Reja: I. Kirish. Oshiqnoma dostonining til xususiyatlari



Download 34,93 Kb.
Sana14.06.2022
Hajmi34,93 Kb.
#669579
Bog'liq
Xol va uning o`zbek tilshunosligi tadqiqi


Mavzu: Xol va uning o`zbek tilshunosligi tadqiqi
Reja:
I.Kirish.Oshiqnoma dostonining til xususiyatlari.
II.Asosiy qism.
2.1 Dostonlarda aniqlovchi va uning ifodalanishi.
2.2 Dostonlarda to’ldiruvchi va uning ifodalanishi.
2.3 Dostonlarda hol va uning ifodalanishi.
III.Xulosa. .Dostonda ikkinchi darajali bo’laklarining ahamiyati
Foydalanilgan adabiyotlar.
Xorazm dostonlari tarkibida “Oshiq” turkum dostonlari alohida ajralib turadi.”Oshiq” turkum dostonlari o’zbek folklorida faqatgina Xorazm vohasi hududida tarqalganligi bilan ajralib turadi.Shu bilan birga bu turkumga kiruvchi asosiy asarlar namunasi turkman,ozarbayjon va turk folklorida yetakchi dostonlardan hisoblanadi.”Oshiq” turkum dostonlari etnik tarkibida o’g’iz qabila birlashmalari dominantlik qiluvchi millatlar va ular bilan yaqin adabiy – madaniy aloqada bo’lgan xalqlar orasida keng yoyilgan bu turkumning o’g’iz epik an’analari asosida shakllanib,rivoj topganidan dalolat beradi.
Gapda biror so’roqqa javob bo’lgan va o’zaro tobe bog’langan so’z yoki so’z birikmasi gap bo’lagi deb ataladi.Gap bo’laklarini belgilashda asosiy xususiyat ular orasidagi sintaktik aloqadir.Gap bo’laklarining gap tarkibidagi mavqei bir xil emas.Ba’zi gap bo’laklari gap qurilishida markaziy o’rinni egallaydi,bunday bo’laklarsiz fikr anglashilmaydi.Ayrim bo’laklar esa gap qurilishida asosiy ro’l o’ynamaydi,ularning ishtirokisiz ham bosh bo’laklar orqali fikr anglashilaveradi.
Gap bo’laklari asosan bosh va ikkinchi darajali bo’laklarga bo’linadi.Ikkinchi darajali bo’laklarga aniqlovchi , to’ldiruvchi , va hol kiradi.Buni hammamiz yaxshi bilamiz.Ikkinchi darajali bo’laklar gapning grammatik asosini tashkil qilmasdan uni hajm jihatdan kengaytiradi yoki so’z birikmasini shakllantirish uchun xizmat qiladi.
Predmetning belgisini bildirgan ikkinchi darajali bo’lak aniqlovchi deyiladi.Aniqlovchi predmetning sifatini,rang-tusini,xususiyatini, mazasini, shaklini, hajmini,miqdor-darajasini yoki qarashliligini bildiradi. Shu bois aniqlovchining so’roqlari turlichadir: qanday?, qancha? , qanaqa?, qaysi?, nechanchi?, kimning?, nimaning? , qayerning? va boshqalar.
Aniqlovchi uch xil bo’ladi:
1.Sifatlovchi aniqlovchi.
2.Qaratqich aniqlovchi.
3.Izohlovchi aniqlovchi.
Predmetning belgisini , vaqtga va o’rniga munosabatini, miqdor, tartibini bildiradigan aniqlovchilar sifatlovchi aniqlovchilar deyiladi. Sifatlovchi bog’lanib kelgan so’z sifatlanmish deyiladi. Masalan: Soyning tagida ko’m-ko’k suv oqib o’tadi. Bunda ko’m-ko’k sifatlovchi,suv esa sifatlanmishdir.
Buzulg’on arzini aytar so’z bilan,
Hisob etib ellik bilan yuz bilan.
(“Oshiqnoma” turkumining 3-kitobi “Yusuf va Ahmad” dostonidan parcha.Xorazm nashriyoti-2008 10-bet)
Bu baytda “buzulg’on” so’zimiz qanday? so’rog’iga javob bo’lib sifatlovchi aniqlovchi vazifasini bajargan.
Qurbon o’lama mard yigitning dastina,
Otin boqar g’azot etmak qasdina,
Yomon birlan bormang dushman ustina,
Fasod aylab yomon dilin bildirar.
(“Oshiqnoma” turkumining 3-kitobi “Yusuf va Ahmad” dostonidan parcha.Xorazm nashriyoti-2008. 13-bet)
“Yomon dilin” dagi yomon esa sifatlovchi aniqlovchi vazifasida keladi.
“Bu o’g’lonlar yigit yettilar, shikorga chiqib ov ovladilar, bularning ikkisi ham ziyoda sohib tamiz,yo’lbars sifatli,bo’ri yurakli botir bo’ldilar”. Gapda sifatlovchi aniqlovchilar bu o’g’lonlar,ziyoda sohib tamiz,yo’lbars sifatli, bo’ri yurakli so’zlardir.
(“Oshiqnoma” turkumining 3-kitobi “Yusuf va Ahmad” dostonidan parcha.Xorazm nashriyoti-2008. 11-bet)
“Bularning har birining besh ming uylidan o’n ming uyligacha elati bor erdi” besh ming uyli va o’n ming uyli so’zlari sifatlovchi aniqlovchilar.
(“Oshiqnoma” turkumining 3-kitobi “Yusuf va Ahmad” dostonidan parcha.Xorazm nashriyoti-2008. 11-bet)
Muhabbatsiz guldin yaxshidur yaproq,
Bebaxra kimxobdin a’lodur tuproq.
Beaql yo’ldoshdin yaxshidur tayoq,
Nodonlarga yurgan yo’lin bildirar.
(“Oshiqnoma” turkumining 3-kitobi “Yusuf va Ahmad” dostonidan parcha.Xorazm nashriyoti-2008. 13-bet)
To’rtlikda muhabbatsiz , bebaxra , beaql so’zlari sifatlovchi aniqlovchi vazifasida kelgan.
Qaratqich aniqlovchilar:
Bir predmat yoki shaxsning boshqa bir predmet yoki shaxsga qarashli ekanini bildirgan aniqlovchi qaratqich aniqlovchi deyiladi.Masalan: Bu yilgi bahorning kech kelishi ko’plarning tinkasini quritdi.Bu gapda bahorning ko’plarning so’zlari.
Bir qaratqich aniqlovchi bir necha qaralmish bilan bog’lanib kelishi yoki, aksincha, bir qaralmish bir necha qaratqich bilan bog’lanib kelishi mumkin.
Masalan: Mehmonlar orasida Xirotning olimlari,xofizlari ham ko’pgina edi.
Qaratqich aniqlovchi belgili yoki belgisiz bo’ladi.Belgili bo’lganda kelishik affiksi saqlanadi,belgisiz bo’lganda esa bu affiks saqlanmaydi.Masalan: Izlar bo’ldim Qoraxonning qizini, Ot ko’targan Zulfiqorning o’zini. Maktabimiz bog’i yildan-yilga yashnamoqda.
Nodonlarni qo’yib bo’lmas rayina,
O’zin bilmay solar g’amning choxina.
(“Oshiqnoma” turkumining 3-kitobi “Yusuf va Ahmad” dostonidan parcha.Xorazm nashriyoti-2008. 13-bet)
”Nodonlarning” so’zi ham xuddi shunday bunda faqat inversiya hodisa asosida kimning? so’rog’ini olib qaratqich aniqlovchi vazifasida kelgan.
Qurbon o’lama mard yigitning dastina,
Otin boqar g’azot etmak qasdina,
Yomon birlan bormang dushman ustina,
Fasod aylab yomon dilin bildirar.
(“Oshiqnoma” turkumining 3-kitobi “Yusuf va Ahmad” dostonidan parcha.Xorazm nashriyoti-2008. 13-bet)
“Mard yigitning” so’zi qaratqich aniqlovchi vazifasida kelgan.
“Bu o’g’lonlar yigit yettilar, shikorga chiqib ov ovladilar, bularning ikkisi ham ziyoda sohib tamiz,yo’lbars sifatli,bo’ri yurakli botir bo’ldilar”. Gapda qaratqich aniqlovchi bularning so’zidir.
(“Oshiqnoma” turkumining 3-kitobi “Yusuf va Ahmad” dostonidan parcha.Xorazm nashriyoti-2008. 11-bet)
“Bularning har birining besh ming uylidan o’n ming uyligacha elati bor erdi” Qaratqich aniqlovchilarni bularning, har birining so’zlari ifodalagan.
(“Oshiqnoma” turkumining 3-kitobi “Yusuf va Ahmad” dostonidan parcha.Xorazm nashriyoti-2008. 11-bet)
Izohlovchi aniqlovchi.
Predmetni boshqa bir nom berish bilan aniqlaydigan bo’lak izohlovchi deyiladi. Masalan: Professor Nazarov kirib keldi.
Izohlovchi bog’langan bo’lak izohlanmish deyiladi. Izohlovchi aniqlovchi izohlanmish xilma-xil belgilarni bildiradi.Izohlovchilar asosan ot bilan ifodalanib,quyidagi ma’nolarni bildiradi.Unvoni, mashg’ulot,kasb, mutaxasislik, amalni, jinsni, qarindoshlik yoki shunga o’xshatilgan munosabatni, laqabni, taxallusni, o’xshashlikni va hakozalar.
To’ldiruvchi va uning ifodalanishi.
Gapning biron bir bo’lagiga boshqaruv yo’li bilan bog’lanib, uning ma’nosini to’ldirib keluvchi gap bo’lagi to’ldiruvchi deb ataladi. Boshqaruvchi so’zning talabiga ko’ra to’ldiruvchi biror kelishikda (qaratqichdan tashqari) bo’ladi yoki ko’makchi bilan keladi. Masalan:
U olim va fozil odamlar bilan suhbatlashishdan zavqlanar edi. Bilim manbayi kitobni seving.
Birinchi misolda to’ldiruvchi (odamlar bilan) ko’makchi bilan, ikkinchisida
(suhbatlashishdan) chiqish kelishigi bilan kelib,kesimga boshqaruv yo’li bilan bog’langan. Ikkinchi gapda esa to’ldiruvchi ( kitobni) tushum kelishigi bilan ifodalangan.
To’ldiruvchilar odatda, ot, olmosh, harakat nomi, son, sifat, sifatdosh bilan ifodalanadi. To’ldiruvchi o’zi tobelanib kelgan gap bo’lagi bilan bog’lanib kelishiga ko’ra ikki xil bo’ladi:

  1. Vositasiz to’ldiruvchi

  2. Vositali to’ldiruvchi

Vositasiz to’ldiruvchi harakatni o’ziga bevosita qabul qilgan predmetni ifodalab, kimni? Nimani? Qayerni? Degan so’roqlaridan biriga javob bo’ladi. Vositasiz to’ldiruvchi tushum kelishigidagi so’z bilan ifodalanadi.
Buzulg’on arzini aytar so’z bilan,
Hisob etib ellik bilan yuz bilan.
(“Oshiqnoma” turkumining 3-kitobi “Yusuf va Ahmad” dostonidan parcha.Xorazm nashriyoti-2008 10-bet)
“arzini” so’zimiz nimani? so’rog’iga javob bo’lib vositasiz to’ldiruvchini ifodalagan.
Nodonlarni qo’yib bo’lmas rayina,
O’zin bilmay solar g’amning choxina.
(“Oshiqnoma” turkumining 3-kitobi “Yusuf va Ahmad” dostonidan parcha.Xorazm nashriyoti-2008 13-bet)
Xuddi “o’zin” so’zi tarkibidagi qo’shimcha ham shevaga, yoinki –ni qo’shimchasining arxaik shakli –n qo’shimchasining ko’rinishi bo’lgan va gap tarkibida vositasiz to’ldiruvchi vazifasini bajargan.
Qurbon o’lama mard yigitning dastina,
Otin boqar g’azot etmak qasdina,
Yomon birlan bormang dushman ustina,
Fasod aylab yomon dilin bildirar.
(“Oshiqnoma” turkumining 3-kitobi “Yusuf va Ahmad” dostonidan parcha.Xorazm nashriyoti-2008 13-bet)
”Otin va dilin “ so’zlari gapda vositasiz to’ldiruvchi vazifasini bajaradi,chunki xorazm shevasiga –ni qo’shimchasini –n shaklda qo’llash xos. ”Yomon dilin” so’zi aytganimizdek dilini so’zi vositasiz to’ldiruvchi vazifasini bajargan.
Muhabbatsiz guldin yaxshidur yaproq,
Bebaxra kimxobdin a’lodur tuproq.
Beaql yo’ldoshdin yaxshidur tayoq,
Nodonlarga yurgan yo’lin bildirar.

(“Oshiqnoma” turkumining 3-kitobi “Yusuf va Ahmad” dostonidan parcha.Xorazm nashriyoti-2008 13-bet)


To’rtlikda shevadagi yo’lin so’zi esa yo’lini bo’lib vositasiz to’ldiruvchi vazifasida ifodalangan.
Vositali to’ldiruvchi bosh, qaratqich, tushum kelishiklaridan boshqa kelishikdagi so’zlar bilan hamda ko’makchili ishlatilgan so’zlar bilan ifodalanadi.Ularning ma’nolari, ifodalanishi, so’roqlari ham turlichadir.
Buzulg’on arzini aytar so’z bilan,
Hisob etib ellik bilan yuz bilan.
(“Oshiqnoma” turkumining 3-kitobi “Yusuf va Ahmad” dostonidan parcha.Xorazm nashriyoti-2008 10-bet)
”so’z bilan” so’zi nima bilan? so’rog’iga javob bo’lib vositali to’ldiruvchi vazifasini bajargan.
Keyingi misrada ham xuddi shunday “Ellik bilan,yuz bilan “ so’zlari vositali to’ldiruvchi vazifasini bajargan.
Nodonlarni qo’yib bo’lmas rayina,
O’zin bilmay solar g’amning choxina.
(“Oshiqnoma” turkumining 3-kitobi “Yusuf va Ahmad” dostonidan parcha.Xorazm nashriyoti-2008 13-bet)
Bu yerda “rayina” va “choxina” so’zlari shevaga xos so’z bo’lib,aslida hozirgi kundagi ko’rinishi rayiga va choxiga bo’lishi kerak.Ammo shuni ham unutmaslik kerakki, jo’nalish kelishigi qo’shimchasi – ga (-ka;-qa) qo’shimchalarining arxaik shakli –g’a ko’rinishida,xorazm shevasida esa –a ko’rinishida ifodalanadi.Shuni inobatga olgan holda bu so’zlar, gap tarkibida vositali to’ldiruvchi vazifasini bajargan.
Qurbon o’lama mard yigitning dastina,
Otin boqar g’azot etmak qasdina,
Yomon birlan bormang dushman ustina,
Fasod aylab yomon dilin bildirar.
(“Oshiqnoma” turkumining 3-kitobi “Yusuf va Ahmad” dostonidan parcha.Xorazm nashriyoti-2008 13-bet)
Bu to’rtlikda ham “ dastina,qasdina,ustina” so’zlari aslida –ga jo’nalish kelishigida bo’lishi kerak, xorazm shevasida –ga qo’shimchasini –a shaklida qo’llangan va bu so’zlar gap tarkibida vositali to’ldiruvchi vazifasini bajaradi.
“yomon birlan” so’zi esa vositali to’ldiruvchi vazifasida ifodalangan deyishimiz mumkin.Adabiy tildagi bilan so’zi bilan xorazm shevasidagi birlan so’zi farqsizdir.
Muhabbatsiz guldin yaxshidur yaproq,
Bebaxra kimxobdin a’lodur tuproq.
Beaql yo’ldoshdin yaxshidur tayoq,
Nodonlarga yurgan yo’lin bildirar.
(“Oshiqnoma” turkumining 3-kitobi “Yusuf va Ahmad” dostonidan parcha.Xorazm nashriyoti-2008 13-bet)
To’rtlikda guldin , kimxobdin, yo’ldoshdin so’zlari xorazm shevasidagi so’zlar bo’lib, adabiy tilda guldan, yo’ldoshdan, kimxobdan kabi ko’rinishda bo’lib vositali to’ldiruvchi vazifasida kelgan.
Hol va uning ifodalanishi
Ish-harakatning qay tarzda bajarilishini , sabab yoki maqsadini, uning bajarilishi bilan bog’liq bo’lgan o’rin va paytni bildiruvchi gap bo’lagi hol deyiladi. Hollar qanday? Qanday qilib? Qay tazda? Qachon? Qachongacha? Qayerda? Qayerdan? Qancha? Nima maqsadda? Kabi so’roqlaridan biriga javob bo’ladi.
Hol ravish, ravishdosh, jo’nalish, chiqish, o’rin-payt kelishigidagi ot yoki ko’makchili ishlatilgan ot bilan,shuningdek, taqlid so’z, son bilan ifodalanadi.
Hollar ma’nolarga ko’ra bir necha turlarga bo’linadi:
1.Ravish holi
2.O’rin holi
3.Payt holi
4.Sabab holi
5.Maqsad holi
6.Miqdor-daraja holi.
Dostonda bunday hodisalar ko’p uchraydi.Bunga sabab avvalombor dostonning tili qadimiyligi bo’lsa,ikkinchidan doston Xorazm vohasida yaratilgan va kuylanganligi sababli doston shevada yozilgan deyishimiz mumkin.
Har qadam bosg’ani diydam ustina,
Isfaxondin kelan beklar kelsinlar.
Jonim fido bo’lsin qaddi bastina,
Emrelidan kelgan beklar kelsinlar.
(“Oshiqnoma” turkumining 3-kitobi “Yusuf va Ahmad” dostonidan parcha.Xorazm nashriyoti-2008.17-bet.)
To’rtlikda o’zbek adabiy tilidagi qo’shimchalarning xorazm shevasida o’zgarishi va inversiya hodisasini kuzatishimiz mumkin.Birinchi misrada “Diydamning ustiga har qadam bosg’ani” tarzda bo’lib ,diydamning qaratqich aniqlovchi, ustiga bu yerda o’rin holi, ikkinchi misra “Isfaxondan kelgan beklar kelsinlar” isfaxondan so’zi o’rin joy nomi o’rin holi, uchinchi misra “Qaddining bastiga jonim fido bo’lsin” qaddining qaratqich aniqlovchi, bastiga vositali to’ldiruvchi to’rtinchi misra “Emrelidan kelgan beklar kelsinlar” Emrelidan o’rin joy nomi o’rin holi vazifasida ifodalangan.
Etagim xo’l bo’lib ko’zim selina,
Hijron o’ti birlan bag’rim tilina.
Iltifot aylayib Urganch elina,
Ovozali dildodalar kelsinlar.
(“Oshiqnoma” turkumining 3-kitobi “Yusuf va Ahmad” dostonidan parcha.Xorazm nashriyoti-2008.17-bet.)
To’rtlik xorazm shevasida va inversiya hodisa asosida bitilgan.Birinchi misra “Etagim ko’zimning seliga ho’l bo’lib”, Ko’zimning qaratqich aniqlovchi seliga vositali to’ldiruvchi, ikkinchi misra “Bag’rimning tiliga hijron o’ti bilan” bag’rimning qaratqich aniqlovchi, tiliga vositali to’ldiruvchi, uchinchi misra “Urganchning eliga iltifot aylayin” urganchning qaratqich aniqlovchi, eliga vositali to’ldiruvchi vazifasida ifodalanib kelgan, to’rtinchi misra “Ovozali dildodalar kelsinlar” ovozali sifatlovchi aniqlovchi bo’lib kelgan.
Maslahatsiz bo’lmas dunyoning qori,
Yigdiring bir yerga elatning bori,
Iymon hamrox bo’lar tonglar mahshari,
Elatning qadrini bilgan yigitning.
(“Oshiqnoma” turkumining 3-kitobi “Yusuf va Ahmad” dostonidan parcha.Xorazm nashriyoti-2008.19-bet.)
To’rtlikda birinchi misra “Dunyoning qori maslahatsiz bo’lmas” dunyoning qaratqich aniqlovchi, maslahatsiz vaziyat holi, ikkinchi misra “Elatning borini yig’diring bir yerga” elatning qaratqich aniqlovchi , borini vositasiz to’ldiruvchi, bir yerga o’rin holi, uchinchi misra “Tonglarning mahshari iymon hamrox bo’lar”
Tonglarning qaratqich aniqlovchi, to’rtinchi misrada “Elatning qadrini bilgan yigitning” elatning, yigitning so’zlari qaratqich aniqlovchi bo’lsa, qadrini so’zi vositasiz to’ldiruvchini ifodalagan.
“ Yusufbek to’qqiz laganga qand-u asal to’ldurub,to’qqiz laganga shaxd-u shakar to’ldurub, ularni har birini to’qqiz kanizakka ko’tarturub, Gulasaljonnning huzuriga kirdi. Andin so’ng Yusufbek Gulasaljon birla mast-u beixtiyor bo’lub, aning jamoliga qoyil bo’lub bir abayot aydi”
(“Oshiqnoma” turkumining 3-kitobi “Yusuf va Ahmad” dostonidan parcha.Xorazm nashriyoti-2008.26-bet.)
Demak, gapda to’qqiz so’zi daraja miqdor holi,laganga, kanizakka , jamoliga , Gulasaljon bilan so’zlari vositali to’ldiruvchi, qand-u asalni , shaxd-u shakarni, har birini so’zlari vositasiz to’ldiruvchi, ularning, Gulasaljonning , aning so’zlari qaratqich aniqlovchi, huzuriga o’rin holi, mast-u beixtiyor sifatlovchi aniqlovchini ifodalagan.
“Layli va Majnun” dostonidan parchalar tahlil qilamiz.
Odamdin keldim vujuda,
Foniy dunyog’a uchradim.
Chaxor arabni bag’rinda,
Karvon saroyg’a uchradim.
To’rtlikda yuqorida aytganimizdek, xorazm shevasining dialektal xususiyatlariga va inversiya hodisasiga uchragan so’zlar bor.Birinchi misrada “Odamdan vujudga keldim” odamdan vositali to’ldiruvchi, ikkinchi misrada “ Foniy dunyoga uchradim” foniy sifatlovchi aniqlovchi bo’lsa, dunyoga vositali to’ldiruvchi, uchinchi misra “Chaxor arabning bag’rida” arabning qaratqich aniqlovchi,bag’rida vositali to’ldiruvchi , to’rtinchi misra “ Karvon saroyga uchradim” Karvon saroyga bu o’rin joy nomi o’rin holini ifodalagan.
Har kim oshiq bo’lsa,kechar umrindin,
Aytib o’tar so’zlar bo’lsa tilindin.
Buyursa gullarin terar bog’indin,
Yonmog’il bir yo’la mardona bo’lg’il.
To’rtlikning birinchi misrasida umrindin xorazm shevasida, umridan bo’lib vositali to’ldiruvchi, ikkinchi misra “tilidan so’zlar aytib o’tar bo’lsa” tilidan vositali to’ldiruvchi, uchinchi misra “Bog’idan gullarini terar buyursa” bog’idan vositali to’ldiruvchi, gullarini vositasiz to’ldiruvchi ifodalangan.
Chiqdim gullar sayrina,
Duzmayin beqaror o’ldim.
Majnunim olib yodima,
Tog’din tog’ga qaror o’ldum.
Birinchi misra “Gullarning sayriga chiqdim” gullarning qaratqich aniqlovchi, sayriga vositali to’ldiruvchi, ikkinchi misra “Beqaror tuzmayin o’ldim” qay holatda vaziyat holi ifodalangan, uchinchi misra “Majnunimni yodimga olib” majnunimni vositasiz to’ldiruvchi, yodimga vositali to’ldiruvchi, to’rtinchi misrada tog’dan tog’ga so’zi vositali to’ldiruvchini ifodalagan.
“ Gul va Sanobar dostonidan” parchalar tahlili.
Xargiz quvonmagin dunyo molig’a,
E’timod etmag’il mohi solig’a.
Birovni yetkurib yor visolig’a,
Birovga ming turlik jafo ayladi.
Birinchi misra “Dunyoning moliga xargiz quvonmagin” dunyoning qaratqich aniqlovchi bo’lsa, moliga vositali to’ldiruvchi, ikkinchi misra “Mohining solig’a e’timod etmagil” mohining qaratqich aniqlovchi, solig’a vositali to’ldiruvchi. Uchinchi misra “Yorning visolig’a birovni yetkurib” yorning qaratqich aniqlovchi, visolig’a vositali to’ldiruvchi, birovni vositasiz to’ldiruvchi, to’rtinchi misrada “Birovga ming turlik jafoni ayladi” birovga vositali to’ldiruvchi, ming turlik sifatlovchi aniqlovchi, jafoni vositasiz to’ldiruvchini ifodalagan.
Oshiqlar naylasun yorsiz bu jonni,
Zindondur ko’ziga taxti jahoni,
Sanobar der yorni dog’i hijroni,
Alifdek qomatim fido ayladi.
Birinchi misramiz demak, yorsiz sifatlovchi aniqlovchi, jonni vositasiz to’ldiruvchi, ikkinchi misrada “ Taxtining jahoni ko’ziga zindondur” taxtining qaratqich aniqlovchi bo’lsa, ko’ziga vositali to’ldiruvchini ifodalagan. Uchinchi misra “ Sanobar yorning dog’ini hijroni der” yorning qaratqich aniqlovchi bo’lsa, dog’ini vositasiz to’ldiruvchi, to’rtinchi misrada alifdek sifatlovchi aniqlovchi, qomatimni vositasiz to’ldiruvchidir.
Sani boshingni kesarman,shirin joningni olurman,
Tanlaringni qilib pora, ko’rguzurman nishon songo.
Baytda saning qaratqich aniqlovchi, boshingni , joningni, tanlaringni, nishonni so’zlari vositasiz to’ldiruvchi, shirin sifatlovchi aniqlovchidir.
Nazik dilbar arzi holim aytayin,
Charxni ko’rgil,mango jafo ayladi,
Birovga kiydirib toji Xusravni,
Birovni el ichra gado ayladi.
Birinchi misrada “Nozik dilbarga arzi holimni aytayin” nozik sifatlovchi aniqlovchi, dilbarga vositali to’ldiruvchi, holimni vositasiz to’ldiruvchi, ikkinchi misrada charxni vositasiz to’ldiruvchi, mango vositali to’ldiruvchi, birovga vositali to’ldiruvchi, Xusravni birovni vositasiz to’ldiruvchini ifodalagan.
Mani ko’nglim sani ko’rsa bo’lar shod,
Jamoling g’aybidin kim bo’lur ozod,
Yuzingdin nur olay boqib bot-bot,
Sani ko’rsam ixtiyorim yo’q mani.
To’rtlikda sani so’zi vositasiz to’ldiruvchi bo’lsa, maning qaratqich aniqlovchi, g’aybidin, yuzingdin so’zlari vositasiz to’ldiruvchi.
Odamzot turar bosh bilan,
Yuzin yuvdi ko’z yosh bilan,
Qobilni urdi tosh bilan,
Xobil ham o’tdi o’g’ilsiz.
Bosh bilan, ko’z yosh bilan, tosh bilan so’zlari vositali to’ldiruvchi, yuzini, Qobilni so’zlari vositasiz to’ldiruvchi, o’g’ilsiz sifatlovchi aniqlovchi tarzida ifodalangan.
Yovuz kunlar solding mening boshima,
Ollog’a bir nazar sol deb yig’larman,
San yetmasang faryodima dodima,
Bergan omonating ol, deb yig’larman.
Boshimga, Ollog’a, faryodima, dodima so’zlari vositali to’ldiruvchi, yovuz sifatlovchi aniqlovchi.
Mazkur dostonlarning o’ziga xosliklari, syujeti, g’oyaviy mazmuni, kompozitsiyasi, badiiyati va o’zaro ta’sir jarayonlari hanuzgacha yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi , to’la shakllanmaganligini hisobga olsak, qardosh xalqlar og’zaki ijodi namunalarini o’rganish zaruratini ham kuchaytirishni ko’rsatadi.
Xulosa.
Xorazm dostonlarining matni, xususan, ularning she’riy qismi turg’un ko’rinishga ega. S.Ro’zimboyev bu haqida shunday yozadi: “ ….. Dostonlar tarkibidagi she’rlar ritmik jihatdan tugal uyg’unlashgan, silliqlashgan, badiiy jihatdan mukammal bo’lgan she’riy matn shaklga kirgan. Shu boisdan ham Xorazm dostonlaridagi she’riy parchalar qat’iy tartib asosida qofiyalashadi va bandlarga bo’linadi. Yana bir o’ziga xos jihat shundaki, Xorazm dostonchiligidagi epik repertuarning aksariyat qismi ishqiy romantik turga mansub namunalardir”.
Xorazm dostonlarining tadqiq etishda qaratish lozim bo’lgan muhim jihatlaridan uning genezisi, syujet qurilishi, yetakchi motivlari, badiiy tasvir vositalari, umuman olganda poetik tabiatidir.”Oshiq” turkum dostonini o’rganishda bunday muayyan yondashuv uning jonli og’zaki ijro sharoitida o’ziga xos ravishda yashash, tarqalish xususiyatlari, poetic shakllanishi, tarixiy taraqqiyot jarayonida xalq dunyoqarashi va ruhiyati bilan bog’liq ayrim hodisalarning aks etish darajasi, aniq asarlar syujet tizimida tutgan o’rni, badiiy vazifasi hamda mohiyatini alohida-alohida tadqiq etish talab qilinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.”Oshiqnoma” S.R.Ro’zimboyev Xorazm nashriyoti -2008.
2.Eshchanova G.”Oshiq G’arib va Shohsanam” dostonining variantlari.Toshkent,1994 B.21
3.Abdullayev V. “Oshiq G’arib va Shohsanam” O’zbek adabiyoti tarixi. @-kitob Toshkent 1964. 43-44- betlar.
4.D.Gulxumor Taxirovna “Oshiq turkum dostonlarining o’ziga xos xususiyatlari va badiiyati” Toshkent-2009.
Download 34,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish