Reja:
I KIRISH
II ASOSIY QISM
Ayollar kiyimida vitochka ko‘chirish usullarining namunalarini tayyorlash
Yelka qismi va yeng o`mizini modellash (kengaytirish, turli shakldagi Yeng o`mizlarini o`zgartirish).
To`g`ri, quyosh, klinli, taxlamali yubkalarning chizmasini chizish tartibi
To‘g‘ri bichimli yubka andozasini tayyorlang nazariy ma’lumotlar.
III XULOSA
IV FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
Kirish
Yangi tahrirdagi«Ta'lim to’g’risidagi” Qonun,ta’lim sohasida bo‘layotgan o‘zgarishlar O’zbekistonning istiqbolini taminlovchi asosiy omillardan biri sifatida jahon ommasi tomonidan e’tirof etilmoqda.
Respublikamizda ta’lim muassasalari oldiga o‘quvchi-yoshlarni xalq xo‘jaligining turli sohalarida samarali mehnat qilishga, kasb-hunarlarni ongli ravishda tanlashga tayyorlash bo‘yicha qo‘ygan ijtimoiy buyurtmasini bajarishda texnologiya fani o‘qituvchisining faoliyati beqiyosdir. Davlat ahamiyatiga molik ushbu vazifani bajarish uchun texnologiya fani o‘qituvchisidan ‘edagogik mahoratni hamda rivojlanib borayotgan ‘edagogik jarayon talablari darajasida pedagogika, psixologiya, metodika fanlari yutuqlari, zamonaviy texnika va ilg‘or texnologiyalar, ishlab chiqarish va bozar iqtisodiyoti munosabatlari va qonuniyatlari bo‘yicha mukammal bilimlar, ko‘nikmalarni egallashni taqozo etadi. Ta’lim islohotlarining hozirgi bosqichida erkin fikrlovchi tashabbuskor shaxsni tarbiyalash muammosi alohida dolzarblik kasb etmoqda.
Shu munosabat bilan, texnologiya ta’limi o‘qituvchisining bilim, ko‘nikma va malakalari ko‘lami va sifati, uning ta’lim-tarbiya jarayonini DTS talablari asosida tashkil etish va o‘tkazish, kasbiy mahorati kabi murakkab va ko‘p qirrali faoliyatini takomillashtirish jarayonining didaktik shart-sharoitlarini aniqlash, nazorat maqsadiga muvofiq ravishda uning shakl, tur, usul va vositalarini o’timal tanlash va o‘tkazish metodikasini ishlab chiqish, uning mazmunini boyitish va ilmiy- uslubiy asnosida tashkil etilishini talab qilmoqda.
Amaliy mashg’ulot - aniq maqsadga qaratilgan va ta`lim beruvchi tomonidan boshqarib turiladigan, aniq bir Topshiriqni bajarish uchun kerakli, nazariy darsda olingan maxsus bilimlar asosida, malaka va ko’nikmalar shakllantirish maqsadida, olib boriladigan rejali didaktik harakatga aytiladi.
Amaliy mashg’ulot texnologiya fanini o’qitishning asosiy shakli bo’lib, bo’lib, o’quv ustaxonalarida, laboratoriyalarda, mavjud asbob uskunalardan va vositalardan foydalanilgan holda o’qitishmng ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanib, yangi informatsion- pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilib o’tkaziladi.
Bu fanning asosiy maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarga umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida, maktabdan tashqari ta’lim muassalarida o‘quvchilar ijodiy faoliyatini tashkil qilishning ilmiy-metodik asoslarini o‘rgatishdan iboratdir. Ushbu maqsadga erishishda quyidagi vazifalarning hal etilishi ko‘zda tutilgan:
o‘quvchilarni barkamol shaxs sifatida shakllantirish jarayonida texnik ijodkorlik va dizayn asoslariga oid bilimlar tizimiga ega bo‘lishi;
texnik ijodkorlikning tashkiliy va iqtisodiy asoslari bilan tanishish;
kashfiyot, ixtirochilik, ratsionalizatorlik va patentlash asoslari bo‘yicha tushunchalarga ega bo‘lish;
texnik masalalarni yechish metod va usullaridan foydalanish ko‘nikmalarini hosil qilish;
texnik ijodkorlik ob’ektlari uchun texnik hujjatlarni tuzish;
mustaqil ravishda texnik ob’ektlarni va ularning modellarini loyihalay olish;
texnik ijodkorlik bo‘yicha sinf va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar uchun moslama, dastur va boshqa jihozlarni mustaqil loyihalay olish;
respublikada o‘quvchilar texnik ijodkorligi faoliyatini hozirgi holati va uni takomillashtirish istiqboli to‘g‘risida tushunchalar;
o‘quvchilarni ijodiy faoliyatga jalb qilishning asosiy metodlarini bilishi;
texnik ijodkorlik to‘garaklari faoliyatining mazmuni, tashkiliy asoslari, texnik ob’ektlarni ilmiy asosda tanlay olish;
to‘garaklarni o‘quv moddiy-texnika bazasini tashkil qila olish;
sinfdan va maktabdan tashqari o‘quv mashg‘ulotlarida texnik ijodkorlikni metodik asoslarini bilish;
o‘quvchilarning ijodiy faoliyatiga tegishli bo‘lgan tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazishni ilmiy asoslarini bilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |