Mavzu:O’rta Osiyo davlatlarining arxiv fondlarining O’zbekiston tarixini yoritishdagi o’rni Reja I.Kirish II.Asosiy qism 2.Chor Rossiya imperiyasi arxivi 3.1925-1990-yillarda arxiv ishi III.Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasida tarix fanini rivojlantirishga, tarixiy o‘tmishni ob’ektiv, xolisona o‘rganishga katta ahamiyat berilmoqda. Ma’naviyatni tiklashda, davlatimizni ma’naviy rivojlantirishda tarix fanining o‘rni beqiyosdir. Har bir xalq, har bir millat uzoq tarixiy taraqiyot bosqichlarini, murakkab etnik va madaniy jarayonlarni boshdan kechirib, asrlar osha bugungi daraja va maqomlarga erishgan. Biroq, milliy o‘zlikni anglash, sog‘lom etnik tuyg‘u, etnosga xos ma’naviy dunyoning mohiyatini bilish uchun muhim omillardan biri tarixni bilishdir. O‘z navbatida tarixni bilishning omillari, ayniqsa, manbaviy asoslaridan xabardorlik o‘zlikni bilishning poydevorini yanada mustahkamlaydi. Zero, haqqoniy tarixni bilmasdan turib esa o‘zlikni anglash mumkin emas1. SHu ma’noda ushbu dissertatsiya O‘zbekiston tarixini o‘rganishda arxiv hujjatlari, ularning o‘tmishimizni o‘rganishdagi ahamiyati haqida fikr yuritamiz.
Mustaqillik yillarida yurtimizda hujjatlarni jamlash va saqlash ishiga alohida ahamiyat berila boshlandi. Mulkchilikning turli shakllariga o‘tilishi bilan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar qayta tashkil etilayotganda ularning arxiv hujjatlari tegishli davlat arxivlari bilan kelishilgan holda saqlashga e’tibor qaratildi. Bu borada 1999-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan “Arxivlar to‘g‘risida”gi hamda 2010 yilda O‘zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi qabul qilingan Qonunlarda va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarida arxiv ishini yanada rivojlantirishga qaratilgan vazifalar belgilab berilganligini alohida ta’kidlash o‘rinli. Mazkur qarorlarning qabul qilinishi, arxiv hujjatlariga bo‘lgan munosabatning shakllanganligi tadqiqotchilarimiz uchun ulkan imkoniyatlar manbaini ochib beradi. Zero, arxivlar hujjatlari tariximizning asosiy
1 Каримов И. Тарихий хотирасиз келажак йуқ. T. "Шарқ". 1998. -.29б.
mazmunini ochib baradigan bitmas-tuganmas manbadir. Davlatimiz tomonidan arxiv ishiga e’tibor, hujjatlarni saqlash va ularni avlodlarga etkazish ishiga katta e’tibor qaratilgan ekan, arxivlarda saqlanayotgan tarixiy hujjatlarni o‘rganish va ularni ilmiy muomalaga kiritish, tariximizning haqqoniy tarixini yoritishga xizmat qiladi.
O‘rta Osiyo hududidan ajdodlarimizning o‘tmish tarixidan guvohlik beradigan ko‘plab arxiv hujjatlari topilgan. Masalan, Niso arxivi (Turkmaniston), Tuproqqala arxivi, Mug‘ tog’i sug‘d hujjatlari arxivi2 kabilar shular jumlasidandir. Arxiv hujjatlarida parfiyoniy, xorazmiy, yunon-boxtariy va boshqa yozuvlardan foydalanilganki, bu qadimiy yozuv madaniyatining yuksakligini ko‘rsatadi.
Qoraqalpog’istonning Ellikqala tumanidan Tuproqqala xarobalaridan topilgan III-IV asrlarga taalluqli hujjatlar kompleksi fanga 1930 yillar oxirida ma’lum bo‘ldi. Tuproqqalaning shoh saroyi joylashgan Markaziy massivning janubiy-sharqiy tomonidagi pastki qavatning to‘rtta xonasida xorazm hujjatlari topilgan. Bu hujjatlar afrig’iy Xorazmshohlar davriga oid bo‘lib, charm va yogochga – taxtacha hamda tayoqqa yozilgan. Tuproqqala arxiv hujjatlarida Xorazm davlatining ijtimoiy-xo‘jalik hayotini, mahalliy boshqaruv tizimini chuqur anglashga imkon beradigan ma’lumotlar mavjud3. Mazkur arxiv hujjatlari S. P. Tolstov tomonidan o’rganilgan. S. P. Tolstov “Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab”, “Древний Хорезм”4 kabi fundamental asarlarni yaratdi.
Zarafshon daryosining yuqori qismida sug‘d hujjatlarining ulkan arxivi topilgan. Tarix fanida bu arxiv “Mug‘ tog’i sug‘d hujjatlari” nomi bilan ataladi. Mug‘ tog’i sug‘d hujjatlarining topilishi tariximizning o‘rganilmagan sahifalarini to‘ldirishga katta imkoniyatlar eshigini ochib bergan. Ma’lumki, Sug‘d yozuvlari namunalari Markaziy Osiyo mintaqasidan, jumladan, Afrosiyob, Panjikent, Mug‘ tog’i, Erqo‘rg‘on, SHarqiy Turkiston,
2 Исхаков М. М. Центральная Азии в системе мировой письменной культуры (Древность и раннее средневековье). - Т. 2008. С.70
3 Тупроққальа. Дворец. Глава VI. Документы М. 1984. C.251
4 Tолстов С. П. Древний Хорезм.- M., 1948.
Turkmaniston, Pokiston, Mongoliyadan va boshqa joylardan topilgan. Bu esa, sug‘d yozuvining mintaqalar bo‘ylab keng tarqalganligidan guvohlik beradi. Sug‘d yozuvi namunalarining topilishi sug‘diylarning xalqaro savdoda faol ishtirok qilganlari, ularning boshqa yurtlarga borib o‘zlarining savdo ishlarini yo‘lga qo‘yganlaridan darak beradi. Qolaversa, sug‘d yozuvi yodgorliklari ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy munosabatlar tarixini, madaniy aloqalar, ma’naviy hayot tarzini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. SHu ma’noda Mug‘ tog’i sug‘d hujjatlari alohida o‘rin tutadi. Xatlar, xo‘jalik va yuridik hujjatlar turkumiga ajratilgan arxiv Sug‘ddagi ijtimoiy hayot, iqtisodiy taraqqiyot, viloyat hokimlari o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarni, Mug‘ tog’i qo‘rg‘onining buzib tashlanishi bilan bog‘liq tarixiy jarayonni aniqlashga imkon beradi.
Mamlakatimiz mustaqillika erishganidan so‘ng, jamiyat hayotining jabhalarida tubdan o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, o’zbek tarixshunosligida o‘rganilishi dolzarb bo‘lgan, sovet mustamlakachiligi davri buzib ko‘rsatilgan va tadqiq etilgan bir qancha masalalarga xolisona yondashish imkoniyati tug’ildi. Shu nuqtayi nazardan muhtaram Yurtboshimizning "Ota-bobolarimizning asrlar davomida to‘plagan hayotiy tajribalari, diniy, axloqiy, ilmiy qarashlarini o‘zida mujassam etgan nodir qo‘lyozmalarni jiddiy o‘rganish davri keldi" degan dono so‘zlari yuqoridagi fikrimizning yorqin isbotidir63.
Ma’lumki, 1847-1866-yillar mobaynida bosib olingan Markaziy Osiyo hududlarida Rossiya imperiyasi tomonidan 1867-yili Turkiston general- gubernatorligi tuzildi. Uning tarkibiga o‘sha davrda markazi Toshkent bo‘lgan Sirdaryo viloyati va markazi Verniy (hozirgi Olmaota) bo‘lgan Etgisuv viloyatlari kirgan edi. Keyinchalik 1868-yili, markazi Samarkand shahri bo‘lgan Zarafshon okrugi, 1874-yili, markazi Petroaleksandrovsk (hozirgi To‘rtko‘l) bo‘lgan Amudaryo okrugi, 1876-yili esa, markazi dastlab YAngi Margilon keyinchalik Skobelev (Farg‘ona) bo‘lgan Fargona viloyati tuzildi. Fargona viloyatiga asos solingan davrda Fargona viloyati 5 uyezdsan tashkil topgan. Bular : Qo‘qon, Margilon, Andijon, Namangan va O‘sh uyezdlari.
Demakki, Andijon uyezdi ham 1876-yili paydo bo‘lgan. Uyezdning birinchi boshligi etib Smirnov (boshqa manbalarda esa Semyonov) tayinlandi.
Andijon viloyati davlat arxivida Kolodovkin tomonidan 1890-yilda tuzilgan Fargona viloyati Andijon uyezdi xaritasi saqlanadi. Xaritadagi ma’lumotlarga ko‘ra, Andijon uyezdi 22 volostdan iborat bo‘lgan. Ularning sirasiga - Baliqchi, Norin, Xaqulobod, Izboskan, Oltinko‘l, Xokan, Yorboshi, Maygir, Novqat, Qo‘qonqishloq, Bozorqo‘rg‘on, Oyim, Qo‘rg‘ontepa, Qorasuv, Ko‘gart, Jalaquduq, Chankent, Jalolobod, Maylisoy, Massin, Kenkol- Qoragir, Qorako‘l-Sersuy volostlari kirgan.
Hozirgi kundagi Asaka, Marhamat va Shahrixon hududlari esa, Marg’ilon uyezdi tarkibida edi.
Toshkent shahri 4 qismga (dahaga) bo‘linganidek, Andijon uyezdi xam - Saydon-tuman (Soy dahasi), Uyluq, Olaylik, Qirlik kabi 4 dahaga bo‘lingan64.
Qozilar va ularning devoni - qozixonalar soni shaharlarda ularning aholisi nufuzidan kelib chiqib belgilangan. Masalan, Toshkent shahrida to‘rt dahaning har birida bittadan kozi, Samarqand shahrida ikki nafar qozi, tumanlarda esa bitta qozi volostlarga saylangan. 1867-yilgi Turkiston o‘lkasini boshqarish to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq, xalq sudyalari (qozilar va biylar) volostboshliqlari, qishloqoqsoqollari, ovul boshliqlari, ularning yordamchilari tomonidan 3 yil muddatga saylanadigan bo‘ldi.
1867-yilgi "Nizom" loyihasiga ko‘ra, qozixonalarda ko‘rilgan ishlarni doimiy qayd etib borish uchun maxsus qozi daftarlarini yuritish yo‘lga qo‘yildi1. Natijada qozining qo‘lida o‘ziga xos yuridik hujjat jamlanmasini, ya’ni qozi daftarini yuritish va saqlash imkoniyati paydo bo‘ldi.
Bevosita Andijon uyezdi qozilari daftarlarining ko‘rinishi haqida umumiy ma’lumot bersak. Qozi daftarlari ikki turga bo‘lingan .
Шамсиддинов Р., Матбобоев Б., Хошимов С. История Андижана документах и материалах. (1876-1917 гг.). - Т., с. 123
Dalolatnomalarni qayd etishga mo‘ljaljshgan - "Akt daftari" hamda dalolatnoma yuzasidan chiqariladigan, shariat qonun-qoidalariga asoslangan hukmlarni qayd etuvchi - "Hukm daftari".
O‘zR MDA ning 414 - 495 fondlarda Farg‘ona viloyati Andijon uyezdi dahalari va volostlari qozilarining dalolatnomalarni qayd etish daftarlari saqlanadi. Farg‘ona vodiysi qozilari foydalangan qozi daftarlarining umumiy ko‘rinishi: daftar muqovasi ko‘k rangda bo‘lib, ust qismiga qalamda, arab alifbosiga asoslangan eski o‘zbek yozuvida bitik (daftarning dalolatnomalarni qayd etish uchun mo‘ljallanganligi, joy nomi va vaqtini ko‘rsatuvchi), deb izoh yozilgan. Undan so‘ng, daftarning qaysi yil uchun ekanligini ko‘rsatuvchi vaqt qayd etilgan: "Книга для записи актов Хакенcкое волости, Андижанского уезда, Ферганское обл. 1903 г."65. Akt daftar varag’i sariq rangda bo‘lib, o‘rtacha qalinlikda, ip yordamida muqovalangan. Barcha daftarlardagi varaqlar soni muayyan bir xil emas. Unda qayd etilgan dalolatnomalar eski o‘zbek alifbosida, qo‘lyozma shaklida bitilgan. 1886-yilgacha bo‘lgan akt daftarlaridagi qozi muxrlari kizil siyoh yordamida bosilgan bo‘lsa, 1892-1900- yillarda tutilgan qozi daftarlaridagi qozi muhrlari siyoh yordamida muhrlangan. Muhr chetlarida "Народный судя Андижанского уезда”, muhr markazida "Xaкeнcкое волости" bitigi tasvirlangan 3.
Farg’ona viloyati shu jumladan, Andijon uyezdi qozi daftarlari Toshkent dahalari qozi daftarlari singari sifatli, tiniq varaqqa ega bo‘lmagan. Daftarlardagi bitiklar esa bir tekisda chiroyli yozilmagan. SHu bilan birga qozilarning matn yozishdagi foydalangan ayrim belgilari faqat o‘zlari o‘qishi uchun mo‘ljallangan. Bu omillar dalolatnoma mazmunini tarjima qilishda bir qancha murakkabliklarni keltirib chiqaradi.
64 Шамсиддинов Р., Матбобоев Б., Хошимов С. История Андижана документах и материалах. (1876-1917 гг.). - Т., с. 123
ko‘rinishi: daftar muqovasi ko‘k rangda bo‘lib, ust qismiga qalamda, arab alifbosiga asoslangan eski o‘zbek yozuvida bitik (daftarning dalolatnomalarni qayd etish uchun mo‘ljallanganligi, joy nomi va vaqtini ko‘rsatuvchi), deb izoh yozilgan. Undan so‘ng, daftarning qaysi yil uchun ekanligini ko‘rsatuvchi vaqt qayd etilgan: "Книга для записи актов Хакенcкое волости, Андижанского уезда, Ферганское обл. 1903 г."65. Akt daftar varag’i sariq rangda bo‘lib, o‘rtacha qalinlikda, ip yordamida muqovalangan. Barcha daftarlardagi varaqlar soni muayyan bir xil emas. Unda qayd etilgan dalolatnomalar eski o‘zbek alifbosida, qo‘lyozma shaklida bitilgan. 1886-yilgacha bo‘lgan akt daftarlaridagi qozi muxrlari kizil siyoh yordamida bosilgan bo‘lsa, 1892-1900- yillarda tutilgan qozi daftarlaridagi qozi muhrlari siyoh yordamida muhrlangan. Muhr chetlarida "Народный судя Андижанского уезда”, muhr markazida "Xaкeнcкое волости" bitigi tasvirlangan 3.
Farg’ona viloyati shu jumladan, Andijon uyezdi qozi daftarlari Toshkent dahalari qozi daftarlari singari sifatli, tiniq varaqqa ega bo‘lmagan. Daftarlardagi bitiklar esa bir tekisda chiroyli yozilmagan. SHu bilan birga qozilarning matn yozishdagi foydalangan ayrim belgilari faqat o‘zlari o‘qishi uchun mo‘ljallangan. Bu omillar dalolatnoma mazmunini tarjima qilishda bir qancha murakkabliklarni keltirib chiqaradi.
Yuqorida qozi qo‘lida akt daftaridan tashqari, qayd. etilgan dalolatnoma yuzasidan hukm daftari - "Книгадля решений" ham mavjud bo‘lganligini tilga olgandik. Unda dalolatnoma yuzasidan ko‘rilayotgan ish uchun qozi hukmi va muhri qayd etilgan. Uning tuzilishi, ko‘rinishlari ham akt daftaridan unchalik farq qilmagan. Fargona viloyati, Andijon uyezdi xalq qozilari (xalq sudyalari) dalolatnomalarni qayd etish daftarlarining jamgarmasi xususida. Dastavval jamg‘armada saqlanayotgan daha qozilarining daftarlari haqida :
Soy dahasi (qismi) qozisi - "Кази сайской части гор. Анд." F-414, 25
65 Шамсиддинов Р., Матбобоев Б., Хошимов С. История Андижана документах и материалах (1876-1917 гг). – Т., с.125.
ta ish. 1903-1920 y.y.;
Uylik dahasi (qismi) qozisi - "Кази Уйликской части гор. Анд." F-415 (Uylik dahasi qozi akt daftarlaridan iborat ishlar soni qayd etilmagan);
Olaylik dahasi (qismi) qozisi - "Кази Алайликской части гор. Анд." F- 419, 36 ta ish. 1903-1918 y.y.;
Qirlik dahasi (qismi) qozisi - "Кази Кирликской части гор. Анд."F- 431,36 taish. 1889-1917 y.y.;
Jami hisoblaganda 97 ta ish jamg‘armada saqlanmoqda. Ularning har biri o‘rtacha hisobda 30-150/170 varaqdan iborat.
Volost qozilarining dalolatnoma daftarlari esa quyidagilardan iborat:
Oyim volosti qozisi - "Кази Айимской вол. Анд. уезда" - F-417, 25 ta ish. 1902-1917 y.y.;
Оltinko‘l volosti qozisi - "Кази Алтинкулской вол. Анд. уезда " - F- 418, 20 ta ish. 1902-1915 y.y.; CH
Baliqchi volosti qozisi - "Кази Рибичской вол. Анд. уезда " - F-420, 35 ta ish. 1902-1917 y.y.;
4 Bozor-qo‘rg‘on volosti qozisi - "Кази Базар-курганской вол. Анд. уезда " - F-421,20ta ish. 1904-1915 y.y.;
Jalolobod volosti qozisi - "Кази Жалал-абадской вол. Анд. уезда " - F-422, 18 ta ish. 1908-1917 y.y.;
Jalaquduq volosti qozisi - "Кази Жалал-кудкской вол. Анд. уезда " F-423, 19 ish. 1903-1917 y.y.;
Qorasuv volosti qozisi - "Кази Карасувской вол. Анд. уезда " - F- 426, 18 ta ish. 1903-1917 y.y.;
Qorako‘l-Sersuy qozisi - - "Кази Каракул-Серсуйкой вол. Анд. уезда " - F-427, 10 taish. 1908-1916 y.y.;
9 Kenkol-Qoragir volosti qozisi - "Кази Кенкол-Карагирской вол.
Анд. уезда " - F-425,29 ta ish. 1902-1917 y.y.;
Jami bo’lib 396 ta jamg’arma saqlanmoqda. Volost qozi daftarlari
ba’zilarining hajmi 200 varaqqa yaqinni tashkil qiladi.
Rossiya imperiyasining Turkistonda amalga oshirgan sud-huquq tizimini isloh etishga qaratilgan siyosati natijasida qozi daftarlarining ichki tuzilishi, jadval tartibi, undagi yozuvlarga ruscha izoh tarjimalarining qo’shilishi yo’lga qo’yildi. Quyidagi qozi akti daftarlari jadvalining umumiy ko’rinishi Xokan volosti qozisi akt daftari misolida qayd etilgan.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash mumkinki, Turkiston o’lkasida joriy qilingan qozixona daftarlari mustamlaka boshqaruvning sud-huquq tizimidagi islohotlari natijasida yuzaga keldi. Shunga qaramasdan, qozixona daftarlari bir tomondan o’sha davrning ijtimoiy hayotini, tarixiy toponimiyasini, etnografiyasini, lingvistikasini, etimologiyasini, ismlar tarixini, ikkinchi tomondan qozilar faoliyatini tadqiq etishda muhim yozma manba hisoblanadi.
Sovetlar tuzumi davrida, butun Turkistonda bo‘lgani kabi, O‘zbekiston davlat arxivi tashkil etilib, joylarda maxsus arxiv muassasalari yuzaga kelishi bilan ham Qo‘qon va Xiva xonliklarining arxivlari O‘zbekistonga qaytarilmadi. Lekin, shuni alohida ta`kidlash kerakki, 20-30 yillarda dinga qarshi kurash niqobi ostida, keyinroq ruslashtirish siyosati natijasida ko‘p milliy - tarixiy hujjatlar yo‘q qilib yuborildi. Arxiv ishi shaklan takomillashib borgan bo‘lsa- da, bu boradagi ko‘p milliy - tarixiy tushunchalar, atamalar iste`moldan chiqib ketdi, ish yuritish qariyb butunlay rus tilida olib borildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |