Tizim uch tillik bo‘lib o‘zbek, rus va ingliz tillarida ishlaydi. Login-parol orqali
kiriladi. Endi «TBilling» tizimi bilan ishlashning axborot modelini ko‘rib chiqaylik:
3.2.2-rasm. «TBilling» tizimi bilan ishlashning axborot modeli
3.2.2-rasmdan ko’rinib turibdiki “TBilling” tizimini asosiy beshta qismga ajratsak
bo’ladi. Bularga quyidagilar kiradi:
1) Boshqaruv samaradorligini oshirish va hisobotlarni o‘z vaqtida sifatli olishni
takomillashtirish maqsadida yaratilgan mazkur tizimdan korporativ tarmoq orqali barcha
filiallar foydalanadi. Tizim «O‘zbektelekom» AK filiallari va korxonalarining sotuv
ofislarida, abonentlar bilan ishlash bo‘limlarida, hisob-kitob bo‘limlarida foydalanishga
mo‘ljallangan bo‘lib, tizimdan kassirlar, texnik hisob olib boruvchi guruhlar, texnologlar
va boshqalar foydalanishlari mumkin.
2) Abonentlar — operatorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki «Call-sentr» xizmati
orqali bog‘lanadi.
3) Har bir filiallarda faoliyat ko‘rsatayotgan operatorlar o‘sha hududda istiqomad
qiluvchi abonentlarga xizmat ko‘rsatadi. Xizmat ko‘rsatish jarayoni bevosita «TBilling»
tizimi orqali bajariladi.
4) Barcha filiallar korporativ tarmoq orqali «TBilling» tizimidan foydalanishi esa
yagona axborot fazosini tashkil qilishini ta’minlaydi.
5) Natijada, yagona ma’lumotlar bazasiga ega bo‘lib, mazkur ma’lumotlar
bazasidan olingan hisobotlar «O‘zbektelekom» AKga taqdim etiladi.
Abonentlarga xizmat ko‘rsatishning yagona korporativ tizimini yuritish,
ma’lumotlarni jamlash va uzatish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lib,
bunda aholiga ko‘rsatilayotgan telefoniya xizmatlari uchun to‘lovlarni ko‘rish imkoniyati
yaratiladi. Shuningdek, «O‘zbektelekom» AK «TBilling» tizimidagi hisobotlar
yordamida telefoniya xizmatlari to‘g‘risidagi barcha zaruriy ma’lumotlarni olishi, filiallar
va korxonalarining sotuv ofislari, abonentlar bilan ishlash bo‘limlari, hisob-kitob
bo‘limlari bilan masofaviy ishlash, ma’lumotlar almashish, boshqarish imkoniyatiga ega
bo‘ladi.
Respublikamizda yuqori texnologiyalar asosidagi xizmatlarni rivojlantirish ustuvor
vazifalardan hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.
Karimov xizmatlarning ushbu turlariga katta e’tiborni qaratib, quyidagilarni ta’kidlagan
edilar: “So‘nggi besh yilda an’anaviy maishiy va kommunal xizmatlar ulushi 16
foizdan 9,5 foizga tushdi, yuqori texnologiyalar asosidagi xizmatlar ulushi esa 21,2
foizga qadar ko‘tarildi.
Yuqori texnologiyalarga asoslangan xizmatlar orasida keyingi yillarda aloqa va
Do'stlaringiz bilan baham: