Gey -Lyussak qonuni: bosim va massa o‘zgarmas bo‘lganda gaz xajmi absolyut temperaturalarning o‘zgarishiga to‘g‘ri proportsional ravishda o‘zgaradi:
(1.7)
yoki V=V0 (1+t) (1.8)
bu yerda V0 va V – gazning tegishlicha 0 va tS temperaturalardagi xajmi.
Bu qonunlardan foydalanib, ideal gazning holat tenglamasini chiqarish mumkin:
Massasi 1 kg ga teng bo‘lgan biror gaz P1 , 1 va T1 bilan tavsiflanadigan holatdan P2, 2 va T2 bilan tavsiflanadigan boshqa holatga o‘tadi deb faraz qilaylik. Bu o‘zgarish dastlab oraliq hajm 1 gacha o‘zgarmas temperature T1 da, so‘ngra esa oxirgi hajm 2 gacha o‘zgarmas bosim P2 sodir bo‘lsin.
Boyl – Mariott qonuniga ko‘ra T=const bo‘lganda:
Gey –Lyussak qonuniga ko‘ra P=const bo‘lganda
Topilgan ifodalarni 1 uchun taqqoslasak, quyidagini olamiz:
Bu tenglamani o‘zgartirib shunday yozish mumkin:
(1.9)
ya’ni gazning absolyut bosimi bilan hajmi ko‘paytmasining absolyut temperaturaga nisbati o‘zgarmaydi. 1 kg gaz uchun bu o‘zgarmas kattalik gaz doimiysi deyiladi va R harfi bilan belgilanadi.
(1.10)
Bu tenglama ideal gazning holat tenglamasi deyiladi. Bu tenglama ko‘pincha uni taklif etgan olimning nomi bilan Klapeyron tenglamasi deyiladi.
Gaz doimiysining o‘lchamligi quyidagicha bo‘ladi.
Binobarin, gaz doimiysi R, 1 kg gazning 1 ga isitilganda bajargan kengayish solishtirma ishidir. m kg gaz uchun holat tenglamasi quyidagicha:
Pv=mRT (1.11)
1 mol gaz uchun holat tenglamasi.
Gaz holati tenglamasining uchinchi shakli bir mol uchun yoziladi. Shuni eslatib o‘tamizki, gazning molekulyar og‘irligiga son jixatdan teng bo‘lgan kilogrammlar miqdori mol, boshqacha aytganda kilogramm-molekula deyiladi yoki kilomol deb aytiladi. Masalan kislorod (O2) kilomoli 32 kg ga, karbonat angidrid (CO2) kilomoli 44 kg ga teng va hokazo.
Avagadro qonuniga ko‘ra bir xil temperatura va bosimdagi turli gazlarning teng hajmlarida molekulalar soni bir xil bo‘ladi.
Bu ta’rifga asoslanib, bir xil temperatura va bosimlarda olingan turli gaz mollarining hajmi o‘zaro teng deb xulosa chiqarish mumkin. Agar –gazning solishtirma hajmi, –gazning molekulyar massasi bo‘lsa, u holda molyar hajmi ga teng. Ideal gazlar uchun:
=const (1.12)
Avagadro soni (N) eksperimental yo‘l bilan aniqlangan N= 6,0221191026 kmol-1.
Normal sharoitlarda (P=760mm sim. ust. va t=0S)
(1.13)
(1.14)
Solishtirma hajm qiymatini (1.13) tenglamadan olib (1.14) tenglamaga qo‘yganimizdan so‘ng quyidagiga ega bo‘lamiz:
(1.15)
(1.16)
(1.17)
(1.18)
(1.18) tenglama bitta kilomol uchun ideal gazning holat tenglamasi deb aytiladi.
universal gaz konstantasi deb aytiladi. (1.18) tenglama Klapeyron – Mendeleev tenglamasi deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |