Mavzu: Davolash jismoniy tarbiya asoslari, yurak-qon tomir va nafas olish tizimlari faoliyati.
Reja:
Davolash jismoniy tarbiyaning organizmiga ta’siri
Davolash jismoniy mashqlar asosiy turlari
Shifobaxsh davolash jismoniy mashqlar, suzish, gimnastika, yengil atletika, sport o’yinlari
Jismoniy mashqlarni davolash maqsadida boshqa vositalar (parhez taomlar, fizioterapiya muolajalari va dori-darmonlar) bilan birgalikda qo`llanilishi davolash jismoniy tarbiyasi deyiladi. Davolash mashqlarining qo`llanilishida nerv-gumoral tizim asosiy ahamiyat kasb etadi va bu mashqlar ta’sirida organizmda chuqur ruhiy, fiziologik va bioximik o`zgarishlar sodir bo`ladi. Davolash mashqlarining organizmdagi muskullarga bergan har qanday harakat ta’siri markaziy asab tizimiga boradi va uning asosida vegetativ asab tizimida qo`zg’alish sodir bo`lib, o`z navbatida ichki organlarning faoliyatida tezlashishni sodir etadi. Davolash mashqlari ta’sirida ichki sekretsiya bezlaridan garmonlar va metobolitlarni ajralib chiqishi ko`payib, organ va organlar tizimi faoliyatini o`zgartiradi.
Davolash mashqlari organizmga 4 xil mexanizm orqali o`z ta’sirini ko`rsatadi. Bu tetiklashtiruvchi, trofik (oziqlantiruvchi), kompensator (o`rnini bosish) va tiklantiruvchi mexanizmlardan iborat. Davolash mashqlarini barcha organlar tizimi kasalliklarida qo`llash mumkin. Ammo kasalliklarning o`tkir holatlari, yuqori harorat, kuchli og’riq, ko`p qon ketish va o`sma kasalliklarini davolash davrlarida davolash mashqlarini qo`llab bo`lmaydi. Davolash mashqlari sifatida gimnastika mashqlari, harakatli o`yinlar, engil atletika, suzish, velosport va boshqalardan foydalanish mumkin. Davolash mashqlarini yotgan, o`tirgan va turgan holatda bajariladi. Ularni anjomlar: tayoqcha, sapchig’ich, to`ldirma to`p va boshqalar va anjomsiz bajariladi. Ular ham tayyorlov, asosiy va yakunlovchi qismlardan iborat bo`lib, yakka va guruh holatida bajariladi. Davolash jismoniy tarbiyasi deganda davolash maqsadida jismoniy tarbiya vositalaridan kasallarni sog’liq va ish-qobiliyatini tiklash uchun foydalanish tushuniladi. Davolash jismoniy tarbiyasi asosida tabiiy-biologik muskul harakatlanish usuli yotib, harakat, o`sish, rivojlanish va organizmni shakllanishining kuchayishi, hamda mavjud organlar tizimi faolligi va umumiy tonusini oshishi sodir bo`ladi. Davolash mashqlari ta’sirida organizm neyrogumoral tizimining faoliyati kuchayishi vujudga keladi. Davolash mashqlarini asosida organizm kuch-quvvatini oshiruvchi (stimulyatsiya) to`qima va organlarni ovqatlanishini yaxshilovchi (trofik) kasal organlarni funktsiyasini o`ziga olish (kompensator) va ish qobiliyatni tiklash (tiklantiruvchi) kabi ta’sir mexanizmlari yotadi.
Davolash mashqlarini boshqa davolash vositalari (fizioterapiya, dori-darmon va parhez ovqatlar) bilan birgalikda qo`llanilganda uning samaradorligi yuqori darajada bo`ladi. Davolash mashqlarini qo`llanilishida kasal organizmining barcha tizimlarida o`z natijasini beradi. Ammo uni organizmda o`tkir patologik (kasallik) holatlar mavjud bo`lganda qo`llab bo`lmaydi. Jumladan yuqori temperaturada, kuchli og’riq, ko`p qon ketish va o`sma kasalliklarida qo`llab bo`lmaydi.
Gimnastika mashqlari nafaqat organizmga, balki uning har xil tizimlariga butunlay, shu bilan birga, ayrim mushaklar guruxlariga, bug`inlarga ta`sir kursatib, bir necha harakat, sifatlarini-kuch, tezkorlik, koordinastiyani (harakatlanishning muvofikligini) tiklaydi va rivojlantiradi. Shu bois bular umumrivojlantiruvchi va maxsus mashqlarga bulinadi. Umumrivojlantiruvchi mashqlar organizmni sog`lomlashtirishga va sog`ligini mustaxkamlashga karatilgan bo`ladi. Maxsus mashqlar kasalga chalingan tizimni yoki a`zolarning davolanishiga yoki tiklanishiga karatilgan bo`ladi. Oxirgi yillarda DAVOLASh JISMONIY TARBIYada tayanch-harakat apparatining va nafas olish tizimlarining funkstiyalarini qayta tiklashda ritmoplastik musika jurligida raks harakatlarini bajarish keng qo`llanilmokda.
Gimnastika mashqlari bir necha belgilar asosida klassifikastiyalanadi.
Anatomik belgisi bo`yicha mayda (qo`l kafti, oyoq-panja, yuz), o`rta (buyin bilan, boldir, son), katta (qo`l va oyoqlar, tana) mushak guruxlari ajratiladi.
Mushak qisqarish harakteriga qarab dinamik (izotonik) va statik (izometrik) jismoniy mashqlarga bo’linadi. Dinamik harakatlar ko`proq tarkalgan. Bunda qisqarish va yozilish davri ketma-ket bajariladi, boshkacha aytganda, qo`l, oyoqlar yoki tana bug`imlari harakatlanadilar. Dinamik mashqka qo`lni tirsak bug`imida yozish va bukish, qo`lni elka va yon tomonga engashtirish kabi mashqlar misol bo`lishi mumkin.
Dinamik mashqlar aktiv va passiv bo`lishi mumkin: aktiv mashqlarni shugullanuvchi uzi bajaradi, passiv mashqlar metodist yordamida bajariladi, aktiv-passiv mashqlar shugullanuvchi uzi va metodist yordamida bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |