Режа I. Кириш ҳамду сано II. Ассий қисм а қуръони Карим нозил бўлишининг бошланиши. Б саҳобаларнинг тафсир қилиш усуллари. В саҳобалардан чиққан муфассирлар. Г оятларнинг тушиш сабаблари. III. Хулоса IV. Фойдаланган манбаълар 1 кириш



Download 191,11 Kb.
bet42/49
Sana23.02.2022
Hajmi191,11 Kb.
#155974
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   49
Bog'liq
Мавзу

Istilоhiy tа’rifi hаnаfiy mаzhаbidаgi mаsаlаlаrning bаrchаsi Imоm Аbu hаnifаning yo’llаri vа ijtihоdiy mаzhаblаri emаs. Bаlki Imоm Аbu hаnifаdаn keyingi mujtаhidlik dаrаjаsigа etgаn hаnаfiy оlimlаr o’z mаzhаbbоshlаrining usullаrigа binоаn yoki u zоtdаn rivоyat qilingаn furu’lаrgа qiyoslаb judа ko’p mаsаlаlаrning hukmini аniqlаgаnlаr vа bulаr hаm hаnаfiy mаzhаbidаn deb e’tibоr qilinаdi.Ulamolar tomonidan Abu Hanifa ( rohimahulloh) ga hayotlik davrida ham, vafotidan keyin ham juda ko’p madhlar aytilgan.28
Mazhablarga ko’ra tafsirlar.

Sahobalar Payg’ambarimz sollallohu alayhi vasallam davirlarida Qur’onni o’z aql-zakovatlari bilan tushunar edilar. Agar ularda biror oyat chigal bo’lib qolgudek bo’lsa, darhol Payg’mbarimzga murojat qilishar, ul zot esa ashoblariga batafsil bayon qilib berar edilar.Shuning bilan birga Payg’ambarimiz sollollohu alayhi va sallam sahobalarni biron masala borasida avval Qur’ondan so’ngra hadisdan unda ham masala yechimi topilmasa ijtithod qilishliklariga chorlar edilar.


Patg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam vafot etgach sahobalar ushbu uslubni qo’lladilar. Ular avval duch kelmagan yangi muammolarga ro’baro’ bo’ldilar. Qur’oni karim ularga yangi masalalarni, shariy hukmlarni chiqarib olish uchun yordam berdi.
Sahobalardan so’ng Islom dini juda ham ko’p inqirozlarni boshidan kechirdi. Asri saodatdan uzoqlashgan holda musulmonlar turli xil aqidaviy, fiqhiy masalalarga yo’liqdilar. Ko’plab Islamga yot bo’lga oqimlar , (firqalar ) xavorijlar jahmiylar, qadariylar, mo’taziliylar kabi firqalar yuzaga keldi. Ammo musilmonlar o’rtasida to’rt fiqhiy mazhab va ikki aqidaviy mazhab Ahli sunna val jamoa deb e’tirof etildi.
To’rt mazhab imomlari o’z davirlarida mazhabiga doir hukim chiqarib olish uchun uslub qo’lladilar. Ularning davrlarida hadislar ko’payib turli hil masalalar keng quloch ochdi.
Natijada Qur’onning ayrim oyatlarini tushunishlikda unga dalolat qiluvchi ko’rinishlar farqli bo’lishiga ko’ra fariy ixtiloflar ortdi.
Arab tiliga xos bo’lgan xususiyatlar sababli mashhur imomlar –mazhab boshliqlari orasida Qur’ondan hukm olishda ixtiloflar paydo bo’lishining sabablaridan ba’zi namunalar zikr qilamiz.
Bitta so’zning ikkita ma’noda ishlatilishi sababli yuzaga kelgan ixtilaf. Masalan:
وَالْمُطَلَّقَاتُ يَتَرَبَّصْنَ بِأَنْفُسِهِنَّ ثَلَاثَةَ قُرُوءٍ وَلَا يَحِلُّ لَهُنَّ أَنْ يَكْتُمْنَ مَا خَلَقَ اللَّهُ فِي أَرْحَامِهِنَّ إِنْ كُنَّ يُؤْمِنَّ بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ وَبُعُولَتُهُنَّ أَحَقُّ بِرَدِّهِنَّ فِي ذَلِكَ إِنْ أَرَادُوا إِصْلَاحًا وَلَهُنَّ مِثْلُ الَّذِي عَلَيْهِنَّ بِالْمَعْرُوفِ وَلِلرِّجَالِ عَلَيْهِنَّ دَرَجَةٌ وَاللَّهُ عَزِيزٌ حَكِيمٌ (۲۲۸)
“qur’u” so’zi kabi. Bu so’z Baqara surasining 228-oyati taloq qilingan ayolning idda o’tirish haqidagi hukmni bayon qilgan oyatda kelgan. “ Taloq qilingan ayollar uch qur’u (hayz yo tuhur) muddatida o’zlarini kuzatadilar.
Ushbu oyatdagi “qur’u” so’zi hayz ma’nosini ham tuhr (poklik) ma’nosini ham bildiradi. Arablarda ushbu so’z shu ikkala ma’noda ham barobar ishlatiladi. Imomlar ham oyatda ushbu so’z shu ikki ma’noning birini bildirishini ikkala ma’no uchun emsligini bilishardilar. Va ular bu so’zda shu ikki ma’noni qaysi biri iroda qilingani haqida o’zaro ixtilof qilishgan. Imom Molik, Shofeiy va Ahmad (r.a.)va boshqalar esa, ushbu so’zdan bu oyatda hayz iroda qilinganini aytishadi.Va bu ikkala guruh ulamolari ham o’z so’zlarini isbotlash uchun ko’plab dalillar keltirishadi.Bu haqda tafsir kitoblarida batafsil ma’lumotlar bor.
Bir so’zning haqiqiy ma’no bilan majoziy ma’no orasida ishlatilish sababli ixtiloflar.
إِنَّمَا جَزَاءُ الَّذِينَ يُحَارِبُونَ اللَّهَ وَرَسُولَهُ وَيَسْعَوْنَ فِي الْأَرْضِ فَسَادًا أَنْ يُقَتَّلُوا أَوْ يُصَلَّبُوا أَوْ تُقَطَّعَ أَيْدِيهِمْ وَأَرْجُلُهُمْ مِنْ خِلَافٍ أَوْ يُنْفَوْا مِنَ الْأَرْضِ ذَلِكَ لَهُمْ خِزْيٌ فِي الدُّنْيَا وَلَهُمْ فِي الْآخِرَةِ عَذَابٌ عَظِيمٌ (۳۳)
Masalan, Moida surasidagi Alloh va Uning rosuliga qarshi kurashuvchilarga bo’ladigon jazolar bayon qilingan 33-oyatda “nafiy” so’zi bor. Ya’ni: Yoxud o’z erlaridan nafiy qilishlari (surgun qilinishlari yoki qamalishlari) dir “. Bu erdagi (nafiy) so’ziga jumhur ulamolar o’zining haqiqiy ma’nosini olib, “ surgun qilinish “ ma’nosini berishgan. Hanafiy ulamolari esa, u so’zning majoziiy ma’nosini olib “qamoqqa olish “ ma’nosini ishlatishgan.
وَاذْكُرُوا اللَّهَ فِي أَيَّامٍ مَعْدُودَاتٍ فَمَنْ تَعَجَّلَ فِي يَوْمَيْنِ فَلَا إِثْمَ عَلَيْهِ وَمَنْ تَأَخَّرَ فَلَا إِثْمَ عَلَيْهِ لِمَنِ اتَّقَى وَاتَّقُوا اللَّهَ وَاعْلَمُوا أَنَّكُمْ إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ (۲۰۳)
203. sanoqli (ma'lum) kunlarda Allohni (ko'proq) zikr qilingiz!* Kimki ikki kunda shoshilsa (haj ishlarini tugatib ketsa), unga gunoh yo'q. Kim (uchinchi kungacha) kechiksa, unga ham gunoh yo'qdir, basharti taqvoli bo'lsa. Allohdan qo'rqingiz va bilingizki, sizlar, albatta, Uning huzuriga (qiyomatda) to'planursizlar. 29[ Baqara surasi 203-oyat ]
Izoh: Sanoqli kunlar - tashriq kunlari. Ular hanafiy mazhabi bo'yicha Zul-hijja oyining 10,11,12 kunlari, shofe'iy mazhabida esa 11,12,13 kunlaridir.
فَإِنْ طَلَّقَهَا فَلَا تَحِلُّ لَهُ مِنْ بَعْدُ حَتَّى تَنْكِحَ زَوْجًا غَيْرَهُ فَإِنْ طَلَّقَهَا فَلَا جُنَاحَ عَلَيْهِمَا أَنْ يَتَرَاجَعَا إِنْ ظَنَّا أَنْ يُقِيمَا حُدُودَ اللَّهِ وَتِلْكَ حُدُودُ اللَّهِ يُبَيِّنُهَا لِقَوْمٍ يَعْلَمُونَ (۲۳۰)
230. Agar uni (uchinchi marta) taloq qilsa, (u ayol) to boshqa er bilan niqohlanmaguncha (va undan ham taloq olmaguncha), unga halol bo'lmaydi. Bas, agar (keyingi er) uni taloq qilsa, (qaraladi,) agar Allohning buyruqlarini bajara olishga ishonsalar, (avvalgi er bilan) turmushga qaytishlarida gunoh yo'qdir. Bular Allohning (belgilab qo'ygan) hadlaridir. Ularni anglaguvchi qavm (odamlar) uchun bayon qilur. 30[Baqara surasi 230-oyat ]
Izoh: Bu yerda nikohdan murod hanafiy mazhabi bo'yicha nikohdan keyin jinsiy yaqinlik, shofiiy mazhabida esa nikohning o'zi kifoya.
Lafzlar bir-biriga bog’lanib kelganda mushtarak ma’noni ifodalovchi harflar orqali bog’lanishi sababli sodir bo’ladigon ixtilof . Masalan, Moida surasining 6-oyatida Alloh taoloning quyidagi so’zida kekgan “ b“ harfi kabi: Yani “….boshlaringizga mash tortinglar “ oyati. Molikiy va Hanbaliy mazhabi ulamolari bu oyatdagi “ b” ni zoida ( ya’ni , ortiqcha ma’no berilmaydigon ) deb atadilar va shu sabab boshning hammasiga mash tortish vojb emas dedillar.
Bunday Qur’on oyatlarini tafsir qilib, hukm chiqarb olishda mazhab ulamolarining ixtiloflari Payg’ambarimiz sollollohu alayhi va sallam hadisi shariflarida ta’kidlab o’tganlaridek: Mening ummatimni ( biron masalada ) ixtilof qilishliklari rahmatdur “ degan so’zlariga muvofiq keladi.
Tafsir kitoblarida bu mazhablardan boshqa ahli zohirlarni tafsirlari ham uchraydi. Bu toifa ham to’rt mazhab boshliqlarining davirlarida yuzaga kelgan edi. Bu haqida Ibni Xakdin “Muqaddima“ asarida to’rt mazhab xususida bayon qilgandan so’ng shunday deydi: “ Bulardan ( yani mazhab bishliqlaridan ) tashqari yana bir guruh bor ediki, ular “ zohiriylar “ bo’lib qiyosni inkor qilar va qiyos asosida shar’iy hukm olishni rad etar edilar. Bu mazhabning boshlig’i Dovud ibn Ali bo’lib, uning farzandlari va safdoshlari uni quvvatlar edi.”
Ko’rinb turibdiki, ahli zohirlar qiyosni inkor qilishadi va qiyos asosida shar’iy hukm olishni rad etib tafsir qilishda faqat oyatning zohirini olib hukm chiqaradilar.Bunga misol tarzida Baqara surasining 184-oyatida: “ Endi sizlardan biror kishi xasta yoki musofir bo’lsa, u holda ( ro’za tutolmagan kunlarining ) sanog’ini boshqa kunlarda tutadi “ degan ruxsat kelgan. Ahl zohirlar ushbu oyatni umumiy deb lafzi mutloq kelgan bo’lib, qattiq xastalikni ham uzoq safarni bo’lishligini cheklamaydi deyishadi. Jumladan ular aytadilarki : “ Hayotlik va safar qanday bo’lishidan qatiy nazar kishi zo’za tutmasa bo’ladi. Agarchi safar qisqa va xastalik yengil bo’lsada tutilmaydi. Hatto barmoq yoki tish og’rig’i bo’lsa ham.”
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِذَا قُمْتُمْ إِلَى الصَّلَاةِ فَاغْسِلُوا وُجُوهَكُمْ وَأَيْدِيَكُمْ إِلَى الْمَرَافِقِ وَامْسَحُوا بِرُءُوسِكُمْ وَأَرْجُلَكُمْ إِلَى الْكَعْبَيْنِ وَإِنْ كُنْتُمْ جُنُبًا فَاطَّهَّرُوا وَإِنْ كُنْتُمْ مَرْضَى أَوْ عَلَى سَفَرٍ أَوْ جَاءَ أَحَدٌ مِنْكُمْ مِنَ الْغَائِطِ أَوْ لَامَسْتُمُ النِّسَاءَ فَلَمْ تَجِدُوا مَاءً فَتَيَمَّمُوا صَعِيدًا طَيِّبًا فَامْسَحُوا بِوُجُوهِكُمْ وَأَيْدِيكُمْ مِنْهُ مَا يُرِيدُ اللَّهُ لِيَجْعَلَ عَلَيْكُمْ مِنْ حَرَجٍ وَلَكِنْ يُرِيدُ لِيُطَهِّرَكُمْ وَلِيُتِمَّ نِعْمَتَهُ عَلَيْكُمْ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ (۶)
6. Ey, imon keltirganlar! Namoz (o'qish)ga turar ekansiz, albatta, yuzlaringizni, qo'llaringizni tirsaklarigacha yuvingizlar, boshlaringizga mas’h tortingizlar va oyoqlaringizni to'piqlarigacha (yuvingizlar)! Agar junub bo'lsangiz, obdon poklaningizlar (cho'milingizlar)! Agar bemor yoki safarda bo'lsangiz, yoki sizlardan biror kishi hojatxonadan (chiqib) kelsa, yoxud xotinlaringiz bilan surkalishgan (qovushgan) bo'lsangizu, (lekin) suv topmasangiz, pok tuproqqa tayammum qilib, undan yuzlaringiz va qo'llaringizga surting! Alloh sizlarga biror qiyinchilik (paydo) qilishni ravo ko'rmaydi, aksincha, sizlarni poklash va ne'mat(lar)ini sizlarga mukammal berishni xohlaydi, zora shukr qilsangizlar*.31[ Moida surasi 6-oyat ]
Izoh: Tahorat farzlaridan sanalmish qo'l va oyoqlarni yuvishda ularning qaysi joyigacha suv yetishi shart degan nizoli masala bor. Oyatda "qo'llaringizni tirsaklarigacha, oyoqlaringizni to'piqlarigacha" deyilgan. Abu Hanifa (r.a) shu "gacha" qo'shimchasini "bilan" deb tafsir qilganlar va tirsak va to'piqlar ham qo'shib yuvilishini farz deb hisoblaydilar. Imom Molik, Zufar, Sha'biy, Ibn Jarir at-Tabariy kabi olimlar esa tirsak va to'piqlar yuvilishi farz doirasiga kirmaydi, deganlar. Har ikki tomon ham o'z dalillariga egadirlar. Tahoratda niyat hukmiga kelsak, Abu Hanifa (r.a.): "niyat tahoratda farz emas", - deganlar. Imom Shofe'iy (r.a.) esa: "u farz"- deydilar. Boshga mash tortish farzida ham mujtahid ulamolar o'rtasida ixtilof mavjud. Hanafiy mazhabida boshning to'rtdan biriga mash tortish farzdir. Molikiy mazhabida boshning hammasiga mash tortish farzdir. Shofeiy mazhabida boshning ozgina qismiga, hatto sochning uch tolasi uzra mash tortsa ham farzni ado etgan hisoblanadi. Ularning barchalari ham mo''tabar va maqbul dalillar bilan o'z hukmlarini isbotlaganlar. Bu oyatda tayammum qilish to'g'risida ham so'z yuritilgan. Tayammum - bu suv bo'lmaganda, toza tuproq yoki changga yoxud toza matohga ikki qo'l kaftlari bilan bir zarb urib, yuzga surtish va yana bir zarb urib, ikki qo'lning tirsaklari bilan qo'shib silab chiqishdir.
وَإِذْ قُلْنَا لَكَ إِنَّ رَبَّكَ أَحَاطَ بِالنَّاسِ وَمَا جَعَلْنَا الرُّؤْيَا الَّتِي أَرَيْنَاكَ إِلَّا فِتْنَةً لِلنَّاسِ وَالشَّجَرَةَ الْمَلْعُونَةَ فِي الْقُرْآنِ وَنُخَوِّفُهُمْ فَمَا يَزِيدُهُمْ إِلَّا طُغْيَانًا كَبِيرًا (۶۰)
60. Eslang, (ey, Muhammad,) Sizga Rabbingiz (barcha) odamlarni (o'rab) ihota qilib olgandir, degan edik. Biz Sizga ko'rsatgan tushni va Qur'onda la'natlangan (Zaqqum nomli) daraxtni odamlar uchun faqat sinov qildik. Biz (mushriklarni shu kabi xabarlar bilan) qo'rqiturmiz, ammo bu ularning tug'yonlarini yanada kuchaytiradi, xolos. 32[ Isro surasi 60-oyat ]
Izoh: Bu oyatdagi Tush tafsiri turlicha bayon etilgan. Hanafiy mufassirlar Badr jangidan oldin ko'rgan tushlari deb izohlab, unda musulmonlar g'alabasi haqida bashorat berilgan edi, deydilar. Boshqa mazhablarga doir mufassirlar esa, bu tushdan maqsad me'roj voqealari, deb talqin etadilar. Shu ikki xil tafsirga binoan me'rojning uyg'oq holda yoki tushda kechganligi haqida ikki xil aqida paydo bo'lgan. Tushni me'roj deyilsa, Payg'ambarimiz (a. s.) jismonan emas, ruhan me'rojga chiqqan bo'ladilar. Tushni Badr jangidagi g'alaba deb olinsa, Rasululloh jismonan isro va me'rojda bo'lganlar, degan aqida kelib chiqadi. Biz - hanafiylar shu oxirgi, ya'ni, jismonan chiqqanliklarini tasdiqlaymiz. Makka mushriklariga Badr g'alabasi hamda Zaqqum daraxti to'g'risida gapirganlarida, ular Rasulullohni masxara qilganlar. Badr g'alabasiga ham ishonmaganlar, do'zax olovi ichida daraxt o'sishini ham inkor etganlar.



Download 191,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish