Oilada ijtimoiy pedagogik yordam shakllari Oilada ijtimoiy pedagogik yordam shakllari muhtojlarga ijtimoiy pedagogik yordam uzoq muddatli va qisqa muddatli ish shakllaridan iborat bo’ladi.
Qisqa shakllar ichidan olimlar o’zaro munosabatlarning intervent va muammoli modellarini ajratishadi.
Oila bilan ish yuritishning intervent modeli inqirozli holatda bevosita yordam ko’rsatishni ko’zda tutadi. Bu inqirozlar oila hayotidagi o’zgarishlar yoki tasodifiy noxush holatlarga bog’liq bo’lishi mumkin.
Inqirozli holatga qaysi muammolar sabab bo’lganidan qat’iy nazar ijtimoiy pedagogning vazifasi bevosita emotsional yordam ko’rsatish orqali stress holatining ta’sirini yumshatish va oila kuchlarining inqirozini bartaraf etishga qaratishdir. Bu holatdagi yordam psixologik, axborot va vositachilik xarakteriga ega bo’lishi mumkin.
Muammoli model ham qisqa muddatli ish shakliga tegishli bo’lib, uning muddati to’rtoydan oshmaydi. Muammoli model oiladagi amaliy vazifalarni yechishga qaratiladi, ya’ni model markazida shunday talab turadiki, yordam ko’rsatuvchi mutaxassis shaxslar o’z harakatlarini oiladagi muammolarini yechishga yo’naltirishlari kerak. Bu model muayyan holatlarda aksar muammolarni odamlarni o’zlari xal qilishlariga asoslanadi. Ijtimoiy pedagogning asosiy vazifasi aynan shunday holatlarni yaratishdir, muammoli modelning yetakchi metodi yordam ko’rsatuvchi ijtimoiy pedagog va oila o’rtasida shartnoma tuzilishidir. SHartnoma tuzilayotganda oilaning vazifasi oldinda turgan faoliyatning maqsad va vazifalarini aniqlashdir. Ijtimoiy pedagogning vazifasi esa bu maqsad va vazifalarning amalga oshishi uchun yetarli bo’lgan muddatni belgilash.SHuni ta’kidlash joizki, ijtimoiy pedagog va oila o’rtasidagi shartnoma biznes yoki nikoh shartnomasiga o’xshamaydi. Bu holatda tomonlar moddiy emas, balki axloqiy majburiyatlarga ega bo’lishadi va bu rasmiy hujjat bilan tasdiqlanadi. SHartnoma bo’yicha hamkorlik oilani shartnoma shartlarini ishlab chiqishda, qarorlar qabul qilishda faol ishtirok etishini ta’minlaydi. O’smirlar va o’spirinlar bilan ishlashda shartnomaning tuzilishi ularning mutaxassis bilan munosabatlariga jiddiy xarakter berishi bilan ijobiy jihatlarga ega. Asosan xorij amaliyotida qo’llaniladigan uzoq muddatli ish shakllari psixoijtimoiy yondoshuvga asoslanishadi va to’rtoydan ortiq vaqtni talab qiladi. Psixoijtimoiy yondashuvning asosiy vazifalari biror bir vazifani bajarishga odatlantirish qilish orqali oilaviy tizimni o’zgartirish, oilaga ta’sir qiluvchi boshqa ijtimoiy tizimlardagi holatlarni o’zgartirishdan iborat. Aynan ijtimoiy pedagogik yordam sharoitida patronajning qo’llanilishi maqsadga muvofiq.