Reja: Dinshunoslik fanining predmeti, sohalari va jamiyatdagi vazifalari 2



Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/55
Sana31.12.2021
Hajmi1,08 Mb.
#216208
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   55
Bog'liq
oCMIdOMpFYjhvHHF3kD8QphFlblXekcp

Ahmad  ibn  Hanbal.  Keyinchalik  «as-Salafiyyun»lar  oqimi  tarafdori  bo‘lib  ahl  as-

sunnaning  to‘rtinchi  imomi  deb  e’tirof  etiladigan  Imom  Ahmad  ibn  Hanbal  (164-241/781-855) 

o‘z faoliyatini  olib  bordi. U Hanbaliy mazhabining asoschisidir. Imom Ahmad  ibn Hanbal  «al-

Musnad» asarining muallifidir. 

Buyuk  mujtahidlar  davrida  yuqorida  zikr  etilgan  mujtahidlar  nomi  bilan  bog‘liq  asosiy 

sunniy huquqiy mazhablar paydo bo‘ldi va o‘z ta’limotini shakllantirdi.  



Taqlid  davri.  X-XII  asrlarga  kelib  fiqh  ilmi  o‘zining  rivojlanish  tarixida  keyingi  bosqich, 

ya’ni  «taqlid  davri»ga  o‘tdi.  Bu  davr  fiqh  ilmi  avvalgi  davrlar  an’anasi  ta’siri  ostida  rivojlanib, 

yuksak bir maqomga erishgan vaqtga to‘g‘ri keladi. YUqoridagi davrlardan ma’lum bo‘lgani kabi, 

buyuk mujtahidlar vujudga keldilar, ularning tarafdorlari paydo bo‘ldilar. Turli mazmundagi asarlar 

yozildi va sharh etildi. Bu davr faqihlarida taqlid ruhi kuchli edi. Ularda asosan o‘zlaridan oldingi 

mujtahidlarning fikrlarini «shar’iy nass» (shar’iy hujjat) sifati qabul etar edilar. SHunday bo‘lsada 

bu  davr  faqihlari  orasida  o‘zlarining  ilmiy-amaliy  faoliyatlari  natijasida  mislsiz  bebaho asarlarlar 

yaratgan allomalar etishib chiqdi. Ularning bu asarlari uzoq davr mobaynida muhim manba bo‘lib 

xizmat qilish bilan birga, hozirgi kunda ham o‘z mavqeini va qadr-qimmatini yo‘qotgani yo‘q. 

VIII  asrning  oxiri  -  IX  asrning  boshlarida  Movarounnahrda  (hozirgi  O‘rta  Osiyoning 

aksariyat  qismi)  islomdagi  ahl  as-sunnaning  Hanafiyya  mazhabi  tarqala  boshladi.  Buxoro  va 

Samarqand  shaharlarida shu  mazhab ta’limoti  asosida Movarounnahr  fiqh  maktabi tarkib topdi. 

Movarounnahrlik  faqihlar teran  bilimlari,  qimmatli  asarlari  bilan  islom  dunyosida  katta  shuhrat 

qozondilar. Faqihlarning davlat  hukmron  doiralari, xalq ommasiga ta’siri  juda  kuchli edi. Diniy 

va  ijtimoiy  hayotda  uchraydigan  barcha  muammoli  masalalar  faqihlar  orqali  echilgan.  Fiqh 

shaxs,  oila  va  jamiyat  hayoti  turli  shahobchalari  masalalarini  qamrab  olganligi  tufayli 




Movarounnahr  maktabi  namoyandalari  bu  o‘lka  xalqlari  an’analari,  urf-odatlarini  umumislom 

mavqelaridan turib tahlil qilishdek vazifani bajarganlar. Movarounnahrlik faqihlarning bir necha 

avlodlari faoliyati orqali mahalliy xalqlarning tarixiy, huquqiy an’analari islom madaniyatida o‘z 

aksini topdi.  

VIII-X  asrlarda  Movarounnahrning  ayrim  shaharlardagi  hanafiylikka  asoslangan  ilmiy 

markazlar  paydo  bo‘ldi.  Bunga  Iroq  va  Xuroson  maktablarining  ta’siri  katta  bo‘ldi.  Buxoro 

maktabiga Abu Hafs Ahmad  ibn Hafs al-Kabir al-Buxoriy (vaf. 832  y.) asos solgan. Samarqand 

ilmiy  markazining  shakllanishiga  Abu  Sulaymon  al-Juzjoniy,  Ibn  Samo‘a  va  SHaddod  ibn 

Hukaym kabi Balx faqihlarining xizmati katta bo‘ldi. Buxoro faqihlari bu davrda asosan fiqhning 

amaliy masalalari (furu‘ al-fiqh) bilan, samarqandliklar esa o‘z ilmiy faoliyatlarini ilohiyot (usul 

ad-din) mavzui bilan shug‘ullanishga qaratdilar.  

XI-XIII  asrlarga  kelib,  fiqh  ilmi  o‘zining  yuksak  taraqqiyotiga  etishdi.  Qoraxoniylar  (999-

1212)  davri  faqihlari  haqida  ilmiy  tadqiqot  olib  borgan  Turkiyalik  olim Y.  Z.  Kavakci  bu davrda 

uch yuzga yaqin faqihlar etishib chiqqanligi, yigirmadan ortiq fatvolar majmuasi, uch yuz ellikdan 

ortiq  fiqhiy  asarlar  yaratilganligi  va  shulardan  98  %  hanafiy  fiqhiga  oid  ekanligini  aytib  o‘tadi.  

Haqiqatan  ham  Movarounnahr  hanafiy  mazhabining  «qal’asi»  edi  desak  adashmaymiz. 

«Hanafiylik sharqqa yoyilar ekan, u Xuroson va Movarounnahrda o‘ziga mustahkam makon topdi. 

Bir  guruh  mashhur  hanafiy  faqihlari  ham  shu  diyorlarga  mansubdir.  Hanafiy  faqihlari 

sulolalaridan:  Buxoro  sadrlari  ­  V/XI  asrdan  to  mug‘ullar  davri  (603-1043/1206-1634)ga  qadar 

Buxoroda  Ibn  Moza  Mahmud  (vaf.  570/1174  y.)  oilasining  hanafiy  faqihlari  meros  tariqasida 

kelayotgan  «Sadr»  unvoni  bilan  mamlakat  siyosiy  idoralarida  va  turli  hokimliklarida  yuqori 

mansab  sohiblari  edilar,  ar-Rig‘damuniy,  az-Zaranjariy,  al-Mahbubiy,  as-Saffor,  al-Pazdaviy, 

Samarqand  sayyidlari,  al-Xayzoxaziy,  al-Aqiliy,  al-Marg‘inoniy  oilalari  ilm  va  ijtimoiy  hayotda 

kuchli  mavqega  ega  bo‘ldilar.  Ilm-fan  rivojlandi.  Ko‘plab  yirik  olimlar  etishib  chiqdilar.  Yirik 

faqihlar sulolalari paydo bo‘ldi. Bir necha avloddan avlodga ulanib davom etgan faqihlar sulolalari 

nafaqat Movarounnahr, balki butun Islom olamida katta nufuzga ega edilar. 

Umuman  fiqh,  xususan  hanafiy  mazhabining  rivojlanish  tarixida  XI-XII  asrlardagi 

Movarounnahr  faqihlarining  ilmiy  faoliyati  juda  muhim  o‘rin tutadi.  Bu  davrda  etishib  chiqqan 

hanafiy  faqihlaridan  -  ad-Dabusiy Abi  Zayd  (vaf.  430/1063  y.),  al-Halvo’iy  (vaf.  456/1063  y.), 

Abu Bakr Muhammad as-Saraxsiy (400-483/1009-1090), al-Pazdaviy ‘Ali (vaf. 482/1089 y.), as-

Sadr  ash-SHahid  ‘Umar  (vaf.  536/1141  y.),  an-Nasafiy  ‘Umar  (vaf.  537/1142  y.), Alouddin  as-

Samarqandiy (vaf. 539/1144 y.), Ibn Moza Mahmud (vaf. 570/1174 y.), al-‘Attobiy Ahmad (vaf. 

586/1190 y.), al-Kosoniy Mas‘ud (vaf. 587/1191 y.), Qozixon (vaf. 592/1191 y.) va yuqorida zikr 

etilgan  al-Marg‘inoniy  ‘Ali  (vaf.  593/1196  y.)  kabi  ma’lum  va  mashhur  faqihlarning  nomlarini 

keltirish mumkin. 

Umuman olganda yuqorida bir necha davrlar va ularda mavjud bo‘lgan fiqh maktablari, bu 

maktablarda  ilmiy  faoliyat  olib  borgan  mujtahidlar  haqida  qisman  bo‘lsada  tanishib  chiqish  va 

fiqh  ilmining  Payg‘ambar  s.a.v.  davrlaridan  toki  taqlid  davriga  bo‘lgan  tadrijiy  rivojlanishini 

o‘rganish bizga: 

- VII-XII asrlardagi ilmiy muhit; 

- O‘sha  davrlarda  mavjud  bo‘lgan  fiqh  maktablari  va  ularda  ilmiy  faoliyat  olib  borgan 

muhim shaxslar; 

- XI - XII asrlarga kelib Movarounnahr fiqh maktabining ahamiyati; 

- Buxoro va Samarqand shaharlaridagi an’anaviy fiqh maktablarining o‘ziga xos qirralarini ochish 

va ularning ahamiyati; 

- XI-XII  asrlardagi  faqihlar  sulolalarining  Movaroun-nahr  fiqh  maktabida  tutgan  o‘rni 

qanday ekanligi haqida qimmatli ilmiy ma’lumotlar olishimiz uchun imkon beradi. 

 


Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish