Asoratlari. Skarlatinaning asoratlariga limfoadenit sinusit, nefrit, otit, miokardit kabilar kiradi.
Davolash. Skarlatinani davolashda kasallikning davri, turi, og'irlik darajasi hisobga olinadi. Kasallikning yengil turida bemorlarni uy sharoitida davolasa bo'ladi. Bunda bemor alohida xonaga yotqiziladi. Bemorga tez xazm bo'ladigan vitaminlarga boy ovqatlar berilishi va ko'proq suyuqlik ichirib turish zarur.
Kasallikning og'ir turida bemor albatta kasalxonaga yotqiziladi. Vrach ko'rsatmasi bilan unga atibiotiklar, intoksikasiyaga qarshi dori-darmonlar, simptomatik dorilar, vitaminlar buyuriladi.
Profilaktikasi. Skarlatinaning maxsus profilaktikasi yo’q. Umuman profilaktik tadbirlarga bemorlarni alohidalab qo'yish, 10 kun davomida yuqumli kasalliklar kasalxonasiga joylashtirish kabilar kiradi. Kasalxonadan chiqqandan so'ng yana 12 kun davomida, bolalar maktabga va maktabgacha tarbiya muassasalariga qo'yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |