Reja: “Dinshunoslik” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Dinning mohiyati, funksiyalari



Download 124,67 Kb.
bet5/60
Sana20.08.2021
Hajmi124,67 Kb.
#152708
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Bog'liq
Dinshunoslik maruzalar

Animizm - (lotincha - animus - jon, ruh demakdir) qadimgi zamon dinlaridan biri, kishi ruhining mavjudligiga ishonishdan iborat. Animizm tabiatdagi buyumlarni ilohiylashtiradi, har bir jismda ruh bor, tanadan tashqarida ham jon bor, deb hisoblanadi.

Animistik tasavvurlar barcha xalqlar tarixidagi dinlarda jon va ruh haqidagi tushunchalarning shakllanishida ma’lum bir rol o’ynagan. Animizm har bir kishida uning tiriklik hayoti manbai bo’lgan jon bor, deb talqin qilgan. Dastlabki animistik tasavvur jonni soya yoki nafas bilan aynan, deb bilar edi. Masalan, SHimoliy Amerika xalqlarida soya bilan jon, qadimgi arablarda jon bilan qon, Grelandiyada esa nafas olish bilan jon bitta nom bilan ataladi. Animizm odamda olam haqidagi tasavvurlarni shakllantirish, predmet va hodisalar xususiyatlarini chuqur o’rganish, jon va ruxlarning tirik odamlar singari qobiliyatga ega degan fikrlar paydo bo’lishi munosabati bilan tarkib topgan. SHu davrda jonning o’lmasligi haqidagi tasavvur paydo bo’lgan. CHunki qadimgi odamlar o’z tanalarining tuzilishi to’g’risida to’liq bir tushunchaga ega bo’lmay, hatgoki uyqu va tush ko’rishining sabablarini ham izohlay olmaganlar. SHundan so’ng ibtidoiy odamlar inson tanasini boshqaradigan qandaydir alohida bir kuch bo’lib, odam o’lgandan so’ng u kuch, ya’ni jon tanadan chiqib ketadi degan tasavvur hosil bo’lgan. Natijada jonning tanani tark etgandan keyingi faoliyati qanday kechishi haqida o’ylay boshlaganlar. Ibtidoiy odamlar o’zlarini tabiatdan ajratib qo’ymaganlar. SHuning uchun ular o’zlari bilan bir qatorda hayvon, o’simlik, hatto mehnat qurollari, keyinchalik, suv, o’rmon, momaqaldiroq va boshqalarda ham jon bor, degan tasavvurlarni keltirib chiqarganlar. Buni fanda gilozoizm deb ataydilar.



Fetishizm - (fetish - fransuz tilidagi "fetiko" - yasalgan tumor, but, sanam degan so’zlardan olingan) moddiy buyumlarda g’ayritabiiy xususiyatlar borligiga ishonib, jonsiz narsalarga sig’inishdir. Ibtidoiy odam ongida har xil moddiy buyumlar - tog’, qoya tosh, daraxt, keyinchalik turli hayvonlarning suyagi, pati, tumor, sanam va hokazolarda g’ayritabiiy kuchlar bor, degan tasavvur paydo bo’lgan. O’zlari vujudga keltirgan bunday kuchlarga o’zlari sig’ina boshlaganlar. Ibtidoiy din shakllaridan biri bo’lgan fetishizm barcha xalklarda diniy tasavvurlar shakllanishi bilan uzviy bog’liqdir.

SHomonizm - ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilishi davrida paydo bo’lgan animistik e’tiqod va ibodatning keng doirasiga kiradigan qadimgi diniy e’tiqodlardan biri. Uning o’ziga xos xususiyati - kishilar orasida turli ruhlar bilan munosabatda bo’la oladigan shomonlar qobiliyatiga ishonishdir. SHomonlarga, shuningdek, kelajakni oldin aytib berish, kasalni davolash, o’lganlarni oxiratga uzatish, tabiatda xohlag’ancha o’zgartishlar kilish kabi xususiyatlar ham xosdir. O’tmishda shomonlarning ruh bilan aloqasi shomon do’mbirasi yoki mo’’jizaviy musiqa ijrosida turli rasm-rusumlarni bajarish jarayonida jazavasi tutib, holdan toygancha bajarilgan. SHomonizm o’tmish dinlar sarqiti sifatida ba’zi bir holatlarda uchrab turadi.

Magiya (sehrgarlik) - insonga, hayvonga yoki tabiat hodisalariga g’ayritabiiy yo’l bilan ta’sir ko’rsatish maqsadida bajariladigan xatti-harakatdir.

Sexrgarlik harakatining shakllari turlicha bo’lib, ular turmushning har xil sohalarida qo’llanilgan. Muhabbat magiyasi, davolash magiyasi, ishlab chiqarish magiyasi, dushmanni yengish magiyasi kabi sehrgarlik ibodat va harakatlar ancha keng tarqalgan. Mehnat bilan bog’liq bo’lgan magik qarakatlar ibtidoiy odamlar hayotida alohida o’rin egallagan, ya’ni ular tirikchilikka kerak bo’lgan narsalarni topishdan oldin shu buyum yoki hodisaga bog’liq bo’lgan magik harakatlarni bajarganlar.




Download 124,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish