Dinlar paydo bo’lishiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:
- Urug’-qabila dinlari – totemistik, animistik tasavvurlarga asoslangan, o’z urug’idan chiqqan sehrgar shomon qabila boshliqlariga sig’inuvchi dinlar. Ular hozir Avstraliya, Janubiy Amerika va Afrikadagi ba’zi qabilalarda saqlanib qolgan:
- Milliy dinlar – ma’lum millatga xos bo’lib, boshqa elat vakillari o’ziga qabul qilmaydigan dinlar. Ularga yahudiylik, hinduiylik, konfutsiylik, sintoizm kabilar kiradi;
- Jahon dinlari – dunyoda eng ko’p tarqalgan, kishilarning millati va irqidan qat’i nazar unga e’tiqod qilishlari mumkin bo’lgan dinlar. Unga buddaviylik, xristianlik va islom dini kiradi.
Dinlar ta’limotiga ko’ra, monoteistik – yakkaxudolik (yahudiylik, islom) va politeistik – ko’pxudolik (hinduiylik, konfutsiylik) dinlariga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |