–
havo muhiti, zararli va xavfli omillar ishchining ishlash muhitidagi meyorlarini belgilaydi.
Bularning asosini ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigiyenasi tashkil etadi. Havo
muhitining asosiy ko‘rsatkichlari mikroiqlim parametrlari, havo tarkibidagi zararli omillar orqali
belgilanadi. Bunda:
- haroratning ortib ketishi tana haroratining ortishiga, bu esa ko‘p terlashga olib kelib,
tanadagi zaruriy eritmalar miqdorining kamayishiga
olib keladi;
- haroratning kamayishi shamollashga, bod kasalligiga olib keladi;
- nisbiy namlikning ortishi o‘pka kasalligiga olib keladi;
- nisbiy namlikning kamayishi organizmdan ko‘p suv chiqishiga olib keladi va
organizmdagi suv miqdorining kamayishiga olib keladi;
- havo harakatining kamayishi terlashga olib keladi;
- havo harakatining ortishi shamollashga olib keladi;
- atmosfera bosimining ortishi inson tanasini siqib, qon tomirlari yorilishiga, ya’ni, teridagi
va og‘iz-burun bo‘shliqlaridagi hamda quloqdagi kopillyar tomiralar yorilishiga olib kelib, qon
ketishi ko’zatiladi;
- atmosfera bosimining kamayib ketishi inson tanasidagi qon bosimi kapillyar tomirlarni
yorib, qon ketishi ko’zatiladi;
- havo tarkibida zararli moddalarning ruxsat etilgan chegaraviy
meyordan ortib ketishi
pnevmoniyaning turli ko‘rinishidagi kasalliklarga olib keladi. Shuning uchun ham ko‘rsatilgan
barcha omillarga ishlab chiqarish korxonalaridagi ish joylarida alohida e’tibor beriladi.
Bularning barchasi bilan ishlab chiqarish sanitariyasi shug‘ullanadi.
Texnosferadagi havo muhiti tashqaridagiga nisbatan alohida to‘siq devor yordamida
ajratib qo‘yilganligi sababli mikroiqlim deb ham yuritiladi.
Ishlab chiqarish sanitariyasi korxona binosidagi mikroiqlimni meyorlashtirish bilan ham
shug‘ullanadi. Ish joylaridagi mikroiqlim asosan xona ichidagi iqlim hisoblanib,
uning asosiy
parametrlari – harorat, bosim, nisbiy namlik va havoning bir tomondan ikkinchi tomonga
qiladigan harakati tezligi hisoblanadi. Bularning meyorlari quyidagicha bo‘ladi:
Harorat: yengil, aqliy mehnat qilinadigan xonalarda 22-25
o
C, og‘ir jismoniy mehnat
qilinadigan xonalar uchun 19-22
o
C;
Havoning nisbiy namligi 60-40%;
Havoning harakat tezligi yengil ishlar uchun 0,3-0,5 m/sek; o‘rta og‘irlikdagi mehnat
sharoitlari uchun 0,5-0,7 m/sek; og‘ir jismoniy mehnat xonalari uchun 0,7-1,2 m/sek;
Atmosfera bosimi 450-900 mm.sim.ust. (60-120 kPa)da ishlash imkoniyati bo‘ladi.
Ko‘rsatilgan meyordan ortgan yoki kamaygan holdagi atmosfera
bosimi sharoitida ishlashga
ruxsat berilmaydi.
Ish joyidagi mikroiqlim parametrlari ana shu ko‘rsatkichlardan yuqori, yoki aksincha
past bo‘lishi ishlab chiqarish sharoitlari meyorining buzilishiga olib keladi. Shuning uchun ham
ish joyidagi mikroiqlim parametrlarini meyorlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Buning uchun
quyidagi ishlar bajariladi:
harorat ortganda konditsioner ishlatiladi;
harorat pasaygan hollarda isitgichlar ishlatiladi,
buni yirik inshootlar uchun
kolorifer(issiq havo haydovchi) ventilyatorlar yordamida amalga oshirilishi mumkin;
nisbiy namlik kamayganda xonaga ochiq idishlarda suv quyib-qo‘yiladi(yoki
zamonaviy konditsionerlar qo‘llaniladi);
nisbiy namlik ko‘payib ketganda xona havosi shamollatiladi, konditsionirlanadi;
xonadagi havoning harakati sezilmasa, xona derazalarini ochish bilan, zarur bo‘lgan
hollar uchun eshiklarni ham qo‘shib ochgan holda shabada hosil
qilinadi yoki shamollatish
qurilmalar(Issiq sharoitlarda ishlash vaqtida ham ventilyator)lardan foydalaniladi.
Ishlab chiqarish sanitariyasi yoritish meyorlari, ishlab chiqarishdagi nurlanishlar, turli
tebranishlar – elektromagnit to‘lqinlar, shovqin, titrash meyorlari bilan ham shug‘ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: