ishlagan Veteran, kuyovi Suyun burgut boshiga tashvish tushganida haqiqat va adolat istab mas'ul idoralarga bosh uradi. Ammo uning dardini tinglash va tushunish o'rniga bepisandlik, loqaydlik va haqoratlar bilan qarshi olishadi. Nuqul noinsof, diyonatsiz, battol haromxo'rlar, muttaham amaldorlarga ro'baro' bo'lgan Veteran o'zini bolalarcha ojiz sezar ekan, o'kinch-armon bilan: «yo'q, sho'ro hukumati yo'q endi! ...Essiz bu hukumatga bag'ishlagan yarim asr umrim!» , - deya xitob qiladi.
E'tiqod yo'lida jonini ham, qonini ham ayamagan shiddatkor va o'ktam qariya jamiyatning inson taqdiriga munosabatidan chiqargan xulosada hukumat intilishlarining keskin inkori mujassamlashgan. Shu nuqtada Veteranning insof, imon, diyonat, inson taqdiri haqidagi qarashlari Normurod domla, Shorahim shovvoz kabi qahramonlardan keskin farqlanadi.
“Adolat manzili”da Odil Yoqubov ota izdoshi bo'lgan Lochin obrazini ham dovyurak, shijoatkor, epchil, jasur, g'ayratli qahramon sifatida chizadi. Biroq u hali yosh, ma'sum va beg'ubor yigit. Shuning uchun otasi dosh berolmagan tahqir, xo'rlik va nohaqliklar qarshisida chorasiz qolganida, na bo'g'zida nido, na ko'zida yosh - haykal misol qotib qoladi. Tili soqov, qulog'i kar kimsaga aylanadi. Lochin goh adolatni tiklab, otasining nomini oqlamoqchi, uning halol inson ekanligini isbotlamoqchi bo'lsa, gohida enasi Marjonoy va sevgilisi Oltinoyning yuragiga quloq tutmoqni, gohida esa quturgan sherday yovuz “Shayton dara” qariga o'zini otib, daryoning oppoq ko'piklari bag'riga singib - bevafo va noraso dunyodan bosh olib ketmoq ya'ni, chin “Adolat manzili” tomon shoshilmoqni tilaydi.
Kitobxon uning ruhiy to'lg'onishlaridagi “Shaytondara”ning sovuq nafasi yanglig' seskantiruvchi bu so'nggi intilishni payqaganida Lochin anduhlari miqyosini teranroq his etadi. Uning behalovatligi va bezovtaligi ortadi. Guvullab esayotgan dovul uning quloqlariga: “Jon o'g'-lim!... Bolamov? Bo'tamovlab chinqirayotgan onaizorning tog'larni zir titratgulik nolasi, Oltinoyning Akajon? Akajonim-ey!” - degan faryodlarini olib kelganday bo'ladi. Kitobxon ham xuddi Lochin kabi oyoqlari ostida qari bo'ribosar - Qoplonning nafasini his qilganday sezadi o'zini. Shundagina Lochin mudhish niyatini amalga oshirmay, o'zini tubsiz o'pqon yoqasidan odamlar orasiga qaytargan va g'animlariga qarshi kurashga undagan kuch - mehr-muhabbat, samimiyat, burch, sadoqat tuyg'ulari ekanligini anglaydi.
O.Yoqubov odam va odamiyat, shaxs va shaxsiyat, keng ma'noda esa inson va insoniyat haqida, shaxs va jamiyat munosabatlari odamzod tabiatini o'zgartirishi, hissiy va aqliy olamga o'tkazilgan zug'umning miqyoslari, axloqiy mezonlar to'g'risida - yaxlit olganimizda inson va hayotning mazmuni haqidagi masalalarni badiiy tahlil etadi. Yozuvchi insonni hissiy olam va fikrat dunyosining sintezi hisoblar ekan, mazkur dunyolarga daxl qilinishi uni muvozanatdan chiqaradi, - deb hisoblaydi. Insoniy munosabatlarni aql-idrok, cheksiz tafakkur orqali barkamollashtirish mumkin. Maqsadlar mushtarakligi, manfaatlar uyg'unligi butun insoniyat munosabatlarini muvofiqlashtirish yo'lidir,- degan da'vatkor umuminsoniy falsafani ilgari suradi.
Kezi kelganda shuni ham ta'kidlash lozimki, yozuvchi zamonaviy mavzudagi romanlarining konflikti va pafosini davr ruhiga moslashtirishga, ijtimoiy adolatning qaror topishini zamon maydonga chiqargan mardona kishilarning xatti- harakat va intilishlari bilan izohlashga harakat qiladi. Bunday xususiyatlari bilan “Diyonat”, “Oqqushlar, oppoq qushlar”, “Adolat manzili” romanlari Said Ahmadning “Jimjitlik”, Erkin Samandarniig “Daryosini yo'qotgan qirg'oq”, Tog'ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” tipidagi asarlariga yaqin turadi.
O.Yoqubovning zamonamizning ma'naviy-ijtimoiy jarayonlari badiiy tahlil qilingan uchala romanini yaxlit holda o'ziga xos trilogiya sifatida kuzatsak, muammolar tadqiqi romandan romanga o'sib borishi, ya'ni, o'zining ibtidosi va intihosiga ega ekanligining guvohi bo'lamiz. Ammo, adabiy qahramonlarni ijtimoiy hayot shiddatiga bog'lab qo'yish, pirovardida adabiyotni jamiyatning ijtimoiy-axloqiy muammolarini hal qilish vositasi deb bilish ekanligi sababli ularda hamisha ham inson ruhiyati dramatizmi yetarlicha inkishof etilmaydi. Nazarimizda, adib “jabrdiyda” insonlardan qahramonona xarakter yaratishga urinayotganday, ularning kurashchanlikdan mahrum bo'lib qolishidan hadiksirayotganday tuyuladi. O.Yoqubovning zamonaviy mavzudagi romanlari tarixiy romanlari darajasida yuksala olmaganligining siri ham ana shundadir.
Ko'rinadiki, O.Yoqubovning borliqqa munosabati va uni idrok etish tizimida, falsafiy-amaliy tafakkur tarzi - gumanizm yetakchilik qiladi. Shuning uchun ham u insoniy o'lchamlarga binoan yashashni himoya qiladi, borliqning moxiyati asosiga inson irodasini qo'yadi. Shu manoda adib insonning hayotiy ehtiyojlari va axloq masalalarini muhim sanaydi. Inson uchun berilgan moddiy hayotni ezgulik tabiiy konunlariga muvofiq ravishda tartibga solish odam bolasining qo'lidadir degan g'oyani ilgari suradi, inson shaxsini ulug'laydi.
Har qanday badiiy asarda badiiy zamon talqini yetakchilik qiladi va asar kompozisiyasidan o'rin oladi. Shuning uchun badiiy asarda zamonni aks ettirish o'sha davr muhitini, tarixiy sharoitini, obrazlar tizimini, badiiy xarakter va ruhiyatni haqqoniy talqin etish uchun asos bo'ladi. Zamonni yoritish yozuvchidan davr muhitini, tarixiy shaxslar siymosini haqqoniy aks ettirish uchun tarixiy faktlarga ma'lum darajada asoslanib, ularning badiiy siymosini aks ettirishni talab etadi.
Xulosa qilib aytganda, badiiy talqinda makon va zamon talqini tarixiy shaxs obrazlarini badiiy tadqiq etish uchun asosiy vosita bo'lib xizmat qiladi. Davrning murakkab voqyealarini, inson ruhiyatidagi kechinmalarni yuzaga chiqargan. Ayniqsa, xarakter badiiyati, muhit va jamiyat o'rtasidagi ziddiyatlarni, shaxsning psixologik murakkabliklarini davr nuqtai nazaridan talqin etishga asos bo'lgan. Shu ma'noda, tasvir xronotopi Odil Ёqubov romanlari poetikasida muhim o'rin tutadi. Badiiy makon va zamon yaxlitligi aslida ifoda yig'iqligini ta'minlab, adabiy talqinni batafsillik va bir xillikdan muhofaza etadi. Binobarin, ijodiy uslub takomilida badiiy muhokama rang-barangligi muayyan o'rin tutadi.
Bu davrga kelib roman janri jiddiy o'zgarishlarni boshdan kechirdi.Jamiyat hayotida ro'y berayotgan voqealar tezobligi,zidiyatlari,kqlami bilan romannavislarni biroz shoshirib qo'ydi. Aslida roman qperativ, hozirjavob janr emas. U voqealarning tinishi,saragi sarakka, puchagi puchakkaajralishini kutadi, voqelik ustida jiddiy mulohaza yuritishni talab qiladi. Shu boisdan istiqlol davrining ilk bosqichida romanjanri o'z qrnini adabiyotning hozirjavob ,chopqir janrlari bo'lgan she'riyat va publitsistiga bqshatib berdi.o'zi esa ro'y berayotgan voqea-hodisalarni jiddiy kuzata va tinishini kuta boshladi. Romanga bo'lgan ehtiyojni qondirish uchun jahon adabiyotining eng yaxshi namunalari tarjima qilinib, targ'ib etila boshlandi. B.Pasternakning "Doktor jivago", A.Ribakovning "Arbati bolalari", N.Dumbadzening "Abadiyat qonuni", Ch.Aytmatovning "Asrga tatigulik kun", "qiyomat", M.Bulgakovning "Usta va Margarita", Markesning "Yuz yil tanholikda" kabi o'z vaqtida nashr etilmagan romanlar shular jumlasidandir.
80-yillarning 2-yarmidan boshlab, roman janri rivojida jiddiy yangilanish belgilari ko'zga tashlana boshlandi. Isteododli yozuvchi q. Hoshimovning "Tushda kechgan umrlar". M. M. Dqstning "Lolazor", O. Yoqubovning "Adolat manzili" romanlari adabiyotimizda yangi sahifa ochdi. Bu romanlar haqida maolumot beraman. Shundan sqng ,birin-ketin E. Samandarovning "Daryosini yo'qotgan qirg'oq", "Tangri qudug'i", U. Nazarovning "Chayon yili", M. Mansurovning "Mangu jang", "Gunohi azim", O. Muxtorning "Egilgan bosh", "Ming bir qiyofa", "Ko'zgu oldidagi odam", T.Murodning "Otamdan qolgan dalalar" romanlari dunyoga keldi va katta eotibor qozondi. Istiqlol davriga kelib, tarixga munosabat o'zgardi. Endi adiblardan tariximizni ro'y-rost, bezak va qora bqyoqlarsiz tasvirlash talab qilina boshlandi. Bu talabga tarixnavis adiblarning 4- avlodi "labbay" deb javob berdi. Ular o'z oldida tarixiy mavzuda ko'plab talantli asarlar yaratish vazifasi turganligi hal qilinishini kutib turgan muammolar borligini anglab yetdilar va ularni hal etishga astoydil kirishdilar. Chunki xalqimiz uzoq
tarixda kqrsatgan jasoratlari, qahramonligi to'g'risida hali yetarli so'zlab berilgani yo'q. Zero, adib I.Rahim kuyinib yozganidek, "Adabiyotimiz xalqimizning tarixi oldida, qtib ketgan qahramonlarimiz ruhi oldida va hozir ham ibrat bo'lib yashayotgan qsha davr pahlavonlari oldida katta qarzdor bo'lib kelmoqda. Bu qarzni uzishni ham Vatanni himoya qilishdek jangovr burchi miz deb" bilishimiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |