Sikxiylik (Sikxizm). Hozirda sikxiylik diniga e’tiqod qiluvchilarning soni 17 mln. bo’lib, bu dinga bo’lgan qiziquvchilar soni ortib bormoqda. SHunisi qiziqki, XV asr oxiri XVI asr boshlarida sof diniy islohot shaklida boshlangan sikxiylik harakati XVII asrning ikkinchi yarmiga kelib o’z e’tiqod qiluvchilarini faol harbiy an’analar bilan sug’orilgan siyosiy tashkilot atrofida jamladi. Bunday o’ziga xos taraqqiyotning natijasi shu bo’ldiki, XVI asr boshlarida kichkinagina harbiy-diniy jamoa Ranjid Singx asos solgan kuchli davlatga aylandi.
Sikxiylik diniga Panjobda guru (ustoz) Nanak (1469-1539) tomonidan asos solinib, unga ergashganlar o’zlarini sikxlar, ya’ni shogirdlar deb atashgan. “Sikxiylik” atamasi ham shu so’zdan olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |