ISHLAB CHIQARISH - Iqtisodiy geografik
- o`rin
- Ilmiy-texnika
- taraqqiyoti
- Ishlab chiqarishni joylashtirishga ta'sir etuvchi asosiy omillar
- Hududiy mehnat taqsimoti
- Hududiy mehnat taqsimoti yoki ishlab chiqarishni hudud bo`ylab joylashtirish o`z mohiyatiga ko`ra iqtisodiy geografik jarayon hisoblanadi, chunki iqtisod hudud doirasida taqsimlanadi. Buning natijasida ishlab chiqarish kuchlarining hududiy tarkibi yoki tizimi (sistemasi), iqtisodiy rayonlar to`ri vujudga keladi. Ularning o`zaro hududiy munosabati va joylanish holati, xo`jalikning hududiy tarkibi iqtisodiy geografik vaziyatni ifodalaydi.
- Hududiy mehnat taqsimoti ijtimoiy mehnat taqsimotining bir tomonidir. Ammo u ijtimoiy mehnat taqsimotidan biroz keyinroq vujudga kelgan. Sababi, avvallari kishilar tabiatda mavjud imkoniyatlardan foydalanganlar, o`zlarining u yoki bu joyda ma'lum mahsulotni yetishtirishlari esa tarixan kechroq paydo bo`lgan.
- Agar kengroq qilib ta'riflamoqchi bo`lsak, HMT- bu ishlab chiqarish tarmoqlarini hududning tabiiy sharoiti va boyliklari, aholi va mehnat resurslari kabi omillariga qarab joylashtirishdir. Bundan kelib chiqadiki, HMT-ga turli omillar ta'sir ko`rsatadi. Ular:
- " Tabiiy sharoit va qazilma boyliklar;
- " Aholi va mehnat resurslari;
- " Transport;
- " Ijtimoiy infrastruktura;
- " Ekologik vaziyat;
- " Iqtisodiy geografik o`rin;
- " Bozor munosabatlari.
- Iqtisodiy rayon, iqtisodiygeografik rayon — tabiiy va iqtisodiy sharoitlari bir xil va xalq xoʻjaligi tarixan tarkib topgan, ixtisoslashgan ishlab chiqarishga ega boʻlgan hudud; mamlakatning hududiy-ishlab chiqarish maj-muidan iborat bir qismi. Har bir Iqtisodiy rayon oʻzining yetakchi, asosiy xoʻjalik tarmoqlariga ega boʻlib, bu tarmoqlar Iqtisodiy rayonning iqtisodiy qiyofasini belgilaydi, ayni paytda, har bir Iqtisodiy rayonda shu rayonning yetakchi xoʻjalik tarmogʻiga xizmat qiladigan, uni toʻldiradigan yordamchi tarmoqlar ham boʻladi. Iqtisodiy rayondagi asosiy omil hududiy ijtimoiy mehnat taqsimotidir. Shu taqsimot tufayli ayrim rayonlar ishlab chiqarishning maʼlum tarmoklari boʻyicha ixtisoslashadi, rayon doirasida va rayonlararo iqtisodiy aloqalar amalga oshadi. Ilmiy jihatdan toʻgʻri tashkil etilgan Iqtisodiy rayonlar xalq xoʻjaligi soqalarini rivojlantirish va uni toʻgʻri boshqarishga yordam beradi, milliy xoʻjalik tizimining hududiy tuzilmasini qulaylashtirishga, davlatning mintaqaviy siyosati vazifalarini hal etishga xizmat qiladi.
- Иқтисодий район, баъзан уни иқтисодий географик район деб ҳам аташади ( бизнингча, бу тўғри эмас, чунки ҳар қандай район жойни, ҳудудни, демак, географияни англатади), асосан қуйидаги район ҳосил қилувчи омиллар таъсирида шаклланади:
Do'stlaringiz bilan baham: |