T-lazer. CO2 lazerlar orasida lazer trubkasidagi faol muhit (karbonat angidirid) lazer trubkasi va rezonator o’qiga parallel bo’lgan elektrodlar orasiga joylashtiriladi. Bu lvazerlar nomi quyidagi inglizcha ibora Transversly Excited Atmospheric “atmosfera bosimida ko’ndalang qo’zg’otuvchili” ma’nosini anglatuvchi so’zlarning bosh harflaridan olinib, TEA lazer yoki qisqacha T lazer deb ataladi. T lazerning sxematik chizmasi 6–rasmda keltirilgan. Elektrodlar lazer trubkasi uzunligida ekanligidan kichik potentsial farqi yordamida katta qiymatli elektr maydoni kuchlanganligiga erishish mumkin. Bu lazerni impuls rejimida ishlashiga imkon beradi. Ushbu lazerda impuls davomiyligi 1mks va undan kichik bo’lsa, impuls nurlanishida 10 MVt va undan ortiq quvvatli nurlanish olish mumkin. Bu lazerda har minutiga bir necha impuls nurlanadi. Impuls energiyasi 0,11mks da E 110 Joulga etadi.
6-rasm. T-lazer chizmasi Bu lazerlarda elektr maydoni kuchlanganligining bosimga nisbati
, qiymatda, trubka tirqishida NaCl, KCl, ZnSe kabi tiniq tirqishdan ga teng nurlanish olish mumkin. Bu holda bo’ladi. T lazer ilmiy tekshirish laboratoriyalarida ishlatiladi.
Neodimli lazer Yerda kam uchraydigan elementlar neodim va samariy ionlari kiritilgan kristallar kalstiy flyuorit va ittriy-alyuminli granat (IAG) va shishalar yordamida to’rt sathli lazer olish mumkin. Ayniqsa, neodimning 3 valentli ioni
shisha va ittriy alyuminli granat asosga yaxshi kirishadi va bu ion lazer nuri generastiyasida asosiy o’rin tutadi.
Uy haroratida , energetik sathlar farqi tebranma harakat energiyasidan katta bo’ladi.
Kuchli yorug’lik dastasida amalga oshirilgan optik damlash yordamida neoddim ioni uyg’ongan energetik polosa ga o’tadi va bu sathda yashab, so’ng metastabil energetik sath ga nurlanishsiz o’tadi. Metastabil energetik sath dan bo’sh energetik sathga o’tish kichik majbur etuvchi omil yordamida amalga oshiriladi. energetik sath uchun yashash IAG asosida 0.2 ms va shisha asosda 0.7 ms ga teng. Shisha asosga 6 % neodim kiritilganda to’lqin uzunligi 1,06 mkm bo’lgan lazer nurlanishini olish mumkin. U impuls rejimida energiyasi 1 kJga etadi. IAG asosiga neodim kiritilgan lazerning uzluksiz rejimdagi quvvati 1 kVt ga etadi.
Neodimli lazerlarning impulsli rejimda nurlanish impulsi davomiyligini 0.5ps gacha olish mumkin. Katta quvvatli lazer nurlanishlarida, ayniqsa, asllikni modullash impulsli rejimda lazerning optik rezonatorlarini tashkil etuvchi yarimshaffof nur chiqish ko’zgusining parchalanib ketishi, shisha asosli asosli neodim lazerlarida faol muhit (kristall-qattiq jismning) ning parchalanishi kuzatiladi. Bu hodisa sindirish ko’rsatkichining va chiziqli kengayish koeffistienti ning temperatura koeffistientiga bog’liq bo’ladi.
Shisha asosli neodim qattiq jismlarda W qiymatli holni olish mumkin. Ular nurlanish impuls davomiyligi 0.11ms bo’lganda parchalanish chegarasi
ga boradi. Impuls davomiyligi 1 ns bo’lganda, parchalanish bo’sag’asi bo’ladi. Rubin va granatlarning asllikni modullash rejimida ishlaganda buzilish bo’sag’asi ni tashkil etadi.