Reja: Inson ekologiyasi fani antropoekologik sistemalarning kelib chiqishi, yashashi va rivojlanishi qonuniyatlarini o’rgatadi



Download 81,26 Kb.
bet2/9
Sana17.07.2022
Hajmi81,26 Kb.
#811313
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Fargona okrugiga tavsif

Shaharlarda tabiat muhitining o’zgarishi yaqqol namoyon bo’ladi. Sanoat va tur-mush chiqindilari tuproqda, suvda, o’simliklarda mikroelementlarning ko’payib ketishi-ga sabab bo’ladi, shahar aholisining zichligi natijasida yuqumli kasalliklar keng tarqal-adi. Havoning ifloslanganligi natijasida, yer yuzasiga ultrabinafsha nurlarning ancha miqdori yetib kelmaydi. Yorug’lik yetishmasligi esa D avitaminozini ko’paytiradi. Qishloq ekologik sistemalari o’z xususiyatlari jihatidan shahar ekosistemasidan ancha farq qiladi. Qishloqda hayvon va o’simlik turlarining xilma-xilligi kuzatiladi. Hayvonlar orqali yuqadigan yuqumli va parazitar kasalliklar qishloqda ko’proq uch-raydi. Qishloq xo’jaligida pestitsidlar, gerbitsidlar va boshqa kimyoviy moddalarning ko’p ishlatilishi qishloq aholisining Tabiat yer yuzidagi jamiki tirik mavjudot uchun mu-qaddas go'shadir. Tabiat ularni to'ydiradi, kiydiradi, issiq va sovuqdan asraydi. O'z navbatida tirik mavjudot ham tabiatga mehr qo'yadi. Bu mehr tabiatni asrash, uning boyliklari-ni ko'paytirish tuyg'usi bilan uyg'unlasha olsagina haqiqiy sanaladi. Yaqin o'tmishimizda biz «Tabiatni sevamiz» deb bong urdigu, biroq uni asrab-avaylash ishiga mas'ul ekan-ligimizni unutib qo'ydik. Ana shu mas'uliyatsizligimiz «Ekologiya» deb nomlanuvchi yangi fanga zamin yaratdi. «Ekologiya» so'zi «eko» — uy, turar-joy, «logos» — fan so'zlaridan olingan bo'lib, u atfof-muhitning buzilishi va bunga sabab bo'lgan omillar, fnuhit halokatining oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish borasidagi bilim-larni targ'ib etish asoslarini o'rganadi. Yangi asrning barkamol kisliisi o'zida ekologik madaniyat unsurlarini ham namoyon eta olishi zamon talabidir. Ekologik madaniyat — bu atrof-muhit to'g'risida chuqur bilimga, tabiatni asrash tuyg'usiga ega bo'lish, o'simliklar hamda hayvonlarga nisbatan g'amxo'rlik ko'rsatishga, tabiat zahiralaridan oqilona foydalanish, ularni ko'paytirish borasida qayg'urishga qaratilgan amaliy faoliyatning yuk-sak ko'rsatkichldir. Ana shu xislatlarni o'zida aks ettira olgan insonni ekologik madaniyat egasi, deb atash mumkin. Iste'moldan ortiqcha suv jo'mraklardan oqishiga yo'l qo'ymaslik, suv havzalarini ifloslantirmaslik, axlatni duch kelgan joyga to'kmaslik, turar-joylarni ozoda saqlash, ko'chat va gullarni sindirmaslik hamda ularni ekish, hayvon­larga g'amxo'rlik qilish, qushlarni parvarishlash, xonadon va xiyobonlarni gulzorga aylantirish kabi harakatlarni amalga oshirish ekologik madaniyatlilikning eng oddiy ko'rinishlari sanaladi. Hozirgi davrda inson va tabiat, fan-texnika taraqqiyoti va atrof-muhit, jamiyat va ekologiya o'rtasida nomutanosiblik vujudga kelayotir. Bularning barchasi ekologik madaniyat -ni yanada yuksaltirish masalasini ko'ndalang qo'ymoqda. Ma'lumki, tabiatda hamma narsa bir-biriga uyg'undir. Fan-texnika yutuqlaridan unumli foydalanayotgan inson esa ana shu uyg'unlikni buzmoqda, unga nisbatan shafqat-sizlarcha munosabatda bo'lmoqda. Tabiiy boyliklardan: suvdan, yerdan o'rinsiz foydalanish ekologiyani o'zgartirib yubordi. Qishloq xo'jaligi ekinlarini noto'g'ri rejalashtirish, kimyoviy o'g'itlarni haddan ziyod ko'p qo'llash yer unumdorligi va inson salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatyapti. Korxonalardan oqib chiqayotgan zaharli oqavalar suv havzalarini ifloslantirishi birinchi navbatda hayvonot ola-mi va o'simliklar dunyosiga ofat keltirmoqda. Transport vositalaridan chiqayotgan tutun-gaz havoning tozaligini buzyapti. Bularning barchasi insondan ekologik madaniyatni talab etmoqda. Buni yodda fitting: 1992-yil 9-dekabrda O'zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofa/a qilish to'g'risida»gi Qonuni qabul qilindi. Sog'lom avlod davlat dasturi va «Ekologik ta'lim-tarbiya konsepsiyasi» ishlab ehiqiidi, «Ekosan» jamg'armasi tuzildi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tabiatni muhofaza etish va ekologiyaga oid zarur hujjatiar qabul qiiib, ekologiya ishlarining huquqiy asosini yaratdi. Aslida, ekologik madaniyat tabiatni barcha go'zalliklari bilan his qilishdan, sevishdan boshlanadi. Insonning tabiat kuchlari — sovuq va issiq, qurq'oqchilik, yong'inlar, turli ofatlar ustidan g'alabasi unga bo'lgan munosabatini o'zgartiradi. Bu ko'r-ko'ronalikdan asta-sekin ongli mu-nosabatga aylana boradi. Tabiatga bo'lgan mehr tuyg'usi boyib, unga munosabat shaxs madaniyatining ajralmas bir bo'lagini tashkil etadi. Har bir inson tabiatdan bahra oladi. Ammo bu hali tabiatga muhabbat degani emas. Tabiatga muhabbat uni tushunishdan, uning go'zalliklarini anglashdan, tabiat bilan munosabatga kirishishdan boshlanadi. O'z navbatida, tabiat insonda kuzatuvchanlik, sezgir-lik, nazokatlilik kabi tuyg'ularni tarbiyalaydi. Bu — insonda ikki ko'rinishda: tabiatga va o'ziga bo'lgan munosabatlarda namoyon bo'ladi. Inson tabiatdan faqat zavqlanishni emas, balki uni yaxshi tushunishni ham o'rganadi. Natijada, o'zligini his qilib, tabiatdan unga inson bo'lish imkonini bergan «narsa»ni, ya'ni insonga xos madaniyat hislarini topishga intiladi. Demak, insoniy tuyg'ular tabiatga mehr bilan qarashdan oziq oladi. Tabiat insonda vatan tuyg'usini uyg'otadi, uni meh-nat va jasoratga undaydi, juda ko'p tuyg'ularni kamol top-tiradi hamda ko'p narsaiarni talab etadi. Madaniyatli, ma'naviy kamol topgan inson uchun o'z Vatani tabiatini muhofaza qilish hayoti va faoliyatining uzviy qismiga aylanib qoladi. O'rta asrlarda yashab ijod etgan allomalar tabiat va undagi muvozanat, hayvonot olami va o'simliklar dunyosi, atrof-muhitni e'zozlash haqida qimrnatli fikrlar aytganlar. Muhammad Muso al-Xorazmiy risolalaridan birida odamlarni daryoga mehrli bo'lishga da'vat qjladi, agar daryoning ko'zlari yoshlansa, uning boshiga g'am kul-fati tushgan bo'ladi, deydi. Ehtimol, buyuk bobomiz daryo suvini ortiqcha isrof qilmaslikni ham nazarda tut-gandir? Abu Rayhon Beraniy esa tabiatning davomiyligi haqida shunday fikr aytadi: «Ekin ekish va nasl qoldirish bilan dunyo to'lib boraveradi». Zahiriddin Muhammad Bobur «Boburnoma» asa-rida ko'rgan-kechirganlari, borgan joylarining tabiati, boyligi, hayvonoti, o'simliklari va odamlari, xalqlar-ning urf-odatlarini tasvirlagan. Unda yer, suv, havo, turli tabiat hodisalariga tegishli ko'plab fikrlar bor. Bobur o'lkani bilgan kishilarni hurmat qilgan, qadrlagan va ular bilan hamisha maslahatlashgan. Ayniqsa, u gullar, man-zarali hamda mevali daraxtlarni ko'paytirishga e'tibor bergan. Madaniyatli kishi tabiat va jamiyat o'rtasidagi muvo-zanatni saqlaydi, bu borada boshqalarni ham to'g'ri fao-liyat ko'rsatishga da'vat etadi, hech bo'lmaganda ko'chalarga axlat tashlanmasligiga, suv va havo ifloslan-masligiga hissa qo'shadi.
Ekologik madaniyat tarkibiga tabiatni muhofaza qilish madaniyati, tabiat boyliklaridan foydalanish madaniyati, ekologik tizimni qaytadan o'zgartirish madaniyati ham kiradi. Bular bir kishining yoki hududning vazifasi bo'la olmaydi. Umum insoniyat bunday vazifalarni yechishga bir-galikda kirishsagina ekologik muammolar hal bo'ladi. Masalan, birgina Orol muammosi bunga yaqqol dalil bo'la oladi. Orol dengizining suvi kamayib ketishi haqida dastlabki xavotirlar bildirilganidan beri yarim asrdan ortiq vaqt o'tdi. O'zbekiston mustaqilligi e'lon qilinishidan oldingi yillarda dengizning sathi keskin kamayib ketayotganligi baralla gapirilib, bu masalaga butun dunyo mamlakatlari va suvchi mutaxassislarning e'tibori tortildi. Bunt yodda fating: Orolning qurib ketishi faqatgina uning atrofida joylashgan O'zbekiston, Qozog'iston, Turkma-niston emas, butun dunyo iqlimiga salbiy ta'sir etadi. Shu-ning uchun Orolni saqlab qolish dunyo ahamiyatidagi muammodir. Biz kelajak avlodlarga yaratgan ma'naviy va moddiy boylikJarimizni, bizgacha mavjud boigan tabiatni va unga munosabatimizni, ya'ni ekologik madaniyatimizni ham meros qoldiramiz. Ekologik madaniyat, bu — faqat tabiat-ga zarar keltirmaslik emas, balki uning tiklanishi, yanada go'zallashuvi, gullab-yashnashiga hissa qo'shish, atrof-muhitni g'orat etuvchilarga qarshi beayov kurash olib borish degani hamdir.
Landshaftlarning ekologik funksiyasi
REJA:
1. Ekologik vaziyat ta’rifi.
2. Ekologik vaziyatni baxolash mezonlari
Inson bilan tabiat o’rtasida munosabatlarni kuchayishi natijasida tabiiy muxitda o’zgarishlar sodir bo’ladi. Tabiatdan foydalanish tamoyillarining buzilishi nafaqat atrof muxitda o’zgarishlarni sodir bo’lishiga ta’sir etmay balki jamiyatda xam aks ta’sir shakllanadi. Boshqacha aitganda jamiyat tabiiy boyliklaridan qanchalik asoslangan xolda foydalanishga qarab shunchalik naf ko’radi. Bu jarayonda tabiiy muxitda turli darajada vaziyat tarkib topadi. Vujudga kelgan ekolgik vaziyatlarni o’rganish amaliy axamiyatga ega. Mutaxassislar u yoki bu joy (xudud)ni ekologik xolatini turli so’zlar bilan tavsiflaydilar. Masalan, sharoit, ahvol, xolat, vaziyat va boshqalar. Bu so’zlarning o’rtasida keskin farq deyarlik yo’q, ular bir xil ma’noni anglatadi yoki sinonim deb x,isoblash mumkin. Lekin bu so’zlar orasida vaziyat ekologik ahvolni aniq tavsiflashga juda moe keladi. Boshqacha aitganda ekologik ahvol tizimida vaziyat aniqlik kiritadi. Bu borada fanda mutaxassislar orasida xaligacha yakdil fikrga kelishilganicha yo’q. (Kalesnik va b., 1992; SHestakov, 1992; Rafikov, 1998).
Ekologik vaziyat turli iboralar bilan ishlatiladi: ekologik-iqtisodiy, ekologik-tang, sotsial-ekologik, landshaft-ekologik, geovaziyat va boshq. Bizningcha, ekologik vaziyat tushunchasi xaqiqatga yaqinroq. Chunki xar bir ekosistema yoki landshaftni ekologik vaziyati mavjud bo’ladi.
Ekologik vaziyatni talqin qilishda xam turli fikrlar bildirilgan. A.S.SHestakov (1992) ekologik vaziyatni sharoit va axvolni o’zaro almashib kelishi natijasida ma’lum xolatni vujudga kelishi bilan bog’liq deb tushuntiradi. A.A.Kalesnik va boshqalar (1992) ning ta’kidlashicha xoxlagan geotizimning ekologik xolati ekovaziyatning aloxida spektri deb qarash lozim, ekovaziyat geotizim doirasida bir-birlari bilan bog’liq bo’lgan abiotik va biotik omillarning jamlamasini tushunish kerak deb asoslaydilar. B.I.Kochurov va boshq. (1996) ekologik vaziyat turli darajada noqulayliklar vujudga keltiruvchi ekologik xolat va insonning xayotiy tizimlari bilan bog’liq ekologik muammolarning makon va zamonda almashib kelishidan iborat deb ta’kidlaydilar.
Bizningcha, ekologik vaziyat – ma’lum ekologik sharoitda mavjud bo’lgan tabiiy muvozanat, uning dinamik holati, komponentlarini shu vaziyatdagi me’yoriy xuususiyatlari, o’zgarish yo’nalishlari, tirik tabiat bilan notirik tabiat o’rtasidagi munosabatni barqarorlik xolati, kishi (inson)larning turg’un tibbiy xolat darajasidan iborat.
Ekologik muvozanat – ma’lum chegaralangan qudud (landshaft) da tirik va notirik tabiat o’rtasidagi tenglik, to’g’ri munosabat, bir-birlarini taqozo qilishi, ma’lum daarajadagi o’lchamlari (kirim-chiqim, biomassa va boshq) bilan tavsiflanadigan xususiyatlari, tirik organizmlarning o’zaro munosabatlaridan iborat.
Ekologik muvozanat tabiiy va antropogen omillar ta’sirida buzilishi mumkin. Buzilish natijasida avvalo o’simlik guruxlarini tarkibi va strukturasi zararlanadi. Ta’sir qisqa muddatli va barqaror bo’lishi mumkin. Qisqa muldatli ta’sir makonda vaqti-vaqti bilan sodir bo’ladi. Barqaror ta’sir natijasida ekotizim (geotizim) favqulodda, ba’zan bir tekis o’zgarishga uchraydi (bu xol ta’sir xarakteriga bog’liq).
Ekologik vaziyatni baxolash mezonlarini ishlab chiqish. Ekologik vaziyatni baxolash (yoki tasniflash) mezonlarini ishlab chiqish ancha murakkab masala. Bu borada ma’lum omilllar va mezonlarni xisobga olish to’g’ri keladi. Mutaxassislar tomonidan turli mezonlar taklif qilingan, lekin bu borada yakdil fikrga kelishilgani yo’q. Birinchi marta nashr etilgan «O’zbekiston ekologik xaritasi», (masshtabi 1:1 mln 1991 y. )da mezonlar shkalasi berilgan. O’zbekiston tabiatini muxofaza qilish davlat qo’mitasi xizmatchilari (V.L.Savello, 1998) ekologik vaziyatlarni baxolash uchun 18 indikatordan iborat mezonlar shkalasini ishlab chiqishdi. G.A.Tolkacheva va boshq (1998) bu borada atmosfera xavosini, G.A.Tinina va b. (1998) suv sifatini baholashning yangi mezonlarini taklif qilishgan. R.M.Razaqov (2000) respublika hududining ekologik jiqatdan rayonlashtirish uchun 20 ta mezondan iborat shkalani zarurligini uqtirdi. Sh.T.Iskandarova (2000) yer usti suvlarini gigenik jixatdan baxolash uslubiyotini ishlab chiqdi va uni ekologik vaziyatlarni baxolashda qo’llanilishini ta’kidladi. O’zbekistonda mavjud ekologik vaziyatlarni ob’ektiv baxolash uchun ko’plab takliflar ishlab chiqilgan, lekin ulardan amaliy foydalanish murakkab, avvalo ko’plab miqdoriy va sifatiy ma’lumotlar zarur bo’ladi, ulardan foydalanish uchun kup ma’lumotlarni qayta ishlash kerak.
SHularni e’tiborga olib xozirgi vaqtda yangi mezonlar shkalasi taklif qilingan (Rafiqov,1999). U soddaligi va ko’plab mayda ko’rsatkichlardan xolisligi bilan ajralib turadi.
Tabiiy muhitning inson xo’jalik faoliyati ta’sirida ifloslanishi
REJA:
1. Tabiiy resurslardan intensiv foydalanish va boshqa usullar orqali jamiyatning ekotizimga ta’siri
2.Tabiatda ekotizimga ta’sir qiluvchi antropogen omillarning turlari va oqibatlari
3.Ijtimoiy ekologiyaning asosiy qonunlar
Tabiiy resurslardan intensiv foydalanish va boshkd usullar orkdli jamiyatning ekotizimga ta’siri oqibatida antropogen yukning usishi tabiiy boyliklarning zararlanishiga olib keladi. Inson populatsiyasi mikdorining goyatda ortishi, hamda modda va energiyaning inson populatsiya orqali harakat qilishi tabiiy ekologiya tizimlarining almashinishi yoki butunlay yuq bulib ketishini keltirib chiqaradi. Insoniyat jamiyatiga xos bulgan moddiy qayta ishlab chiqarish tufayli bu ta’sirning ortishi va yangi texnikani kullash, hozirning uzidayoq inson populatsiyasi yer sharining katta makonlaridan nafaqat bosh trofik yul (kanal)ga, balki barcha darajadagi biogenotsenozni uzgartiruvchi bosh kuchga aylangan.
Ekotizimlarni taxdil qilayotganda inson ularning ichki tuzilamlaridan ajratib olinadi va tizim ustiga kurilgan ijtimoii hodisa sifatida kuzdan kechiriladi. Lekin bu insonning ekologiya tizimi bilan bevosita va bilavosita alokdlarini hamda bu aloqalarning ekotizimda modda almashinuviga ta’sirini sira ham istisno etmaydi. Tsivilizatsiya davrigacha inson populatsiya sifatida tabiiy ekotizimning va ekotizimlar ustiga kurilgan birliklarning elementi bulgan, nisbatan tartibga solingan uzaro alokdlar tuzilmalari va vazifalariga kushilgan. Endi esa vaziyat shundayki, insonning texnikaviy faoliyati ta’siri natijasida tabiiy ekotizimning yoppasiga inqirozga uchratmokda.
Xozirgi paytda ekologlar tabiatning tabiiy xrlati kanday uzgarayotgani, organizm muhitning uzgarayotgan sharoitlariga qanday moslashayotgani kabi masalalarni hal etishlari, aniq olingan ekotizimlarda antropogen jarayonlarning yul kuyilishi mumkin bulgan me’yorlarini anikdashlari mahsulotlarda moddalarning biologik aylanishini ta’minlaydigan texnologiya loyixdlari va jarayonlarini ishlab chiqishda kdtnashishlari,sanoat va aholi tuplangan xududlarda ekotizimlarni tiklash va barpo etish uslublarini ishlab chiqishlari keraq Boshqacha qilib aytganda, tabiiy ekotizmilarni, ularning uzgarishiga olib keladigan antropogen faoliyat O’rtasidagi tugri va takroriy alokdlar hamda ta’sirlar yullarini urganish zarurati tug’ilmokda. Shuning uchun ham insonning ekosistmaga ta’sirini urganish va turkumlash birinchi urindagi vazifadir.Ekolog QA.Maltinovskiy kuyidagi asosiy antropogen ta’sirlarni ajratib kursatadi:a) Abiotik muxitni uzgartiruvchi ta’sirlar. Ular texnika vositalari bilan muayyan maqsadni kuzlab atayin kursatiladi yoki kushimcha xujalik faoliyati natijasida yuzaga keladi. Bu ta’sirlar biotik tizimlarning muhitga mavjud moslashuv xolatini buzadi yoki agar kursatiladigan ta’siro’zjadalligi buyicha ekotizimning buzilgan muvozanatlarini tiklash chegaralaridan utib ketsa, ularni kayta kurishga olib keladi. Bunday chegaradan chiqib ketish xollari geologiq gidrologiya va meteorologiya sharoitlarining buzilishi, organizmlar yoki boshka birikmalar xayotini chegaralovchi biogenlarni qalashtirib tashlash, suv, xavo, tuproq tarkibiy qismlari O’rtasidagi nisbatlarning uzgarishi va boshka uzboshimchaliklar okibatida ruy beradi. Ular ekotizimni odat bulib kolgan dasturdan chikaradi. Bu uzgarishlar sanoat, melioratsiya, qishloq xujaligi, urbanizatsiya sababli amalga oshadi. Bu urinda ta’sirlar abiotik elementlar, kadriyatlar uzgarishiga va shu paytgacha mazkur sharoitlarda bulmagan yangi elementlarni joriy qilishga olib keladi.
b)Muxit sharoitlari antropogen uzgarishlarining biotik tarkibiy kismlar hayot faoliyatiga vosita yordamida ta’siri. SHaroitlarning bu uzgarishlari organizmlar hayot faoliyatini kuchaytiradi yoki susaytiradi va ularning muxit sharoitiga ta’sirini oshiradi. Bunday xrlatlar tuproq xrsil qiladigan jinslar, tuproq buzulishida, yer osti suvlari darajasi, xududning suv ta’minoti bekdror uzgarganda kuzatiladi. Muhit sharoitlarining texnika vositalari yordamida uzgarishi birtlarga eng jiddiy ta’sir kursatadi.
Tirik organizmlarga texnikaning bevosita ta’siri. Tirik organizmlarga texnika vositalari bilan dalalarga ishlov berishda, hosilni mexanizmlar yordamida yigishtirishda, poezd, avtomobilь, transport xarakati vaktida, elektr tarmokdarini kurishda, suv bostirishda, xudud kechasi yoritilganda ruy beradi. Bu jarayondagi yukrtish oddiy mexanika yordamida yukrtish xisoblanadi. Bevosita mexanik ta’sirning boshkd kurinishlari, bu populatsiya yoki biogeotsenozni avtomobilь yullari, temir yullari, dambalar qurayotganda turli texnikaviy tusikdar bilan mayda qismlarga bulib tashlashdir. Kurilish vaqtida paydo buladigan vaziyatlarda an’anaviy vazifalarni bajarish uchun papulatsiyalar kamlik qilib qolishi mumkin. Bunday tusikdar zotlarning kuchib yurishiga karshilik qiladi, genefond va evolyutsiya jarayoni uzgarishini keltirib chiqaradi. Biotlarga bevosita tutridan-tugri ta’sir kursatuvchi omillar. Ular foydali usimliklarni yigish, sanoat jamiyatga ega bulgan xdyvonlarni tutridan-tutri ovlash yoki otib olish, organizmlarni yoki alohida turlar ximoyasini yuqotib yuborish kurinishlarida namoyon buladi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, inson va texnika muayyan ma’noda ekologiyaga oid ilmiy tadqiqot dasturlarining bir qismiga aylanadi. Bunday sharoitlarda tabiiy ekotizimlarda inson va texnikani urganish umumiy ekologiyaning ijtimoiy ekologiyaga jalb qilinadigan qismi uchun asosiy vazifa hisoblanadi. «Umumiy ekologiya»ning bu qismi nafakdt nazariy, balki amaliy yunalishga ham ega bulishi ekotizimni qulaylashtiradigan xujalik tadbirlarini ishlab chiqish zaruratini yuzaga keltiradi.Mantiqiy fondida predmetni tavsiflaydigan qonun-qoidalar muayyan fanning muxim kursatkichidir. Fan kashf etgan krnuniyatlar uning gnesalogik yetukligidan va amaliyotga javob berish qobiliyatidan darak beradi. Xush jamiyat va tabiiy muhit uzaro ta’sirining muhim yunalishlarini aks ettiradigan qanday qonunlar, «Ijtimoiy ekologiya» fan sifatida mavjudligi haqidagi fikrlarni asoslashi mumkin.
Ekolog olimlarning fikriga kura, jamiyatning xarakteri uning tomonidano’ztabiat muxitidan va hayot faoliyatining tabiiy boyliklaridan foydalanish xarakterini oldindan belgilashi mumkin. SHu boisdan biz tabiiy-ijtimoiy kontininum ichida jiddiy, tarixan barqaror va umumiy boshliq sifatida tabiatdan foydalanish xarakteriga nisbatan ijtimoiy tuzumning boshqaruvchilik roli krnunini qayd etishga hakdimiz. Uning mazmuni mazkur jamiyatning tabiatdan foydalinishga shunday iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy ta’sir kursatishinio’zichiga oladiki, u moddiy ishlab chiqarish sohasini, ishlab chikdrish kuchlari rivojini tezlashtiradi.Yukrrida kursatib utilgan qonun harakatining ob’ektivligi materiya xarakatining ijtimoiy shakli, shu matriya rivojining krnuniyatli max^suli bulib, sifat jixdtidan uziga xosdir. SHundan kelib chiqib, V.D. Kamarov tegishli mantiqiy ta’rifni, boilikni mehnat vositalari bilan kulga kiritishning hayot vositalari tabiiy boyligidan ustunligi qonunini taklif etadi.Tabiiy muhit holati va jamiyat rivoji xarakterining eng muvofikdigi krnuni. Ijtimoiy-ekolog E.V. Girusov tabiiy muxit holati va jamiyat rivoji xarakterining eng muvofikdigi krnunini ta’riflab bergan. Bu krnunning mazmuni shundan iboratki, tabiiy muhit xrlati ijtimoiy ishlab chikdrish usuli va rivojlanishining aniq tarixiy chegarasidir. Agar jamiyat usha muhitda krla turib, uzining tabiatga munosabati sifatini uzgartirmay, ishlab chikdrishni jadal rivojlantiraverar ekan, muayyan bosqichda ekologiya buxroni xrlatiga kiradi. Buxronning rivojlanishi esa, mazkur tsivilizatsiyaning halokati bilan tugaydi yoki jamiyat ishlab chikdrish kuchlari xarakterы uzgarishiga sababchi buladi.
Jamiyato’zfaoliyatining tabiatdagi uzoq, tabiiy-tarixiy natijalarini hisobga olmay, ishlab chikdrishni tartibsiz olib borishdan tuxtamas ekan, kursatib utilgan krnun majburiy xdrakatda buladi. E.V, Girusov fikriga kura, Xozirgi davrga kelib insoniyat kudratli geologik kuchga aylangan bulib, tabiat
tiklanishini, ta’minlash krbiliyati vazifasinio’zzimmasiga olishi keraq Bunda uz-uzidan ravshanki, sayyoramizda bir-biriga kdrama-kdrshi ijtimoiy-iktisodiy tuzumlar mavjudligi, mazkur vazifani bajarish uchun barcha davlatlarning xamkorligi zarur. Iqtisodiy va ishlab chikdrishning ilmiy-texnikaviy tarakdiyoti mavjud bulgani xrlda bunday hamkorlikning xdr kdnakdngi sustlashuvi global ijtimoiy-ekologik vaziyatning keskinlashuviga olib keladi. Oykumenaning tabiiy-tarixiy kengayish krnuni. Oykumenaning tarixiy-tabiiy kengayish krnuni ta’sirining turli tomonlarini Xozirgi sharoitlarda «Tarix», «Biologiya», «Geologiya», «Geografiya» va boshkd kupgina fanlar urganmokda. SHu bilan birga, bu yunalishdagi ilmiy ma’lumotlar fakdt ijtimoiy ekologiya doirasida uykunlashadi. Insoniyat rivojining tarixiy tajribasi kursatishicha, Oykumena uzluksiz kengayib boradi. Jamiyat tarakdiyoti bilan uning ishlab chikdrish, amaliy faoliyati chegaralari O’rtasidagi takrorlanib turadigan alokdlar yanada rivojlanadi. Oykumena kengayishining geogrfik-fazoviy mikrslari yukorida aytilgan uygunlashishda texnika fanlari, kosmonavtikaning xam katnashishini talab qiladi.
Lnadshaftlar ekologik funksiyasining antropogen buzilishi va o’zgarishi
Reja:


  1. Download 81,26 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish