Tayanch so'zlar: o’zbek noan’anaviy, poetik tafakukur, mavzu va g’oya, ramziylik, majoziylik.
O„zbek adabiyotida qahramon muammosi o„rganilgan masala bo„lsada, uning rang-barang ko„rinishlari yangi-yangi izlanishlarga sabab bo„ladi. Jumladan, tuyg„ular fojeasi asarda ijodkor mahorati tufayli shu qadar ishonarli beriladiki, kitobxon beixtiyor qahramonlarning dardkashiga aylanib qoladi. Kahramon dardi dunyosi, orzu - armonlariga sirdosh bo„lib boradi. Ayniqsa, bu xolat O„.Xoshimov romanlarida yaqqol ko„zga tashlanadi. Uning «Ikki eshik orasi» asarining har bir qahramoni bir - biriga bog„liq voqealarning davomiyligini ta’minlagan hikoyalardan iboratdir. Asar qahramonlari o„z hayotlaridagi kichik bir xato tufayli yillar davomida azob chekadi. Natijada ularning taqdirlarida tuyg„ular fojeasi o„sib, rivojlanib, voqealar echimini oydinlashtirib boraveradi. Asardagi shunday qahramonlardan biri Ra’nodir. Uning eriga qilgan xiyonati nafaqat o„z hayotida, balki bir necha qahramon hayotida fojealarning nozik chiziqlarini chizadi.
Birinchidan, Normurodning ko„nglida o„kinch, tabiatida alamzadalik paydo bo„ladi. O„g„li Muzaffar esa ona mehriga zor, qalbi kemtik bo„lib, iztirob bilan o„sib-ulg„ayadi. Qolaversa, ko„ngil qo„ygan qizi o„zining ko„krakdosh singlisi bo„lib chiqadi .Bu haqiqatni anglagan tunda Toshkent zilzilasi tufayli Muzaffar sevgilisidan judo bo„lib, yolg„izlik girdobiga tashlanadi. SHuningdek, qizning bevaqt o„limiga aybsiz- aybdor bo„lib qolganligi asardagi shaxslar fojeasining bir- biriga uyg„unlashib ketishini ko„rsatadi.
Yozuvchi voqelik tasvirini ijtimoiy muhitga bog„laydi. Asar qahramonlari taqdiridagi qiyinchiliklar jumbog„ini urush tufayli sodir etilgan deb ko„rsatadi. Qolaversa, adib asardagi asosiy chiziqlaridan biri xiyonat tasvirining yillar davomidagi izini ham uch avlod vakillari hayotida mantiqiy davom ettiradi. Bular urushda bedarak ketgan yolg„iz o„g„li Kimsanning sevgilisini o„z ukasiga uzatishga majbur bo„lgan qora ammaning qalb iztiroblari va ruhiyatidagi qarama - qarshi kurashlarda, sevishib turmush qurgan Normurod va Ra’no muhabbatining yillar shamoliga dosh berolmay oyoq osti qilinishida, o„z muhabbatiga xiyonat qilgan Ra’noning Umar zakunchi tomonidan toptalishi, aldangan, xo„rlangan ayol sifatida afsus- nadomatlar girdobida umrguzaronlik qilishi va nihoyat, yolg„onlar zamiriga qurilgan oilasida o„zini begona his etib, bu bevafo dunyoni erta tark etishida ko„rinadi. SHuningdek, Muzaffarning o„z onasiga nisbatan nafrati va begonalik tuyg„usi bilan o„sishida, urushdan beda’vo dardga yo„liqib qaytgan eridan ayrilib, ne orzularda yolg„iz farzandiga suyanib umr o„tkazgan onasini azob-uqubatlarga tashlab ketgan Munavvarning shoshqoloqligi zamirida kichik bir xiyonat atalmish fojeaning ildiz otgan dahshatlari hayotiy, badiiy tasvirini topadi.
O„.Xoshimov asarlarini kuzatar ekanmiz, ko„p hollarda millat dardi shaxs dardi bilan uyg„unlashib ketganligini ko„ramiz. Uning qahramonlari oddiy oilaning, ko„p xollarda oddiy ishchi yoki kalxozchining farzandlari bo„ladi. Biroq kuzatishlar shuni ko„rsatadiki, yozuvchi qahramonlari imon - e’tiqodli, sabr - qanoatli, hayotdagi yovuzlik va tubanlikka uzoq muddat sukut bilan javob beradigan vijdonli va xalol kishilardir. Nohaqlikka uchraganda ular raqiblarini xudoga soladi. Bunday bardoshga dosh berish ularning qalbida ollohga bo„lgan e’tiqod joy olganligini ko„rsatadi. SHu sabab, asar qahramonlari o„zlariga qilingan nohaqlikni ba’zan ortiqcha oh- faryodlarsiz xudoning sinovi deb qabul qilishadi.
Bunday tasvirlar «Ikki eshik orasi»da Umar zakunchi tomonidan odamlar boshiga ming bir kulfatlar yog„dirilganida, tabibning norasida go„dagini shafqatsiz savalaganida, Robiyani tahqirlaganida bevosita xudoga iltijo tarzida tasvir etiladi. Xuddi shunday holni «Tushda kechgan umrlar» asarida Kamissar tomonidan bir xalol oila boshlig„ini uzoq yillar ta’qib qilinib , xalq dushmani tamg„asi ostida bedarak yo„q bo„lib ketishida, onaning nomusiga tajavvuz qilib, yosh umriga zomin bo„lishi, xatto, o„z keliniga nisbatan qilingan adolatsizliklarda faqat jabrlanganlar tomonidan xudoga iltijolar tarzida badiiy tasvir etilganligini kuzatishimiz mumkin.
Asarni o„qir ekan, kitobxon ham beixtiyor qahramonlar hayotidagi yorug„ kunlarni ya’ni, ollohning inoyatini kutadi. Biroq, azoblar evaziga-rohat emas ,balki yangi bir fojealar tasviri qahramon hayotini girdobdek qurshab olaveradi. Urush dahshati Oqsoqolni birdaniga ikki o„g„lidan ayiradi, farzandlaridan judo qiladi, xotinini to„shakka mixlab, kelini Zuhroni xiyonatga etaklaydi. Qora ammani esa yolg„iz farzandidan judo qilibgina qolmay, suyanchig„i - cholini ham fojeali o„lim o„z iskanjasiga oladi. Guldek yosh umri kasal erini boqish va davolatish bilan o„tgan Bashar opani esa yolg„iz qizidan ayirib, orzularini armonga aylantiradi.
Ko„rinib turibdiki, asar ikkinchi jahon urushidan oldingi qatog„an yillaridan boshlanib, voqelik rivoji urushdan keyingi tiklanish yillarini ham qamrab olib, Toshkent zinzilasidagi fojealar esa asarning echimi sifatida tasvirlanadi. SHuningdek, asarda adib qayta qurish davri voqealarini ham bir qizil chiziq tarzida chizib, voqelikni Muzaffarning xotiralari orqali ko„z oldimizda jonlantiradi. SHu sabab uzoq davrni o„z ichiga olgan ba’zi bir fojealar, qahramonlar taqdiridagi jumboqlar sirliligicha qoladi. SHuningdek, bu sirlilik asar qahramonlarining o„zaro munosabatlarida ham bo„rtib ko„zga tashlanadi. Umar Zakunchiga turmushga chiqqan Ra’noning botiniy iztiroblari SHomurodga ma’lum bo„lmaganidek, uning Ra’noga bo„lgan pinhoniy muhabbati ham yillar o„tsada qalbini tark etmaganligidan hech kim boxabar bo„lolmaydi. Munavvarning o„z iffatini Muzaffarga topshirib qo„yganligi va undan xomiladorligi ham sirligicha qolib ketadi.
Demak, O„.Xoshimov asarda shaxs fojeasini, tuyg„ular fojeasi bilan uyg„unlashtirib yuboradiki, sirliligicha qolgan voqealar mantiqidan, kitobxonning o„zi saboq chiqarib oladi. SHuningdek, voqelikda tuyg„ular fojeasining rang-
barang tasvirlari, asar to„laqonligini ta’minlabgina qolmay, balki, inson taqdiridagi o„ziga xos qismatlarning ko„rinishlarini yozuvchi badiiy bo„yoqda chiza oladi. Bu xolat adibning «Bahor qaytmaydi» qissasida ham ko„rinib, Alimardonning tuyg„ularidagi fojeani uning o„limi bilan yakunlab, bir inson peshonasiga bitilgan qismatga yo„yada. «Tushda kechgan umrlar» da esa, Kamissar o„zi ardoqlagan tuzim siyosatiga qarshi o„g„li tamonidan zarba beriladi va nihoyat, bir umr odamlarga xiyonat qilgan shaxsga o„zi ishongan odamlar tomonidan hiyonat qilinadi, natijada qarigan chog„ida yakka qoladi. Bu ham o„z navbatida yolg„izlik qismati ,biroq tuyg„ular fojiasidan dars beradigan qismatdir. Rustam esa, shuncha jangu jadallar ichidan tirik qaytib, urush dahshatlari va yo„qotilgan do„stlarining fojealariga chidab, o„z yurtidagi adolatsizlikdan o„rtanishi, sevimli yori vasliga etolmay qiynalishi, atrofdagilarning munosabatlarini hazm qila olmasligi bois o„z uyida yosh umriga qasd etishga majbur bo„lishi uning qismati tarzida tasvirlanadi. o„.hoshimov ijodini kuzatish jarayonida bir-birini takrorlamaydigan turli-tuman qismatlarning fojeaviy yakunlaridan ogoh bo„lamiz. hayot faqat bayramdan iborat emasligini unutmagan holda, adib asarlarida hayotiy fojealar talqinini uchratamiz. Bundan kitobxon faqat saboq chiqarishi mumkin. Bu ko„hna dunyo sirlarini kashf etishda yozuvchi o„zining hayotiy kuzatishlarini badiiy bo„yoqlarda jonlantira oladi. Demak, adibning asarlari uning badiiy mahorati va uslubining takrorlanmas qirralarini ko„rsatadi.
Zulfiya Pardaeva esa « Ijodkor shaxs birinchi navbatda uni o„zligidan ayirgan mustabid tuzumni, ijtimoiy voqelikni ko„ngil prizmasidan o„tkazadi. Buning natijasida anglash jarayoni kechadi»1,- deb to„g„ri qayd etadi. Darhaqiqat, adabiiy jarayonda bir vaqtda muayyan bir mavzu, mustabid tuzum kirdikorlarini anglagan insonning hayotini aks ettirishga qaratilgan bir guruh ijodkorlar ijodida qisqa vaqtda mazmunan bir-biriga yaqin asarlar paydo bo„ldi. Biroq Talat Solihov qayd etganidek «Har bir ijodkor, san’atkor o„zicha bir olam ekani ma’lum,
Ularning biri ikkinchisini takrorlamaydi, biri boshqasidan farqlanadi»2 Bizning kuzatishlarimiz natijasida ham shu narsa ma’lum bo„ldiki, ushbu asarda tasvirlangan hayotiy haqiqatning badiiy haqiqatga aynan aylanishi asosan realistik uslubda tasvirlanganligini kuzatish mumkin.
E’tibor bersak, O„. Hoshimovning «Tushda kechgan umrlar» asarida sho„ro siyosatining tarbiyasini olgan millat kishisining e’tiqodlari, aldangan kishining ayanchli umri aks etadi. Bu asardagi qahramonning eng katta fojeasi esa o„zining aldanganligini anglay olmaydi. YOzuvchi bu asarida shuro davri siyosatining o„ziga xos jihati ya’ni millatning asl farzandlarini vaqti - vaqti bilan yo„q qilib turilishiga qaratilgan operatsiyalarining yangi - yangi ko„rinishlarini qalamga olgan.
E’tibor beraylik, «Tushda kechgan umrlar» romanining asosiy qahramonlaridan biri Komissar obrazining o„y-mushohadalari orqali biz ikkinchi jahon urushining ayanchli damlari bilan tanishamiz. SHuningdek, millat kishisining boshiga tushgan qatog„an siyosatining oqibatlari natijasida qanchadan - qancha ziyolilarimiz va ularning yaqinlarining taqdirlari haqida ham qalam tebratilgan. Qolaversa, paxta ishi tufayli badnom qilingan o„zbek xalqining ziyolilari to„g„risida va nihoyat Afg„on urushi tufayli qanchadan-qancha millatning yosh yigitlarini bevaqt nobud bo„lishi, milliy o„zligidan ayrilgan yosh avlodning ham ruhan, ham jismonan nogiron bo„lib qolishlarini O„.Hoshimov bir asarda bir asr maboynida millat peshonasiga bitilgan fojea deb qalamga oladi.
Asar qahramoni Soat G„aniev ya’ni Komissar sho„ro davrining siyosati tayyorlagan kishi. U kommunist degan e’tiqod bilan yashaydi. SHavqatsiz va diyonatsiz millat farzandi bo„lgani bois o„z maxalladoshlari va millatdoshlariga qarshi kurashadi. Har narsadan shubhalaniuvchi, hech kimga ishonmaydigan davlat arbobi. SHu bois qon-qoniga singib ketgan odatlari uni qarigan chog„ida ham tark
etmaydi. Natijada odamlardan ajralib, yakka o„zi yashaydi. Farzandlari ham undan yuz o„giradi. Ikkinchi xotini xiyonat qiladi. Birdan -bir ermagi navbatda turib odamlar gap so„zlariga quloq solish va tongda turib sut olib kelishdir. SHuningdek sho„ro yillari olgan medallarini taqib ba’zi tadbirlarga qatnashishidir. O„zi qurgan jamiyatning qulashi mumkinligi va bugungi yoshlarning yangi jamiyat qurib, yangicha yutuqlarga erishishi haqida o„ylab ham ko„rmaydi. Uning ko„ziga barcha noshud bo„lib ko„rinadi. Komissar o„zgarmaydigan o„zligini anglay olmaydigan obrazdir. Asarda tasvirlanishicha u bilan bir umr birga yashagan xotini esa butunlay boshqa olam kishisi. U o„zbek ayolining tipik obrazi, bag„ri keng ona, vafodor va sadoqatli xotin, imonli va mehribon ayol. Tabiatida kurashuvchanlik bo„lmagan ayol adib tasvirlaganidek o„lim bilan ham kurashmay bir zumda jon taslim qiladi. Mana shu bir-biriga qarama- qarshi xarkterdagi kishilar esa asarda keltirilganidek bir umr birga yashashadi.
Asardagi yana bir qahramon bu Qurbonoy xoladir. U bir umr o„z milliy e’tiqodlariga sodiq, o„zligini yo„qotmagan ayol. Hayot unga qanchalik adolatsiz bo„lmasin, Komissar uni qanchalik taqib etmasin u nolishni bilmaydi. Uning ishonchli hamroxi esa yolg„iz ollohdir. O„ziga nisbatan qilingan shavqatsizliklarga qarshi ham kurashmaydi. O„ch olish unga begona. Otasini qamatgan, onasini zo„rlagan va o„limiga sababchi bo„lgan shaxs Komissarni garchi yomon ko„rsada ochiq qarg„amaydi yoki nafratini ham sezdirmaydi. Uning bu hatti-harakatidan esa Komissar ajablanadi. O„z qarichi bilan o„lchagan odam Qurbonoy xoladan «sen meni qarg„asang kerak-a» deb so„raydi. Qurbonoy xolaning sukutidan esa o„zicha falsafa chiqaradi. Qo„rqadi deb o„ylaydi. Qurbonoy xola esa aksincha undan qo„rqmaydi, u ollohning borligiga ishonadi, u har narsaga qodir deb o„ylaydi. Komissarning kirdikorlarini uning o„z vijdoniga havola qiladi. Asarda tasvirlanishicha Komissar o„zligini anglay olmagan shaxsdir. Qurbonay xola esa hech bir davrda o„zligini yo„qotmagan e’tiqodi mustaxkam ayoldir. Asarning boshidan oxirigacha mana shu ikki tipik obrazlar, ya’ni millatning ayol va erkagi o„rtasida zimdan kurash ketadi. Va nihoyat bu kurashda ma’naviy jihatdan Qurbonoy xola engib chiqadi. CHunki o„zicha mag„rur va qaysar Komissa bu mushtipar ayolga tan berib ba’zan o„zini ojiz his etadi.
Asardagi yana bir qahramon Rustam bilan bog„liq voqealarni ham kuzatganimizda Komissarning aralashib yurganini ko„ramiz. Rustam turg„unlik yillarining vakili. U Afg„on urushida bevosita ishtirok etadi. Bir dunyo orzulari jo„sh urgan, sevilib, sevib yurgan yoshlik, talabalik damlarida xarbiy xizmatga chaqirilib, urush olovlari ichiga tushadi. U erda orttirgan ko„pgina do„stlari ko„z oldida jon taslim qiladi. O„zi ham Afg„onlarga qarshi o„q uzib odam o„ldiradi. Ayniqsa Afg„on ayolining ochiq qolgan ko„zlari va o„lik onasining ko„kragini kelib emgan yosh bolaning multiragan ko„zlari, itning nolakor ulishi Rustamning yurak bag„rini ezadi. Tug„ilgan kunida onasidan xat olib o„zini baxtiyor xisoblab kelayotgan do„stining o„limi esa qalbini larzaga soladi. Bu achchiq xotiralar edi. Biroq Rustamning o„mirtqasidan yaralanib qaytishi va sevgan yori bilan turmush qurib, jismoniy jarohat tufayli uning vasliga etolmaganligi, alamzada va qo„rs bo„lib qolishi natijasida o„zining yosh umrini xazon etib, joniga qasd qilishi bu shaxs fojeasi emas, balki jamiyatning fojiasi sifatida talqin etiladi. YAngi uyga ko„chib o„tgan Rustam Komissarga qo„shni bo„lib qoladi. Natijada bir necha bor to„qnashgan Komissar endi Rustamning o„limidan so„ng uning xotini SHahnozadan shubhalana boshlaydi. Ayriliq azoblari bilan o„rtanib yurgan yosh kelinchakni erining qotili sifatida gumon qilib ichki ishlar xodimlarining ishlariga bir necha bor aralashadi.
Asarda 80 yillar oxirida «O„zbek ishi» deb nom olgan siyosiy o„yin ham ishonarli tarzda tasvir etilgan. Rustamning otasi uzoq yillar xalol rais bo„lib ishlagan bo„lsa-da, poraxur deb qamaladi. Markazdan kelgan tergovchilar undan va uning yaqinlaridan oltin va boshqa boyliklarni talab qiladi. Hatto kelinining nomusini o„rtaga qo„yishadi. SHunda rais o„zini gunohkor deb tan olishga, o„g„li esa bor narsasini sotib ularga topshirishga majbur bo„ladi.
Davr kishisi o„z e’tiqodini, o„zligini unitishga majbur qilinganligi asarda juda ishonarli detallarda tasvirlanadiki, kitobxon beixtiyor sho„ro davrining siyosati va Soat G„anievga o„xshagan gumashtalaridan nafratlanadi.
O„.Xoshimov millat taqdiri va millat kishisining dardi to„g„risida bir necha asarlar yaratgan. «Tushda kechgan umrlar» romani esa sof riealistik asar bo„lsa-da uning nomi ramzga o„ralgan. Asarda tasvirlangan voqealar, taqdirlar aksincha tushda sodir etilmaganligini balki bu hayotiy haqiqat ekanligini izohlash uchun kitobxonga mantiiy tugallangan badiyat durdonasini yaratadi. SHu bois «Tushda kechgan umrlar» asari keyingi yillarda yaratilgan romanlarning sarasi sifatida boxolanmoqda.
Sharafiddinov O. Ijodni anglash baxti. T.: Sharq, 2004.
Karimov H. Istiqlol davri nasri. - T.: Zarqalam, 2007.
Rahimjonov N. Mustaqillik davri o„zbek she’riyati. - T.: Fan, 2007.
Mirqosimova M. Hozirgi adabiy jarayon. O'quv qo'llanma. - T.: TDPU, 2008.
Каримов X. Уткир Хршимов. - Т.: Янги аср авлоди, 2001.
Каримов Б. Фикр ва мухит зиддияти. Шарк юлдузи, 1995. 11-12-сонлар.
Каримов Б. Таъсир ва тасвир //Тафаккур, 1999, 4-сон.
Каримов Б. Маънавият насрнинг олтин калити//Жа\он адабиёти, 2001, 4- сон.
Do'stlaringiz bilan baham: |