Reja: Istiqlol davri adabiy jarayoni haqida umumiy tushuncha



Download 383,11 Kb.
bet14/19
Sana12.07.2022
Hajmi383,11 Kb.
#784189
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
2 5474601469963408604

Adabiyotlar:

  1. Sharafiddinov O. Ijodni anglash baxti. T.: Sharq, 2004.

  2. Karimov H. Istiqlol davri nasri. - T.: Zarqalam, 2007.

  3. Rahimjonov N. Mustaqillik davri o„zbek she’riyati. - T.: Fan, 2007.

  4. Mirqosimova M. Hozirgi adabiy jarayon. O„quv qo„llanma. - T.: TDPU, 2008.

  5. Ulug’bek Hamdam. Vatan haqida qo’shiq. Romanlar va hikoyalar. -T., "Akademnashr", 2014. -544 bet.

  6. Ulug’bek Hamdam. Uzoqdagi Dilnura. Qissa, hikoyalar va she'rlar. -T., "Akademnashr", 2010. -332 bet.

  7. Isajon Sulton. Boqiy darbadar. Roman. Qissa. Hikoyalar. -T., 2011. -280 bet.

Isajon Sulton. Ozod. Roman va hikoyalar. -T., "Sharq", 2012. -432
11-Mavzu: Tarixiy romanlarda hayotiy haqiqat va badiiy
to'qima.

Reja
I.Bugungi o‘zbek romanlarida tasvir haqqoniyligi va falsafiy teranlik.
2.O‘zbek romanlarida tarix, davr, zamon masalasi muammo darajasiga qo‘yilishi.
3.Istiqlol romanlarida o‘tish davri murakkabliklarining aks etishi.
4.Tarixiy haqiqat va badiiy to‘qimada adib mahoratining ifodasi.
Tayanch so'zlar: o‘zbek, noan‘anaviy, poetik tafakukur, mavzu va g‘oya, ramziylik, majoziylik, qahramon, milliylik,obrazlilik.
Xalqimiz tarixida To‘maris, SHiroq, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Mahmud Torobiy kabi milliy qahramonlarimiz bosqinchilarga qarshi mardonavor kurash olib borgan o‘z shaxsiy mayllaridan millat taqdirini ustun quygan shaxslar yashab o‘tgan, ularning timsolida ozodlik, millat erki, xalqimiz jasorati mujassam. YOzuvchi Asad Dilmurod shu bugungi kungacha o‘zining tarixiy mavzudagi bir qator hikoyalari, qissalari va romanlarida, jumladan, —Mahmud Torobiy”, —Fano dashtidagi qush”, “Pahlavon Mahmud” asarlarida xalqimizning uzoq o‘tmishidagi voqealarga murojaat etib, mashhur tarixiy shaxslarning shonli hayoti va faoliyatini, achchiq taqdiri va fojiaviy qismatini hikoya qilib beradi. Adabiyotshunos I.YOqubov —Tarixiy haqiqat va badiiy talqin” maqolasida Asad Dilmurodning tarixiy asar yaratish borasidagi ijodiy tajribalarini kuzata turib shunday haqli xulosa chiqaradi: —Adibning —Mahmud Torobiy” nomli ilk romaniga ham ruhiy-ijodiy tayyogarlik bosqichi milliy istiqloldan ancha ilgari boshlangan edi. Uning —YAroqdagi bitik” hikoyasidayoq Mahmud Torobiydagi sarkardalarga xos barqarorlik va jasorat tuyg‘usi ona qonidan o‘tganligi ko‘rsatilgandi. Romanga manba to‘plash jarayonida Asad Dilmurod adabiyotimizda mazkur mavzuda 1941 yilda bitilgan Oybekning —Mahmud Torobiy” dramatik dostonlari tajribalariga tayanadi. Zero, Oybek Mahmud Torobiyga bo‘lgan munosabatda birgina dramatik doston bilan qanoat hosil qilmay, —Xalq qalqoni” (A.Deych bilan hamkorlikda) pesasini yozishga kirishgan, —G‘alvirchi” nasriy dramasiga qo‘l urgan, ammo ulkan ijodiy niyatlarini to‘la ro‘yobga chiqarishiga davr imkon bermaganligi sababli boshqa ijodiy rejalari ijrosiga kirishgan daho san‘atkor edi. Hamid Olimjonning —Muqanna”, Maqsud SHayxzodaning —Jaloliddin” dramalari, adabiyotimiz tarixida yaratilgan ko‘plab tarixiy romanlarni Asad Dilmurod ma‘naviy-ruhiy ilhomlangan asarlar sirasiga kiritish mumkin”1. Darhaqiqat, olimning fikrlarini davom ettirgan holda o‘zbek adabiyotida badiiy adabiyotning turli tur va janrlarida tarixiy asarlar yaratgan A.Qodiriy, Oybek, H.Olimjon, M.SHayxzoda, Mirmuhsin, P.Qodirov, O.YOqubov kabi iste‘dodli adiblarimiz tajribasi Asad Dilmurodning tarixiy asar yaratishida juda katta ijodiy maktab bo‘lganligini ta’kidlamoqchimiz. SHunday qahramonlar bo‘ladiki, minglab yillar kechsa-da, ularning jasorati xalq diliga chuqur muhrlangan bo‘ladi, xalq ular haqida og‘zaki afsonalar, rivoyatlar, doston va naqllar yaratadi, og‘izdan-og‘izga ko‘chib yuradi. Mana shunday milliy qahramonlardan biri Mahmud Torobiydir.
—Mahmud Torobiy” romani2 uchta qism, har qism esa boblardan tashkil topgan. Romanda oddiy hunarmandlikdan ulug‘ sarkardalikka erishgan, minglab xalqni o‘ziga ergashtira olgan millat erki uchun kurashgan inson obrazi talqin etiladi. U o‘z shaxsiy hayotidan xalq hayotini, taqdirini ustun qo‘yadi. Asad Dilmurod Mahmud Torobiy obrazini ortiqcha ideallashtirmaydi, uni mukammal shaxs sifatida tasvirlashga intilmaydi ham. Romanda Mahmud Torobiy obrazi ham ulug‘vor niyat uchun jonini fido qilgan o‘ktam inson sifatida, ikkinchi tomondan esa saltanat, hokimiyat nayranglaridan qo‘rqayotgan, dilida ikkilanishlar ichida umr kechirayotgan oddiy inson sifatida ham tasvirlanadi. Romanning ilk sahifalaridayoq badiiy asarda tasvirlangan qahramonlar jismoniy jihatdan barkamol, kelbatli, jangovor, ruhan esa botir, qo‘rqmas, mard kishilar tarzida aks ettiriladi. Beixtiyor o‘zbekning qadim o‘tmishdagi vatanparvar, jasur kishilari obrazi ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi. Adib ularning milliy kiyinishi, yurish-turishi, xatti-harakati va dunyoqarashi, xullas barcha jihatlarini milliylik mezonlaridan kelib chiqib yondoshadi. Romanda Mahmud Torobiy va uning piri, ustozi SHamsuddin Mahbubiy boshchiligidagi mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi olib borgan xalq qo‘zg‘aloni va bu g‘azovot tafsilotlari hikoya qilinadi. Asarda CHingizxonning nevarasi CHig‘atoy va ularga sotilgan mahalliy boy-amaldorlar Burhoniddin, Bo‘rinayxon, mashhur savdogar Mahmud YAlavoch obrazlari ham yaratilgan. Tarix sahnida mo‘g‘ul bosqinchilari qo‘lida qo‘g‘irchoq bo‘lgan noiblar, dorug‘alar, amirlar ayovsiz tanqid ostiga olinadi. SHamsuddin Mahbubiy, Muhiddin Kamol, Suyguna Zebo, Zor Jahon, Hur Qiyg‘ir kabi obrazlar CHig‘atoy, Mahmud YAlavoch, Burhoniddin, Bo‘rinayxon, Olovxon YUsuf, Aliakbar xoja al-Buxoriy obrazlariga qarama-qarshi ravishda tasvirlanadi. Bu esa iymon pokligi, ruh musaffoligi haqidagi adibning olam va odam haqidagi badiiy- estetik falsafiy konsepsiyasini ko‘rsatadi. Kitobxon roman mutoalaasi chog‘ida asardagi fojiaviy lahzalarni o‘qir ekan, inson taqdiri, insoniyat tarixidagi xunrezliklarning barchasi hokimiyat, buyuk saltanat uchun har qanday qabihliklardan tap tortmaganligining guvohi bo‘ladi. Ma’lumki, mo‘g‘ul saltanatining asoschisi CHingizxon qilichi bilan, ko‘z ko‘rib, quloq eshitmag an qonxo‘rliklarni xalqimiz boshiga solgan. YOzuvchi XIII asrdagi mo‘g‘ul bosqini davrini ko‘rsatish orqali inson e’tiqodi va erki, fitna va fisqu-fasodlarga o‘ralashgan inson taqdiri, tarix g‘ildiraklari ostida ezilib, chilparchin bo‘lgan murakkab xarakterli shaxslar obrazini yaratadi. SHomoniylar dinining mudhish urf-odatlari haqidagi, ya’ni Malika Guraning o‘g‘li Gandu CHinoning ruhi poklari

