Rеjа: Ishlovchilarni faoliyat xavfsizligi talablariga amal qilishga o‘qitish tizimi



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/22
Sana20.03.2022
Hajmi0,9 Mb.
#503545
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
2 5269459705759012574

Mehnat gigiyenasi
- tibbiyot fanining insonning ishlab chiqarish sharoitidagi mehnat 
faoliyatini o‘rganuvchi bir qismi bo‘lib hisoblanadi. Mehnat gigiyenasi ishlab chiqarish zararli 
omillarining ishlovchilarga ko‘rsatadigan ta’sirini oldini olish yo’zasidan sanitariya-gigiyena va 
davolash yoki kasb kasalliklarining oldini olish tadbirlarini ishlab chiqadi. 
Ishlab 
chiqarishda ishchilar uchun ish vaqtining belgilanishi, dam olish vaqti, ta’til vaqti va shunga 
o‘xshash vaqt meyorlarini mehnat gigiyenasi o‘rganadi. Bular qonunchilik asosida ishlab 
chiqarish sanitariyasi bilan birgalikda o‘rganiladi. 
 
2. Texnosferada havo muhitining ko‘rsatkichlari, ularning mehnat faoliyatiga ta’siri,
Texnosfera – bu ishlab chiqarish jarayonlarida insonning mashina va mexanizmlar, 
dastgohlar bilan ishlash jarayonidagi muhit bilan belgilangani holda bunda muhim ko‘rsatkichlar 


havo muhiti, zararli va xavfli omillar ishchining ishlash muhitidagi meyorlarini belgilaydi. 
Bularning asosini ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigiyenasi tashkil etadi. Havo 
muhitining asosiy ko‘rsatkichlari mikroiqlim parametrlari, havo tarkibidagi zararli omillar orqali 
belgilanadi. Bunda: 
- haroratning ortib ketishi tana haroratining ortishiga, bu esa ko‘p terlashga olib kelib, 
tanadagi zaruriy eritmalar miqdorining kamayishiga olib keladi
- haroratning kamayishi shamollashga, bod kasalligiga olib keladi; 
- nisbiy namlikning ortishi o‘pka kasalligiga olib keladi; 
- nisbiy namlikning kamayishi organizmdan ko‘p suv chiqishiga olib keladi va 
organizmdagi suv miqdorining kamayishiga olib keladi; 
- havo harakatining kamayishi terlashga olib keladi; 
- havo harakatining ortishi shamollashga olib keladi; 
- atmosfera bosimining ortishi inson tanasini siqib, qon tomirlari yorilishiga, ya’ni, teridagi 
va og‘iz-burun bo‘shliqlaridagi hamda quloqdagi kopillyar tomiralar yorilishiga olib kelib, qon 
ketishi ko’zatiladi; 
- atmosfera bosimining kamayib ketishi inson tanasidagi qon bosimi kapillyar tomirlarni 
yorib, qon ketishi ko’zatiladi; 
- havo tarkibida zararli moddalarning ruxsat etilgan chegaraviy meyordan ortib ketishi 
pnevmoniyaning turli ko‘rinishidagi kasalliklarga olib keladi. Shuning uchun ham ko‘rsatilgan 
barcha omillarga ishlab chiqarish korxonalaridagi ish joylarida alohida e’tibor beriladi. 
Bularning barchasi bilan ishlab chiqarish sanitariyasi shug‘ullanadi. 
Texnosferadagi havo muhiti tashqaridagiga nisbatan alohida to‘siq devor yordamida 
ajratib qo‘yilganligi sababli mikroiqlim deb ham yuritiladi. 
Ishlab chiqarish sanitariyasi korxona binosidagi mikroiqlimni meyorlashtirish bilan ham 
shug‘ullanadi. Ish joylaridagi mikroiqlim asosan xona ichidagi iqlim hisoblanib, uning asosiy 
parametrlari – harorat, bosim, nisbiy namlik va havoning bir tomondan ikkinchi tomonga 
qiladigan harakati tezligi hisoblanadi. Bularning meyorlari quyidagicha bo‘ladi: 
Harorat: yengil, aqliy mehnat qilinadigan xonalarda 22-25
o
C, og‘ir jismoniy mehnat 
qilinadigan xonalar uchun 19-22
o
C; 
Havoning nisbiy namligi 60-40%; 
Havoning harakat tezligi yengil ishlar uchun 0,3-0,5 m/sek; o‘rta og‘irlikdagi mehnat 
sharoitlari uchun 0,5-0,7 m/sek; og‘ir jismoniy mehnat xonalari uchun 0,7-1,2 m/sek;
Atmosfera bosimi 450-900 mm.sim.ust. (60-120 kPa)da ishlash imkoniyati bo‘ladi. 
Ko‘rsatilgan meyordan ortgan yoki kamaygan holdagi atmosfera bosimi sharoitida ishlashga 
ruxsat berilmaydi. 
Ish joyidagi mikroiqlim parametrlari ana shu ko‘rsatkichlardan yuqori, yoki aksincha 
past bo‘lishi ishlab chiqarish sharoitlari meyorining buzilishiga olib keladi. Shuning uchun ham 
ish joyidagi mikroiqlim parametrlarini meyorlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Buning uchun 
quyidagi ishlar bajariladi: 

harorat ortganda konditsioner ishlatiladi; 

harorat pasaygan hollarda isitgichlar ishlatiladi, buni yirik inshootlar uchun 
kolorifer(issiq havo haydovchi) ventilyatorlar yordamida amalga oshirilishi mumkin; 

nisbiy namlik kamayganda xonaga ochiq idishlarda suv quyib-qo‘yiladi(yoki 
zamonaviy konditsionerlar qo‘llaniladi); 

nisbiy namlik ko‘payib ketganda xona havosi shamollatiladi, konditsionirlanadi; 

xonadagi havoning harakati sezilmasa, xona derazalarini ochish bilan, zarur bo‘lgan 
hollar uchun eshiklarni ham qo‘shib ochgan holda shabada hosil qilinadi yoki shamollatish 
qurilmalar(Issiq sharoitlarda ishlash vaqtida ham ventilyator)lardan foydalaniladi. 
Ishlab chiqarish sanitariyasi yoritish meyorlari, ishlab chiqarishdagi nurlanishlar, turli 
tebranishlar – elektromagnit to‘lqinlar, shovqin, titrash meyorlari bilan ham shug‘ullanadi. 

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish