Rul mexanizmi boshkariluvchi gildiraklarning engil burilishini ta’minlaydi. Boshkariluvchi gildiraklarning engil burilishi rul mexanizmining uzatish soni ga boglik, kancha katta bulsa boshkariluvchi gildiraklarning burilishi xam shuncha engil buladi. Lekin uzatish sonining kattaligi uz navbatida, boshkariluvchi gildiraklarni burish uchun sarflanadigan vaktni uzaytiradi. Bu xol, xozirgi zamon tez yurar avtomobillarini kiska vaktda burib ulgurishida kiyinchilik tugdiradi. Shu sababli rul mexanizmining uzatish soni chegaralangan bulib, u engil avtomobillarda 12…20 va yuk avtomobillarida 15…25.
Avtomobillarda asosan globoidli chervyak-rolik, stilindrik chervyak-sektor xamda vint-sektor tipidagi rul mexanizmlari ishlatiladi. Ulardan globoidli chervyak-rolik tipidagi rul mexanizmi eng kup tarkalgan.
Rul yuritmasi
Rul yuritmasi soshkadan berilgan kuchni boshkariluvchi gildiraklarning stapfalariga uzatadi (3-rasm). Yuritma detallari shunday ulanishi kerakki, boshkariluvchi gildiraklarni burganda richag va tortkilar bir-biriga nisbatan birikmalarda turli tomonga engil ogishi, va shuningdek, ular uz birikmalaridan zarur mikdordagi kuchni uzata olishi lozim. Buning uchun rul yuritmasining detallari bir-biri bilan sharnirli ravishda, dumalok kallakli barmoklar vositasida biriktiriladi.
3-расм
«Neksiya» avtomobilining rul boshkarmasi.
«Neksiya» avtomobilining rul boshkarmasi reyka tipida bulib ilashishdagi shesternya va tishli reykadan iboratdir. Rul mexanizmi valdagi shesternyaning aylanma xarakatini reykaning ilgarilama kaytma xarakatiga aylantiradi. Reyka yonida joylashgan sharnirli tortki yordamida boshkariluvchi gildiraklarni buradi.
Rul boshkarmasi gidrokuchaytirgichga ega bulib, u rotorli gidravlik taksimlagichga ega va magistrallarda moy yurishini boshkaradi. Rul chambaragi u yoki bu tomonga burilganda gidravlik taksimlagich yukori bosim magistralini gidrostilindrning bir tomoniga, uning ikkinchi tomonini esa moy kaytish trubkasi bilan ulaydi. Gidrostilindr porsheni tishli reykaning shtokiga maxkamlangan bulgani uchun, ortikcha bosim ostida uni u yoki bu tomonga yurgizadi, natijada boshkariluvchi gildiraklar buriladi.
Agar kupaytirgich ishlamay kolsa, rul boshkarmasi vazifasini bajaraveradi. Gidrokuchaytirgich tizimida parrakli nasos ishlatilgan. Aytish joizki, gidrokuchaytirgich kismlari ta’mirlanmaydi, shuning uchun rul mexanizmi bilan birga yangisiga almashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |