1-Mа’ruzа. Xavfsiz faoliyatni tashkil qilishda xodimlar bilimini tekshirish va o’qitish.
Ishlab chiqarishda sodir bo’ladigan baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklari
Rеjа:
1. Ishlovchilarni faoliyat xavfsizligi talablariga amal qilishga o‘qitish tizimi.
2. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tahlil etish usullari.
3. Sanoat korxonalarida baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini tekshirish va hisobga
olish.
4. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olishda N-1 shakldagi
dalolatnoma.
1.
Mutахаssis vа rаhbаr хоdimlаrning faoliyat xavfsizligi bo’yichа bilimlаrini оshirish uchun
kоrхоnа, bоshqаruv bo’limlаridа dаvlаt nаzоrаt tаshkilоtlаri ilmiy tаdqiqоt institutlаri vа tаrmоq
mutахаssislаrini jаlb qilgаn hоldа kurslаr, sеmеnаrlаr, mа’ro’zаlаr hаmdа mаslаhаtlаr tаshkil qilinаdi.
Mehnatni muhofaza qilish xonasi
. Sanoat korxonalarida mehnatni muhofaza qilish
masalalarini targ'ibot qilish va xavfsizlik texnikasi yo'riqnomalaridan o’tkazish maqsadida mehnatni
muhofaza qilish хоnаsi tashkil qilinadi. Bu хоnаlarning hajmi mashinasozlik sanoatida ushbu
korxonada mehnat qilayotgan ishchilar soniga qarab belgilanadi.
Mehnatni muhofaza qilish хоnаlaridan quyidagi hollarda foydalaniladi:
Ishga yangi kirayotgan ishchi va xizmatchilarni xavfsizlik texnikasi va sanoat sanitariyasi
bo'yicha yo'riqnomalardan o'tkazish, shuningdek, bu yerda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylari
talabalarini ishlab chiqarish amaliyoti vaqtida kirish yo'riqnomasidan o'tkazish.
Xavfsizlik texnikasi bo'yicha maxsus bilim talab qiladigan ishlarda mehnat qilayotgan ishchilar
bilan suhbatlar o'tkazish, korxona bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan dastur bo'yicha muhandis-
texnik xodimlar va kasaba uyushmasi faollari bilan mehnatni muhofaza qilish masalalarida seminarlar
o'tkazish.
Mehnatni muhofaza qilish haqidagi kinofilmlar namoyish qilish, suhbatlar o'tkazish va
ma'ruzalar uyushtirish.
Sanoatda jarohatlanish va kasb kasalliklarini kamaytirish sohasidagi korxona yutuqlarini va
turdosh korxonalar yutuqlarini ko'rsatuvchi vistavkalar tashkil qilish.
Mashinasozlik sanoatida mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilashi mumkin bo'lgan, ishlab
chiqarishning yangi usullari, yangi materiallar, ishlab chiqarish jarayonlari fan va texnikaning
yutuqlarini targ'ib qilish.
Mehnatni muhofaza qilish хоnаni yangi zamonaviy modellar bilan jihozlanishi, ko'rgazmali
qurollar (plakatlar, sxemalar, maketlar, natural eksponatlar, diafilmlar) bilan ta'minlanishi ishchi va
xizmatchilarni kirish yo'riqnomasidan otkazish va muhandis-texnik xodimlar bilan seminar o'tkazishga
kerak bo'ladigan uslubiy ko'rgazmalar, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish ma'lumotnomalari va
targ'ibotning texnik vositalari (kinoproektor, diaproektor, epidioskoz, filmoskoz va boshqalar) bilan
jihozlanishi, o'qish-o'rgatish qurollari bo'lishi kerak.
Mehnatni muhofaza qilish хоnаdagi ko'rgazmali qurollar sanoat korxonasining ishlab chiqarish
xususiyati va unda mehnat qilayotgan ishchilar soniga, shuningdek, kelajakda rivojlanish rejasiga
bog'liq.
Ishchilar bilan yo‘riqnoma o‘tkazish. Yo‘riqnomalar ikki xil bo‘ladi: kirish va ish joyida
o‘tkaziladigan yo‘riqnoma. O‘z navbatida ish joyida o‘tkaziladigan yo‘riqnoma 3 xil bo‘ladi:
dastlabki, davriy va navbatdan tashqari.
Do'stlaringiz bilan baham: |