uchun, uning xizmatiga ma‘suma qizlarning qurbonlik sifatida qatl etilishi uchun uyushtirilgan marosim tasviri kitobxonni larzaga soladi.
Suyguna Zebo obrazi ko‘p jihatdan yunon bosqinchisiga qarshi dadil kurash olib borgan To‘maris obrazini eslatadi. Unda erkaklarga xos dovyuraklik, mardlik, kurashchanlik, erkka tashnalik mujassam. Malika Gura obrazi esa romandagi fojiaviy ayol obrazi sifatida talqin etilsa-da, johillikdan yorug‘likka chiqa olgan etuk obraz. U CHingizxonning nevarasi, u o‘z eriga, urug‘iga, diniga xiyonat qilib, Mahmud Torobiyni ozod etadi. Nazarimizda, Malika Guraning Mahmud Torobiyga bo‘lgan muhabbati va ayni paytda ular o‘rtasidagi sevgi motivlari asarga o‘zgacha joziba baxsh etgan o‘rinlardandir. Umuman, romandagi Mahmud Torobiy bilan Gura xotin, Muhiddin Kamol bilan Suyguna Zebo o‘rtasidagi sof muhabbat motivlari o‘quvchini to‘lqinlantiradi. Biroq, Olovxon YUsufning Suzukka bo‘lgan muhabbati kitobxonni ijirg‘antiradi. U sevgilisining vasliga etishish uchun har qanday razillikdan qaytmaydi, xalq olqishlagan, milliy qahramon Mahmud Torobiyning kushandasiga aylanadi. G‘azavotchilar o‘limlarini bo‘yniga olib, ulug‘ muhorabaga kirishadilar. Ularning shiori bitta —Biz o‘limga qarshi boramiz. O‘lim bizning xaloskorimiz!” Romanda tiz cho‘kkanicha “Hurlik uchun” deb jon taslim etgan Suyguna, o‘limi oldidan cho‘kkalagancha vatan tuprog‘ini ko‘zlariga surtgan Muhiddin Kamol, qopga solinib daryoga oqizilgan Subuhabibi, onasi ortidan yig‘lab chopayotganda qilich zarbidan kallasi dumalab tushgan Mahmud Torobiyning o‘g‘li Jaloliddinlarning mudhish taqdiri, “Alvido, begim, jasadlar ichra jasad bo‘lgum!” deya shivirlab jon taslim etgan Gura va nihoyat o‘limi oldidan “YOmon achchiq bo‘lar ekan o‘zingniki” degan Mahmud Torobiy va uning safdoshlarining alamli tarixi kitobxonni bee’tibor qoldirmaydi. G‘azovotchilar o‘z sardorlarining hayotini ham asrab qololmaydi. Gura Mahmud Torobiyni jon-jahdi bilan himoya qilishga urinsada, buning uddasidan chiqa olmay shahid ketadi. YOzuvchining romanda tasvirlangan xunrezliklar tafsilotini, tariximizning tragik bir lavhasini badiiy asar sifatida ishlashida qanday badiiy-falsafiy maqsad ko‘zga tashlanadi? - degan savol tug‘iladi. Maqsad bitta islom dinini oyoqosti qilib, xalqning ma’naviy, moddiy boyligiga qilich bilan shikast etkazgan mo‘g‘ul bosqinchilariga qaqshatqich zarba bera oladigan millatning mard, vatanini, uning har bir qarich tuprog‘iyu an’analarini, milliy qadriyatlarini muqaddas biluvchi mard o‘g‘lonlari va ayollari borligini ko‘rsatishdan iborat edi. YOzuvchi o‘zining bu badiiy niyatini Mahmud Torobiy, Muhiddin Kamol, Suyguna Zebo, SHamsiddin Mahbubiy, Hur Qiyg‘ir, Kichkina Qiyg‘ir kabi bir qator qahramonlar timsolida mujassamlashtirdi.
Asad Dilmurod tarixiy voqealarni shunchaki quruq hikoya qilmaydi, tarixiy faktlarni o‘zining badiiy xayoloti, romantik tasavvuri bilan boyitib ifodalaydi. Gap shundaki, romandagi Bo‘rinayxon va u bilan bog‘liq kana, kanaxona tasviri, Mahmud YAlavochning tushidagi erosti saltanatiga, ya’ni abadiy yovuzlik xudosi Erlik hukm suruvchi mamlakatga tushib qolishi haqidagi tush lavhalari, Mahmud Torobiyning Xizrga o‘xshab, darvesh Adoiy qiyofasida Mahmud YAlavoch bilan uchrashuvlari, Suyguna Zeboning qatl maydonidan omon qaytishi, Malika Gura bilan Mahmud Torobiy o‘rtasidagi muhabbat lavhalari, Muhiddin Kamol, Nigina, Sadafbibi va Suygunalarning g‘orga qamalib qolib, so‘ngra dushman qo‘lida halok bo‘lish lavhalari asarda chuqur dramatizm bilan aks ettirilgan.
Romanda chin ma’noda yovuzlik va ezgulik o‘rtasidagi abadiy kurash talqin etilgan. Nazarimizda, romandagi chuqur insoniy g‘oyalar “Qur’oni karim”dagi yuksak gumanizm va ollohga bo‘lgan e’tiqod bilan sug‘orilishidan tashqari, asarning juda ko‘p o‘rinlarida ramziy ishoralarni, yozuvchining kosa tagida nimkosa qo‘yib hikoya qilayotganini vujud-vujudimiz, qalbimiz bilan sezib turamiz. Ma’lumki, kana - qon so‘ruvchi hasharot. Asad Dilmurod Bo‘rinayxon obrazini tasvirlar ekan, uning xalq orasida kana nomi bilan mashhur bo‘lganini ta’riflaydi. Uning ko‘ziga osmondagi oy o‘rnida katta kana osilib turgandek bo‘ladi. Nazarimizda, bu badiiy detallar asarda ramziy mohiyat kasb etgan. YA’ni Bo‘rinayxon oddiy xalqning qonini kana misoli so‘rib olayotgan johil amaldorga o‘xshatiladi.
Mahmud YAlavoch tarixiy shaxsini badiiy asarga olib kirishda ham Asad Dilmurod o‘ziga xos prinsiplarga amal qiladi. Bu haqda I.YOqubov shunday fikr bildiradi: “Savdogar Mahmud YAlavoch shaxsi va uning o‘g‘li Mas’udbekka nisbatan tarixiy-adabiy manbalarda keltirilganidek stereotiplar asosida yondoshmaydi, balki murakkab taqdir egalari sifatida talqin va tahlil etadi”3. Mahmud YAlavoch bir umr jon va mol, mansabu martaba qayg‘usi bilan yashaydi. U o‘zining hiylagarligi bilan CHingizxondek mo‘g‘ulning ko‘ngliga yo‘l topgan. Tarixda eng ayyor, uddaburon savdogar sifatida dong taratgan tarix iy shaxs. Asad Dilmurod Mahmud YAlavochning qilgan makrlari, o‘z xalqi va qavmiga qilgan sotqinligini uning tushidagi jazo orqali go‘yyoki ko‘rsatib beradi. YA‘ni Mahmud YAlavoch xoinligi uchun islom dinida ta‘riflangan na jannatdan, na do‘zaxdan joy egallaydi. SHomoniylar dinidagi er osti mamlakati Erlik hukm suruvchi yovuzlik mamlakatiga surgun qilinadi. U erda Mahmud YAlavoch CHingizxon va uning xotini bilan ko‘rishadi. Mahmud YAlavochning YOvuzlik saltanatiga mahkum etilishida juda katta badiiy-falsafiy ma‘no mavjud.
Mahmud YAlavoch mo‘g‘ul bosqinchilarining xunrezliklaridan, xalqiga etkazilayotgan zug‘umni juda yaxshi tushunadi. Ammo afsuski, saltanat, mol- dunyo va jon qayg‘usida vataniga, xalqiga xoinlik qiladi. Uning bu jinoyati asarda minglab odamlarni qilichdan o‘tkazgan qonxo‘r CHingizxon qilmishidan ko‘ra ham dahshatliroq deya talqin etiladi. Olovxon YUsuf obrazi ko‘p jihatdan o‘z nafsiga qul bo‘lgan inson timsolidir. Otasi Zor Jahon bunday o‘g‘ilning bahridan kechib yuboradi. Johil Olovxon YUsuf shu qadar yovuzlashadiki, taxt, mansab uchun garovga qo‘yilgan Mahmud Torobiyni o‘ldiribgina qolmasdan, shu paytgacha hamtovoq bo‘lib kelgan Aliakbar xoja al-Buxoriyni ham o‘ziga raqib bilib, uni ham o‘ldiradi. Bu lavhalarda insonning nafs balosi tufayli naqadar tubanlashuvi, yovuzlik instinktlari jo‘sh urib, insoniylik qiyofasidan ayrilgan johil bir maxluq qilmishlari ko‘rsatib beriladi.
Romanda qo‘zg‘olonchilar jisman engilgan bo‘lsa-da, ruhan yovuz kuchlar ustidan g‘alaba qozonganini sezib turamiz. Zero, o‘limni ham pisand qilmasdan dushman qarshisiga chiqqan Suyguna va Muhiddin Kamol jasorati, sof muhabbat tufayli ruhan poklanib, ollohga sajda qilgan Malika Gura shijoati, o‘limi oldidan mardlarcha —- Ur, inim ura qol, bas mahtal qilma! Bu jon omonat, omonat jonni shunday kunda topshirmasam, qachon topshiramen?! Esimni taniganimdan beri orzu qildim Olloh diydoriga etishmakni, shul saodatni sening qilichingdan buyurgan ekan! Ur, ura qol, mahtal qilma!..”116 degan Mahmud Torobiylar aslida dushmandan engilgan emas. Ular romanda tasvirlangan har qanday yo‘l bilan bo‘lsada moli va jonini himoya qilgan kaltabin shaxslardan ming chandon ustun turishadi. Ular o‘limni saodat deb bilishadi.
Asad Dilmurod romanda xalqimizning afsonaviy qahramoni bo‘lib qolgan Jaloliddin Manguberdi tarixini, u bilan bog‘liq tafsilotlarni tez-tez yodga oladi. CHig‘atoy Mahmud Torobiy qiyofasida bobosi CHingizxonga qarshi kurashgan, tillarda doston bo‘lgan, mo‘g‘ullarga qaqshatqich zarba bergan Jaloliddin Manguberdini ko‘rgandek bo‘ladi. Aslida romanda tasvirlangan Mahmud Torobiy va uning oilasi, yaqinlari taqdiri Jaloliddin taqdiriga juda uyqash keladi. SHuningdek, Temur Malik haqidagi xotiralar ham tez-tez esga olinadi.
Mahmud Torobiy obrazi haqiqiy ma‘noda xalqimizning milliy qahramoni, unda e‘tiqod, haqiqat, iymon, erk kabi eng yuksak fazilatlar mujassam. U erkparvar shaxs. Roman markazida I.YOqubov ta‘kidlaganidek, —jaholat va yovuzlik, xiyonat va qabohatning inkori orqali e‘tiqod butunligi, iymon musaffoligi, erk sog‘inchi, yurtga sadoqat singari ardoqli tuyg‘ularni ulug‘lash turadi”117. Bundan tashqari, Asad Dilmurod xalqimiz tarixida yashab o‘tgan milliy qahramonimiz Mahmud Torobiy jasoratini hikoya qilish orqali murakkab bir davr tarixini, murakkab inson ruhiyati tarixini kitobxonga tuhfa etadi. Kitobxonni nafaqat, o‘tmishda o‘tgan voqealar va shaxslar hayoti haqida o‘ylashga, bugungi insonning turmushi, intilishlari, e’tiqodi, imoni, ishonchi haqida chuqurroq o‘ylab ko‘rishga da’vat etadi. Roman qahramonlari timsolida adib muhabbat va nafrat, oqibat va oqibatsizlik, ulug‘vorlik va tubanlik, yaxshilik va yomonlik, mustahkam e’tiqod va beburdlik singari qarama-qarshi tuyg‘ular paralellizmi orqali o‘zining badiiy-estetik falsafasini tushuntirib beradi.
To‘g‘ri, romanda tarixiy ibora, leksemalarni berishda xatoliklar ko‘zga tashlanadi. Masalan, romanning juda ko‘p o‘rinlarida adib “panjaga taqilgan uzuk”, —chilt uzilgan umid”, “changak bo‘lgan panja” deb ishlatadi. Uzuk panjaga taqilmaydi, barmoqqa taqiladi. Umid bargdek chirt uziladi, chilt emas. Ammo bu kabi mayda-chuyda kamchiliklar romanning yuqori badiiy saviyasiga raxna sola olmaydi. Adib ijodida “Mahmud Torobiy” tarixiy romani ilk yirik asari bo‘lsada, u juda katta muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritgan deyish mumkin.
Asad Dilmurod bu romanni yozish uchun tarixiy ma‘lumotlar va manbalar bilan jiddiy tanishganligi ko‘rinib turibdi. Romandagi Hur Qiyg‘ir, Kichkina

Qiyg‘ir, Zuvalak, Darvesh Adoiy, Zor Jahon, Olovxon YUsuf, Jo‘ra Govbosh, Erdana Quzg‘un kabi ko‘plab obrazlarning ismlari, ismlar zamiriga yuklangan badiiy-estetik mazmun kishi diqqatini o‘ziga tortadi. Jumladan, Mahmud Torobiyning ukalari Qiyg‘ir erksevar qush ma’nosini anglatsa, Mahmud YAlavochning yugurdagi Zuvalak ismi zuvillab yurish ma‘nosidan olingan. Olovxon - jahli tez, uzoqni o‘ylab ish ko‘rmaydigan lov etib yonib o‘chuvchi kaltabin shaxs nomi. Zor Jahon ramziy ma‘noda bu dunyoda erkka tashna, ozodlikka zor bo‘lib yashagan inson timsoli deyish mumkin. Romanda tasvirlangan shiddatkor jang, bosqinchilarga qarshi olib borilgan mardonavor kurash sahifalari ko‘p jihatdan Jaloliddin Manguberdining CHingizxonga qarshi olib borgan kurash tarixini yodga soladi. Xususan, SHamsuddin Mahbubiyning xatti-harakatlarida ko‘p jihatdan CHingiz bosqinchilariga qarshi jasorat bilan kurashgan keksa so‘fiy, qo‘lida tug‘ tutganicha “g‘azavot” e’lon qilib, jon bergan urganchlik tarixiy shaxs Najmiddin Kubro hayotini esga soladi. Demak, bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, romandagi bir qator tarixiy va to‘qima obrazlar timsolida xalqimiz tarixida yashab o‘tgan, bosqinchilarga qarshi kurashgan yoki xoinlik qilgan minglab kishilarning hayoti va taqdiri mujassamlashtirilgan. Qolaversa, adib mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi olib borilgan o‘zbek xalqining kurash tarixini aks ettirgan V.YAnning —CHingizxon”, Mirmuhsinning “Xo‘jand qal’asi”, Jumaniyozovning —Jaloliddin Manguberdi” kabi tarixiy, badiiy asarlardagi ijodiy tajribalarni jiddiy o‘rganib, bu tarixiy romanga qo‘l urganligi shubhasizdir.
Mahmud Torobiy obrazi romanda siymu-zarga, shon-shuhratga aslo uchmaydigan ko‘ngli musaffo, darveshtabiat kishi timsoli sifatida tahlil va talqin etiladi. Uning dunyoqarashi, odamlarga, xalqiga bo‘lgan munosabati, samimiyatida milliy qahramon deyishimizga ming bora arziydigan fazilatlar mavjud. Nazarimizda, Mahmud Torobiy obrazi ko‘p jihatdan tasavvuf ilmida ilgari surilgan komil inson shaxsini ko‘z oldimizga keltiradi. Uning g‘aroyib xatti- harakatlarida payg‘ambar Xizr sifatlari ko‘rinish beradi. Jumladan, Mahmud YAlavoch bilan bo‘lgan munosabatlarida, birdan paydo bo‘lishi, eshik turib, teshikdan kirib kelishi, zaharlangan dorini ichsada tirik qolishi, o‘zini darvesh Adoiy deb tanitishi, Mas’udbek bilan bo‘lgan uchrashuvlar barcha-barchasi etuk pir, komil insonligidan, oddiy inson emas, xudoning nazari tushgan nodir shaxs ekanligidan dalolat berib turadi. Mahmud Torobiy yolg‘iz o‘zi xalq orasida aylanishni, ularning hayotini yaqindan kuzatishni, bozorlarni kezishni juda xush ko‘radi. Nazarimizda, bu o‘rinda ham Asad Dilmurod ramziy-falsafiy ma’nolarni, g‘oyalarni ilgari surgan. YA’ni dunyo aslida unisi yoki bunisi kelib-ketuvchi bozorga o‘xshatiladi. Ramziy ma’noda bozor - dunyoni kuzatayotgan Mahmud Torobiy obrazi donishmand inson timsolidir. Ko‘rinadiki, yozuvchi nafaqat tarixiy roman tajribalari, qolaversa, bugungi modern romanchilik tajribalarini —Mahmud Torobiy” romanida sintez qilib beradi. Asardagi har bir jumla, voqea- hodisa zamirida katta falsafiy mazmun yashirin. Mahmud Torobiyga tuhmat qilishga uringan mulla Ibod timsolida birovga choh qazib, o‘zi o‘sha chohga qulab tushgan johil kishi obrazi mujassamlashgan.

Xulosa qilib aytganda, romanda qo‘zg‘olonchilar jisman mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsalar-da, ruhan ko‘ngil pokligi, iymon butunligi, e’tiqod sobitligi, ko‘ngil hurligi jihatdan quzg‘unlar ustidan g‘alaba qozondi, deyish mumkin. Mahmud Torobiy obrazida tug‘ma ota-onasining qoni bilan o‘tgan erksevarlik fazilati mujassam, vatan tuprog‘ini har narsadan muqaddas biluvchi milliy qahramondir. Zero, uning onasi Ozoda Zaynab “o‘z uyim - o‘lan to‘shagim” deya, yashayotgan vayrona bir kulbasini har narsadan aziz ko‘rib, dushman qo‘lida jon beradi. Momolarimizning o‘z oilasiga, farzandiga mehru-muhabbati, turmush o‘rtog‘iga sadoqati aynan Ozoda Zaynab, Subuhabibi qiyofalarida ifoda etilgan. Romanda tasvirlangan qahramonlarning har biri o‘z qiyofasiga ega bo‘lib, ular o‘zbek xalqining XIII asrdagi tarixiy hayotini aks ettirgan.
Omon Muxtorning «Aflotun» asarida bunday badiiy detal Aflotun bilan Suqrotning tanishishidan oldingi holatini tasvirlashda qo‘llanilgan.
«Aflotunni uchratishdan oldin u tush ko‘rgan: tushida go‘zal bir oqqush uning ko‘ksiga kelib qo‘ngan, so‘ng ajib nag‘ma bilan yuksak fazolarga parvoz etgan. Va Aflotun ro‘para kelganida Suqrot: «Mana, mening oq qushim» - deb nido qilgan edi».
Omon Muxtor o‘z asarining boshqa bir joyida yana an’anaviy tush motiviga murojaat etadi: «Tushimda oq kiygan nihoyatda ko‘rkam, ulug‘vor bir ayol mening yonimga keldi. U menga, Suqrot, uchinchi kuni sening janozang o‘qiladi, dedi». Adib Suqrot tushlarini tasvirlashda xalqimizning tush bilan bog‘liq an’anaviy inonchlariga asoslangan. Xalq qarashlariga ko‘ra, odam o‘lgach, uning joni qush suvratiga kirib tanani tark etar va ko‘kka - ruhlar olamiga parvoz qilar emish. Suqrot tushiga kirgan oq qush ham aslida uning umri poyoniga etganligining nishonasi, umr poyonining ramziy ishorasi edi. Qadimgi turkiylarning mifologik tasavvurlariga ko‘ra, Ko‘kda yashovchi ulug‘ tangrilar haqiga oq qo‘y, Er ostini o‘ziga makon qilgan yovuz kuchlar uchun qora qo‘y qurbonlik qilingan. Oq rang - ezgulik, yaxshilik, yorug‘lik, ezgu ruhlar bilan aloqadorlik ma’nosini anglatsa, qora rang o‘liklar mulki, yovuzlik, qorong‘ulik timsoli sanalgan.118
Darhaqiqat, «Aflotun» romanida ko‘zga tashlanib turgan tush bilan bog‘liq tasvirlarda ranglar badiiy timsollar sifatida qo‘llaniladi. E’tibor berilsa, asarda qo‘llanilgan har ikkala tushda ham oq rang badiiy timsol sifatida ifodalanganligini ko‘ramiz. Oq rang - xalq qarashlarida ezgulik, poklik, yaxshilik va ulug‘vorlik timsoli. O‘zbek mifologiyasida «oq» rang ezgulik timsoli deb qaralganligi sababli marosim va urf-odatlarimizda bu rang ramziga alohida e’tibor beriladi. Ana shu mifologik tasavvurlarni yaxshi bilgan adib asarda «oq» rang simvolikasiga alohida badiiy vazifa yuklaydi: bu birinchidan, Suqrotning tushiga kirgan qush rangining oq ekanligi uning ruhlar olami - ko‘kka daxldorligini anglatsa, ikkinchidan, bu rang timsoli ezgulik belgisi o‘laroq talqin qilingan.
SHu bilan birga ayol obrazi ham qush kabi nihoyatda go‘zal, ulug‘vor, sehrli va maftunkordir. Birmchi tushda Aflotunning ulug‘ faylasuf olim Suqrot darajasiga ko‘tarilishidan karomat qilinsa, ikkinchi tushda Suqrotning ulug‘vor o‘lim topishi bashorat qilinadi. Ayol esa qadimiy mifologiyada go‘zallik ma’budasi va kelajakning yaratuvchisi sifatida talqin qilingani sabab asarda Suqrot va Aflotunning go‘zal g‘oyalarini va ezgu ishlarini asrdan - asrga etkazuvchi vosita sifatida berilgan.
Xuddi shunday tush bilan bog‘liq badiiy talqinlar Asad Dilmurodning «Mahmud Torobiy» tarixiy romanida ham uchraydi. Unda qalandar qiyofasida saroyga kelgan Mahmud Torobiy Xo‘jand hokimi Mahmud YAlavochga tush ko‘rdingizmi, deb karomat qiladi. Tunni notinch o‘tkazgan hokim, darhaqiqat, tush ko‘rgan edi. Tushida patlari tim qora kalxat uchib keladi-yu, elkasiga Mahmud YAlavochni mindirib Sumeru tog‘iga keltirib, shu erdan erosti mamlakatiga borishi mumkinligini uqtiradi. SHunda bir nido keladi.
«Qimirla, hey, inson!» — tepadan nido keldi. YO rabbiy, faqir qayga borurmen?» — titrab ketgan noyib qo‘rqa-pisa so‘radi. G‘oyibdagi ovoz tahdid qildi: «Rabbano senga begona, ul zotni unut!» Noyib bo‘g‘ziga yig‘iga o‘xshash narsa tiqildi: «Nechuk?» G‘oyibdagi ovozning keskin xulosasi yangradi: «Sen jannatdan ham, do‘zaxdan ham mosuvosan, erlik hukmronlik qiladigan erosti mamlakatiga mahkum etilgansan» (135-bet)..
Mana shundan so‘ng qahramon boshidan og‘ir sinovlar o‘tadi. CHanqab suv ichmoqchi bo‘lsa yoki bog‘dagi mevalardan emoqchi bo‘lsa ular yo yo‘qolib, yo toshga aylanib qoladi. Ming bir azob bilan bir kulbaning oldidan chiqadi, u erda esa CHingizxon va uning xotini Burta qurchinni uchratadi. Qo‘y haydab er yumshatayotgan CHingiz va o‘z eriga nonushta hozirlayotgan xotin buni garchi tanisa-da juda sovuq qarshi oladi, asarda tasvirlanishicha ular qahramonimizni sotqinlikda va o‘z yurtdoshlariga xiyonatda ayblaydi. U Ulgen va Erlik degan zotlar qo‘lida qoladi.
Ma’lumki, Erlik shomoniylikka ko‘ra yomonlik tangrisi, Ulgen esa — bu e’tiqod bo‘yicha yaxshilik tangrisi hisoblanadi. «Olam ezgu va yovuz kuchlarning muvozanat, kurashidan iborat. Bu kurash inson ichkarisida ruhiyatida ham aks etadi. Agar odam ruhiyatida yomonlik paydo bo‘lsa, yovuzlik tangrisi uning ichkarisiga kirib olib, insonni faqat yomon ishlar qilishga undaydi, degan tasavvur bor”119.
Qadimgi turkiy miflarda aytilishicha, Ulgan olam ummoni ustidagi zaminni yaratgan. Ummonda suzib yurgan Ulgan o‘zining onasi Oq Enaning maslahati bilan zaminni yaratgan va uning bevosita ishtirokida zamin yuzasidagi jamiki o‘simliklar va jonivorlar olami yuzaga kelgan emish. Er osti dunyosi esa Erlik degan yovuz kuch ixtiyoriga berilibdi. Erlik er yuzidan hassaning uchi sig‘arlik joy berishlarini so‘ragan va unga shunday er berilgach, u o‘zining hassasi bilan zaminni teshib, o‘sha paytgacha er ostini o‘ziga makon qilgan ilon, chayon kabi jonzotlarni er yuziga chiqargan ekan. 120
Demak, Asad Dilmurod ham o‘z asariga mifologik obrazlarni tasvirlash orqali badiiy niyatini amalga oshirishga urinadi. Bu maqsadi uchun u ham tush motividan foydalanadi. Tushda tasvirlangan voqelik orqali nafaqat asar qahramoni, balki kitobxonni ham ogohlantiradi. Tushda tasvirlanishicha, dunyoni zir titratgan CHingizxon ham u dunyoga boylik emas, o‘z amallarini olib ketadi. Darada muz qotgan shaxslar ham yomonliklarini meros qilib olib ketadi. CHingizning uzundan- uzun nasihati esa uyqudan uyg‘ongan hokimga qanchalik ta’sir qilmasin, u bundan to‘g‘ri xulosa chiqarmaydi. Biroq yozuvchi qahramon ruhiy olamini kashf etish va asarning ta‘sirchanligini oshirish uchun tush motivlaridan ustalik bilan foydalanadi. Buning uchun esa ertaklarda ko‘p uchraydigan er osti mamlakati, u erga olib boradigan yo‘l, qanotlarini keng yoyib elkasida odamni ko‘tarib uchadigan qush, qora rangli yovuzliklar kabi mifologik timsollardan ham foydalanadi.
Odamni ko‘tarib uchadigan qush timsolining berilganligi ham bejiz emas. CHunki o‘zbek xalq ertaklarida xuddi shu vazifani Semurg‘ qush bajaradi. «Semurg‘ — qadim ajdodlarimizning ibtidoiy tushunchasiga ko‘ra, totemistik homiylik timsoli, botirlarga madadkor bo‘lmish ulkan qush. Bu go‘zal lirik obraz qachon paydo bo‘lganligini aytish qiyin, ammo Semurg‘ bilan bog‘liq qadimiy syujetlar SHarq xalqlari folklorida keng tarqalgan. U qahramonni ulkan qanotiga mindirib, Er osti dunyosiga olib tushish yoki Zaminga chiqarib qo‘yish vazifasini uddalay oladi».121 122
Atoqli olim V.M.Jirmunskiy to‘g‘ri qayd qilishicha, «Qahramonning Er osti olamiga tushishi ertak va dostonlardagi eng qadimiy, keng tarqalgan motivdir. Gruzin folklorida bu vazifani, ya’ni qahramonni yorug‘ jahonga chiqazishni Semurg‘ning egizagi Paskundji nomli sehrli qush bajaradi. Qirg‘iz eposi «Er Tushtuk»da Tushtukni Er ostidan Alp Qora Qush nomli gigant qush qutqaradi. Alp Qora Qush obrazi qirg‘iz, qozoq, qoraqalpoq va oltoy eposida qahramonlar homiysi va xaloskori sifatida gavdalanadi. Bu ertak syujeti asosida qahramonlarning Er osti dunyosi - o‘liklar mulkiga safari haqidagi juda qadimiy mifologik tasavvurlar yotadi» 10.
Arvohlarning tushga kirishi va qahramonni o‘z kirdikorlaridan ogoh qilishi bilan aloqador mifologik tasavvurlarning badiiy talqini SHoyim Bo‘taevning «Qo‘rg‘onlangan oy» romanida ham uchraydi. Asarning ikki qahramoni, ya’ni Murtazo va Ismoilning ruhan yaqinligi tush orqali ifodalanib, romanda bu tush motivi asar to‘laqonligini ta’minlash bilan birga qahramon xarakterini oydinlashtirishga ham xizmat qilgan. Asarda shunday parcha mavjud:

  • Qo‘rqma, Murtazo, - dedi uning nomini atab shu bilan ko‘ngliga taskin beruvchi allaqanday bir ohangda. YUraging chiqib ketishini o‘ylamagan edim.

  • Kimsan? - Murtazoning tili bazo‘r aylandi.

  • Ismoilman!

  • Qaysi Ismoil?

  • Sening hamkasbing, ovchi Ismoilman. Nahotki, odamlardan eshitmagan bo‘lsang? Birov Ona Bo‘kanga o‘q uzgan degan, birov to‘ng‘iz payhonlagan degan, yana birov ko‘chalarda telbayona ishtonsiz izg‘ib yurgan degan o‘sha Ismoil-da axir!..»

«To‘g‘rirog‘i, men Ismoilning vujudida vaqtinchalik maskan tutgan YOvuzlik ruhiman...» (145-bet).
Demak, «oq bukan»ga nisbatan shafqatsizlik qilgan Ismoilning shu tufayli ruhiy kasallikka chalinib vafot etishi lavhasi ham ana shu kabi mifologik qarashlarni «badiiy qayta ishlash» natijasida yaratilgan. SHu bois hamkasbi Murtazoga o‘z taqdiridan saboq olishga undaydi va yovuzlik ruhidan ogoh bo‘lishga chaqiradi. Biroq Murtazo o‘z tushidan to‘g‘ri xulosa chiqarmaydi. Balki tushida Ismoil aytgandek «YOvuz bo‘l, yovuz bo‘l! YAnada qudratvor yuksakliklar masnadingga aylanajak» kabi aqidaga amal qiladi. Natijada o‘zi qilgan yovuzliklari uchun jazolanadi. U ko‘zidan ajraladi va jarlikka qulab ketadi. Bu asarda ham tush qahramon uchun ogohlantirish, asar ta‘sirchanligini oshirish uchun qo‘l kelad
Xulosa qilib aytganda, adiblarning asarga tush tasvirini olib kirishi o‘quvchini voqelik tafsilotlariga yana bir bor ishontirishi, asar to‘laqonligini va davomiyligini ta‘minlashi sabab, shu bois ushbu tush motivlarining badiiy talqlari o‘quvchiga unchalik ham og‘ir botmaydi. Aksincha, uning fikrlari va tasavvurini to‘ldirishga xizmat qilib ijodkorlarning o‘ziga xos mahoratini ko‘rsatadi.

Download 383,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish