Klassik variant: bosqichma-bosqich variant. Masalan, 1-bosqich- mamlakatni tanlash, 2- kurortni tanlash (yo’nalish), 3-taxminiy ketish vaqtini tanlash va sh.k.
Buyurtmaning korzinasi orqali bronlashtirish: turagent prays-listlar bilan ishlaydi. Buyurtmalarning turli korzinalaridan turni shakllantirib( bu turistik paketlar va alohida xizmatlar yoki xizmatlar paketi bo’lishi mukin), bu xizmatlarni qayta bronlashtirish mumkin.
Dinamik prays-list orqali bronlashtirish: filtrlar yordamida kerakli turmahsulotni tanlash mumkin, ushbu variant ommaviy jo’natishlar uchun juda qulay va mashxur.
Optimal narx, maxsus takliflar, otel va sh.k larni qidirish orqali bronlashtirish: bronlashtirishning bu variant bilan turni qidiruv me’zonlariga qarab tanlash qulay, jumladan, kurort nomi, otelning “yulduzliligi”, oteldagi servis, ovqatlanish, taxminiy baholar diapazoni va boshqalar.
Kruizlarni bronlash. Kruizni to’g’ri tanlash va bronlashtirish uchun potensial iste’molchi katta hajmdagi ma’lumotga ega bo;lishi kerak- kruiz kompaniyasi haqida ma’lumot, kema haqida, uning harakatlanish jadvali, kayutalar bahosi, kayutalar tavsifi va ko’plab boshqalar.
Avtobus turlarni bronlashtirish. Avtobus turlarning ham o’ziga xos xususiyati bor. Qoidaga binoan, bunday turlar ko’plab shaharlar va mamlakatlar bo’ylab murakkab marshrutga ega. Avtobus turlarni bronlashtirishda harakatlanishning aniq nuqtasini va transport vositasining real ta’minotini ko’rsatish kerak.
Sanatoriya-kurort va sog’likni tiklash obyektlarini bronlashtirish. Bunday tizimlarda asosiysi – sanatoriyani tanlashda bemorning tibbiy ko’rsatkichlariga va tanloviga qarab yetkazib berish. To’g’ri tanlov uchun bemorning kasalliklarini ro’yxati va ba’zi bir spetsifik ma’lumotlar(taxminiy davolanish muddati, turar-joy, tavsiya qilinadigan iqlim va boshqalar) kerak bo’ladi. Tanlash uchun bemorga sanatoriyalar haqida katta tibbiy ma’lumotlar taqdim etiladi.
4-rasm.5
Axborot texnologiyasidan foydalanuvchi turizm tashkilotlari har qanday iqtisodiy o’zgarishlarga moslashuvchan bo’ladi. O’z vaqtida qo’lga kiritgan ma’lumot band qilish va operatsion ishlarni amalga oshirishida keng qo’llaniladi. Kompyuterli band qilish texnologiyalari potentsial turist bilan turistik mahsulot sotuvchi tashkilotlarni kommunikatsiya va axborot tizimi orqali uchrashtiradi. Kompyuter ekrani turistik mahsulotlarning narxini belgilovchi birja va sotuvchi vazifasini o’taydi. Turistik mahsulot va xizmat taklif qiluvchi tarmoqlar, banklar, moliya tashkilotlari, kommunikatsiya tizimlari va axborot texnologiyalari birjani tashkil qiladi. Turistik kompaniyalarni band qilish tizimlari birja markazida bog’lanadi. Bank sug’urta moliya tashkilotlari va kommunikatsiya tizimlari o’z navbatida birjaning makazi va bu tizimning marketing tashkiloti hisoblanadi. Turizm birjasi esa kompyuterning ekrani va son ko’rsatkichlaridan iborat bo’ladi.
Yangi turizm industriyasining tarkibidagi bozor va birja ma’lumotlar quyidagilardan tashkil topgan:
Turizm markazlari va manzillari.
Sayohat turlari va dasturlari.
Havo yo’llari transporti va uchish alternativlari.
Mehmonxona va boshqa joylashuv imkoniyatlari.
Har xil kema transportlari avtomobil ijarasi.
Dam olish xizmatlari, turlari va narxlari.
Birja tizimiga bog’langan va a’zo bo’lgan firmalar hamda potentsial turistlar barcha kerakli ma’lumotlarni kompyuter ekranida ko’rish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bunday birja turli xil tarmoqlar va mamlakatlar iqtisodiyotining global tarzda birlashuvi natijasida vujudga keladi.
Xalqaro birjada turist yuboruvchi va qabul qiluvchi markazlar o’zaro aloqalarini axborot tizimlari orqali amalga oshiradilar. Bank va moliya tashkilotlari ma’lumotlar manbayi bo’lgani uchun band qilish tizimlariga bog’lanib birjaning markaziy tashkiloti hisoblanadi. Markazga bog’liq har bir tashkilot: mehmonxona guruhlari turoperatorlar, sayohat agentliklari, havo yo’li kompaniyalari, avtomobillarni ijariaga beruvchi tashkilotlar sotishga taklif qilgan mahsulotlarining narxlarini o’ziga xos xususiyatlarini qabul qilish hamda jo’natish vaqti va soati haqidagi barcha ma’lumotlarni markazga yuborib turishadi. Mazkur qarz kartochkalari va bankamatlar orqali birja markaziga kelib tushadigan to’lovlardan har bir mijoz uchun servis haqini oladi. Bundan tashqari, mahsulotni sotib olingan firmalarga to’lov to’langanda o’zining kommision haqini ham ushlab qoladi. Bunday faoliyatining eng muhim tomoni shundaki, birja tizimini bank yoki moliya tashkiloti bajaradi. Bu esa, ko’pgina turizm kompaniyalari uchun juda qo’l keldi. CHunki tijorat operatsiyalarini amalga oshiruvchi har qanday tashkilot bank yoki moliya tashkilotlarisiz faoliyat yurita olmaydi. Natijada markaz yuksak daromad manbaiga ega bo’ladi. Turizmda banklariga bog’liq birja markazining yaratilishi va transmilliy kompaniyalarining birjaga a’zo yoki ta’sischi sifatida kirishi turizm industriyasining imkoniyatlarini kengaytirib yoki ta’sischi sifatida kirishi turizm industriyasining imkoniyatlarini kengaytirib, turizmda globallashuv jarayonini tezlashtiradi.
Eng umumiy ko’rinishda axborotni tijoriy tarqatishning zamonaviy texnologiyalari shuni anglatadiki, foydalanuvchilar o’zlarining terminal qurilmalari(masalan, shaxsiy kompyuterlari)dan turib, axborot mahsulotlari bilan «muomalaga kirishadi». Bu mahsulotlarning asosiysi ma’lumotlar bazasidir (MB).Ma’lumotlar bazasi mashinada o’qiladigan shakldagi, shuningdek metama’lumotlar direktoriysi–foydalanuvchilarga MB da qidiruvni engillashtiradigan rubrikatorlar va boshqa ma’lumotlar to’plamlaridir. Axborot va dasturiy mahsulotlar avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bazasining asosiy elementlari hisoblanadi. Avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bazasi (AMB) – maxsus tashkil qilingan MB, dasturiy, texnik, til va tashkiliy-usulik vositalar bo’lib, u lar bu Mbdan jamoa bo’lib foydalanishga mo’ljallangan.
AMBdan foydalanuvchining ishi (seans) «so’rov-javob» chizmasi bo’yicha amalga oshirilganligi va, qoida tariqasida, real vaqtda bo’lib o’tishi (ya’ni so’rovlarga javob bevosita seans davomida paydo bo’ladi) sababli tegishli texnologiyalar haqida dialog yoki interaktiv texnologiyalar sifatida gapirishadi. Interaktiv texnologiyalar– real vaqt rejimida AMBdan dialog yo’li bilan axborotlar olishdir. AMB foydalanuvchiga nisbatan qaerda joylashganligiga qarab interaktiv texnologiyalarni bir-biridan farqlaydilar. SHu tipologik mezon nuqtai nazaridan ularning asosiy turlari texnik manbalardagi AMB va uzoqdagi AMB hisoblanadi.
Xulosa.
Ushbu kurs ishini yozishda yurtimizdagi turizm va xizmat ko’rsatish sohasida zamonaviy axborot texnologiyalarini, jumladan geoaxborot tizimlarini qo’llash bo’yicha quyidagi xulosalarga kelindi:
Quyi Amudaryo mintaqasida turizm yetarlicha rivojlangan emas, ya’ni turistik salohiyatidan to’laqonli foydalanilmayapti;
Quyi Amudaryo mintaqasida tarixiy-madaniy turizm yaxshi rivojlangan bo’lishiga qaramay, zamonaviy axborot tizimlarini qo’llash uni yanada serdaromad sohaga aylantiradi;
GIS(geoaxborot tizimlari) bu - tabiat va jamiyat ob’ektlari va hodisalari haqidagi topografik, geodezik, yer, suv resurslari va boshqa kartografik axborotni yig‘ish, ularga ishlov berish, EHM xotirasida saqlash, yangilash, taxlil qilish, yana qayta ishlashni ta’minlovchi avtomatlashtirilgan apparatlashgan dasturli kompleksdir. U orqali nafaqat arxitektura, qurilish, geodeziya, kartografiya va boshqa sohalarda balki turizm sohasida ham, asosan ekoturizm sohasida ham samarali foydalalnish mumkin.
O`zbekistondagi turistik resurslarni dunyoga tanitish uchun internet, boshqa ommaviy axborot vositalaridan unumli foydalanish (yangi reklamalar yaratish)
Mavjud internet saytlarini yangilash, ularga ma’sul shaxsni biriktirib, u shaxsga saytni doimiy ravishda yangilab, aniq va to`g`ri ma’lumotlar bilan ta’minlash ma’sulyatini zimmasiga yuklash.
Nafaqat mintaqada, balki butun O’zbekistonda INTERGRAPH, PROGIS va ESRI kabi mashxur GIS lardan foydalanish orqali mavjud turistik resurslar haqida ma’lumotlar yig’ib, ularning yagona integrallashgan bazasini yaratish turizmning texnik ta’minoti uchun ulkan va samarali yutug’i bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasining Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi axborot xizmatining mavjudligi GIS ni qo’llash uchun huquqiy asos va axborot manbai bo’lib xizmat qiladi.
Turizm uchun AT ning muhimligi shunisi bilan aniqki, ular xizmatlar sferasida ishlab chiqarishni ko’p martalik o’sishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |