Reja: Estetik tarbiyaning maqsadi va mazmuni


Estetik tarbiya omillari va vositalari



Download 20,74 Kb.
bet3/3
Sana01.01.2022
Hajmi20,74 Kb.
#284816
1   2   3
Bog'liq
Estetik tarbiya

Estetik tarbiya omillari va vositalari
Estetik tarbiya omillari va vositalari O`zbekistonning mustaqil davlat sifatida qaror topishi jarayonida fuqarolar tafakkurini yangilash va tarbiyalash dolzarb vazifa bo`lib qoldi. Mazkur vazifa fuqarolarni ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-axloqiy jihatdan har tomonlama kamol toptirish uchun ta’lim-tarbiyaning barcha sohalarini, ularning omillari va vositalarini ishga solishni taqozo etadi.

Estetik tarbiya omillari deb, shaxsning estepshk kamolotiga ta’sir o`tkazadigan tashqi va ichki shart-ishroitlarga aytiladi. Estetik tarbiya vositalari deb shaxsning voqelikka estetik munosabatini rivojlanpshrishga xizmat qiladigan tarbiyaviy fooliyat shakllariga aytiladi. Estetik tarbiya omillari va vositalari o`rtasidagi chegara nisbiy va shartlidir. Muayyan sharoitlarda estetik tarbiya omillari estetik tarbiya vositalari vazifasini o`tashi va aksincha, bo`liish ham mumkin. Mehnat takomillashgan sari, ayniqsa, jismoniy mehnat turlari texnikalashib borgani sari, ularning ko`ngilli va ijodiy tabiati ortib boradi. Shu tariqa mehnat estetik tarbiyaning eng muhim omili bo`lib qoladi. Qoloq ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasi sharoitida har kanday mehnat turi shaxsga estetik ta’sir ko`rsata olmaydi. Ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan har bir shaxs o`z mehnatidan ko`prok moddiy va ma’naviy manfaatdor bo`lsagina mehnat estetik tarbiya omili bo`la oladi. Shaxs hayotiga mehnatning estetik ta’sirini kuchaytirishda ishlab chiqarish jarayonlariga ko`prok estetika texnikasi (dizayn) ni keng ravishda joriy qilish kerak bo`ladi. Bu esa o`z navbatida butun ishlab chiqarish muhitini nafosat qonunlariga mos tarzda qayta qurishni taqozo etadi. Mehnat sharoitlari va vositalariga estetik mazmun baxsh etish omili shaxsni estetik kamol toptirish bilan birga, shaxsning foydali-amaliy vazifalarni ham kengroq doirada bajarishga safarbar qiladi. Natijada estetik mazmun mehnat unumdorligini, samaradorligi va sifatini oshirishning muhim omiliga aylanadi. Estetik madaniyat O`zbekiston istiqloli uchun o`ta zarur bo`lgan zamonaviy texnika va texnologiyalar, muhandislik va sanoat menejmenti tafakkurini shakllantirishni taqozo etadi. Estetik tarbiyannng eng muhim omili sifatida mulkchilik, iste’mol kabi ijtimoiy munosabatlar siyosiy, axloqiy munosabatlar bilan mutanosib tarzda amal qilishi muqarrardir.

Estetik tarbiyaning eng muhim omili — bu tabiatdir. Tabiat bilan doimiy ravishda munosabatda bo`lmay turib, estetik jihatdan rivojlanish, estetik tarbiyani uyushtirish mumkin emas. Shaxs ongida tabiatning estetik qadriyatlari tuyg’usini shakllantirish inson estetik kamolatining o`ziga xos «poydevor» dir. Hozirga ekologik inqiroz va halokat xavfi ortib borayotgan sharoitda estetik tarbiyaning bu qirrasi tobora ko`proq ahamiyat kasb etoqda. Hozirgi kunda estetik tarbiya va ekologik tarbiya o`rtasida azaldan mavjud bo`lgan aloqadorlik yanada kuchaymoqda. Insonparvarlik ruhi, maqsadlarning umumiyligi ularni bir-biriga yaqinlashtiradi. Bu yaqinlik, o`zaro bog’liklik estetik tarbiya ekologik tarbiyaning eng muhim vositalaridan biri sifatida namoyon bo`lishiga, ekologik tarbiya esa o`z navbatida estetik tarbiya jarayonlarining samarali amal qilishga zarur shart-sharoitlar yaratib berishida ko`rinadi.

Estetik tarbiya omillari qatorida maishiy turmush narsalari, turarjoy jihozlari, xonalar va binolar joylashuvi, ularniig ranglari, bo`yoqlari va boshqa narsalar muhiti alohida o`rin tutadi. Shahar qurilishining, me’morchilik majmualarining, turar joy dahalariningjismoniy tarbiya inshoatlarining, dam olish va istirohat bog’larining bir-biriga monandligi, xamoxdngligi, go`zallngi, mosligi, yuksak did-farosat namunasi ekanligi va nihoyat, foydali-amaliy tomonlarining mavjudligi ham estetik tarbiyada muhim omil bo`lib xizmat qiladi. Narsalar muhitining barcha bo`lak va qismlari inson shaxsini qurshab olgan holda uning kayfiyatiga, ruhiy holatiga ta’sir o`tkazib turadi va uning his-tuyg’u muhitini yaratadi. Estetik tarbiya vositalari orasida sanat muhim o`rin egallaydi. Sanat voqelikka estetik munosabatning eng muhim shaklidir. Jamiyat estetik madaniyatining darajasi ko`p jihatdan san’at rivojining darajasi, uning ijtimoiy hayotda qanchalik ko`p ahamiyat kasb etishiga bog’liq. Sanat estetik tarbiya vositasi sifatida har bir shaxsga mo`ljallanganligi bilan dunyoga keng va ochiq ko`z bilan qarash tuyg’usini shakllantirish, nafosatni bevosita mushohada etishi, yuksak orzu-umidlar yo`lida ijodkorlik qobiliyatini vujudga keltirish bilan izohlanadi. Agar fan insonning kasb-korlik faoliyatini rivojlantirishga xizmat qilsa, sanat uning har tomonlama tabiiy qobiliyatini rivojlantiradi, dunyoni yaxlit in’ikos etishga o`rgatadi. San’at ham kasb egallashga ko`maklashsada u tor kasbkorlikda o`ralashib qolishdan xalos etadi. Ijtimoiy ongning boshqa shakllariga qaraganda san’at inson shaxsining har tomonlama, hamohang ravnaq topishiga ko`proq va samaraliroq ta’sir etadi. Estetik tarbiyaning eng muhim vositasi sifatida sanat nafakat badiiy qadriyatlarni idrok qilish, balki, ularni yaratishni ham o`z ichiga oladi. Badiiy qadriyatlarni yaratishga jamiyat a’zolarining, ayniqsa, yosh avlodning faol ishtirok etishi ularda estetik did-farosat va talab-ehtiyojlarning rivojlanishiga, ijodkorlik qobiliyatlarini rag’batlantirishga olib keladi.

Estetik tarbiya vositalari tizimida estetik bilimlar asoslari hisoblangan estetik nazariya ham katta ahamiyat kasb etadi. Estetik nazariya estetik tuyg’u, estetik did, estetik orzu kabi estetik ong qismlariga ta’sir o`tkazadi. Estetik tuyg’u-estetik did, estetik orzu estetik nazariyaning ta’siri ostida quvvat oladi. Shaxs estetik qarashlari uning e’tiqodiga aylanib boradi, bilim doirasini kengaytiradi. Sanatdan bahramand bo`lish, undan lazzatlanish uchun muayyan darajada badiiy bilimlarga ham ega bo`lish lozim. San’atga intilib yashash, badiiy ijod mahsullarini idrok etish, zavq olish qobiliyati ko`p jihatdan insonning badiiy saviyasiga bog’lik. Estetik tarbiyada badiiy-nazariy bilimlar va badiiy ta’lim (estetik nazariya) bilan bir qatorda san’atshunoslikning ahamiyati ham katta. Sanatshunoslik bilimlari sanat aniq turlarining xususiyatlari va maxsus qonuniyatlari mohiyatini ochib berishga, badiiy ijodning ayrim sohalari tarixi bilan tanishishga, sat’atning eng muhim yo`nalishlari va oqimlari to`g’risida tasavvur hosil qilishga yordam beradi. Estetik tarbiyaning muhim vositalarida yana biri adabiy-badiiy tanqid bo`lib, u g’oyat murakkab ijtimoiy maqomga ega. Adabiy-badiiy tanqid bir vaqtning o`zida fanga ham, san’atga ham xizmat qiladi. Adabiy-badiiy tanqidning oraliq — «chegaraviy» holati uni shaxs estetik kamolotining beqiyos vositasiga aylantiradi. U badiiy idrok madaniyatini shakllantirish, sanat asarlarini ishonchli tarzda baholash qobiliyatini rivojlantirishga, ularning his-tuyg’uli va nazariy tomonlarini qo`shib in’ikos etishga xizmat qiladi. Estetik tarbiya tizimi oila va maktab, ishlab chiqarish jamoalari, mafkura muassasalari, ommaviy axborot vositalari, madaniy muassasalar. ijtimoiy-siyosiy va ommaviy tashkilotlar kabi bo`g’inlarda yaxlit holda amal qilgandagina kutilgan natijalarga olib keladi. Estetik tarbiyada oila, maktab va o`kuv yurtlarning o`zaro hamkorligi ham yaxshi natijalar keltiradi. Estetik tarbiya ijtimoiy faol, har tomonlama va hamoxang rivojlangan shaxsni tarbiyalash maqsadiga yo`naltirilgan. O`zbekiston mustaqil davlati fuqarolariniig estetik ongini yanada shakllantirish estetik tarbiya oldidagi dolzarb vazifa bo`lib, jamiyat badiiy madaniyatini yanada yuksaltirishga, estetik talab-ehtiyojlar va qadriyatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Voqelikka estetik munosabatda bo`lishning mohiyati, mazmuni va asosiy yo`nalishlarn insonning go`zallik haqidagi zohiriy va botiniy tushunchalari voqelikni estetik idrok etishi jarayonlari tabiati va mohiyatini ochib berishga xizmat qiladi. Voqelikni estetik jihatdan inikos etish tabiatni anglashning ilmiy qoidasi mavjud: iison borliqni nafosat qonunlariga rioya qilgan holda anglaydi. Hayvonlar ham xuddi odamlarga o`xshash xatti-harakatda bo`ladilar; o`zlari mansub bo`lgan jonivor turining ehtiyojlari darajasida tabiiy mayl (instinkt) bilan tabiatga ta’sir ko`rsatadilar. Hayvonlar o`zlarining yashash jarayonlarida narsalar va ularning xossalari bilan emas, balki fakat o`zlarining anglamagan tabiiy ehtiyojlari amri bilan ish ko`radilar. Inson ongli mavjudot sifatida o`zini qurshab turgan voqelikka faol munosabatda bo`ladi, narsalarning xossalarini ham inobatga oladi. Inson hayvonlardan farqli o`larok, har bir narsaga o`ziga xos mezon nuqtai nazaridan yondashadi. Agar inson mezon tuyg’usidan mahrum bo`lganda, voqea-xodisalar, narsalardagi go`zallikni idrok etish qobiliyatiga ega bo`lmaganda, uning faoliyati bunyodkorlik bilan birga vayronagarchilikka qaratilgan bo`lardi. Nafosat qonunlariga rioya qilish, ya’ni yaratish qobiliyati inson faoliyatining mohiyat va mazmunini tashkil etadi.



Insonning har qanday faoliyatida estetik manba mavjud: inson o`z faoliyati davomida moddiyat bilan birga ma’naviyatga shodlik - sevinch, orzu-umid, erk-shodlik tuyg’ulariga suyanib yashaydi, moddiy samaralar bilan birga o`zi va boshqalar faoliyatining nafosat mezonlari bilan o`lchanadigan ijtimoiy baholanishiga harakat qiladi. Binobarin, inson o`zining bu mohiyatli xususiyatini yo`qotib qo`ysa, uning faoliyati o`zining insoniy tabiatidan ham mahrum bo`lib qoladi. Nafosat qonunlariga rioya qilgan holda voqelikni amaliy va ma’naviy o`zlashtirish jarayonida inson faoliyatining nisbatan mustaqil sohasi bo`lgan san’at muhim ahamiyat kasb etadi. Nafosat qonunlariga rioya kilib yaratilgan sanat eng toza poklangan ko`rinishda namoyon bo`ladi. Shu ma’noda sanat (badiiy faoliyat)ni vokelikni nnson tomonidan estetik jihatdan idrok etilishining eng oliy ko`rinishidir, deymiz.

Adabiyotlar:


  1. Сhoriyev A. Inson falsafasi. 2 tomlik. Mustaqil shaxs./monografiya. T., Chinor ENK, 2002

  2. Normatov U. Tafakkur yog’dusi. Toshkent. Fikr-media. 2005.

  3. Jakbarov M. Komil inson g’oyasi: tarixiy-falsafiy tahlil/Monografiya. T.: Abu Ali Ibn Sino nashriyoti, 2000.

  4. E.Umarov. Estetika asoslari. -T.: Sharq, 2012 yil.

Download 20,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish