Izohli lug‘at
Termodinamika (grekcha therme — issiqlik, dunamikos— kuch) issiqlik hodisalarida sodir bo‘ladigan jarayonlarda energiyaning aylanish va saqlanish, moddalarning ichki tuzilishini e’tiborga olmagan holda, nisbatlari orasidagi munosabatlarni o‘rganadigan fan.
Yopiq sistema - sistema tashqi muhitdagi jismlar bilan energiya almashinishda boʻlmaydigan izolyatsiyalangan sistema .
Termodinamik parametrlar - termodinamik sistemaning holatini tavsiflaydigan fizik kattaliklar, masalan bosim, harorat, hajm, zichlik va boshqalar.
Temperatura (lot. temperatura — o‘lchamdoshlik, normal holat) —makroskopik sistemaning termodinamik muvozanat holatini tavsiflovchi kattalik.
Kelvin (K) — termodinamik temperatura shkalasida absolut temperatura qiymati boʻlib, toza suvning uchlama nuqtasi, ya’ni muz, suv, va bug‘ o‘zaro muvozanatda boʻladigan holat temperaturasi T - 273,16 K deb qabul qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |