Ijtimoiy soha tuzilmasi



Download 57.53 Kb.
Sana22.04.2020
Hajmi57.53 Kb.

Ijtimoiy soha tuzilmasi

Bajardi: Samiyeva Feruza

Ijtimoiy soha nima?

  • Ijtimoiy soha nima?
  • Buning uchun oldin “ijtimoiy” so‘zi istilohini oydinlashtirib olsak. U, asli,  arabcha “jam’” dan yasalgan bo‘lib, ko‘pchilik,  to‘planish degan ma’nolarda ishlatiladi.
  • “Jamoa”, “jamoat”, “jamiyat” so‘zlari ham bevosita shu “jam’” o‘zagidan kelib chiqadi. Tilshunoslik nuqtai nazaridan “jamiyat” so‘zi – ot so‘z turkumiga kiradi. Sifat yasash uchun unga odatdagi “-iy” sifat yasovchi qo‘shimchasini qo‘sholmaymiz, ya’ni tilimizda “jamiyatiy” degan so‘z shakli yo‘q. Shu sabab  “jamiyat” kalimasining arab tilidagi sifat shakli – “ijtimoiy” so‘zini ishlatamiz. Bu aynan “jamiyatga, ya’ni ko‘pchilikka tegishli” degan ma’noni ang­latadi.
  • Biroq “ijtimoiy soha” yoki  “ijtimoiy himoya” so‘z birikmalari  siyosiy, ya’ni davlatshunoslikka oid atamalar hisoblanadi. Ma’no jihatidan “ijtimoiy soha” ko‘pchilikning manfaatlariga tegishli sohani anglatadi. “Ijtimoiy himoya” esa “ko‘pchilikni himoya qilish” degan tushunchani bildirgani bilan, u amalda aholining, asosan, muhtoj va nochor toifalarini moddiy va ma’naviy himoya qilishni nazarda tutadi.

Shuning uchun ham O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgandan keyin kuchli ijtimoiy siyosat yurgizdi. Ijtimoiy soha hozirgi paytda ham davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

  • Shuning uchun ham O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgandan keyin kuchli ijtimoiy siyosat yurgizdi. Ijtimoiy soha hozirgi paytda ham davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
  • Bir ijtimoiy-siyosiy tuzumdan boshqasiga, ayniqsa, unga mohiyatan tamoman zid bo‘lgan bosh­qa tuzumga o‘tish hamisha murakkab kechadi. Bu aholining muayyan qismi hayotida keskin tarzda aks etadi. Bir tuzumdan ikkinchi tuzumga o‘tayotganda, xususan, eski ishlab chiqarish tizimi, mavjud iqtisodiy integratsiya o‘z-o‘zidan va tabiiy ravishda izdan chiqadi, ularning barini yangidan shakllantirishga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, mulkka egalik qilishning shakli o‘zgaradi, davlat korxonalari, hatto, ekin yerlari egalari o‘zgaradi, ishchi kuchi  ham bevosita  bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari asosida  qayta taqsimlanadi. Kimdir oldingi ishidan ajralishi, uni o‘zgartirishga majbur bo‘lishi ham zamonning zayli hisoblanadi. Demak, ijtimoiy himoyaga muhtojlar safi o‘zgarib, ya’ni kamayib-ko‘payib turishi ham – tabiiy jarayon.

1997 yildan boshlab yillarni muayyan yo‘nalish bo‘yicha nomlash an’anasi yo‘lga qo‘yildi. O‘sha yili “Inson manfaatlari yili” bo‘lgan. “Inson manfaatlari” deganda esa, avvalo, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish ma’nosi ko‘zda tutilgan. E’tibor qilinsa, shundan buyon har bir yilning yo‘nalishida u yoki bu tarzda aynan  ijtimoiy masala o‘rtaga qo‘yiladi. Esingizda bor, 2007 yil esa  “Ijtimoiy himoya yili” bo‘ldi.

  • 1997 yildan boshlab yillarni muayyan yo‘nalish bo‘yicha nomlash an’anasi yo‘lga qo‘yildi. O‘sha yili “Inson manfaatlari yili” bo‘lgan. “Inson manfaatlari” deganda esa, avvalo, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish ma’nosi ko‘zda tutilgan. E’tibor qilinsa, shundan buyon har bir yilning yo‘nalishida u yoki bu tarzda aynan  ijtimoiy masala o‘rtaga qo‘yiladi. Esingizda bor, 2007 yil esa  “Ijtimoiy himoya yili” bo‘ldi.
  • Chindan ham, istiqlol yillarida ijtimoiy muhofaza muayyan tizimga aylandi. Muhtoj qatlam va guruhlarga moddiy yordam ko‘rsatishning o‘ziga xos, ya’ni milliy mexanizmi ishlab chiqildi. 2017 yilning aynan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb nomlanishi amalda ana o‘sha siyosatning izchil davomi ekanidan dalolat beradi.
  • Bugunga kelib mamlakatimiz taraqqiyoti muhim bosqichga kirdi. Ijtimoiy siyosat borasida istiqlol yillaridagi katta tajribalarga suyangan, mavjud an’analarni izchil davom ettirgan holda yangi-yangi qadamlar tashlanyapti.

Ijtimoiy sohaga e’tiborning ko‘lamini tasavvur qilish uchun, loaqal, shu yilning o‘zida bu borada qabul qilingan qonunosti hujjatlarining muhimlarini sanash kerak. 

  • Ijtimoiy sohaga e’tiborning ko‘lamini tasavvur qilish uchun, loaqal, shu yilning o‘zida bu borada qabul qilingan qonunosti hujjatlarining muhimlarini sanash kerak. 
  • Ko‘rib o‘tilganidek, Harakatlar strategiyasida ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun aynan nimalarni amalga oshirish aniq-tiniq qilib belgilab berilgan.
  • Arzon uy-joylar barpo etish mamlakatimizda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlarning insonparvarligini ko‘rsatib turibdi. Uy-joylar arzon narxlarda qurilsa, uni sotib oluvchilar soni ko‘payadi. Eng muhimi, bu birinchi galda aholining uy-joyga o‘ta muhtoj qatlamining manfaatlari chuqur o‘ylangan holda yo‘lga qo‘yildi.
  • Hozirgi paytda mamlakatimiz  barcha mintaqalarida ikki sotixli namunali qishloq uylarini, shuningdek, ikki-uch xonali ko‘p qavatli uylarni qurish jadal davom ettirilyapti. Bu borada, ayniqsa,  imtiyozli kreditlar joriy etilganidan  aholi ­– bag‘oyat minnatdor.

Download 57.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
toshkent axborot
nomidagi samarqand
guruh talabasi
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
pedagogika universiteti
matematika fakulteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
bilan ishlash
махсус таълим
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
fanining predmeti
Buxoro davlat
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
tabiiy fanlar