O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Gumanitar fanlar kafedrasi:
O’zbekiston tarixi fanidan
Mustaqil ishi
Bajardi:Utamurodova Gulbonu.
Mavzu: Nima uchun O’zbekiston tarixini bilish shart .
Reja:
1. I.Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q” asarida vatanimiz tarixini yoritish va o'rganish asoslarining ishlab chiqilishi.
2. O'zbekiston tarixi predmeti va uni o'rganishning ahamiyati. O'zbekiston tarixini o'rganishning nazariy-metodologik asoslari va uni o'rganish tamoyillari.
3. O'zbekistonda ibtidoiy jamiyat va uning davrlari. (Paleolit, mezolit, neolit, eneolit va bronza davrlari manzilgohlari).
4. Urug’chilik jamoasining shakllanishi.
5. Zardushtiylikning vujudga kelishi. «Аvesto» - vatanimiz tarixini o'rganishda muhim manba.
1. I.Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q” asarida vatanimiz tarixini yoritish va o'rganish asoslarining ishlab chiqilishi.
O’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi» - degandi I. Karimov.
O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining eng ulug’ nematlari Vatan tarixini xech qanday buyoklarsiz, amalda xayotda qanday bo’lgan bo’lsa, shunday holisona o’rganish imkoniyatiga ega bo’ldik. Sovet hokimiyati yillarida O’zbekiston maktablari O’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarida Vatan tarixini o’qitish masalasiga umuman e’tibor berilmadi.
Ajablanarlisi shundaki, sho’rolar hokimiyati yillarida mamlakatimizning haqiqiy, tom ma’nodagi Vatan tarixi holisona yaratilmadi. Maktablar va o’quv yurtlarida o’qitilgan darslik adabiyotlarda esa tariximiz soxtalashtirildi. Bu tarixiy kitoblarning ko’pchiligida o’zbek xalqining milliy manfaatlari oyoq osti qilindi, ulug’ rus millatchiligi, «Katta va ulug’ og’a» manfaatlari yetakchi mavqega ega bo’lib, hamma voqea va hodisalarlar unga bo’ysundirildi. Natijada o’zbek xalqining ma’naviy hayotiga putur yetdi, xalqning siyosiy ongi o’tmaslashdi, ijtimoiy-siyosiy voqealarga befarqlik, loqaydlik hissi ko’chaydi.
Rusiya mustamlakachilari qariyb 135 yillik hukmronliklari davomida o’lkamiz xalqlari o’rtasida ruslashtirish siyosatini olib bordilar, xalqimizni tarixidan, o’z ona tilidan, dinidan judo qilish yo’lini tutdilar, shaklan milliy, mazmunan sotsialistik madaniyat bayrog’i ostida milliy urf-odatlarimiz, ahloq-odob va madaniyatimizga xuruj qildilar. O’zbekistonni Markazning xom – ashyo yetkazib beruvchi bazasiga aylantirdilar, kommunistik partiya bunday siyosatni SSSR hududida yashovchi barcha jumhuriyatda va sotsialistik hamdo’stlik mamlakatlarida yurgizgan.
Kommunistik partiyaning yurgizgan ulug’ davlatchilik mafkuraviy siyosati xalqimiz va millatimiz taqdiri uchun ayanchli oqibat va natijalarga olib keldi. Vatan tarixini bilmaslik, o’zbek xalqining milliy qadriyatlari va urf-odatlaridan uzoqlashish oqibatida jamiyatda shunday avlod vakillari shakllandiki, ularning aksariyatida milliy ong va milliy g’urur tushunchalari so’nib ketdi. Ularning ongida O’zbekiston taqdiriga, o’zbek millati taqdiriga, madaniyatimiz, tariximiz va tilimiz, dinimiz taqdiriga loqayd va befarqlik munosabatlari g’oyasi ustivor mavqeni eg’alladi. Millat istikboli uchun vaziyat shu darajada haloqatli nuqtaga yetdiki, O’zbekiston Respublikasi o’zining davlat mustaqilligiga erishgandan keyin ham, o’z taqdirimizni o’zimiz hal qilish imkoniyatiga ega bo’lganimizdan so’ng ham Vatan tarixini o’qitishga qarshi yo’l tutuvchilar ham bo’ldilar. Ular o’z «g’oyalari»ni asoslashga intilib, «O’zbekiston tarixini jahon xalqlari tarixi bilan birga qo’shib o’qitish kerak», «O’zbekistan tarixi-bu maktab fani», «Oliy o’quv yurtlarida O’zbekiston tarixining o’rniga O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy tarixini o’qitish lozim, jahon xalqlari tarixini o’qitishga o’tish darkor», Oliy o’quv yurtlarida umuman “O’zbekiston tarixini o’qitishga extiyoj yo’q» kabi fikrlarni o’rtaga tashladilar. Albatta bu milliy g’oyasizlik, milliy g’aflat va milliy vijdon inqirozining tub o’zagida o’z ona tarixidan bexabarlik yotadi. Bu esa qullik, tobelik va mustamlaka muteligining asosiy ayanchli kurinishidir. Darhaqiqat, qullik, tobelik va mustamlaka muteligi asorati g’oyalaridan ozod bo’lish uchun milliy ongni, tafakkurni, milliy vijdonni shakllantirmok kerak ekan, milliy ongni, milliy tafakkur va milliy vijdonni qaror toptirmok uchun nima qilmoq kerak. Buning uchun ona xalqimizning haqiqiy, tom ma’nodagi tarixini o’rganish va o’rgatish lozim. Xristian ilohiyotchisi A.Avgustian «g’aflatda yotgan xalqni uyg’otish uchun avvalo uning tarixini uygot» deganda haq edi. CHunki tarix xalq xotirasi, vatanimizning o’tmishi, avlodlar sevib, e’zozlab, o’rganib saboq oladigan hayot maktabidir. XII asr allomasi SHaxobiddin Muhammad an-Nasaviy ona tarixning inson hayotidagi o’rniga yuksak baho berib bunday degan edi:
Do'stlaringiz bilan baham: |