To‘rtinchidan,respublikamizda
telefon xizmatlarining muhim ahamiyatga
molikligi tufayli ularni istiqbolli rivojlantirishga davlat dasturlarida alohida
urg‘u erilgan. Respublikamiz Vazirlar mahkamasi tomonidan 2016 yil 26 fevralda
qabul qilingan 55-son qarori asosida
tasdiqlangan“2016-2020 yillarda xizmatlar
sohasini rivojlantirish dasturi”ga
muvofiq aloqa va axborotlashtirish
xizmatlarining YAIMdagi ulushini 2020 yilga kelib, 2,5 %gacha oshirish, mobil
aloqasidan foydalanuvchilar sonini 27 million kishiga etkazish rejalashtirilgan
3
.
Davlat dasturida nazarda tutilgan aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining
yaratiladigan YAIMdagi ulushi ortishi asosan aholini telekommunikatsiya tarmoqlariga
ulanish texnik imkoniyatlari ta’minlanishi, shu asosda ularga sifatli xizmatlarni
ko‘rsatish, to‘liq raqamli telefon aloqasi va televidenie tizimiga o‘tish evaziga
ta’minlanadi.
Beshinchidan,
telefon aloqa xizmatlari boshqa xizmat turlariga nisbatan kam
xarajatli, mos ravishda, ular ko‘p foyda keltiruvchi, ya’ni yuqori rentabelli biznes turi
hisoblanadi.
Yuqorida sanab o‘tilgan va boshqa omillar telefon aloqa xizmatlarini kelajagi parloq
bo‘lgan xizmat turlaridan biri ekanligidan, bu xizmat turi bilan shug‘ullanuvchi
sub’ektlarni kelajakda yanada ravnaq topishi muqarrar bo‘lgan iqtisodiy birliklar
ekanligidan darak beradi.
Telefon aloqa xizmatlari boshqa xizmat turlaridan turli xususiyatlari bilan farqlanadi.
Ushbu xizmatlarning o‘ziga xos xususiyatlari, chunonchi quyidagilar hisoblanadi:
xizmatlarning moddiy ko‘rinishga ega emasligi;
ko‘p sonli ovoz va signallarni payoni yo‘q masofalarga parallel ravishda sim
orqali va simsiz uzatilishi;
suhbatlar va so‘zlashuvlarni rasmsiz va rasmli amalga oshirilishi;
mijozlarga xizmatlarni real vaqt rejimida, turli aksiyalar va chegirmalarni
qo‘llash asosida ko‘rsatish;
mijozlarga turli-tuman interfaol xizmatlarni taqdim etish;
ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida mijozlarga vaqt sarfi, tarifi, qiymati, abonent
schyotida pul mablag‘lari holati va harakati to‘g‘risida axborotlarni taqdim etish.
Telefon aloqa xizmatlarining boshqa xizmat turlaridan tubdan farq qiluvchi yana bir
jihati shundaki, ularni yuqori texnologiyalarsiz, chunonchi zamonaviy billing
tizimlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Aynan billing tizimlari telefon aloqa xizmatlarini
amalga oshirish, ko‘p sonli mijozlar (abonentlar) bilan yuzaga keladigan moliyaviy
munosabatlar, ular bilan individual hisob-kitoblarni boshqarish hamda nazorat qilish
2
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan
Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. //Xalq so‘zi, 2015 yil 17 yanvar, 11-son.
3
«O programme razvitiya sferы uslug na 2016 — 2020 godы». Postanovlenie KabMina R.Uz za № 55 ot 26 fevralya
2016 goda.
imkonini beradi. Telefon xizmatlarini amalga oshirish va boshqarishni yuqori
texonologiyalar sirasiga kiruvchi billing tizimlari asosida amalga oshirish ushbu
tizimlar imkoniyatlaridan buxgalteriya hisobini yuritishda ham keng foydalanishni
ob’ektiv zarurat ham qilib qo‘yadi.
Inglizcha «Billing» so‘zi rus tilida «vыpisыvanie scheta» mazmunida tarjima qilingan.
O‘zbek tilida uni «hisob-kitobni qilish» yoki «hisob- kitobni taqdim etish» mazmunida
tarjima qilish mumkin.
Hisob-kitob qilish, hisob-kitobni taqdim etish mazmunini angatuvchi billing
foydalanish ko‘lamiga ko‘ra cheklanmagan tizimdir. SHu bois, bu tizimning
nomlanishi ham turlichadir. Chunonchi, manbalarda billing va billing tizimlariga
quyidagicha nomlanishlar va ta’riflar berilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |