Elektron doskadan foydalanish majmuasi uch elementdan tarkib topgan. Bular: personal kompyuter,videoproektor va interaktiv doska
Bunda kompyuterga ham videoproektor qurilmasi ham elektron interaktiv doska ulanadi.Dastlab maxsus kabel yordamida interaktiv doska kompyuter USB portiga ulanadi. So`ngra videoproektor qurilmasi kompyuterga ulanib interaktiv doskaga moslanadi
Bunda ma`lumotlarning siklik aylanishi hosil bo`ladi. Elektron doskadan boshqaruv komandalari kompyuterga kelib tushadi. Kompyuter o`z navbatida ko`rsatilgan amalni bajarib videoproektor qurilmasiga uzatadi. Videoproektor qurilmasi esa kompyuter xotirasidagi o`zgarishni elektron doskada tasvirlaydi