Reja: Diplomatiya tushunchasi


XIX asr 60-80-yillarida Angliya va Rossiyaning Markaziy Osiyo uchun diplomatik kurashi



Download 417,5 Kb.
bet9/18
Sana24.11.2022
Hajmi417,5 Kb.
#871763
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
Reja Diplomatiya tushunchasi

XIX asr 60-80-yillarida Angliya va Rossiyaning Markaziy Osiyo uchun diplomatik kurashi
Reja.

  1. O’rta Osiyoni taqsimlash masalasida Angliya-Rossiya muzokaralari.

  2. Eronda Angliya-Rossiya raqobati.

  3. Rossiyaning O’rta Osiyodagi bosqinchilik siyosati xalqaro munosabatlarda.

  4. G’arbiy Xitoy (Sharqiy Turkiston) da Angliya diplomatiyasi

Ingliz versiyasiga ko’ra Rossiya Hindistonga chiqish uchun O’rta Osiyodan foydalanmoqchi edi. Rus hukumatining asosiy maqsadi O’rta Osiyoni egallab olish edi. Angliyaning o’zi esa o’zining Hindistondagi mulklarini saqlab qolishga urindi va Usmoniylar imperiyasining bu yerlarni egallashidan xavfsiradi. Negaki bu yerlar Yevropadan Hindistonga o’tuvchi ko’prik hisoblanardi. Mazkur versiya ko’plab inglizlarning «Ko’k kitobi»da rivojlanib bordi va parlament departlarida yangradi. O’rta Osiyoda Angliya va Rossiya ekspansiyasi to’qnash keldi. Rossiya ham Angliya ham bosib olish siyosatini olib bordi. Shu maqsadda ular bir biridan xavfsirar edi. Ruslar uchun ham inglizlar uchun ham O’rta Osiyoni egallab olish odatda strategik ahamiyat kasb etar edi. Ularni ko’proq savdo- sotiq qiziqtirar edi.


XIX asrning 70- yillaridagi ingliz va Ruslarning O’rta Osiyo masalasidagi kurashida asosan ikki tamon bir- biriga qarshi bir paytda kechgan. Ingliz ekspansiyasining O’rta Osiyodagi bo’sh obyekti Sinziyan emas balki Afg’oniston edi. Ingliz mustamlakachilari Afg’oniston orqali Turkmanistonga qo’l chuzmoqchi edilar. 1869-yilda Afg’onistonda olti yil davom etgan siyosiy tarqoqlikka barham berildi. Amir Sherali o’z dushmanlarini bartaraf etdi va mamlakatni o’z hukmronligi ostida markazlashtirish siyosatini yuritdi. Ingliz hukumati Hindistonning vitse qiroli lord Mayo yordamida Sheralini o’z tomoniga og’dirmoqchi bo’ldi. 1869-yilning 27- mart kuni vitse qirol Ambalda Amir bilan uchrashdi. Birinchi uchrashuv konfrensiyasida Sherali quyidagi so’zlarni aytdi: « Mening hukmronligimning dastlabki kunlaridanoq , ya’ni Afg’onistonda qo’zg’olonlar avj olganda men yordam so’ragan edim, biroq Angliya mening iltimosimni rad etdi. Shuning uchun ham men hozirgina siz jo’natgan pul va qurollarizni qaytarib beraman. Men sizlar bilan shartnoma tuza olmayman». Biroq uzoq tortishuvlardan so’ng Sherali inglizlardan qurol- yarog’ va har yillik pulli subsidiyani qabul qildi.
Sherali Angliyada o’zining Afg’onistondagi hukmronligini va qonuniy merosxo’r ekanligini tan olinishini talab qildi. Shunday qilib inglizlar Sheralining kenja o’g’li Abdullaxonni tan olishlari lozim edi. Lord Mayo bu talabni rad etdi: Ingliz hukumati o’zlarining odatiy o’yinini davom ettirmoqchi edi, negaki inglizlar Sharqning barcha feodal monarxiyalarida shunday siyosat yuritar edi. Shunga qaramasdan vitse qirol Afg’onistonning ichki ishlariga aralashmaslik va Afg’onistonga ingliz rezidentlarini jo’natishmaslik majburiyatini oldi.
Sherali inglizlardan pul va qurol-yarog’ olishni rad etmadi. Shunda Afg’oniston xalqi amir Sheralini inglizlarga sotilganlikda aybladi. 1869- yilning boshida ingliz hukumati o’sha paytda liberallar vakili hisoblangan Gladiston sovet hukumatiga O’rta Osiyoda Rossiya va Angliya mulklari orasida betaraf zona yaratishni taklif qildi. Rus hukumati bunday zonaning yaratilishiga rozi bo’ldi va uning tarkibida Afg’onistonni kiritishni taklif qildi. Rossiya hukumatining bundan ko’zlagan maqsadi shu ediki, Afg’onistonning Angliya tomonidan egallab olishini oldini olar edi. Ingliz hukumati esa boshqacha yo’l tutdi. U betaraf hududning shimolga tomon kengaytirishni talab qildi. Shimol tomondagi yerlar Rossiyaga qarashli edi.
Shunday qilib, ular yagona to’xtamga kelisha olmadi. 1869-yilning kuzida Angliya va Rossiya hukumatlari o’rtasidagi yozishmalar qayta tiklandi. Bu galgi kelishuvlarda Sheralining Afg’onistondagi mulklari tan olindi. Sheralining mulklari Sheraliga tegishli mulklarning chegarasi qayerdan o’tganligini hech kim aniq bilmasdi. Ikkala tamon ham ya’ni Rossiya va Angliya bu chegaralar hakida ma’lumot to’plash majburiyatini oldi. Keyinchalik tez orada ingliz va rus hukumatlari o’rtasida 1869-yilgi kelishuv masalasida qarama- qarshilik yuzaga keldi. Ingliz hukumati bu borada Sheraliga bobolarning va otasi Amir Do’stmuhammadning mulklari tegishli deb uqtirardi. Bu masala Hindistonning vitse qiroli Mayoning Hindiston ishlari bo’yicha Gersog Argayloga yozgan depeshasida o’z aksini topdi. 1870- yilning 20- mayida mazkur hujjat elchi orqali rus hukumatiga jo’natilgan edi. Bundan ko’zlangan maqsad rus hukumatiga ingliz kabinetining nuqtai nazarini ma’lum qilish edi. 1871-yilning 1- noyabrida ingliz hukumati elchisi orqali ingliz hukumatiga hamkorlikda siyosat yuritish taklifini jo’natadi.
Biroq ingliz hukumati bu taklifga rozi bo’lmadi. Ingliz hukumati o’z mulklarini shimolga tomon davom ettirmoqchi edi. 1872-yilning 17- oktabrida ingliz hukumati rus hukumatidan Afg’oniston shimoliy chegarasi Amudaryodan o’tganligini tan olishni talab qildi. Rus hukumatining javobi 19- dekabrda keldi. Unga ko’ra Amudaryo oqimi bo’ylab joylashgan Badaxshon va Vaxan xonliklari hududlaridan chegara belgilanishini ma’lum qildi. Biroq bu ikki xonlik Afg’onistonga bo’ysinishlarini rad etdilar. Biroq keyinchalik Sovet hukumatining pozitsiyasi o’zgardi.
Endilikda Sovet hukumati 1873-yilning 31- yanvarida Afg’onistonning shimoliy chegarasi Angliya taklif etgan yerlar ekanligini ma’lum qildi. Rus hukumati Xiva xonligining inglizlar tomonidan egallab olinishiga qarshi harakat qildi. 1872-yilning 4- dekabrida Aleksandr II boshchiligidagi majlisda Xivaga yurishni tashkillashtirish to’g’risidagi qaror qabul qilindi. 1873- yilning 10- iyulda rus qo’shinlari Xiva xonligining poytaxtini egallashdi. Natijada shartnoma tuzildi. Xiva xoni rus podshosining vassaliga aylandi. Shu bilan birgalikda Xiva xoni boshqa davlatlar bilan mustaqil tashqi siyosat yuritishdan maxrum bo’ldi. Shunday qilib, Xiva Chor Rossiyasining protektoratiga aylandi. Xivani egallab olish hech qanday jiddiy xalqaro qiyinchiliklarsiz kechdi.
Shuni inobatga olish kerakki, Turkmanistonda ingliz ayg’oqchilari mahalliy xonlarni Rossiyaga qarshi qayraganlar, hamda mahalliy xonlarni qurol-yarog’ bilan ta’minlaganlar. Litton Marvni egallab olishga harakat qilgan. 1877- yilda Litton kapitan Beklerga Rossiyaga qarshi harakat qiluvchi turkmanlardan tashkil topgan otryadni tashkil qilish va qurollantirishni buyurdi. Bu buyruq rus ayg’okchilariga ma’lum bo’lib qoldi. Shunda rus hukumati Biklerning faoliyatiga qarshi rasmiy bayonotini ma’lum qildi. Shu tarzda Rossiyaning tashqi siyosat sohasidagi manfaatlari boshqa buyuk davlatlar va birinchi navbatda Angliya manfaatlari bilan to’qnash kelib qoldi. Angliya Yaqin Sharqdagina emas, balki O’rta va Uzoq Sharqda Rossiyaning eng kuchli dushmani edi.
Xususan O’rta Osiyoda ingliz rus rezidentlarining murakkab tugini vujudga keldi. Bu yerda har ikkala mamlakat Qo’qon Buxoro va Xiva xonliklaridan mol sotiladigan foydali bozor va o’z sanoati uchun xomashyo manbai sifatida foydalanishga intildi. Bozor orqasidan yugirishi Angliyani ichki Osiyoga ayni vaqtda ikki tomondan: Hindiston va Qora dengiz sohillari tomonidan hujum boshlashga majbur etdi. Ingliz kapitalistlari shu tarzda butun Yaqin Sharq va O’rta Sharqda o’z iqtisodiy ustunliklarini mustahkamlab, bu rayonda ruslar raqobatini sindirishni va ayni vaqtda O’rta Osiyoni Rossiyaga qarshi platsdarmga aylantirishni mo’ljallagan edilar.
Podsho hukumati O’rta Osiyoni juda boy paxta bazasi va Rossiya sanoatining ayniqsa tez rivojlanayotgan sanoat tarmoqlarining tovarlari uchun muhim bozor sifatida qadrlar edi. Bu bilan birga Rossiyaning janubiy g’arbiy chegaralariga Qo’qon, Xiva, Buxoro xonliklariga Angliya tomonidan qilinadigan taxdidlarni oldini olish uchun O’rta Osiyoni qo’lga kiritish zarur edi. Shu sababli Rossiya hukumati Qozog’iston orqali O’rta Osiyoga hujumini kuchaytirdi. Qozog’istonda 20-yillardayoq xonlar hokimiyati tugatilgan va rus chinovniklari boshchiligida ma’muriy okruglar tuzilgan edi.
Ingliz ayg’okchilarining O’rta Osiyoga kirib kelishi kuchaydi. Angliya ayg’okchilari asosan Buxora va Xivadagi ba’zi mahalliy savdogarlar edi. 1825- yilda Buxoroga ingliz ayg’oqchilari Murkroft va Trebek kelishdi. 1824- yilda bir nechta inglizlar savdogar ko’rinishda Buxoroga kirib olishdi va ular shaharning rejasini maxfiy ravishda yozib borar edilar. 1833 yilda esa ingliz ayg’oqchisi hisoblangan A.Byorns keladi. Keyinchalik 1840- yilda ingliz ayg’oqchilari Abbot va Shekispir Xivada bo’lishdi. Ular Xiva xoniga ruslarni kiritmaslikni ko’ndirishga urindi. Ular Xiva xoniga ruslarning harbiy ekspedisiyasi ehtimoli borligini aytishdi. Biroq Xiva xoni J,Abbotga ishonmadi va Abbotni qaytarib yubordi. J.Abbot va Shekspir Rossiya orqali Angliyaga qaytishga majbur bo’ldi. 1842- yilda Buxoroda ingliz ayg’oqchilari Stoddart va Kannoli bo’lishdi. Ingliz avg’on urushida Angliya mag’lubiyatga uchraganligini bilan amir Stoddart va Kannolini ochiq maydonda qatl qilishga buyruq beradi.
O’rta Osiyoda ingliz ekspansiyasi rus ekspansiyasi bilan to’qnash keldi. Rossiyaning O’rta Osiyodagi pozitsiyasi inglizlarnikiga nisbatan kuchliroq edi. Negaki ingliz qo’shinlari Afg’onistonda mag’lubiyatga uchragan edilar. Rossiya uchun qulay imkoniyat shu bo’ldiki, XVIII -XIX asrning birinchi yarmida qozoqlarning ko’pchiligi ixtiyoriy ravishda ruslarning qo’l ostiga o’tdi. Qozoq yerlarning boshqa qismi esa Xiva, Qo’qon va Buxoro tomonidan egallab olingan edi.
1835- yilda oddiy askar Vitkevik Buxoroga jo’natildi. Unga ruslarning Xivaga hujumi paytida Buxoro amirligining Rossiya tomonidan qatnashishini ko’ndirishdan iborat edi. 1839 yilda Petirburgga Buxor elchisi keldi. U bilan birgalikda Buxoroga ikkita rus ofitseri kelishdi. 1838- yildan boshlab Angliya –Afg’oniston urushi munosabati bilan inglizlarning O’rta Osiyoga kirib kelishi yanada kuchaydi. Angliya ayg’okchilarining gijgijlashi bilan Xiva otryadlari ruslarning karvonlariga tez- tez hujum qiladigan bo’lib qoldi. Bunga javoban Orenburg general gubernatori Z.A.Perovskiy 1839- yilda 5000 kishilik otryad va 12000 tuyaga ortilgan anjomlar bilan Xivaga qarshi jazo yurishi boshladi. Bu yurish yozgi jaziramaga qolmaslik uchun qishda boshlandi. Ammo qish fasli ham ko’plab kishilar va tuyalarning nobud bo’lishiga sabab bo’ldi.
Ikki yarim oydan keyin Perovskiy yarim yo’lda yurishni to’xtashga majbur bo’ldi. Qorbo’ronlari va dahshatli sovuq uning armiyasini yakson qildi. Tuyalarini qirib tashladi va uni muxolif bilan uchrashmasdanoq juda katta talofat bilan chekinishga majbur etdi.
Perovskiyning Xivaga harbiy ekspeditsiyasi muvaffaqiyatsizlik bilan tugagandan so’ng 1841- yilda Xivaga ingliz bosh shtabining kapitani Nikiforv jo’natiladi. U ruslarning qulchiligini to’xtatishni talab qildi. Shuningdek Rossiyaning qozoq yerlar va Kaspiy sohillari ustidan Syuzeren huquqini tan olinishini so’radi. Mazkur missiya xam muvaffaq iyatsiz tugadi.
1842 yilda podpolkovnik Danilevskiy Xiva xoniga sovg’alar keltiradi va 1843 yilning 8 yanvarida shartnoma imzolaydi. Bu shartnomaga ko’ra Xiva Rossiyaga qarshi qaratilgan harakatlarda qatnashmaslik, asr olingan ruslarni ozod etish majburiyatini oldi. Biroq shartnoma qog’ozda qolib ketdi. Rossiya hukumati asosan inglizlarning hamda turk hukumatining O’rta Osiyoga kirib kelishidan xavfsirar edi. Biroq Qrim urushi, Kavkazning egallab olinishi, va Uzoq Sharqdagi voqealar Chor Rossiyasini O’rta Osiyo xonliklaridan uzoqlashtiradi. Podsho hukumati shunga qaramay O’rta Osiyo xonliklariga qarshi hujum operatsiyalarini yana boshladi. 1853- yilda Perovskiy Sirdaryo bo’ylab Xivaga muvaffaqiyatli yurish qilib u yerda rus konsuligini o’rnatdi. Konsul amalda podsho hukumatining nazorati ostida Xivadagi ishlarni boshqaradigan bo’lib qoldi. 50- yillarning o’rtalarida Sirdaryo bo’ylab, hamda Semipalatinskdan Verniygacha (Olmaota) cho’zilib ketgan rus harbiy istehkomlari chizig’i Xiva, Qo’qon va Buxoro chegaralariga tutash joylarda Rossiyaning hukumronliini taminladi. O’rta Osiyoni uzil- kesil qo’lga kiritish uchun sharoit yaratdi. hamda bu rayonda Angliyaning mustamlakachilik ekspansiyasini keskin cheklab qo’ydi.
1857- yilda Peterburgga Xiva va Buxoro elchilari kelishadi. Ular Aleksandr II taxtga o’tirganligining munosabati bilan tabriklash uchun kelishgan edi. O’sha yilning o’zida Buxoro va Xivaga L.P.Ignatev boshchiligidagi missiya jo’natilgan edi. Polkovnik Ignatevga Xiva va Buxoro xonligidagi siyosiy ijtimoiy axvol bilan tanishish ularning ishlariga ingliz ayg’okchilarining aralashuvini to’xtatish hamda rus savdo kemalarining Amudaryo bo’ylab erkin suzishiga ruxsat olishi yuklatilgan edi. Ignatevning fikricha Rossiya bilan savdo sotiq qilish Buxoro savdogarlari uchun juda foydali bo’lgan. Xivada Ignatev hech narsaga erisha olmadi.
1869 yilning boshida Buyuk Britaniyaning tashqi ishlar bo’yicha Lord Klarindon rus elchisi Burunov bilan yozishmalar boshladi. U O’rta Osiyoda Angliya va Rossiyaning ta’sir doiralarini chegaralashni taklif etdi. Chor Rossiyasi hukumati Afg’onistonni betaraf zona deb tan oldi. Shuningdek uning mustaqilligini ham tan oldi va uning ichki ishlariga aralashmaslikka rozi bo’ldi. Birok ingliz vazirligi bu shartlarni qabul qilmadi. Ingliz hukumati Afg’onistonni Angliyaga qaram davlat deb bilardi.

Download 417,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish