Reja: Fanning rivojlanish tarixi va hozirgi holati


Psixologiya fanining prinsiplari



Download 0,53 Mb.
bet2/4
Sana30.12.2021
Hajmi0,53 Mb.
#94893
1   2   3   4
Bog'liq
F 1806 Quronboyev Oybek psixologiya 1-seminar

3.Psixologiya fanining prinsiplari. Psixologiya fani psixik hodisalarni ilmiy jihatdan o‘rganishda quyidagi tamoyillarga suyanadi. Determinizm tamoyili bu tamoyilga binoan psixika yashash sharoiti bilan belgilanadi. Yashash sharoitining o‘zgarishi bilan psixika ham o‘zgaradi. Inson tug‘ilgandan keyin qanday sharoitda yashasa, unga yashash muhiti qanday ta’sir qilsa, qanday ta’lim-tarbiya olsa u shu sharoit, muhitda shakllanadi, uning ongi ham shu muhit ta’sirida rivojlanadi. Chunki, inson ongining paydo bo‘lishi, shakllari va taraqqiyoti hayot uchun zarur bo‘lgan moddiy narsalar ishlab chiqarish usullari taraqqiyotining qonunlari bilan belgilanadi. Shuningdek, ijtimoiy tarixiy xarakterga ega ekanligini tushunish inson ongining ijtimoiy turmushga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Insonning yashagan muhiti uning ongini qanday rivojlanishiga ta’sir qiladi. U shu muhitda shakllanadi.

Ong va faoliyatning birligi tamoyili bu tamoyilga binoan ong va faoliyat bir-biriga qarama-qarshi ham emas, aynan bir narsa ham emas, ular bir butunlikni tashkil qiladi. Inson faoliyat ko‘rsatar ekan uning mazmunini, motivlarini, qanday bajarish kerakligini ongida rejalashtiradi va ular yordamida tevarak-atrofni qurshab olgan muhit bilan munosabatga kirishadi. Ong va faoliyatning birligi tamoyili psixologlarning faoliyatni o‘rganish orqali xatti-harakatlardan ko‘zlangan maqsadga muvaffaqiyatli erishishini ta’minlovchi ichki psixologik mexanizmlarni, ya’ni psixikaning obyektiv qonuniyatlarini ochishlariga imkon beradi.

Psixika va ongning faoliyatda taraqqiy etishi tamoyili bu tamoyilga binoan psixika va ong faoliyatda rivojlanadi va u faoliyat natijasidir. Insonning psixik taraqqiyoti o‘yin, o‘qish va mehnat faoliyati bilan bog‘liqdir. Bu faoliyatlarsiz psixik taraqqiyotni tasavvur qilish mumkin emas. Masalan: bola o‘yin orqali o‘zaro munosabatlarga kirishadi, nutqni egallaydi, narsa va hodisalarni idrok qiladi, xotirasida saqlaydi, tasavvur qiladi, fikr yuritadi, xayol qiladi. O‘yinda xarakter shakllanadi. O‘zo‘zini anglaydi. Faoliyat jarayonida ota-bobolarining ijtimoiy tajribalarini o‘rganadi. Bu esa taraqqiyotning faqat insongagina xos bo‘lgan maxsus shakli sifatida yuz beradi. Bola ta’lim jarayonida psixik taraqqiyotning yakka shakllarini mustaqil, faol fikr yuritish, mavhum fikrlash kabilarni egallaydi. Bu esa uning ongini yana ham rivojlanishiga olib keladi. Demak, ong faoliyatda namoyon bo‘lib, faoliyatda tarkib topadi. Psixika va ong taraqqiyot mahsuli va faoliyat natijasi ekanligini hamma otaonalar, tarbiyachi va o‘qituvchilar bilishlari lozim. Psixikaning faoliyatda rivojlanishi tamoyili uni klassifikatsiya qilish imkonini beradi. Shu nuqtayi nazardan psixologiya sohalarining mazmuni va vazifasiga qarab uni klassifikatsiya qilish va tuzilishini aniqlash mumkin.


Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish