1.XVI-XVII asrlarda Qoraqalpoqlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli
XVI—XIX asr birinchi yarmi qoraqalpoqlar tarixiga oid ma’lumotlar «Аlpomish», «Qirq qiz», “Qoʻblan”, «Mast podsho», «Edigey», «Shahriyor», «Yer sho‘ra>>, «Omongeldi», «Davlatyorbek» kabi xalq dostonlari, Abulg‘ozi Bahodirxonning «Shajarayi turk», Muhammad Yusuf Munshiyning «Tarixi Muqimxoniy», Muhammad Rizo «Firdavs al-iqbol» va boshqa shu kabi asarlarda o‘z aksini topgan. Qoraqalpoq adabiyotining buyuk vakili Berdaqning (Berdimurat Qarg‘aboy o’g‘li, 1827-1900) asarlari, xususan «Shajara» nomli asarida qoraqalpoq xalqi tarixiga oid muhim ma’lumotlar bor.
Olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, bijanak qabilalari qoraqalpoqlarning ajdodi hisoblanadi. VIII-X asrlarda qoraqalpoq xalqi shakllana boshlagan. 1723-yilda jungʻorlar bosqini natijasida qoraqalpoqlar ikkiga borilgan holda ko‘chishga majbur boladilar. Ularning bir guruhi Sirdaryoning yuqori oqimi — Toshkent vohasi tomonga, ikkinchi guruhi Sirdaryoning quyi oqimiga borib oʻrnashadilar. Shu tariqa qoraqalpoqlar Shartli tarzda «yuqori qoraqalpoqlar», «quyi qoraqalpoqlar»ga boʻlinib ketadilar. Quyi qoraqalpoqlar Sirdaryo va Amudaryo oraligidagi bo‘sh yerlarga o’rnashadilar. 1598-yil Abdullaxon II (1583-1598) tomonidan Sig‘noqdagi muqaddas Ziyoviddin maqbarasiga berilgan yorliqda qoraqalpoqlar shu nom bilan tilga olingan.
XVI - XVII asrlarda qoraqalpoqlar katta hududda ko‘chmanchilik tarzida hayot kechirishgan. Ba’zi manbalarga ko‘ra, XVI asrda qoraqalpoqlarning ayrim guruhlari Volga, Ural, Emba daryolari Oraligʻida, shuningdek, Buxoro xonligi hududlariga o‘rnashadilar. XVII asrda No‘g‘aylar Qrimga ko‘chib oʻta boshlaydilar. Qoraqalpoqlar esa orol va Sirdaryo bo‘ylariga o‘rnashadi. XVIII asr o‘rtalariga qadar qoraqalpoqlar Sirdaryoning o‘rta va quyi oqimi bo‘ylab joylashib, kichik juz qozoqlari bilan qo‘shnichilikda yashashadi. Bu davrda ular ham iqtisodiy va siyosiy jihatdan qozoq xonlariga tobe boʻlishgan.
XVIII-XIX asrlarda Amudaryoning sharqiy tarafidan oqib Orol dengiziga quyilgan Koʻkoʻzak daryosi boʻyidagi koʻp sonli qoraqalpoqlar bilan orollik oʻzbeklarda chorvachilik dehqonchilik gullab yashnagan. Qoraqalpoqlar ijtimoiy hayotida Urugʻ qabilachilik munosabatlari ustun edi. Yerga jamoa egaligi hukmron edi.
Qoraqalpoq jamiyatida ijtimoiy tabaqalanish chorvachilik xoʼjaliklarida ham koʼzga tashlanadi. Amaldorlar va ruhoniylar yirik chorva egalari boʼlishgan. Ular bir necha minglab chorva mollariga egalik qilishgan.XIX asming ikkinchi yarmiga qadar qoraqalpoqlardagi asosiy ma’muriy mansablar urug, boshlig’i biy, juzbasi (yuzboshi), mahram (zakot yig’uvchi), mirob, qozi, rais kabilar edi. Ulardan asosiysi biy boʼlib, biylar o‘z qabila yoki urug’laridan xon xazinasiga soliqlar Yigʼish, urug’ yoki qabila ichidagi mojarolami hal qilish, jumladan, yer-suv munosabatlari va jinoiy ishlami hal etish vazifalarini bajarishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |