Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadini soliqqa tortishda aso-siy ish joyidan hamda asosiy bo`lmagan ish joyidan, yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidi va boshqa daromadlari soliqqa tortiladi. Bunday daromadlarga quyidagilar kiradi:
mehnatga haq to`lash shaklida olingan daromadlar;
jismoniy shaxslarning mulkiy daromadi;
jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan kelgan yalpi daromadi .
Mehnatga haq to`lash shaklida olinadigan daromadlariga jismoniy shaxslarning mehnat shartnomasi bo`yicha qilingan ishlaridan va fiaqarolikhuquqiy shartnomalar bo`yicha olingan daromadlari kiradi. Mehnatga haq to`lash shaklida olinadigan daromadlariga quyidagilar kiradi:
xodimlarga sotiladigan tovar (ishlar, xizmatlar) qiymati bilan bunday tovarlarni (ishlar, xizmatlar) xarid qilish narxi yoki ularning tannarxi o`rtasidagi manfiy farq;
ish beruvchi tomonidan xodimlarning chiqimlarini qoplash uchun qilingan, ularning faoliyati bilan bog`liq bo`lmagan xarajatlar;
xodim ish beruvchiga toiashi kerak bo`lgan, ammo ish beruvchining qarori bilan hisobdan chiqarilgan qarz summalari;
ish beruvchi o`z xodimlarining hayoti va sog`lig`ini ixtiyoriy sug`urtalash badallarini to`lash uchun qilgan xarajatlar;
ish beruvchining jismoniy shaxsdan ushlab qolishi kerak bo`lgan to`lovlar yuzasidan to`langan summasi;
ish beruvchining o`z xodimlarining bevosita yoki bilvosita daromadlarini tashkil etadigan boshqa xarajatlari.
Xodimlarga O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilangan me'yorlar doirasida beriladigan xizmat safari to`lovlarining summalari jami yillik daromadga kiritilmaydi.
Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadiga foizlar, dividendlar bo`yicha olingan daromad, mol-mulkni ijaraga berishdan keladigan daromad kiradi.
Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan keladigan yalpi daromadiga tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan, daromad olish maqsadida tavakkal qilib, o`z mulkiy javobgarligi ostida yakka tartibda amalga oshiriladigan, qonun hujjatlarida tasdiqlangan boshqa faoliyatdan keladigan barcha tushumlar kiradi.
Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan keladigan yalpi daromaddan soliq solinadigan daromadlarni aniqlash vaqtida mazkur yalpi daromadni olish (topish) uchun qilingan xarajatlar, majburiy to`lovlar, chiqimlar va ajratmalar chegirib tashlanadi.
Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan keladigan yalpi daromaddan chegirib tashlashi lozim bo`lgan xarajatlar, majburiy to`lovlar, chiqimlar va ajratmalarni aniqlash tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Jismoniy shaxslarning shaxsiy iste'mol bilan bog`liq bo`lgan xarajatlari tadbirkorlik faoliyatidan keladigan yalpi daromaddan chegirib tashlanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |