Reja: "Fuqarolik jamiyati" tushunchasi, uning asosiy elementlari va konstitusiyaviy asoslari


Jamoat birlashmalarini ro`yxatdan o`tkazish tartibi



Download 66,19 Kb.
bet3/8
Sana14.02.2022
Hajmi66,19 Kb.
#448664
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KH 10-mavzu

Jamoat birlashmalarini ro`yxatdan o`tkazish tartibi
Jamoat birlashmasi birlashma sifatida tan olinishi uchun albatta O`zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan ro`yxatga olinishi shart.
O`zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalarini ro`yxatdan o`tkazish tartibi 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan "O`zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to`g`risida"gi qonunida belgilangan.
Jamoat birlashmasi kamida o`n nafar fuqaroning tashabbusi bilan tuziladi.
Jamoat birlashmasini tuzish tashabbuskorlari ta'sis syezdini (konferensiyasini) yoki umumiy yig`ilishini chakiradilar, unda ustav (nizom, o`zga asosiy xujjat) qabul qilinadi va rahbar idoralar tuziladi.
O`zbekiston Respublikasida amal qiluvchi xalqaro, jamoat tashkilotlarining respublika, viloyatlararo birlashmalarining ustavlari O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro`yxatga olinadi. Qoraqalpog`iston Respublikasida jamoat birlashmasining ustavini ro`yxatga olish tartibi Qoraqalpog`iston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi.
Viloyat, noxiya, shaxar, poselka, qishloq xududida yoki ikki va undan ortiq noxiya, shaxar, poselka, qishloq xududida faoliyatini amalga oshiradigan jamoat birlashmalarining ustavlari viloyatlar, Toshkent shaxar xokimliklarining adliya boshqarmalari tomonidan ro`yxatga olinadi.
Jamoat birlamasi ustavini ro`yxatga olish uchun ustav qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida mazkur jamoat birlashmasi raxbar idorasi a'zolari tomonidan imzolangan va shu a'zolar xar biring familiyasi, ismi, otasining ismi, to`g`ilgan yili, istiqomat joyi ko`rsatilgan ariza topshiriladi. Arizaga ustav, ustavni qabul qilgan ta'sis syezdi (konferensiyasi) yoki umumiy yig`ilish protokoli, ushbu Qonuning 6 va 8-moddalari talablari bajarilganligini tasdiqlovchi boshqa materiallar ilova qilinadi.
Ustavni ro`yxatga olish xaqidagi ariza u topshirilgan kundan boshlab ikki oy muddatda ko`rib chiqiladi.
Jamoat birlashmalari ustavlariga kiritilgan o`zgarishlar, qo`shimchalar xam ustavlarni ro`yxatga olish tartibi va muddatlariga muvofiq ro`yxatga olinishi lozim.
Jamoat birlashmalari ustavlarini ro`yxatga oluvchi idoralar ana shu birlashmalar ro`yxatini tuzib boradilar.
Jamoat birlashmasining ustavida qo`yidagilar ko`zda tutilishi kerak:
1) jamoat birlashmasining nomi, maqsadi va vazifasi;
2) jamoat birlashmasining ichki tuzilishi, uning o`z faoliyatini amalga oshiradigan xudud;
3) jamoat birlashmasi a'zoligiga qabul qilish shartlari va tartibi, agar birlashma ro`yxatda qayd etiladigan a'zolarga ega bo`lsa, bunday xollarda undan chiqish shartlari va tartibi;
4) jamoat birlashmasi a'zolari (qatnashchilari)ning xuquqlari va burchlari;
5) jamoat birlashmasi xamda uning tashkilotlari raxbar idoralariningg vakolatlari va ularni tuzish tartibi, ularning vakolat muddati;
6) jamoat birlashmasi xamda uning tashkilotlarining mablag`lari va boshqa mol-mulkini xosil qilishning pul bilan taminlanish manbalari;
7) jamoat birlashmasining raxbar idorasi qayerda joylashganligi;
8) jamoat birlashmasi ustaviga o`zgartishlar, qo`shimchalar kiritish tartibi;
9) jamoat birlashmasi faoliyatini to`xtatish tartibi. Ustavda jamoat birlashmasi faoliyatiga taalluqli boshqa qoidalar xam ko`zda tutilishi mumkin. Jamoat birlashmasining ustavi amaldagi qonunlarga zid bo`lmasligi kerak.
Agar jamoat birlashmasining ustavi ushbu Qonunning 3, 4 yoki 10-moddalari qoidalariga zid bo`lsa, yoxud ilgari xuddi shu nomdagi jamoat birlashmasi ro`yxatga olingan bo`lsa, jamoat birlashmasi ustavini ro`yxatga olishni rad etish mumkin.
Ustavni ro`yxatga olish rad etilgan taqdirda bu xaqda taqdim etilgan ustav qaysi qonunning qoidalariga zid ekanligi ko`rsatilib, ariza beruvchiga yozma ravishda xabar qilinadi.
Jamoat birlashmasining ustavini ro`yxatdan o`tkazining rad etilishi ustidan sudga shikoyat qilish mumkin va bu ish O`zbkiston Respublikasi grajdanlik protsessual qonunida ko`zda tutilgan tartibda karab chiqiladi.
Xalqaro, respublika va viloyatlararo jamoat birlashmalarining ustavini ro`yxatdan o`tkazishning rad etilishi ustaidan - O`zbekiston Respublikasi Oliy sudiga, maxalliy jamoat birlashmalari ustavini ro`yxatdan o`tkazishning rad etilishi ustidan esa - tegishli viloyat, Toshkent shaxar sudiga shikoyat qilish mumkin.
O`zbekiston hududida faoliyat ko`rsatuvchi xalqaro, davlatlararo jamoat tashkilotlarining bo`g`inlarini shuningdek, respublika, viloyatlararo jamoat birlashmalari Nizomlari Adliya Vazirligi tomonidan ro`yxatga olinadi.
Qoraqalpog`iston Respublikasining jamoat birlashmalari Nizomlarini ro`yxatga olish tartibi Qoraqalpog`iston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi.
Viloyat, tuman, shahar, posyolka, qishloq, mahalla hududlarida harakat qiluvchi jamoat birlashmalari Nizomlari viloyat va Toshkent shahar hokimliklarining Adliya boshqarmalari tomonidan ro`yxatga olinadi.



Download 66,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish