2-ma'ruza. Ideal va real gazlar holat tenglamalari. Gaz doimiysi



Download 57,5 Kb.
Sana13.06.2022
Hajmi57,5 Kb.
#664506
Bog'liq
2-Маruza.Matni



2-ma'ruza.IDEAL VA REAL GAZLAR HOLAT TENGLAMALARI. GAZ DOIMIYSI.


Reja:
1.Ideal gazning holat tenglamasi.
2.Gaz doimiysi.
3. Real gazning holat tenglamasi.


Tayanch so’z va iboralar: o‘zgarmas kattalik, Gaz doimiysi, Klayperon tenglamasi, ideal gazning holat tenglamasi.
Adabiyotlar /2,3,6,12,13/


1.Ideal gazning holat tenglamasi.

Ideal gazning absolyut bosimi bilan solishtirma hajmi ko'paytmasini absolyut haroratga nisbatan o'zgarmas kattalik.


Molekulalari o’zaro to’qnashmaydigan va tortishmaydigan gazlarga ideal gazlar deyiladi.
2.Gaz doimiysi.

1 kg gaz uchun bu o‘zgarmas kattalik R harfi bilan belgilanadi va u GAZ DOIMIYSI deyiladi:


yoki P =RT (1)
(14) tenglama 1 kg ideal gazning holat tenglamasi yoki Klayperon tenglamasi deyiladi.
(14) tenglamaning ikkala qismini m kg ga ko‘paytirib gazning ixtiyoriy miqdori uchun holat tenglamasini olamiz
PV=mRT (2)
Gaz doimiysi R ning fizikaviy ma'nosini aniqlaymiz.

Demak, gaz doimiysi R 1 kg gazning 1oC isitilganda bajargan kengayish solish- tirma ishi bo'lib, har qanday gaz uchun o'zgarmas kattalikdir.
(1) tenglamaning ikkala qismini molekulyar massaga ko'paytirib, bir mol ideal gaz uchun holat tenglamasini olamiz.
PVm=mRT (3)
tenglamadagi (R ko'paytma Ro orqali belgilanadi va universal gaz doimiysi deyiladi. Ro ning qiymati 1 mol gazning istalgan holati uchun o'zgarmas kattalikdir. (1) va (2) tenglamalar Klayperon - Mendeleev tenglamasi deb ataladi. Qulaylik maqsadida R0 ning qiymatini normal fizik sharoitlarda hisoblaymiz. Normal sharoitda, ya’ni T0=273,15 K harorat va P0 =101325 Pa atmosfera bosimiga teng bosimda har qanday gazning 1 kmoli 22,414 m3 ga teng hajmni egallaydi.
m3/mol bo'ladi.
Bu miqdorlarni (1) ga qo‘yib universal gaz doimiysining son qiymatini topamiz.

mR=R0 bo'lgani uchun, gaz doimiysi R ning qiymati quyidagiga teng bo'ladi:


(4)
Masalan, kislorod uchun ( =32) gaz doimiysi:
= ;
azot uchun ( =28, 02):

Ideal gazlarning muvozanat holatlari uchun uning asosiy parametrlari P1V va T ga ta’luqli asosiy tenglama mavjud. Bu bog‘liqlik Klayperon tenglamasi bilan ifodalanadi:
1 kg gaz uchun
PV=RT (5)
Ixtiyoriy M gaz massasi uchun
PV=MRT (6)
bunda, R – gaz doimiysi,
Agarda M o‘rniga (molekulyar massasi) qo‘yilsa va V=V ekanligi e’tiborgaolinsa, Klayperon – Mendeleev tenglamasi kelib chiqadi:
PV =R T (7)
bu yerda: V – ishchi jismning molekulyar hajmi, m3/kmol; normal sharoitda V =22,4 m3/kmol;
R=R – universal gaz doimiysi.

3.Real gaz holat tenglamasi


Real moddalarning gazsimon va suyuq fazalardagi holat diagrammalari ideal gazning holat diagrammalaridan keskin farq qiladi.


Molekulalari o’zaro to’qnashadigan va tortishadigan gazlarga real gazlar deyiladi.
Bunga sabab shuki, real va ideal gazlarning fizikaviy tabiatlari turlicha bo‘ladi. Ideal gazlarda molekulalar o‘zaro ta’sirlashmaydi va o‘z hajmiga ega bo‘lmaydi deb hisoblansa, real moddalarda esa, molekulalar o‘z hajmiga ega bo‘lib o‘zaro ta’sirlashadi va buning natijasida real gazning holat tenglamasi Klapeyron tenglamasi- dan farq qiladi.
Bu sohada ma’lum bo‘lgan birinchi harakatlardan biri Gollandiya fizigi Ya. Van-der-Vaals tomonidan 1873 yilda real gazning holat tenglamasini ishlab chiqish bo‘lgan. Asosan mulohaza yuritib hosil qilingan xulosalar asosida chiqarilgan Vander - Vaals tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega:
(8)
bu yerda: a,b -Klapeyron tenglamasi uchun tuzatish koeffisiyentlari bo‘lib,
a/v2 - real gaz molekulalarining o‘zaro tortishish kuchini ifodalaydi,
b - real gaz siqilishi mumkin bo‘lgan minimal hajmni harakterlaydi.


Nazorat savollari
1.Ideal gaz deb nimaga aytiladi?
2.Klayperon tenglamasi tenglamasini yozing.
3.Ideal gazning holat tenglamasini yozing.
4.Gaz doimiysini tushuntiring.
5.Real gaz deb nimaga aytiladi?
6.Real gazning holat tenglamasini yozing.





Download 57,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish