Reja: Inson ekologiyasi haqida zamonaviy tasavvur. Ekologik valeologiyasi: biogen jihatlar. Ekologik valeologiya- sotseogen jihatlar. Inson faoliyat subyekti sifatida. Adaptiv (moslashish) o’zgarishlar va salomatlikning “bahosi”


Ekologik valeologiya: biogen aspekti



Download 50 Kb.
bet3/5
Sana16.06.2022
Hajmi50 Kb.
#676813
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ekologik omillarning ta0siri va salomatlik

2.Ekologik valeologiya: biogen aspekti. Inson ekologiyasida muhitning organizmga bo’lgan ta’sirining umumbiologik qonuniyatlari va real inson turmushi sharoitlarida biologik ibtidoning ma’lum buzilishi kabi ijtimoiy (sotsiogen) masalalarni o’z ichiga olgan biologik (biogen) darajani alohida ko’rsatish mumkin. Biologik jihatlar tarixiy adaptologiya (evolyutsiya davomida, Ch.Darven ta’limoti bo’yicha mutatsiya va tabiiy tanlab olinishi mexanizlari ta’siri ostida genetik darajadagi o’zgarishlarda) va ontogenetik adaptologiya (o’zlik fenotipidagi tegishli, lekin naslda turg’un bo’lmagan indivdual adaptatsiya davrida) tarixiy adaptologiya nuqtaiy nazaridan ko’rib chiqilishga molikdir. Ushbu ilmiy yo’nalishlarning o’zaro hamkorligi sof inbred tizim liniyalar genetik bir turli jonivorlarda o’tkazilgan tadqiqotlarda o’z aksini topgan. Tizimning paydo bo’lishi jonivorlarni ko’p martali yaqin oiladosh chatishtirilishidagi suniy tanlab olish mexanizmlaridan foydalanish bilan bog’liqdir. Natijada tizim ichidagi jonivorning shunday katta nasliy bir xilligiga erishiladiki, uni monozigot egizaklarining genetik identikligiga o’xshatish mumkin bo’ladi. Inbred jonivorlar modelida organizmning o’sishi va rivojlanishi jarayonlaridagi differensiyalashtirilgan harakat tartibi (rejimi)ning roli o’rganilgan. Eksperemental materialning nasliy bir xildaligi olib borilgan kuzatuvlarning ishonchliligini oshiradi, biroq sof tizimlar tajriba olib boruvchilarni ko’proq ontogenezga muhit ta’sirini yanada aniqroq tahlil etish uchun qiziqtirgan edi. Harakat tarbiyasining bir xildagi tartibida tizimlararo taqqoslashlar olib borilmagan. Organizmning ushbu tashqi ta’sirlarga reaksiyasining nasliy farqlari o’rganilmagan. Shulardan asoslangan holda B.A., Nikityuk 1970 yillarda xodimlar jamoasi bilan birgalikda ikki tizim kalamushlari (Avgust va Vistar), uch tizim sichqonlari (C57B1/6, CBA, CC57Br/Mv ) va C57B1/6 va CBA tizimlarini chatishtirishdan hosil bo’lgan birinchi avlodi, birinchi gibridlarida gipokineziya, normokiniziya va giperkiniziya holatlarni o’sish va rivojlanishga bo’lgan ta’sirini tadqiqot qilishga urinib ko’rdilar. Bunda quyidagilar o’rganiladi: harakat faolligi, tana hajmi, uning tarkibi, suyak va pay to’qimalari tuzilishining makro va mikroskopik xususiyatlari (B.I. Kogan., Yu.S.Antipov), ichki organlarning og’irlik ko’rsatkichlari va modda almashinuvining ayrim xususiyatlari (B.I., Kogan., V.A.Yelmoyev, V.E. Felenko) morfologiyasi va fiziologiyasi xususiyatlari. Gipokineziya sharoitlari jonivorlarni tor kataklar-penallarda o’stirish bilan yaratildi, u yerda ular 60 kun (hayotining 2-3 oyi) davomida, kalamushlar bir sutkada 23 soat (sichqonlar 12 soat) ushlandi. Giperkineziya tartibi tajribadan o’tkazilayotgan jonivorlarni tretbanda muntazam yugurtirish mashqlari bilan modellashtirildi. Tajriba avvalida yugurish uch daqiqa davom etdi. Keyin kuniga bir daqiqadan ko’paytirildi va tajriba oxirida oltmish daqiqani tashkil etdi. Bunda yugurish uzunligi sichqonlarda 1200 metr va kalamushlarda 1800 metrga teng bo’ldi. Tajribalarni rejalashtirishda harakat faolligining o’zgarishlari kompensatsiya harakteriga ega bo’lishi ko’zda tutilgan edi: modellashtirilayotgan gipokeneziyada uning jami hajmini “normallashtirish” harakat sonini o’sib borishi hisobiga, giperkineziyada jonivorlar harakatlanishining kamayishi hisobiga ro’y beradi. Taxminlar tasdiqlanmadi. Erkin sharoitda kuchaytirilgan trenajga jalb etilgan jonivorlar harakat tartibi chegaralanganlarga nisbatan taxminan ikki baravar harakatga moyil ekanligi ma’lum bo’ldi. Shunday qilib, harakat vaqtida o’zini tutish stereotipi tarbiyaga jalb etildi va tajriba sharoitlaridan tashqarida o’z turg’unligini saqlab qoldi. Shu bilan birga, harakat faollgi “ehtiyojini” tarbiyalashda nasliylik muhit ta’sirlarni realizatsiya uchun fon (sharoit) yaratadi. Shuni ta’kidlash joizki, ichki sabab natijasida vujudga keladigan harakatning qatorlararo farqlari harakat yuklamalarining ko’payishi bilan o’sib boradi. Demak, yomon ekologik vaziyatlarda nasliy xususiyatlar o’zini yanada aniqroq namoyon etadi.
Inbred jonivorlarda dozali harakat tartibiga individual adaptatsiyani modellashtirish bir tomondan fizik yuklamalarning o’sishiga va butun organizm va uning alohida qismlarining morfofunksional etilishiga ta’sirini, boshqa tomondan ushbu ekzogen ta’siri foydasi (effekt)ning organizmning nasl tomondan kelib chiquvchi xususiyatlariga bog’liq ekanligini tasdiqlaydi. Ekologik omillar uning chetdagi agentga bo’lgan reyaksiyasi normasini belgilovchi organizmning genetik xossalaridan ajralgan holda o’z harakatini namoyon etmaydi. Shu munosabat bilan nasliy va muhit ta’sirlari organizmning o’sishi va rivojlanishining asosiy mexanizmi sifatida ekanligi to’g’risida fikr yuritilsa, aftidan, xato bo’lmaydi.

Download 50 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish