Axborot texnologiyalarining turbiznesni rivojlantirishdagi roli.
Bugungi kunda xalqaro va ichki turizm – xizmatlar savdosida kuchli soha hisoblanadi. Buni O’zbekiston statistika qo’mitasi ma’lumotlarida ko’rishimiz mumkin ( -rasm). Bundan tashqari, zamonaviy turizm global kompyuterlashtirilgan biznesdir. Bu biznesda butun dunyo yirik aviakompaniyalari, mehmonxonalar kompleksi va turistik firmalar ishtirok etadi. Axborot texnologiyalari(AT) sharofati bilan turistik mahsulot yanada individual va moslashuvchan bo’lib bormoqda, shuningdek har bir iste’molchi uchun yanada ko’proq sayohat qilish imkonini bermoqda. AT ni turistik biznesga kirib kelishi bir necha etapdan iborat bo’lgan.
1-etap – “ma’lumotlarni yaratish”. Uning asosiy maqsadi – turistik firmalarning operativ faoliyatini samaradorligini ma’lumotlarni qabul qilishga asoslangan jarayonlarni avtomatlashtirish orqali oshirish bo’lgan.
2 -etap – “boshqaruv axborot tizimlari” ni qo’llash va bunday axborot texnologiyalarini ishlab chiqish. Ular boshqaruv samaradorligini tashkilotga ma’lumotlarni almashishda talablarni qondirish orqali oshirishga xissa qo’shadi.
3 –etap – “strategic axborot” tizimlarini qo’llash. Ular firmaning raqobatbardoshliligini oshirgan. Turli xildagi integrallashgan tizimlar turfirmalarning bevosita faoliyatini takomillashtirish uchun kiritilgan. Shuningdek tashqi tashkilotlar bilan aloqani o’rnatish uchun ham.
4 – etap – “tarmoqlar etapi”. U tufayli barcha darajalarda tarmoqlar birlashuvi amalga oshirilgandi: lokal(mahalliy), regional(mintaqaviy), shahar va galobal. Etapning asosiy xususiyati – AT samaradorligini oshirish, uskunalar o’lchamini kichraytirish, undan foydalanish xarajatlarini kamaytirish, sayyoraning turli nuqtalarida joylashgan terminallarning o’zaro aloqasini va ishonchliligini oshirish. Bularning barchasi ATlarni turistik tashkilotlarda kata rol o’ynashiga sababchi bo’ldi. Natijada barcha tashkilotlar, o’zlarining hajmidan, taklif qilayotgan turmahsulotidan va geografiyasidan qat’iy nazar bizneslarining qayta tashkillashtiruvining jiddiy jarayonidan o’tdilar.4
Turistik bozor asosini firmalar tashkil etadi – turoperatorlar (turistik tashkilot, o’zining va boshqalarning xizmatlarini yangi mustaqil turistik mahsulot qilib kombinatlaydi – kompleks tur) va turagentlar (kompleks turlar savdosi bo’yicha o’rtada turuvchi firmalar). Bu ikki struktura turistik sayohatlarni shakllantirish, ularni yo’llanma va turlar shaklida sotish, turistlar uchun turar joy va ovqatlanish joylarini ta’minlash, dam olish joyiga yetkazib qo’yish, transferlarni tashkillashtirish, turistlarni mamlakat bo’ylab siljitish bilan shug’ullanishadi. Turistik industriyada shuningdek boshqa sohalar firmalari ham qatnashadi, ularning asosiy ish faoliyati turistlarga xizmat ko’rsatish emas (madaniyat, savdo va boshqa korxonalar).
AT turizmda – bu turizm doirasidagi turli xil ishlab chiqaruvchilarni tutib turadigan aloqa markazi. Tovarlar emas, aynan axborot turistik xizmat ishlab chiqatuvchilar o’rtasidagi aloqani ta’minlaydi. Bu xizmatlarning mavjudligi, narxlari va sifati haqidagi ma’lumotdir. Real to’lovlar turfirmalardan tur yetkazib beruvchilarga o’tkazilmaydi, balki vositachilik yo’li bilan, tur yetkazib beruvchilarga turfirmalardan faqatgina to’lovlar va harakatlar haqida ma’lumot beriladi.
Turistik industriyada qo’llaniladigan AT tizimi avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlardan, rezervlash tizimlaridan, videotizimlardan, telefon tarmoqlaridan, telekonferensiya o’tkazish tizimlardan, avialiniyalar, elektron pul o’tkazish, xabar yuborishning tez harakatlanadigan axborot tizimlaridan iborat. Aytib o’tilgan texnologiya tizimi turfirmalar, otellar yoki aviakompaniyalar bilan alohida emas, balki barchasi bilan birgalikda aylanadi. Masalan, otellarning ichki boshqaruvi tizimlari global tarmoqlar bilan ulangan bo’lishi mumkin, ular boshqa mehmonxonalarning rezervlash tizimlari bilan aloqa qilishning asosini ta’minlab beradi.
Shunday qilib, turindustriyada o’zaro aloqada bo’lgan kommunikatsion va kompyuter texnologiyasi tizimi qo’llaniladi. Buning barchasi turizmga yuksak integrallashgan xizmat sifatida qarash imkonini beradi.
Axborot bilan ishlash qobiliyati, yig’ish, qayta ishlash va u asosida yagona ishonchli qarorga kelish, informatsion standartlarni ishlab chiqish bugungi kunda turistik biznesni muvaffaqiyatli tashkillashtirish asosi hisoblanadi. Turizm uchun AT ning muhimligi shunisi bilan aniqki, ular xizmatlar sferasida ishlab chiqarishni ko’p martalik o’sishini ta’minlaydi.
Bugungi kunda turindustriyada eng muhim AT bu kompyuter rezervlash tizimlari hisoblanadi. O’tgan 10 yillik ichida masshtabning o’sishi tufayli bronlashtirishning kompyuter tizimini qo’llash yangi nom oldi – global rezervlash tizimi.
Ularni quyidagicha klassifikatsiyalash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |