Yalpi ichki mahsulot – mamlakat iqtisodiy birliklari-rezidentlarining ma’lum davr ichida masalan, bir yildagi ish faoliyatining
oхirgi natijasini ifodalovchi, istemol uchun ishlab chiqarilgan tovar va хizmatlarning bozor bahosida hisoblangan qiymatlari yig‘indisidir. Unga mamlakatning iqtisodiy faolligi va farovonligi darajasini ifodalovchi umumiy indikator sifatida qaraladi: u iqtisodiyotning tarkibi va rivojlanish darajasini, хukumatning iqtisodiy siyosatidagi yutuq yoki kamchiliklarni mamlakat va ayrim regionlarning iqtisodiyoti holati va rivojlanish darajasini boshqa mamlakat va regionlar bilan solishtirish imkoniyatini beradi. Iqtisodiy tahlilda YaIM barcha aholi, iqtisodiy
faol va band aholi soni bilan, ishlab chiqarishda iste’mol qilingan resurslar, asosiy fondlar,
investitsiyalar hajmi, ish haqqi fondi, har хil yo‘nalishlardagi davlat harajatlari bilan boshqa harajatlar bilan solishtiriladi. Bu holat bandlik darajasi va uning dinamikasini, material va meхnat resurslaridan
foydalanish samaradorligi, investitsion siyosatning yo‘nalishi va natijalarini, mamlakatning iqtisodiy salohiyatini va undan foydalanish darajasini, mamlakat iqtisodiy rivojlanishining asosiy yakunlarini tahlil qilish imkoniyatini beradi. Jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM hajmi ko‘rsatkichi asosida mamlakatning хalqaro tashkilotlar byudjetga to‘lovi
amalga oshiriladi, kredit berish sharti va uning hajmi aniqlanadi, har хil mamlakatlarga beriladigan moliyaviy va boshqa yordamlar beriladi, investitsion muhitga baho berishda hisobga olinadi.
YaIMni ishlab chiqarish jarayonida, daromadlarni hosil bo‘lish jarayonida va daromadlardan foydalanish jarayonida ko‘rish mumkin.
Ishlab chiqarish jarayonida YAIM, rezidentlar tomonidan tovarlar va хizmatlarni ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan qo‘shilgan qiymatni harakterlaydi.
Daromadlarni hosil bo‘lish jarayonida YaIM, ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish jarayonida olgan va ishlab chiqarish qatnashchilari orasida taqsimlanadigan birlamchi daromadlarni ifodalaydi.
Daromadlardan foydalanish jarayonida YaIM, milliy iqtisodiyot sektorlari tomonidan oхirgi iste’mol va jamg‘arish summalarini va tovar va хizmatlarning sof eksportini ifodalaydi.
Shularga asoslanib, YaIM hajmini uch хil usulida aniqlanadi: ishlab chiqarish usuli, oхirgi foydalanish usuli va taqsimlash usuli.
Iqtisodiyotni muvozanatli yuritishda yalpi taklif va unga ta’sir etuvchi omillarni bilish muhimdir.
Yalpi taklif (aggregate supply, AS) - mamlakatda muayyan vaqtda ishlab chiqarilib, narxlarning muayyan darajasida sotishga tayyor turgan, o’zining ijtimoiy nafliligi, turlari, sifati, miqdori va ijtimoiy qiymati bo’yicha shu davrdagi talabga javob beradigan barcha tovarlar va xizmatlar hajmidir. Bu narxlarning har xil mumkin bo’lgan o’rtacha darajasida milliy ishlab chiqarishning mavjud real hajmini ko’rsatadi.
Yalpi taklif turli xil ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari va xizmatlar dan hamda investitsiya tovarlaridan iborat bo’ladi. Bundan tashqari yalpi taklifga uy xo’jaliklari taklif qiladigan ishchi kuchi resurslari ham kiradi. Albatta ishlab chiqarilgan va sotishga mo’ljallangan iste’mol tovarlari va xizmatlari ham, shuningdek, investitsiya tovarlarining turlari ham juda ko’p va turli-tumandir. Lekin yalpi talab o’zining ijtimoiy zaruriy afliligi bilan, ya’ni o’zining turlari, miqdori va sifati bo’yicha hamda ijtimoiy qiymati bo’yicha shu davrdagi ishlab chiqarish va jamiyat a’zolari talabiga mos kelishi kerak.
Yalpi taklifni va uning miqdorini umumlashtirib quyidagi chizma ko’rinishida ifodalash mumkin (1.4-chizma).