Sarmoyaviy jozibadorlik. ERP-tizimlarni joriy etish qo’shimcha sarmoyalarni jalb
qilishga imkon beradi, chunki, faoliyatni avtomatlashtirish tashqi sarmoyadorlar ishonchi
va sarmoyadorlar uchun jozibadorligini avtomat trazda oshirib kompaniya faoliyati
shaffofligini ta’minlaydi.
Yangi iqtisodiyotga integratsiya imkoniyati. Oxirgi yillarda Internet-iqtisod jadal
shakllanib bormoqda. Ko’plab kompaniyalar biznes yuritish uchun Internet qanday
ustunliklar berishini tushunib oldi. An’anaviy kompaniyalar biznesni ma’lum bir qismini
Internetga kiritib bir nechta maqsadlarni ko’zda tutadi: xarajatlarni qisqarishidan boshlab
mijozlarga xizmat ko’rsatishni yaxshilash va dilerlar hamda oxirgi xaridorlarni topish
yangi onlayn tarmoqlarini tashkil etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |