Yangi zamon davri diplomatiyasining o’ziga xos xususiyatlari.
Yangi zamon davrida diplomatik muassasalar.
Yangi zamon davrining mashhur diplomatlari.
XVI asrga kelib yirik davlatlar o’rtasidagi munosabatlar o’z qolipiga tusha boshlaydi. Yangi zamon davri diplomatiyasida Ispaniya , Portugaliya, Fransiya, Polsha va Avstriyadagi nemis millati hamda Gabsburglar xonadoni merosi ishtirok etdi. Turkiya, Skandinaviyaning yirik davlatlari Daniya, Shvetsiya, Norvegiya va shuningdek mayda g’arbiy yevropa knyazliklari, Italiya shahar respublikalari Yevropa siyosiy xaritasining to’ldiruvchisi hisoblanadi. XVI asrning ikkinchi yarmida Yevropa davlatlari siyosati sahnasiga yirik Rossiya davlati chiqadi. Bu davrga kelib uning siyosiy birlashuvi yakunlanib u markazlashgan, shuningdek absolyut monarxiyaga aylanadi. Shunday qilib bu davrda Rossiya, Angliya, Fransiya, Ispaniya va Skandinaviya mamlakatlari markazlashgan davlatga Germaniya va Italiya davlatlari esa siyosiy jihatdan bo’linib qolgan davlat sifatida qolgan edi. Yevropada bunday siyosiy muhit XIX asrning ikkinchi yarmigacha saqlanib qoldi. Makyavelli ( 1469 – 1527 ) XVI asrning mashhur siyosatchilaridan biri bo’lib o’z asari orqali hukumatini har qanday omillar bilan boyitgan shaxsdir. Makyavelli o’zining ,, Hukmdor ‘’ asarida davlat boshqarish olib borishning ikki xil yo’lini qayd etadi. Ulardan biri qonun yo’li bilan bo’lsa, ikkinchisi kuch ishlatish yo’li bilan edi. Ulardan birinchisi insonlarga xos bo’lsa, ikkinchisi vaxshiylarga xosdir. Lekin qonun bilan yo’l tutish har doim ham maqsadga erishishda yetarli bo’lib qolmaydi. Va kuch ishlatishga ham to’g’ri keladi. Shuning uchun Makyavilli fikricha hukmdor ham insoniy ham vaxshiylik xususiyatlariga ega bo’lmog’i lozim Makyavillining siyosiy qarashlari davr talabidan kelib chiqgan deb aytib o’tadi.Yirik siyosat namoyondalari uning g’oya va fikrlarini so’ngi o’rta asr va hamda yangi zamon davri siyosatiga mos tushadi deb qarashadi XVI asrdagi Angliya hukumati diplomati Genri Uotton elchilarga shunday ta’rif beradi.,, elchi mehribon xo’jayindek gapdir. U o’z mamlakati foydasi uchun yolg’on gapirishi ham mumkin. ‘’ XVII asrdagi diplomatlar va siyosatchilar ichida eng yirik kordinal Rishelli bo’lib, u Fransiyani 1624 – 1642 yillarda boshqargan.
Rishelening nazaricha davlat barchadan yuqori turadi. Rishelli o’zining ,, Siyosiy qarashlar’’ asarida davlatni shunday talqin etadi. Unda hamma narsa mujassam bo’lib, alohida qiymatga egadir. Qirolga uning odamlariga nisbatan qattiqqo’l bo’lishni maslahat beradi. Toki ular o’z hukmdorlaridan qo’rqib unga itoat etsinlar. Xristianlik dinida haqorat qilgan insonga nisbatan kechirimlik bo’lish kerak. Ammo Reshilli fikricha hukumdor unga yetkazgan zararlarini also kechirmasligi kerak. Chunki unga qilingan zarar jamiyat qiziqishlariga ziddir. Jinoyat qilgan odamni jazosiz qoldirish jinoyatni yana takrorlashdir. Agar jamoatchilik xoxishi va davlat qiziqishi ichki siyosatida shunday rol o’ynasa u tashqi siyosatda bundanda katta ahamiyat kasb etadi. Rishelli har bir qadamida buni isbotlatdi. U katolik Isyaniya va Avstriga qarshi protestant Germaniya knyazligi ittifoqiga harakat qiladi. Shu bilan birga u Fransiya xoxishini qo’lab quvvatlagan holda nemis knyazliklarining o’z imperiyasiga qarshi qo’zg’alonlarini qo’llab quvvatlaydi. Bularning barchasini Fransiya davlatining qiziqishi deb baholaydi.
XVI asr diplomatiyasiga doir rasmiy ishlarning davri hisoblanadi. Shuningdek yangi davlatning tashqi siyosatiga xizmat qiluvchi markaziy binolar quriladi. XVII asrda Germaniyaning eng yirik knyazliklari ham chet ellarga o’z vakillarini yuborib turganlar. Italiya davlati Xv va XVI asrlarda gumanistlardan tashqi ishlarda o’zining kotibi sifatida foydalanganlar. Bu esa o’sha davr diplomatiyasidagi xatlar, masalalar ko’rinishini o’zgartirgan. Yangi diplomatiyaning shunday gumanist namoyondalaridan biri Florensiyalik kansler mashhur gumanist kolyuchi Solyutatye bo’lgan. Uning xatlari XVI asr diplomatiyasi uchun namuna sifatida bo’lib qolgan. Venetsiyalik elchilar ham undan kam bo’lmagan ahamiyatga ega diplomatic munosabatlarni olib borgan chet eldagi Venetsiyalik elchilarning hisoboti yuqori tabaqa vakillarini qiziqishini uyg’otgan va butun ommani o’ziga jalb etgan.
Bu hisobot to’plami XVI asrdayoq mashhur bo’lgan. Diplomatiyaning rivojlanish bosqichi papa Lev X ( 1513 – 1521 ) b‰Ohqaruvi davri bilan bog’liq kelib chiqishidan Medichilar oilasiga mansub bu papa o’z vatani Florensiya va venetsiyadagi doimiy diplomatic namoyondalar bilan juda yaxshi tanish edi. 1513 yilning avgust oyida kardinallar yig’ilishida u Germaniya Fransiya va Angliyaning doimiy namoyondalarini chaqirgan. XVI asrdayoq elchi va oddiy agent o’rtasida farqlar ko’rina boshlaydi. Elchini tayinlash huquqi hamma hukmdorga ham tegishl bo’lib qolmagan. Muqaddas Rim Imperatori Karl V o’z saroyida faqat papa elchisi, Fransuz qiroli elchisi hamda akasi ferdenant va venetsiya elchisini tayinlash huquqiga ega bo’lgan. Imperiya yoki boshqa yirik monarxlarga tobe bo’lgan davlatlar oddiy agentlarga joriy qilish huquqiga ega bo’lganlar. Elchilar va yirik diplomatlar yuqori feudal dvoryanlar orasidan yetishib chiqgan. Yangi markazlashgan va rivojlangan davlatning xazina daromadiga o’z boyligining manbai sifatida qarashni davom ettirganlar. Bu esa burjua davlatning qarshiligiga uchraydi. Birinchi vazirlikdan tortib, to so’ngi davlat amaldorigacha yuqori davlat amadorlaridan tayinlanishiga harakat qilardilar. Bu odat absolyut monarxiya diplomatlariga ham o’tgandi. Bu davrda hatto diplomatlarning o’zi ham yirik davlat amaldorligini pul bilan sotib olishga uringanlar. Viktor nomli shaxs o’z asarida shunday deydi. ,, Kunlardan bir kun ingliz qiroli Yakov I huzuriga bir shaxs kelib unga muhim bir sirni aytmoqchi ekanini, lekin buning evaziga qirol uning hayotiga dahlsizligini to’liq va’da berishini aytadi. Buni eshitgan Yakov I uning gapiga qattiq kuladi va bularning barchasi unga yaxshi ma’lumliligini aytadi’’. Styuartlar davrida karrupsiya juda kuchli edi. Unga qirollik oilasi a’zolari ham qatnashgan. Karl II ning o’zi Lyudovik XIV dan norozi edi 1662 yilda u Fransiyaga 5 million livr evaziga dyunkeyrni sotadi va 800 million livr evaziga sirli maxfiy xabarlarni yetkazib turadi.
Qirolicha Yelizavetta bunday munosabatlarda qattiqqo’l edi. U o’zining ikki elchisini Nikolay Kliyford va Antoniy Sherlilarni qirolichaning ruxsatisiz Fransiya qiroli Genrix IV dan Muqaddas Mixayl ordenini qabul qilganligi uchun qamoqqa tashlaydi. Qirolicha ularning Angliya hududlariga qiziqishiga zarba berib Fransiya hukumatiga xizmat ko’rsatganlikda shubha qiladi. XVI – XVII asrlarda elchilik uchun alohida atama vujudga kelib, ,, sodiq josus’’ atamasi bilan ataladi. Lyudovik XI va Karl VIII davrining mashhur tarixshunosi Flipp de – Komnin o’zining memuarida elchilar uchun boshqa davlat vazirliklarini pul evaziga sotib olish ,, buyuk ish ‘’ deb ataydi. Bu elchining o’z hukmdori uchun qilgan eng katta xizmatlari hisoblanadi. Shuning uchun Viktorning qayd etishicha elchilar tomonidan boshqa vazirliklarni sotib olish xalqaro huquqga qanchalik zid bo’lmasin u baribir o’z najburiyatini majburiyatini bajargan bo’ladi. Faqatgina elchi chegaradan chiqmagan holda davlat boshlig’I hayotiga xavf solmagan va mamlakat qonun qoidalaridan chetga chiqmagan holda o’z ishini bajarishi shart bo’lgan. Bu davrga kelib Gollandiya diplomatiyasi shaxzoda Oranskiylar qo’l ostida xizmat qilishgan. Ular fransuz qirolidan maxfiy tarzda maosh olib turishgan. Fransuz elchisi Preo qayd etishicha u Morisi Oranskiyning qo’llab quvvatlashi uchun ma’lum bir miqdorda pul ajratilishi va golland yuqori tabaqa vakillarni fransuzlarga xabar yetkazish vazifalarini mustahkamlash uchun ma’lum miqdorda pul bilan ta’minlash kerakligini aytgan. Fransiyaning haqqoniy dushmani Ispaniyaga qarshi munosabat bildirish uchun ham qirol Genrix IV o’zining bu rezolyutsiyasi uchun 100 ming livr ajratadi. XVI, XVII va XVIII asr diplomatlari yetarli darajada shubhali kishilar va ko’plab maxfiy ishlar bajarganlar shiddat bilan rivojlanayotgan diplomatiya sohasida elchilik vakillarini o’g’irlash yoki ularning to’satdan yo’qolib qolish holatlari odatiy holga aylanadi. Fransiya yozuvchisi Luvua Avstriya elchisi graf Lizolni sirli tarzda qamoqqa olishni maslahat beradi.